𝐁𝐔𝐆𝐔𝐍𝐆𝐈 𝐌𝐀𝐃𝐀𝐍𝐈𝐘𝐀𝐓 (A.I.Madiyev) - MAD.REVIZOR✍️✍️✍️
417 subscribers
6.56K photos
1.49K videos
34 files
1.27K links
Maydonga qaytdim, men sizlar bilanman!!!
Haqiqat egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi!
Download Telegram
𝐁𝐔𝐆𝐔𝐍𝐆𝐈 𝐌𝐀𝐃𝐀𝐍𝐈𝐘𝐀𝐓 (A.I.Madiyev) - MAD.REVIZOR✍️✍️✍️
Video
ONLAYN KONSERT haqida o'z fikrlarini ulashayotganlarga tashakkur bildiraman!
Qo'ldan kelgancha qo'shiqlar yozishga harakat qilmoqdamiz, inshaalloh elimiz, xalqimiz bilan baham ko'rib, jonli ijrodagi estrada-kechalarini tashkil qilish niyatimiz bor!
Samimiy va iliq so'zlar uchun kuzatuvchilarga tashakkur!

P/s: Balkim maqtanishday tuyular, lekin taniqli jurnalist ISMAT HUSHEV tabirlari bilan aytganda surxon san'atidagi KRESLOGA YOPISHIB QOLGAN, QO'LIDAN SIGARET TUSHMAYDIGAN, OG'ZIDAN AROQ ANQIB TURADIGAN, GAP SO'ZIDA NA MA'NI VA MAZA BO'LGAN "LO'TTIVOZ, QALANG'I QASANG'I" rahbarlar ko'rib qo'yishsin!
Aloqa botimga tilimni qichitib "O'RTOQ MADIYEV, O'ZI SEN SURXONDARYOGA NIMA XIZMAT QILDING? NIMANI QOYILLATIB QO'YDING?" deb yozadiganlar, sizlarga o'xshab mansabga o'tirib, sigaret chekib, aroq ichib, hech narsadan hech narsa qo'l ostimdagi hodimlarimni haydamoqchi bo'lib, yarim kechasi domni tagida mast holda so'kinib yurganim yo'q!
Shunchalik ko'p xizmat qilganingizdan aroqxo'r piyanista bo'lib qolgansiz ba'zi birlaringiz!
Yana chiqib olib "MEN QORIMAN, QUR'ONNI TUGATGANMAN, MEN FALON MEDALLARNI OLGANMAN!" deb alahsirab yuribsiz!
QUR'ONNI TUGATGAN QORI qiz bola hodimlarini ishdan haydamaydi!
ERKAK rahbar hiyla-nayrang qilmaydi!
Lekin BUZOQNI YUGURGANI SOMONXONAGACHA deganlaridek, har qancha nohaq ish qilsangiz ham, endi sizlar bilan kurashadigan PREZINDENTNING ADOLATLI SIYOSATI bor!
QONUN BOR!
Endi o'zingizni YIG'IB OLADIGAN payt keldi!
Sizlardan iltimos, meni IJODIMGA tilingizni tekkizmang!
Balkim sizlardek ijod qilolmasman, balkim ojizdirman, lekin ba'zi birlaringizga o'xshab SHARMANDAGARCHILIKLAR qilib yurganim yo'q!
Albatta, ichingizda SIYOSATGA SADOQATLI, halol va ishlaydigan rahbarlar ham bor, ularga alohida tashakkurlar aytaman!
Lekin ko'pchiligingiz ESKI QOLIPDAGI DUNYOQARASHDAN voz kechadigan paytingiz keldi!
Endi yoshlarning davri keldi, yoshlarga yo'l ochib bering, BIR BALO TOPIB MIYYANGIZGA QON QUYILIB INSULT BO'LIB QOLMASINGIZDAN AVVAL O'ZINGIZ YEB BITIRGAN, CHIRITGAN KRESLOLARINGIZNI BO'SHATIB BERING!
HALI HAM KECH EMAS!
O'ZINGIZDAN BILIB KETING!
Forwarded from Deleted Account
YouTubeda "ОЗОДА НУРСАИДОВА. "АЖДОДЛАР". ЖОНЛИ ИЖРО." videosini ko‘ring
https://youtu.be/9hz-6FgqhSY
MADANIYAT VA SAN'ATDAGI "IYMONLI LO'TTIVOZ RAHBARLAR" HAQIDA!

Madaniyat va san'at sohasida shunday toifa rahbarlar ko'payib ketmoqda:
IYMONLI LO'TTIVOZ!
Bunday rahbarlarda shaxsiy IYMON doimo mujassam!
Har gapida ALLOHNI, QUR'ONNI, HADISNI, QIBLANI qo'shib gapiradi, odamlarga, atrofdagilarga o'zini IYMONLI qilib ko'rsatadi va buni mahorat bilan ijro etadi!
Albatta, IYMONI mujassam bo'ladi!
Misol uchun BESH VAQT NAMOZINI O'QIYDI, UYIDA HUDOYI ISHLARINI, BA'ZI RAHBARLAR HATTO KABINETIGA MULLALAR, KAYVONILAR, OTINOYILARNI OLIB KELIB, ISIRIQ TUTATIB, BIBIMUSHKULLAR QILDIRADI(MEN SHUNDAY BIR NECHA RAHBARLARNI KO'RGANMAN!).

O'zining nazarida o'zi uchun ham juda iymonli va e'tiqodli bo'lib tuyuladi!

Ammo, men bunday rahbarlarni IYMONLI LO'TTIVOZLARGA o'xshataman!
Nega bilasizmi? Chunki shunday IYMONLI rahbarlar, besh vaqt namozini o'qib turib, PORAXO'RLIK qiladi!
Og'zidan QIBLA, ALLOH kabi so'zlar tushmasa ham, doimo nohaqlik, odamlarni har xil ko'zda ko'rib ish qiladi!
Qo'l ostidagilarni bir ko'zda ko'rmaydi!
Agar shundaylarga mabodo so'z berib, minbarga chiqarsangiz, hammaga qarata IYMONDAN, HALOL YASHAMOQLIKDAN saboq beradi!
Poraxo'rlikni qoralaydi, ammo, minbardan tushgan zahoti PORASINI OLADI! NOHAQLIGINI QILADI!
Eng alamlisi, allohni kalomini kalaka qilgandek nohaqligi va poraxo'rligi go'yoki yuvilayotgandek NAMOZINI o'ringa o'rin o'qiydi! Ya'ni, go'yoki o'qiyotgan namozini qilayotgan nomaqbul ishlariga alishadi, savdolashadi!
Lekin, bilmaydiki, birovning tahoratiga birov namoz o'qimaydi!
Har kim o'z qilmishiga o'zi javob beradi!
Shunday rahbarlarni ko'rsam, nafratlanaman!
Alloh huzurida, haq dunyoda bular qanday javob beradi deya o'ylanaman...
Afsus, IYMONNI "SHAXSIY IYMON" deya tushunish hatodir!

P/S: YARATGAN YURAKDA, QALBDA BO'LADI!
HALOLLIK VA POKLIK-BIROVNING HAQQINI YEMASLIK, BIROVGA OZOR BERMASLIKDA BO'LADI!

"IYMONLI LO'TTIVOZ" RAHBARLARGA HAQIQIY IYMON TILAYMAN!

@BUGUNGI_MADANIYAT
Forwarded from Deleted Account
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⁉️ Elektron dekanatga kirish.
👨‍💻Video muallifi: Bilol
Forwarded from TerDU MILLIY LIBOS VA SAN'AT | ILM OLING! (Shahzod Shonazarov)
Бугун Хоразм санъатининг ёрқин намоёндаси Ортиқ Отажонов таваллуд топган кун. (30 январь. 1947 йил).


👉@TerDU_Sanatshunoslik
Forwarded from TerDU MILLIY LIBOS VA SAN'AT | ILM OLING! (Shahzod Shonazarov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Ўзбекистон халқ артисти Ортиқ Отажоновни соғиниб...


👉@TerDU_Sanatshunoslik
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XOTIRA_MUQADDAS_XOTIRA_ABADIYDIR!

A.MADIYEV MUSIQASI "ABADIY XOTIRA"

MUSIQIY SAYQAL: XURSHID TURSUNOV

O'ZBEK XALQI TARIXIDA O'CHMAS IZ QOLDIRGAN AJDODLAR RUHIGA BAG'ISHLANADI!

@BUGUNGI_MADANIYAT
𝐁𝐔𝐆𝐔𝐍𝐆𝐈 𝐌𝐀𝐃𝐀𝐍𝐈𝐘𝐀𝐓 (A.I.Madiyev) - MAD.REVIZOR✍️✍️✍️
Photo
18+
Ushbu surat bir necha ming yillik Misr Fr'aviniga tegishli.
Qur'oni karimda Fr'avnning jasadi insonlar uchun ibrat bo'lib qolajagi, hech kim bu dunyoda ustun bo'la olmasligi, yovuz qilmishlari uchun jasadi hech qachon chirib yo'q bo'lib ketmasligi haqida alohida sura ham mavjud.
Haqiqatdan ham bugungi kunda adashmasam Buyuk Britaniyaning muzeyida saqlanayotgan ushbu jasad bir necha ming yil o'tsa hamki o'z shakli va holatini saqlab kelmoqda!

P/s: Ushbu suratni ko'rib yon atrofimizdagi rahbarlar BU DUNYO HATTO BIR VAQTLAR O'ZINI ILOHGA TENGLASHTIRGAN, QO'L OSTIDA MING-MINGLAB QULLARI BO'LGAN, O'ZIGA TIRIKLIGIDAYOQ MISLI KO'RILMAGAN PIRAMIDALARNI QURDIRGAN FR'AVNLARDAN ham qolishini bilishlari kerak!
Men esa surxon san'ati ichida YIGIRMA YILLAB KRESLOGA YOPISHIB, LEKIN SHU YILLARI DAVOMIDA BIR GRAMM HAM TIZIMGA FOYDASI TEGMAGAN ba'zi bir vallomatlarni bilaman!
Shunday vallomatlar borki, ular agar vafot etadigan bo'lsa, mayli ilmu-amalini qilib ko'mdik ham deylik, lekin agar menga qolsa ular ishlagan kabinetini ISH MUZEYIGA AYLANTIRIB, YIGIRMA YILLAB O'TIRIB CHIRITGAN KRESLOSIGA GULCHAMBARLAR TAQIB, "SHU KRESLODA PALONCHI YIGIRMA YIL O'TIRIB HAM BIR GRAMM FOYDASI TEGMAGAN" deb o'yib yozdirib qo'yardim! Odamlarga ibrat bo'lishi uchun!
Unutmang, o'tirgan kursingizni qabrga olib ketmaysiz!
Qo'l ostingizdagi hodimlarni rozi qilib, savobini olishingiz kerak!
Hodimlaringiz o'z ish joyidan, sizning qo'lingiz ostida ishlayotganlaridan mamnun bo'lib, kasblarida baxt topishlari kerak!
Mansab kimlardan qolgan, sizdan ham, bizdan ham qoladi!
Ko'zingizni oching aziz rahbarlar!
Sizlar shunchaki xalqning XIZMATKORISIZ!
Xalqni rozi qilishingiz shart!

@bugungi_madaniyat
Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusiga muvofiq bolalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlarini ta'minlash maqsadida Termiz shaxar Madaniyat bo'limi tasarrufidagi 2-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida Ovoz yozish studiyasi faoliyatini yo'lga qo'ydi.Qolaversa maktab ijodiy jamoasi barcha yoshdagi san'at va madaniy faoliyat sohasi vakillarini ijodiy hamkorlikka taklif etadi.Yangi O'zbekiston - yangi maqsadlar diyori. (2-BMSM matbuot xizmati)

P/s: Otabek Temirovichga qilayotgan ishlari uchun tashakkur bildiraman!
Musiqa maktabida OVOZ YOZISH STUDIYASINI ochishni har kim ham qilolmaydi!
Lekin men shunday maktabni bilaman, nomi IXTISOSLASHTIRILGAN(AYNAN QAYSI MAKTAB EKANLIGI ESIMDA YO'Q🤔), afsuski biror bir tadbir qilsa hodimlaridan yoki o'quvchilardan pul yig'ib arendaga kalonka tashib yuradi!
Bir kuni umumiy majlisda hammani ko'z o'ngida maktabning hamshirasi OPERATOR PALONCHIYEVA PISTONCHIXON ko'rikdan o'tmabdi deb yuboradi!
Hech ko'rganmisiz ayol kishi operator bo'lganini 😂😂😂
​​​​#таълим

Ўқитувчини сочини олаётган сартарош сўради:
– Нега таълим тизимимиз борган сари ёмонлашиб кетмоқда?

Ўқитувчи озгина ўйланиб жавоб берибди:
– Тасаввур қилинг, соч олиш учун ишлатадиган хар бир ускунангизнинг қўлланилишини ёзма шаклда исботлашингиз ва тушунтиришингиз керак, ҳар бир одамнинг сочини олиш бўйича кунлик, ҳафталик, ойлик, чораклик, йиллик, 3 йиллик, 5 йиллик режалар ва истиқбол режаларингизни тузишингиз лозим, сочни ювиш тартибини, шампунь ва бошқа соч учун косметик моддаларни изоҳлаб ёзма ҳисобот тайёрлашингиз керак. Бу ишлардан ташқари Сизнинг мақомингизни белгилаш “Бош ювиш ва сочга эътибор” каби мавзуларда маъруза қилиш ҳамда “Соч олдиришда ахборот технологияларининг ўрни” мавзусидаги семинар ва конференциялардаги чиқишларингизга мижозларингизнинг фикр-мулоҳазалари, тақризлари асосида белгиланади. Юқоридагиларнинг қарори асосида ўткир тиғли қайчидан фойдаланиш таъқиқланади.
Хар ойда бир неча марта назоратга миссия келади. Ҳар бир мижоз билан “аввалги ва кейинги ҳолат” ҳақида селфи қилиб, расм чиқариб, уни ҳисоботга қўшиб тикиб, комиссияга топширасиз ва бу ҳақиқат эканлигини оғзаки суҳбат орқали ўзингиз ёки салон раҳбари билан бирга исботлаб беришингиз керак. Даврий равишда хар бир мижозингиз ва қўшниларингизнинг коммунал тўловларини тўлашаётганлиги ҳақида маълумотномаларини тўплаб, топшириб боришингиз керак.
Яна баъзида мижозларингизнинг уйига бориб, уларнинг сочлари яхши ўсаётганлигини, муаммолари йўқлигини, ҳеч қандай психологик ёрдам керакмаслигини сўрашингиз керак.
Яна ойда бир неча марта ихтиёрий равишда кўча супуришга, йўл четларини ва дарахтларни оқлашга чиқишингиз керак. Йилда бир марта металлолом ва пахта йиғиш мавсумида иштирок этишингиз керак.
Ундан кейин ишдан бўш вақтингизда яна...

– Тўхтанг, етади!!! Сочни қачон оламан!? – дебди.

P.S.: Ҳурматли ўқитувчилар, маза қилиб, йиғлаб олдингизларми!? Бизни кузатишда давом этинг – ҳали кўп йиғлатамиз!!!

Манба: adolat_kuychisi

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимизга аъзо бўлинг: 

Telegram  | YouTube  | Facebook
Forwarded from 🍁🌺AŞKIM VAR🌺🍁
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ижтимоийфикр

Юлдуз Усмонова Жаҳонгир Отажонов ҳақида:

- Биринчи ўзингга президент бўл.
“Туя ҳаммомни орзу қилибди”!

📱Telegram: @Kunxabari 👈
ЭЪЛОН

Ўзбекистон Республикаси Маданият вазирлиги Буюк санъаткор, Ўзбекистон халқ артисти Ботир Зокиров хотирасига бағишлаб «Ботир Зокиров санъати давомчилари» республика кўрик-танловини эълон қилади.

✳️ Кўрик-танлов 16 ёшдан 28 ёшгача бўлган ижодкор ёшлар ўртасида жорий йилнинг февраль-апрель ойларида уч босқичда ташкил этилиб, туман шаҳар босқичлари 4-25 февраль кунлари, вилоят босқичлари 9-18 март кунлари, республика босқичи 6-9 апрель кунлари ўтказилади.

🏆Кўрик-танлов ғолибларини тантанали тақдирлаш ва концерт дастури жорий йил 23 апрель куни Тошкент шаҳрида ўтказилади.

Кўрик-танловда иштирок этишни истаган ижрочилар туман-шаҳар Маданият бўлимларига мурожаат қилишлари мумкин.

Madaniyat.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Deleted Account
Бугун Сурхондарё вилоят Олтинсой туман 15-сонли болалар мусиқа ва санъат мактабида директор вазифасида узоқ йиллар фаолият олиб борган, ўз касбининг жонкуяр ва фидоийси Пардаев Қахрамон Жураевич 49 ёшида бевақт оламдан ўтди. Сурхондарё вилоят маданият бошқармаси жамоаси Қахрамон Жураевичнинг оила аъзолари ва яқин қариндошларига таъзия изҳор этиб, чуқур ҳамдардлик билдиради. Болалар мусиқа ва сант мактаби ривожига муносиб ҳисса қўшиб, маданият соҳасида ҳурматга сазовор бўлган меҳнатсевар ва самимий инсон Қ.Пардаевнинг самарали меҳнатлари, қолдирган излари бутун умр мерос бўлиб қолади. Марҳумнинг охиратлари обод, жойлари жаннатда булсин.
Bugun 1-fevral
"Maqom cholģu ijrochigi" kafedrasi dotsenti, Òzbekistonda xizmat kòrsatgan artist, sevimli ustoz Malikaxon Ziyayevaning tavallud topgan kunlari. Ustozni kanalimiz nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Mashaqqatli va sharafli kasbingizda ulkan zafarlar yor bòlsin!!!

@bugungi_madaniyat