𝐁𝐔𝐆𝐔𝐍𝐆𝐈 𝐌𝐀𝐃𝐀𝐍𝐈𝐘𝐀𝐓 (A.I.Madiyev) - MAD.REVIZOR✍️✍️✍️
417 subscribers
6.56K photos
1.49K videos
34 files
1.27K links
Maydonga qaytdim, men sizlar bilanman!!!
Haqiqat egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi!
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yana bir bora KO'RMAGANNING KO'RGANI QURSIN azizlarim!

Men videoni kimningdir oldingi aybini yuziga solish uchun chiqarmadim! Eng qizig'i bu ayb oxirgisi emasda!
Men kechroq yana bir badiiy post qo'yaman, shunda bilib olasizlar nega bu videoni chiqarganimni...

P/s: Keyin iltimos, bu videoni aloqa_botimga qaysi ESHON BOBO, HOJI BOBO jo'natyapti bilmadimu, lekin men birovning tahoratiga namoz o'qiydigan odam emasman, QUNDUZ AMAKINING ERTAKLARI hali bu qismida yakunlanmadi, hali zo'ri oldinda, shu bir hafta ichida ko'rasizlar!

ESHON BOBO, HOJI BOBOLAR iltimos, bu videoni "ISHTONIGA **" qilib qo'yib, qilg'ilikni qilib, tag'in xulosa chiqarmay vaziyatni o'z qo'llari bilan tobora BATTAR qilayotganlarga tashlanglar!

Shum bola filmida aytganidek "JON HOJIBOBOJON, MENGA BUNDAY VIDEO TASHLAMANG ILTIMOS"☺️
Men bir rahbarni bilaman, u yaqinda ma'muriy javobgarlikka tortildi!
Javobgarlikka tortilishidan oldin "MENGA SUIQASD QILISHDI, MEN HALI ULARGA KO'RSATIB QO'YAMAN" dediyu, sudga borganda KANKRET dalillar bilan javobgarlikka tortildi!
Eng qizig'i bir bloger bor ekan, o'sha blogerni VAZIYATNI YORITGANI uchun, uni ham ichki ishlarga yozib berib, "MENGA SUIQASD QILDI, MENGA TAHDID QILDI, MENI HAQORAT QILDI" dedi.
Eng qizig'i qaerdandir bir dunyo qog'ozlarni o'zicha DALIL deb ko'tarib boribdi!
Endi ikkinchi sudda 30 KUN ICHIDA yana bir bora huddi shunday ma'muriy javobgarlikka tortilsa, avtomatik tarzda jinoiy javobgarlikka tortilishini bilarmikin?🤦‍♂

O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik tog'risidagi 41-modda HAQORAT bilan davo qilmoqda.
Ammo, ushbu moddada nazarda tutilgan VAJLARNI KANKRET DALILLAR bilan isbotlab bera olmasa, 41-modda avtomatik tarzda 40-moddaga, ya'ni TUXMAT moddasiga aylanadi va eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan 65 baravarigacha jarima to'lashi mumkin!
Endi tasavvur qiling, hali 30 kun ichida ikkinchi marotaba shunday javobgarlikka tortilsa, ustiga ustak MA'MURIY javobgarlik JINOIY javobgarlikka aylansa, sal kam 60 barobardan 100 barobargacha jarima, tag'in rahbarlik qilish huquqidan ma'lum muddat chetlatish haqida hulosa berilsa, qanday bo'larkin?
Bunday "RAHBAR" qilayotgan ishlarining mazmun mohiyatiga aqli yetayaptimi? O'zi bu rahbar ruhan sog'lommi?
Eng yomoni, "MENGA SUIQASD QILDI" degan davo bilan bir dunyo safsata qog'ozlarni sudga ko'rsatadi, ammo, ikkinchi tomon aslida uning TAHDID qilganligi haqida bir qancha KANKRET AUDIO dalillarni ko'rsatishini bilarmikin? Ikkinchi ma'muriy javobgarlikka tortilib, OTNI KALLASIDEK jarimani to'lagandan so'ng, ikkinchi tomon qo'lidagi ko'plab KANKRET DALILLAR bilan qaytadan davo ochsa, uchinchi sudda jinoiy ishga aylanib, bu rahbar batamom barbod bo'lishini tasavvur qilayaptimi?

P/s: Hurmatli yuristlar, yon-atrofingizda shunday rahbarlar bo'lsa, iltimos, es hushini yig'ib olishini aytinglar!
Маданият вазири боғчаларда ҳар куни мақом ва миллий куйлар қўйиш таклифи билан чиқди

Маданият вазирлиги мактабгача таълим муассасалари учун мақом куйларидан сараланган махсус мусиқий тўплам яратган.

👉 https://kun.uz/35934497

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
SHAXSIY ILTIMOS:

HURMATLI KUZATUVCHILARIM ORASIDA LIZING(BO'LIB TO'LASH)GA TELEFON SOTUVCHILARI BO'LSA, MENGA YA'NI BUGUNGI MADANIYAT KANALI BLOGERIGA YAXSHIROQ TELEFON KERAK BO'LMOQDA!
AGAR KANALNI KUZATIB, KANALGA MEHRI TUSHGAN, TELEFON SOTISH BILAN SHUG'ULLANADIGAN KUZATUVCHILAR BO'LSA BO'LIB TO'LASHGA YORDAM QILIB TURSALAR MINNATDOR BO'LAMAN! SABABI, BIRDANIGA TO'LIQ PULINI BERISHGA HOZIRDA MODDIY TOMONLAMA OJIZMAN, SHUNING UCHUN HAM BO'LIB TO'LASHGA QURBIM YETADI!
MEN BILAN @BIZBILAN_ALOQA_BOT YOKI +998994258028 RAQAMLARI ORQALI BOG'LANISHINGIZ MUMKIN!
OLDINDAN MINNATDORCHILIK BILDIRAMAN!☺️☺️☺️
Forwarded from Deleted Account
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Deleted Account
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zafarbek Solijonov
Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаменти Зангиота туман бўлими ва Мактабгача таълим вазирлиги мутахассислари тумандаги 16-сонли боғчада текшириш ўтказди. Бу ҳақда ҳар икки идора матбуот хизмати хабар қилди. Текширувда аниқланишича, МТТ мудираси ва бошқалар 2014–2020 йиллар давомида аслида боғчада ишламайдиган 37 кишини ишга қабул қилиб, ҳужжатларни қалбакилаштирган ва 983,5 млн сўм бюджет маблағини талон-торож қилган.

Расмдаги кучукнинг исми Амиго, Даниядан. У ярим соатда 48 та каламуш тутган. Ҳозир бизнинг бутун тизимимизни "каламушлар" эгаллаган. Бизга ҳам шундай вафодор "кучуклар" керак. "Мушукларимиз" эса каламушлар билан "доля"да шекилли.

Каналга манзил:👉 @Zafarbek_Solijonov
Ushbu profil egasi kimligini biladiganlar bo'lsa iltimos @bizbilan_aloqa_bot orqali bog'laning!
Oldindan rahmat!
𝐁𝐔𝐆𝐔𝐍𝐆𝐈 𝐌𝐀𝐃𝐀𝐍𝐈𝐘𝐀𝐓 (A.I.Madiyev) - MAD.REVIZOR✍️✍️✍️
Photo
Ko'pchilik kuzatuvchilarimiz Jahongir Otajonovning prezident bo'lishga harakati haqida fikr bildirishimni so'ramoqda.
Mayli, fikr bildirish kerak bo'lsa fikr ham bildiraman...

Hullas, Otajonov aytayotgan niyatiga fikrim, men qarshi emasman, aniqrog'i, qarshi bo'lishga haqqim ham yo'q!
Negaki, shu yurtda yashayotgan har bir O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSI barcha imtiyozlar, imkoniyatlardan foydalanishga haqli!
Xususan, Otajonov ham haqli!
Bugun Otajonov YANGI PARTIYA tuzish uchun adliya vazirligiga tashrif buyuribdilar, demak, niyat jiddiy!
Albatta, bir fuqaroni AMALGA OSHIRMOQCHI BO'LAYOTGAN TASHABBUSINI qo'llab quvvatlayman!
Lekin, prezident bo'lish, yangi partiya tuzishning o'z huquqiy asoslari, shartlari mavjuddir.
Bir savolni to'g'ri qo'yishimiz kerak:
"OTAJONOV PREZIDENTLIKKA NOMZODINI QO'YSA NIMA BO'LADI?" emas, "OTAJONOV PREZIDENT BO'LGANDA NIMA BO'LADI?" deya o'ylashimiz kerak!
Bilmadim, san'atchilar prezident bo'lishi kamdan-kam kuzatiladigan holatdir!
Misol uchun, uzoqqa bormaylik, TURKMANISTON prezidenti GURBANGULI BERDIMUHAMMEDOV, u ham asl kasbi san'atchi!
Lekin agar Otajonov prezidentligi GURBANGULI siyosatidek bo'ladigan bo'lsa, shaxsan men qo'llab quvvatlamagan bo'lardim!
Mamlakat prezidenti bo'lish, million xalqni boshqarish va rivojlanishga yetaklash bu SAHNADA OTARCHILIK qilishdan ancha farq qiladi!
Qo'shiq aytish boshqa, xalqni yetaklash boshqa!
Qo'shiq aytib xalqning ma'naviyatini yetaklash mumkindir, ammo, ARAVANI sudrash qiyin.
MA'NAVIY SITOSATCHI bo'lish esa juda hatarlidir!
Nega hatarli bilasizmi?
Tarixdan o'qigan bo'lsangiz GERMANIYA rahbari, FASHISTLAR yetakchisi GITLER ham yoshligida madaniyat va san'atga juda qiziqib, rasmlar chizib yurgan!
Ammo, yillar davomidagi yahudiylarga bo'lgan nafrati, uni rassomchilikdan O'TA QUDRATLI VA TUTQICH BERMAS FASHISTGA aylantirgan!
1939-yildan to 1945-yilgacha atigi bir SAN'ATCHI-FASHIST butun dunyoni sal kam olti yil davomida DO'ZAXGA aylantirganini unutmaslik lozimdir!

P/s: Hullas, aziz kuzativchilarim, Prezident bo'lish bu o'yinchoq narsa emas!
Bir tomonda OTARCHI PREZIDENT bo'laman deyapti, ikkinchi tomondan garchi prezident bo'laman deb ochiqdan ochiq aytmasada, SOBIQ IQTISODCHI XIDIRNAZAR OLLOQULOV ham yangi partiya tuzaman, palon qilaman, piston qilaman deb uyoqdan buyoqqa urinib, turtinib yuribdi!

Alqissa shuki, sodir bo'layotgan voqealarni ko'rib, bir blogger aytganidek: JAHONGIR OTAJONOV BO'LADIMI, XIDIRNAZAR OLLOQULOV BO'LADIMI, KIM BO'LSA BO'LSIN PREZIDENT!
MENGA OTAJONOV BIR JAHONU, MENGA OLLOQULOV BIR JAHON,
LEK MIRZIYOYEVDEK BOBOM BOR, KO'KSI QALQON O'ZBEGIM☺️☺️☺️

@bugungi_madaniyat
Bugun mahallamizdagi bir "AQLLI" amakining atrofdagilarga berayotgan gurungini eshtib qoldim:

Amaki: "Men sovet davrida 5-sinfdaligimda egzamendan yiqilib, ikki yil qo'shimcha o'qiganman" deb huddi bir tog'ni talqon qilgandek bo'lib gapirdilar!
Men esa amakiga qarab, oxiri chiday olmay shunday dedim:
"EH AMAKI, AGAR ADOLAT BO'LGANDA EDI SIZ HOZIR HAM MAKTABDA O'QIYOTGAN BO'LISHINGIZ KERAK EDI" dedim☺️☺️☺️

@bugungi_madaniyat
Халқаро бахшичилик фестивали Қорақалпоғистонда ўтказилади

II Халқаро бахшичилик фестивали жорий йил апрел ойининг учинчи ўн кунлигида Қорақалпоғистонда ўтказилиши режалаштирилмоқда.

Бу ҳақда Қорақалпоғистон маданият вазири Қалбай Турдиев маълум қилди. Фестивалнинг очилиш маросими Нукусда бошланиб, якуний қисми Мўйноқда бўлиб ўтади.

Вазирнинг таъкидлашича, бахшичилик фестивали ўтаётган бир вақтда Амударёдаги Чилпиқ қалъаси атрофида Болалар фолклор ҳамда Тахтакўпир туманида «Қаратерен ирғақлари» номли ёшлар фестивали ҳам ташкил этилади.

Фестивалнинг ўтказилишига доир масалаларни ўрганиш мақсадида Маданият вазирининг биринчи ўринбосари Жамол Носиров Қорақалпоғистонда бўлиб, тадбир ўтказиладиган жойларни ўрганган.

Ҳозирги режага кўра, Нукус шаҳридаги «Отчопар» майдонида барча вилоятларнинг павильонлари ташкил этилади. Ҳудудларнинг миллий урф-анъаналари, бахшичилик санъати шу ерда қад ростлаган саҳналарда намойиш этилади.

Мўйноқда якуний қисмга бағишланган гала-концерт ўтказилиши ҳамда туман марказида ўтовлар қурилиб, олов атрофида бахши-жировлар ижросида концертлар уюштирилиши мўлжалланган. Хориждан келган сайёҳ ва меҳмонлар Мўйноқда бир кун қолиб туманнинг сайёҳлик масканларига ташриф буюриши мумкин.

@bugungi_madaniyat