CEFR (Multi level) with Mr Pro
1.67K subscribers
2.76K photos
1.72K videos
535 files
4.01K links
Download Telegram
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 20-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (16-18-may) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 18-19-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 32,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 49 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

@Multilevel_Preparation_1