🇺🇿Buloqboshi tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
433 subscribers
4.04K photos
305 videos
6 files
477 links
Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi

_Rasmiy_kanallar_

Telegramda: https://t.me/buloqboshitumanMMTB

Facebookda:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100041959907488
Download Telegram
Buloqboshi tuman xalq ta'limi bo'limi ta'limni raqamlashtirish mutaxassislari tomonidan umumta'lim maktablari kompyuter sinf xonalaridagi, mamuriyat foydalanuvidagi kompyuterlarni sozligi, simli va simsiz internet tarmoqlari qurilmalarini holatini o'rganish, texnik ko'mak ko'rsatish maqsadida 3-umumta' lim maktabi hamda 43-MFIDUMlarga amaliy yordam ko'rsatildi. Reja grafik asosida tumandagi barcha ta'lim muassasalariga yordam berish rejalashtirildi
TABRIKLAYMIZ

Andijon viloyati Buloqboshi tumani 18-sonli umumta'lim maktabining ijodiy-madaniy masalalari bo‘yicha targ‘ibotchisi Musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi  Anvarbek Abdullayev Andijon viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Gulhayo Omonova Erkinboyevna tomonidan “O‘zbekistonda ta’lim” jurnali tahririyatining 2023 yil 11-yanvardagi №27-sonli qaroriga ko‘ra  “ISTE‘DOD” nishoni bilan  taqdirlandi.

https://t.me/Xalq_talimi_yangiliklar
Buloqboshi tuman xalq ta'limi bo'limi ta'limni raqamlashtirish mutaxassislari tomonidan umumta'lim maktablari kompyuter sinf xonalaridagi, mamuriyat foydalanuvidagi kompyuterlarni sozligi, simli va simsiz internet tarmoqlari qurilmalarini holatini o'rganish, texnik ko'mak ko'rsatish maqsadida 46-IDUMlarga amaliy yordam ko'rsatildi. Reja grafik asosida tumandagi barcha ta'lim muassasalariga yordam berish rejalashtirildi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buloqboshi tuman hokimi Oʻ.Mamurov va sektor rahbarlari ayni daqiqalarda tumandagi bir qancha umumiy oʻrta taʼlim maktablarining isitish tizimlarida olib borilayotgan taʼmirlash jarayonini koʻzdan kechirmoqda. Maktab xonalarini isitish borasida esa masʼul shaxslarga tegishli topshiriqlar berildi.
https://t.me/buloqboshipress
“2022-2023 oʻquv yilining 3-choragidan boshlab taʼlim resurslari va kontentlaridan oʻquvchilar foydalanish boʻyicha tavsiyalar" toʻgʻrisidagi xatlari ijrosini taʼminlash maqsadida Buloqboshi tumanidagi barcha umumta’lim maktablariga targʻibot ishlari keng amalga oshirilmoqda.
Ushbu tavsiyalarni maktabning kirish qismi,o'qituvchilar xonasi va "Informatika va axborot texnologiyalari" fani xonalaridagi mavjud har bir komputer stolida (yopishtirilgan holda) bo'lishi ta'minlanmoqda.
Forwarded from Digital.uz
Oʻquv markazingizni kengaytirmoqchimisiz, lekin mablagʻingiz yoʻqmi?

O‘zbekiston IT-ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘plab tashabbuslarni yoʻlga qoʻymoqda. Xususan, 27-yanvar kuni soat 9:30 da Inha universitetida “IT-ta’limni maqsadli moliyalashtirish” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtadi. Uning doirasida IT Bilim moliyalashtirish tashkilotining va “bilgi.uz” platformasi taqdimoti oʻtkaziladi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4288

————

Хотите расширить деятельность своего учебного центра, но нет средств?

Узбекистан запускает много инициатив, направленных на поддержку IT-образования. В частности, 27 января в 9:30 в Университете Инха, состоится конференция на тему «Целевое финансирование IT-образования», на которой состоится запуск финансирующей организации — Центра развития IT-знаний (IT Bilim) и его платформы — bilgi.uz.

Подробно: 👉 https://mitc.uz/ru/news/view/4288

#mitc
#bilgiuz
#konferensiya

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI 16 YOSHGA TO‘LGAN MAKTAB BITIRUVCHILARIDAN O'Z VAQTIDA PASPORT (ID KARTA) OLISHLARINI SO'RAYDI

Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz.

Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.

Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 129 ming (33%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.

Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchilar!

Farzandingizning konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, 16 yoshga to‘lgan farzandlaringizni o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini mazkur manzilga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni so‘raymiz.

Ma'lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat etishlari zarur.
Forwarded from Isomuddinov Nizomiddin
Buloqboshi tuman 27-umumta'lim maktabi diretori Abbosxon Karimjonovni bugun tavallud kuni, shu munosabat bilan Buloqboshi tuman xalq ta'limi bo'limi Abbosxon Karimjonovga uzoq umr, baxt-saodat tilaydi. Abbosxon Karimjonov yosh direktor bo'lishiga qaramasdan etuk raxbarlik qobiliyati va mexnatkashligi bilan barchani hurmatini qozozngan. Abbosxon Karimjonovga kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz hurmat bilan Buloqboshi tuman xalq ta'limi bo'limi!
БУХОРО ВИЛОЯТИ ВАКИЛЛАРИ АНДИЖОН ТАЖРИБАСИ БИЛАН ТАНИШМОҚДА

Хабарингиз бор, юртбошимизнинг Андижон вилоятига ташрифи давомида Андижон туманидаги 55-умумтаълим мактабида ўқувчи-ёшларни "Ҳаёт мактаби"га тайёрлаш, уларни касб-ҳунарга йўналтириш бўйича Андижон тажрибаси билан танишди.

Ушбу ташаббусни бошқа ҳудудларда ҳам жорий этиш мақсадида мактабга Бухоро вилояти вакиллари саёҳат уюштириб, мактаб тажрибаси билан танишмоқдалар.

Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok