Abdusattor
37.1K subscribers
26 photos
2 videos
8 links
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot
Download Telegram
📆Doimiylik, bu inson rivojlanishining asosi.

Hayotingizni har qanday qismida, sizni aqlingizga keladigan har qanday kasbda, sizga kerak bo'ladigan yagona narsa. Shogirdni usta qiladigan, havaskorni professional qiladigan, jamiyatda o'rni yo'qni eng oliy darajaga olib chiqadigan sifat.

Bundan kuchliroq sifat yo'q. Aql va dunyo ko'rmagan iste'dod doimiyliksiz bir tiyn.

Doyimiylik nafaqat qilayotgan ishingizda, balki kayfiyatda, do'stlikda, oilada va qadriyatlarda ham kerak.

Yagona oliy maqsad va doyimiylik. Sizga kerak bo'lgani faqatgina shu.

"Hechkim bilmaydigan muvvaffaqiyat siri" deb nomlangan treningimiz tugadi. Arzimaydi!

@abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vaqt o‘tgan sari, inson qilingan ish hajmiga emas, qabul qilgan qarorlari uchun to‘lashini tushunib yetdim.

Bugun yana bir qaror qabul qilindi.

Oldi qochdi gaplarsiz, inson tabiyatini fundamental darajada tushunib yetishga harakat qilamiz. O‘zligimizni tushunishimiz, atrofni o‘zimizga ust-bosh kabi loyiq qilishga kuch beradi.

Shuncha vaqtdan beri, meni unutmay yangilik kutganlarga katta rahmat. Men hech qayerga ketganim yo‘q, biz davom etamiz. Endilikda bu yerda doimiylik bizning asosiy shiyorimiz bo‘ladi.

📹Tez kunlarda Maqsad YouTube kanalida ko‘rishguncha!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚖️ Ba'zi odamlar o‘zlarini kundalik natijalar ustida baholaydilar. Bu ularni shoshilinch xulosa chiqarishga majbur qiladi. Agar siz natijalaringizni kunma-kun baholasangiz, kunlarni aksariyatida yetarli natija bo‘lmaydi. Shu sababli siz o‘zingizni doim yutqazayotgandek his qilasiz va haqiqatni borligicha baholay olmaysiz.

Ko‘rsatgichlarni har oyda bir marta o‘lchang. Rejalashtirish juda keng va juda tor qamrovda bo‘lmaslik kerak.

@abdusattor
📺 Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bepul

Lekin aslida ularni haqiqiy narxi bor.

U narxni biz orzularimiz va maqsadlarimiz bilan to'laymiz.

Gap nafaqat ijtimoiy tarmoqlar haqida balki haqiqiy hayotdan qochish uchun ishlatiladigan har qanday vositada haqida ketmoqda. O'yinlar, seriallar, "foydali" bo'lgan videolar va xattoki ovqatlar ham. Chunki ularning barchasini vazifasi bitta bizni real voqealik bilan yuzma yuz qoldirmaslikdir. Ammo qancha qochsak ham, bir kun kelib uyg'onishga majbur bo'lamiz.

Zamonaviy insonni iste'mol madaniyati butunlay buzilgan va bu mavzuda "Maqsad" loyihasida gaplashamiz.

@abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda qancha vaqt sarflaysiz? (Sozlamalar orqali tekshirib aniq vaqtni aytishingiz mumkin)
Anonymous Poll
37%
3 soatdan kam
37%
4-6 soat
13%
6-8 soat
13%
8 soatdan ko‘p
😲 O’rta qatlam raqobatida yutib chiqish yo’llari.

Quyosh tagida o’z o’rni uchun kurashishga tayyorlar darajasiga chiqish.

@abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💬Go‘zal bahorning 10-kunida sizlarga Seneka ismli Rim faylasufining bir gapini eslatib o‘tmoqchiman:

“Bizga qisqa hayot berilmaydi, lekin biz uni muhim bo‘lmagan ishlar uchun uvol qilib qisqartirib qo‘yamiz. Hayot aslida uzoq davom etadi, agar uni qanday ishlatishni bilsangiz.”

