UZPROBOYS
47 subscribers
18 photos
1 file
20 links
UZ +bek
PRO +fessional
BOYS
___________________________
Katta maqsadli kichik jamoa

UZPROBOYS tashkil etilganiga 4 yil, 240 kun, 21 soat, 35 daqiqa bo'ldi.

2016 - 2021

Guruh: @UzproboysCasting
Download Telegram
"UZPROBOYS" jamoasi musulmon ahlini qutlug' ayyom bilan muborakbod etadi.
🌸Hayit muborak azizlar!🌸
@UZPROBOYS
"UZPROBOYS" jamoasi musulmon ahlini qutlug' ayyom bilan muborakbod etadi.
🌸Hayit muborak azizlar!🌸
@UZPROBOYS
🎁 UZPROBOYS 1️⃣ YOSHDA

Hurmatli foydalanuvchilar, do'stlar, qadrdon vatandoshlar!
Bugun jamoamiz bir yilligini birgalikda qarshi olayotganimizdan benihoya xursandmiz!
Biz bilan bo'lgan, qo'llab-quvvatlagan va qiziqish bildirgan barchaga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz!

Shu paytga qadar a'zolarimiz ro'yxati sir tutib kelingan. Bugun jamoa haqida ayrim ma'lumotlarni oshkor qilamiz!
DEMAK, tanishing, UZPROBOYS jamoasidan yettovlon!

👤 Jasurbek NURBOYEV (Future Dreams)
👤 Xayrullo XO'JANIYAZOV (モ工れち匕モ工れ)
👤 Bahrom ALI (βΔҜĦŘØΜ ĴØĦŇ)
👤 Hasan XOLMURODOV ($ Mr XRich)
👤 Azizbek OCHILOV (KriPtoN)
👤 Muhiddin XALIMETOV (The Matrix)
👤 Sarvar ESHPULATOV (</SERVER LIPE>)

🎁 Bugun siz uchun tayyorlangan kichkina yangliklarimiz bor...
@UZPROBOYS
💸 Dollar UZBEKISTAN

@DollarUZB - endi kurs o'zgarishi 1 daqiqada yetkaziladi!

Eng oxirgi o'zgarishlar:
🔹 YANGILANISH VAQTI - endi kanalda kurs oxirgi marta qachon tekshirilgani haqida kanalning o'zida bevosita bilishingiz mumkin. Buning uchun kanal 'info'siga qarang va undagi kichik to'rtburchak ichida kanal boshqaruvchisi oxirgi marta qachon kursni tekshirganini bilish imkoniga ega bo'lasiz.
🔹 Kurs shunchaki yangilanganda (o'zgarmasa), kanaldan bu haqda xabar berilmaydi. Faqat kursda o'zgarish bo'lgandagina bu haqda xabar qilinadi.
Har qanday kurs o'zgarishi 1 daqiqa ichida kanal foydalanuvchilariga yetkaziladi.
🔹 Rasmiy kurs o'zgarganda bu haqda xabar qilinmaydi. Shunchaki kurs haqidagi xabarga kiritib qo'yiladi. Rasmiy kurs bevosita Respublika markaziy banki hisobi bo'yicha ko'rsatiladi va xabarda sayt manzili ilova qilinadi.
🔹 AVTOMATLASHGAN BOSHQARUV - sezgan bo'lsangiz, kanal biror odam tomonidan emas, aniq ishlab chiqilgan dastur yordamida boshqariladi. Kanal to'laqonli avtomatlashgan holatda mustaqil ish yuritadi. Dastur esa UZPROBOYS tomonidan nazoratda saqlanadi.

Kanalga ishonch bildirgan barchaga minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Dollar UZBEKISTAN - tezkor yangiliklar xizmati.
@DollarUZB
—----------------------------------
@UZPROBOYS bugun 1 yoshda!
🌐Yangi sayt ishga tushdi

Salom hurmatli foydalanuvchilar va bizni kuzatib borayotgan qadrdonlarimiz!
Bugun siz uchun jamoaviy saytimizni e'lon qilmoqchimiz. Umumiy ma'lumotlar va oxirgi jamoaviy yangiliklar haqida xabar beruvchi kichik blogimizga barchangizni taklif qilamiz!

SAYT: www.proboys.uz

@UZPROBOYS 1 yoshda!
Shavkat Mirziyoyev 60 yoshda!
Tug'ilgan kun muborak!
24-iyul
@UZPROBOYS
📊DollarUZB - yangi qulaylik

🔹Jamoamiz kanali hisoblangan @DollarUZB da foydalanuvchilar uchun yana bir qulaylik yaratildi.

🔹Endi kanal infosida kurs oxirgi marta qancha vaqt oldin o'zgarganini bilib olish imkoniga egasiz.

🔹Bu haqda bir muddat avval kanalning o'zida e'lon berilgandi, bugun esa qisqa muddatli sinov yakuniga yetdi va funksiya benuqson ishlayoganini bildirib o'tmoqchimiz.

🏞Quyida funksiyaning amaldagi ko'rinishidan namuna:
@UZPROBOYS
🔵 Ertangi kun uchun kichik taqdimot rejalashtirildi

Jamoamiz va'da qilgan navbatdagi o'z-o'zini boshqaruvchi kanal taqdimotga tayyor. Avval ham aytganimizdek, kanallarning avtomatlashgan avlodini joriy qilish vaqti allaqachon keldi. Ertangi taqdimotda e'lon qilinuvchi yangi loyihamiz esa bu yo'ldagi 2-qadamimiz bo'ladi. Jamoamizning ilk avtomatlashgan kanali DollarUZB hisoblanadi.

Taqdimot 3-sentabr kuni soat 18:00 da bo'lib o'tadi.
🔷 Yangi kanal - "Texno 24"
@UZPROBOYS
🎁 Jamoamizdan "admin" talab qilmaydigan yangi kanal

🔹Bizni kuzatib boruvchi barchaga bugun yangi kanalni taqdim qilmoqchimiz.

🔹Kanal "Komil Unsur MChJ" ga qarashli terabayt.uz sayti bilan hamkorlikda yo'lga qo'yildi.

🔹Loyihaga ijobiy fikr bildirgan va sayt resurslaridan foydalanishga ruxsat bergan firma direktori Qodirov Inomga tashakkur bildiramiz.

🔹REKLAMALARSIZ. Kanal avtomatlashgan bo'lishi bilan bir qatorda reklamalardan holi holda faoliyat yuritadi.

🔷KANAL: @Texno24
🌀 @Vocabuilder avtomatlashtirilmoqda...

🔹 Ingliz tiliga ixtisoslashgan kanalimiz anchadan beri aktiv holatni yo'qotgani ko'pchilikka ma'lum. Kanal ishini qayta ko'rib chiqib, uni avtomatlashtirishga qaror qildik.

🔹 Kanal ishlash rejimi haqida keyingi xabarlarda batafsil to'xtalib o'tamiz. Hozir ayta oladiganimiz esa kanalning haftasiga 5 kun ishlashi va sezganingizdek, har kuni qat'iy bir vaqtda yangi so'zlar jo'natilishidir.

@UZPROBOYS
🔵 Telegram Support bilan o'zbek tilida gaplashish mumkin

🔹 O'zbekistondagi Telegram foydalanuvchilariga xizmat ko'rsatuvchi TSF (Telegram Support Force) jamoasi a'zosi sifatida UZPROBOYS a'zosi qabul qilindi.

🔹 Ishning birinchi kunidayoq Supportda o'zbek tilida javob qaytarishni yo'lga qo'yishni taklif qildik, jamoa bunga rozilik bildirdi.

🔹 TSF Uzbekistan jamoasida bir qancha moderatorlar mavjud. Savollarga har safar har xil moderatordan javob olish mumkin.
Biz ayni damda +42479 raqamiga keluvchi savollarga o'zbek tilida javob qaytara olamiz. Shu bilan birga rus va ingliz tillarida muloqotni yo'lga qo'yish mumkin.

🔹 Savollarni shunchaki bermaslikni tavsiya qilamiz.

🔹 Batafsil tafsilotlar bilan yoritilgan savollarga moderatorlar alohida e'tibor qaratadi ;)

@UZPROBOYS
🎁 UZPROBOYS ning eng yaxshi kanallaridan biri avtomatlashtirildi!

🔹 Ayni damda kelajak karerasi haqida jiddiy qayg'uruvchi insonlarning deyarli barchasi ingliz tilini o'rganishga bel bog'lagan, bu kundek ravshan, albatta!

🔹 Bizda kuniga 3 ta leveldagi (elementary, intermediate, advanced) so'zlar bilan ta'minlovchi @Vocabuilder kanali borligi ma'lum.
BIROQ, u biroz muddatga faoliyatini to'xtatgan edi...

🔹 U yana ish boshladi!

🔹 Kanalni boshqarish uchun alohida baza dasturi ishlab chiqildi.
Uning xotirasiga ulkan hajmdagi so'zlar to'plami kiritilgan va u har kuni quyidagi vaqtda avtomat tarzda yangi so'zlar jo'natadi:

6:00 - #elementary
7:00 - #intermediate
8:00 - #advanced

Undan tashqari 19:00 da kun fotosi e'lon qilinadi.

🎁 Barchasi siz uchun!
- kiring;
- o'qing;
- o'rganing!


@UZPROBOYS
🔷 Kanalimiz infosi uchun kichik statistika.
@UZPROBOYS
🔵 UZPROBOYS o'z safini kengaytirmoqda

🔹Jamoamiz yangi a'zolar qabul qilishni boshlagani haqida bir muncha muddat oldin xabar qilgan edik (jamoamiz guruhlarida). Ayni paytda bu jarayon davom etmoqda...

🔹Batafsil ma'lumotlar, yangi a'zolar ismlarini e'lon qilish joriy yilning 30-dekabriga belgilandi.

🔹 Demak, 30-dekabr, shanba oqshomida UZPROBOYS a'zolari ro'yxatini yangilaymiz :)

@UZPROBOYS
🔵 @Spambot o'zbekcha javob qaytarganda ko'ring :)

🔹 Telegramni o'zbekchalashtirishdagi yangi qadam: navbat @Spambot'ga!

🔹 Xalqimiz bu bot bilan ishlashda muammolarga duch keladi aksariyat hollarda. Buning asosiy sabablaridan biri uning jo'natgan xabarlaridan anglashiluvchi ma'noni tushunmaslik. Buni tushungan holda botni o'zbek tiliga o'girish bo'yicha taklif berdik va rozilik haqida javob qabul qildik.

🔹 Ayni paytda tarjima jarayonidamiz. To'liq o'zbek tiliga o'tilgach, bu haqda batafsil hisobot e'lon qilinadi.

@UZPROBOYS
🔵 Bugun 30-dekabr, vaqt bo'ldi!

🔹 Jamoamiz safi kengayishi haqida rasman xabar berib o'tgan edik. Biz yangi a'zolarni o'z qarashlarimiz, mezonlar va, albatta, jamoa a'zolari roziligiga asoslangan holda qabul qildik. Yashirin tarzda o'tgan bu jarayon davomida jamoamizga qiziqish bildirgan barchaga tashakkur!

🔹 Biz 3 nafar odamga taklif jo'natdik va barcha takliflarimizga ijobiy javob qabul qildik.

🔹 Demak, yangi a'zolar bilan tanishamiz:

👤 Umidjon NARZULLAYEV (Keep calm and happy new 2018 year)
👤 Umidjon ODILJONOV (Wise Beginner)
👤 Jasur YUSUPOV (GooDeeJAY)

🔷 To'liq a'zolar ro'yxati (10 nafar a'zo):

👤 Jasurbek NURBOYEV (Future Dreams)
👤 Xayrullo XO'JANIYAZOV (モ工れち匕モ工れ)
👤 Bahrom ALI (Bakhrom John)
👤 Hasan XOLMURODOV ($ Mr XRich)
👤 Azizbek OCHILOV (KriPtoN)
👤 Muhiddin XALIMETOV (The Matrix)
👤 Sarvar ESHPULATOV (Lipe App)
👤 Umidjon NARZULLAYEV (Keep calm and happy new 2018 year)
👤 Umidjon ODILJONOV (Wise Beginner)
👤 Jasur YUSUPOV (GooDeeJAY)

📜 Biz bilan bo'lib, qo'llab quvvatlayotganlarga, taklifimizni yerda qoldirmagan 3 nafar yangi a'zolarimizga rahmat deymiz va shu kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga shukrona aytamiz.

Kirib kelayotgan bayram muborak, azizlar!


@UZPROBOYS
🎄 BUGUN BAYRAM!!!

🔹 Demak, bizda allaqachon Yangi Yil shukuhi kezib yurgan bir paytda, Sizlarga xam yaxshi kayfiyat hamroh bo'lishini tilab qolamiz!

🔵 Biz jamoa bilan kelishgan holda, jamoamiz yordam guruhidagi hamma qora ro'yxatdagilarni chiqarishga qaror qildik. Gina-qudratlarni eski yilda qoldirib, Yangi Yilni do'stlik bilan boshlaylik!

🔹 Hammani yana bir bor tabriklaymiz!!!

@UZPROBOYS
YANGI YILGA 🎁

⬛️⬛️⬛️⬜️⬛️⬛️⬛️
⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️
⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️
⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️
⬛️⬛️⬛️⬜️⬛️⬛️⬛️
-------------Soat-------------
⬛️⬛️⬛️⬜️⬛️⬛️⬛️
⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️
⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️
⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️
⬛️⬛️⬛️⬜️⬛️⬛️⬛️
------------daqiqa------------
⬛️⬛️⬛️⬜️⬛️⬛️⬛️
⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️
⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️
⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️⬜️⬛️
⬛️⬛️⬛️⬜️⬛️⬛️⬛️
------------soniya------------
------------QOLDI------------

🎁 Qorboboni Kiprda Vasiliy deb atashar ekan.
@UZPROBOYS