Bugun juda ham yoqimli havo bo‘ldi, dunyo ishlarini chetga surib, kechgi sayrga chiqing.

Barchangizni Muborak Ramazon oyi bilan tabriklayman!

@abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abdusattor
❗️Bugun “Maqsad” nomli loyihamizni sizlarga taqdim etamiz.  Maqsad — bir maqsad yo‘lida yig‘ilganlar hamjamiyati. Bu loyiha maqsadlarga agressiv erishadigan, intizom sevuvchi va shaxsiy masʼuliyat bilan yashashni xohlaydigan erkaklar uchun. Va bugungi mavzumiz…
Loyihamizning ilk videosi 600k'ga yaqin ko‘rilibdi

Biz bu videoning bu darajada ommalashib ketishini kutmagan edik. Video ostida qoldirilgan izohlar shaxsan meni hayratga soldi.

Videoda biz hozirgi vaqtda erkaklarning zaiflashib borayotgani, o’z vaqtida ulg’aymayotganligi va bunga yumshoqlashib ketayotgan jamiyat sababchi ekanligini aytganmiz. Ushbu videoda keltirib o’tilgan tahlillar va turli manbalardan olingan statistik ma’lumotlar mavzuning shunchaki o’ylab topilmaganligini, aksincha jamiyatda haqiqiatan ham shunday og’riq mavjudligini ko’rsatadi.

Xususan, erkaklik inqirozi videosi chiqarilgandan keyin juda ham ko’pchilik yoshlar aynan videoda aytib o’tilgan psixologik holatga tushib qolganini yoki shunday holatni boshidan o’tkazganligini aytib menga xabarlar yozishdi. Agar ushbu video orqali kimlargadir yordamim tekkan bo’lsa, men bundan bag’oyat xursand bo'laman.

Shu bilan birga, men jamoam bilan birga sizlar uchun yana bir qiziq mavzu ustida ish olib boryapmiz. Tez kunlarda ushbu materialni sizlarga havola etaman. O’ylaymanki, ushbu video ham insonlar uchun manfaatli bo’ladi!

📹 ”Erkaklik inqirozi”

@abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abdusattor
Bugun sizlarga “MAQSAD” loyihamizning uzoq kutilgan ikkinchi sonini taqdim etamiz❗️ Ko’plab odamlar intizom deganda faqatgina o’zini majburlash deb o’ylashadi. Ammo intizomga kundalik odatlarimiz ham katta ta’sir ko’rsatadi. Ushbu videoda siz bevosita intizomingiz…
🍰 Shakar ommaviy narkotik

Shakar haqida chiqargan ushbu videomiz salkam 700K ko’rilibdi. Bu meni juda ham xursand qildi. Videoda men aytib o’tgan ma’lumotlar va tavsiyalar ko’pchilik insonlarga manfaatli bo’lganini menga yozilayotga izohlardan ko’rib turibman. Ushbu videodan keyin ko’plab insonlar shakardan butulay yoki 30 kun davomida voz kechganliklarini va ushbu qaror ularning hayotlariga ijobiy ta’sir qilganini yozishdi.

To’g’risini aytsam mening o’zim ham bu kabi natija bo’lishini kutmagan edim. Asosiysi insonlar o’zlari uchun manfaatli ma’lumot olishdi. Bundan tashqari juda ham ko’p insonlar shakar deganda faqatgina choyga qo’shiladigan oddiy oq shakarni tushunib qolishgan. Afsuski shakar nafaqat choyga qo’shiladigan mahsulot balki atrofimizdagi biz iste’mol qiloyatgan barcha mahsulotning tarkibiga qo’shiladigan “NARKOTIKDIR”.

📹 "Shakar ommaviy narkotik"

@abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM