"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
39 subscribers
45 photos
9 videos
67 files
8 links
"Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik
Erkin volontyorlik harakati!
Nuron so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib muruvvat ko‘rsatish, birlashish degan ma'noni anglatadi!
Download Telegram
AKA...

Oʻzimni akam yoʻq, endi bu menga armon boʻlib qolsa kerak deb doim xafa boʻlib yurardim. Akasi bor qizlarga judayam havas qilardim. Qarindosh akalarim bor edi, toʻgʻri. Lekin ular baribir oʻz akangdek boʻlolmasa kerak deb oʻylardim.
Lekin fikrim oʻzgardi, yaqinda mana shu akam, meni armonimni ushaltirdi. Ulgʻayganim sari, akamning menga, singlimga qanchalik mehribon ekanligini koʻrdim☺️ Yosh boʻlganim uchunmi, avval bu holat bilinmagan ekan. Hozir oʻsha akam bilan judayam yaqinmiz, hazillar, baʼzan tergovlar🙃
Akalarning birgina mana shu "singlim" degan soʻzidan singillar qanchalik xursand boʻladiyaa😌
- Toʻgʻrimi singillar?)

🤓Xoʻsh, endi singillar uchun ikki ogʻiz soʻz🫣
Qizlarjon!
Akangizni qadrlang! Akam meni hadeb tergaydi, akam unga ruxsat bermaydi, bunga ruxsat bermaydi deb noshukurlik qilavermang. Qanchadan qancha singillar akasi boʻlishini orzu qiladi. Akalar ham singliga yomonlikni ravo koʻrmaydi. Ular sizni himoya qiladi. Yaxshi kunlaringizni koʻrishni, ortingizdan yaxshi gap, maqtovlar eshitishni xohlaydi. Shuning uchun sizni tergab turadi, hamma narsaga ham ruxsat beravermaydi. Siz bundan "Akam meni oʻylayapti" deb xulosa chiqaring va unga munosib boʻlishga harakat qiling. Bilingki, siz akalaringizning yelkasidagi or-nomusisiz!

Akalarning boriga shukur🤍


Tayyorladi Asrorova Zarnigor "Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#volontyor #mehr #birlashaylik

🌙Tun..

Atrof qop-qorong'u. Deyarli hech nimaning ovozi eshitilmaydi. Inson o'sha tun qo'ynida orom oladi, faqat tundagina miyya dam olishga imkoni topsa kerak.🤔🤓
Barcha - hayolingizni chalkashtirib yuborayotgan fikrlar sizni qiynaydigan, yoki qalbingizga sokinlik bahsh eta oladigan ham tundir. O'tmishni eslaysiz, kelajak,ertangi kun haqida o'ylaysiz. Turli savollarga javob qidirasiz. Balki qiynalarsiz, vijdoningiz qiynab, sizni azoblar ushbu tunda. Balki, olamshumul rejalarga makondur bu tun. Hullas ,inson o'zini erkin, hotirjam his etishga imkon - tun. Kimdur sizga , fikrlaringizga qarshilik bildirmaydi. Siz, faqatgina siz o'zingizni baholaysiz. O'zligingizni anglashga imkon bu tun. Ko'p o'ylaysiz bazan. Xatto butun tunni bedor o'tkazuvchilar ham bordir. Bu albatta ajib olamga olib ketadi insonni. Hayolot gavdalanadi...naqadar jim-jitlik. Sukunat ruhning shifosi, uni jonlantiradi.
Ba'zan sukunatga ham yo'l ochib turish kerak qalbda. Qalb buni hohlaydi. Doim ish, o'qish, o'yin-kulgu... bunaqasi ketmaydi. Haqiqiy oromni, haqiqiy sakinatni his qilish uchun uhlash shart emas😁😊. Oz vaqtga, oz fursadga bo'lsa ham o'zingiz bilan o'zingiz qoling. Haqiqiy sokinlikni his etishga harakat qiling. O'zingizni anglang.
Jismga ham ta'sir etadi bu albatta. Ko'rasiz o'zingizdagi o'zgarishni, atrofga o'zgacha nigoh bilan qaraydigan bo'lib qolasiz. Ishoning...

TAYORLADI: Toshqo'ziyeva Nigora loyiha volontiyori.


@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Сиз буни биласизми?!

1. Қуръондаги энг узун сура – ал-Бақара

2. Қуръондаги энг қисқа сура – ал-Кавсар

3. Қуръонда ишора қилинган энг афзал ичимлик – сут

4. Қуръонда ишора қилинган энг афзал таом – асал

5. Қуръондаги энг улуғ оят – оят ал-Курси

6. Қуръонда зикр қилинган энг ёқимсиз ҳалол нарса – талоқ

7. Қуръонда келган энг узун сўз – у ила сизларни сероб қилдик

8. Қуръонда ишора қилинган энг афзал кеча – Қадр кечаси

9. Қуръонда ишора қилинган энг афзал ой – Рамазон ойи

10. Қуръонда ишора қилинган энг катта ҳайвон – Ҳут яъни Кит балиқ

11. Қуръонда ишора қилинган энг кичик ҳайвон – майда чивин

12. Қуръонда энг афзал сура – Фотиҳа

13. Қуръонда энг кўп сураларни ўз ичига олган жузъ – 30чи жузъ

14. Қуръонда энг кўп номи зикр қилинган мева – узум

Kursdoshlaringizga ham ulashing 👇👇👇
@Kelajak_yoshlarmiz
Ilm

Siz ilm deganda nimani tushunasiz?

📌Asosan ilm ikki turga bo'linadi. Duyoviy ilm va diniy ilm shunday insonlar bor asosan dunyoviy ilm izlashga harakat qilishadi yana shunday insonlar bor diniy ilm izlashadi lekin biz barchamiz ikkala ilmni ham teng o'rganishimiz kerak emasmi aslida.

📌Dunyoviy ilm bizga kerak bu bilim bilan biz kelajagimizni porloq, kamchiliklarsiz bo'lishiga sabab bo'ladi biz o'qib ishlab sharoitlarimizni yaxshi qilib yaxshi bir joyning egasi bo'lib oilamiz va farzandlarimizga go'zal bir kelajakni sovg'a qilgan bo'lamiz.

📌Diniy bilim ham bizga juda kerakli sababi biz dunyoga kelganimizda bizga buyrulgan narsa bu avvalo diniy bilim diniy bilimni olganimizda bu hayotta bizga hech nima berilmashi mumkun shu sabab ko'pchilik insonlar faqatkina dunyoviy bilim olishka harakat qilishadi. Dunyoviy bilib bizga bu hayotta boylik, obro va yana shunga o'xshash narsa berishi mumkun lekin kun kelib bularni barchasi o'tib ketadi. Diniy bilim esa bizni u dunyoligimiz uchun jannatka olib kiruvchi kalitimiz hisoblanadi diniy bilim olib hech qachon tugamas abadiy dunyo uchun ham harakat qilishimiz kerak emasmi aslida

📌Biz insonlar har doim ikkala bilimni ham teng olishka harakat qilishimiz kerak diniy bilimni olib Alloh taqiqlagan narsalardan yiroq yursak dunyoviy bilimizni ham ziyoda qiladi. Barchamizni ilmimizni doimo ziyoda qilsin.

Tayyorladi Ruhshona Po'latova Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
ИБРАТ

  📌Ўлим тўшагида ётган бир инсон фарзандларига илтимос қилибди:  Фарзандларим! Умримнинг сўнги кунларида томоғимдан шубҳали луқма ўтишини хоҳламайман. Шундай таом келтирингларки, охирги кунларимда ҳалол топилган таом еб жон таслим қилай...
       📌Фарзандлари нима қилишларини билмай, Шайхнинг олдига маслаҳатга боришиб, уларга отасининг муродини баён қилишибди. Шунда Шайх:
       - ён атрофингизда бирон мактаб ўқитувчиси яшайдими? -  деб сўрабди.  Фарзандлар эса:
        - ҳа, албатта яшайди - деб жавоб беришибди. Шунда Шайх:
        - ўша мактаб ўқитувчисининг уйидан бирон таом сўраб олиб едиринглар деган экан.
      📌 Дархақиқат,  Шайх айнан мактаб ўқитувчисининг уйидан деб бежиз айтмаган, чунки ўқитувчининг топгани ҳалолдир

Tайёрлади Анварбек Абдуллаев Нурон чексиз мехр, билан бирлашайлик эркин, волонтер харакати Булокбоши тумани лидери

Дустларингизга хам улашинг мехр учун !
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🧒👧O‘zingizga ishoning

Bu bola faqat sinf emas, butun maktab bo‘yicha eng kambag‘al oiladan edi. Adabiyot darsida  O‘qituvchi dòskaga  “Kim bo‘lsam ekan?” mavzusi yozdida va shu mavzu bòyicha insho yozishni tayinladi òquvchilarga. So'ng bu bola yetti betli insho yozibdi. Yonida ilova-chizmasi ham bor – yilqichilikka mo‘ljallangan kattakon ferma. Inshoni tekshirib òqituvchi “2” baho qòydi va òquvchiga daftarini qaytarib berdi. Bola hayron bo‘lib qoldi va dars tugagach, o‘qituvchining oldiga kirib, nega bunday baho qo‘ydingiz ustoz deb so‘radi. “Yozganlaring yoshingga to‘g‘ri kelmayd. Sen o‘ylayotgan ferma uchun katta mablag‘ kerak. Oldin yer sotib olish zarur, keyin otlar, yem-xashak… Xullas, xom xayollaringni qo‘yib, inshoni boshqatdan yoz” deb tayinladi òqituvchi. Bola xafa bo‘lib uyiga qaytdi. Uzoq o‘ylanib o‘tirdi. Ertasiga esa òsha yozgan 2 baho olgan daftarini yana darsga olib bordi  va  o‘qituvchisiga berdi: Sòng  esa “Siz bahongizni o‘zgartirmang, men esa orzularimni…

”Yillar o‘tdi. Òqituvchi nafaqaga chiqdi.
Orzulari bisyor “2” baho olgan sobiq o‘quvchisi esa orzulariga erishdi. Ro‘parasidagi devorda,  esa inshoga ilova qilingan yilqichilik fermasining ramkaga solingan chizmasi bor edi...

P.S.: O‘zgalarning siz haqida fikrlariga e’tibor bermang. Asosiysi, o‘zingizga bòlgan ishonchni yòqotmang.....


Tayyorladi Dilafruz Akbarova
Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#хайрли_тун                                                               

Энг улкан сармоя покиза ниятдир. Ниятингиз соф бўлса, кучсиз бўлсангизда, Аллоҳнинг ёрдами билан кучли бўласиз. Ожиз бўлсангиз, Аллоҳнинг мадади ила яхши ҳолатда бўласиз. Камбағал бўлсангизда, Аллоҳнинг қўллаши билан бойсиз, бадавлатсиз...

Хайрли тун Қадрдон!

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
😔Qiynalgan ayol.

📌Bu so'zni eshtilishi juda g'alati to'g'rimi lekin bu so'z bilan atalgan ayolar  qahramon ayol deb atasak ham xato o'ylagan bo'lmaymiz shundaymi.

Qiynalgan ayol bu o'zi qanday ayol hisoblanadi aslida bilasizmi.

📌Farzandi uchun oilasi uchun o'zidan yoshligidan kechkan bor umrini oilasiga farzandiga baxshida etkan ayol hisoblanadi. Bilasizmi bunday ayolarni hayot juda ko'p sinagan bunday ayolarda sabr, bardosh juda katta bo'ladi. Ular hayotni sinovlariga, mashaqatlariga, achiq, shirin kunlariga bardosh bilan kurashadi.

📌Men shunday ayolni bilardim u ayol oilasi ikki yoshlik bolasi uchun o'zini yosh jonini qurbon qilgan aslida hayot uni juda ko'p sinagan oldiniga farzandsizlik bilan oradan ancha vaqt o'tib farzand bilan siylagan va ikki yildan so'ng uni farzand dog'i bilan sinagan. Endi aytingchi siz shundayin sinovga chidagan bo'larmidingiz.

📌Rosti meni bardoshim yetmagan bo'lardi. Sabrni ham chegarasi bor u ham bir kun  tugab bitadi men sizga ta'riflagan qahramonimni ham hayotni sinovlariga bardoshi yetmagan diydimi buni bilmadim hullas u ayolni hayot juda yosh sindirdi qaytib tura olmas darajada

📌Hamma ayolni ham hayot bergan mashaqatlariga chidash uchun sabri ham kuchi ham yetmaydi biz bunday qahramon ayollardan sabr qilishni yo'qchilik kunlarda shukur qilish kerakligini o'rganishimiz kerak. Sabirsiz insonlar qatorida bo'lmaslikka harakat qilaylik.

Tayyorladi Ruhshona Po'latova Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
𝗫𝗼𝘁𝗶𝗿𝗷𝗮𝗺𝗹𝗶𝗸🌱

Xotirjamlik haqida gap boshlaydigan bo'lsam shu jumlalar bilan boshlamoqchiman😇

(نِعْمَتاَنِ مَغْبُونٌ فِيهِمَا كَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ، اَلصِّحَّةُ وَ الْفَرَاغُ (رواه البخارى

“Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U-xotirjamlik va sihat-salomatlik”. (Imom Buxoriy rivoyat qilgan)

Bobomiz Imom Buxoriy haq gapni aytganlar desam,mubolag'a bo'lmaydi.Rostanham shu ikki neʼmatni qadriga yetishimiz darkor.

Ikki neʼmatlardan biri xotirjamlik haqida so'z yurutaydigan bo'lsak,ishoning yuqoridagi suratni o'zi kifoya qiladi!
Aytingchi birodarim!Vatanimiz tinch,osmonimiz musaffo,oila aʼzolarimiz tinchlikda,farzandlar ko'chalarda xotirjam o'ynashyabdi,lekin,boshqa bir davlatlardachi?
Osmonida qora tutun,daryosida suv emas qon oqyabdi.Maysa qayerda o'sishni bilmaydi,bolalar och naxor,onalarni ko'zida yosh qolmagan😢
Yuqoriga boqib,Allohim o'zinga shukronalar bo'lsin deb aytishdan charchamaymiz😊

Boyxonov Sarvarbek
Loyiha volontyori

@cheksiz_mehr_bilan_birlashamiz
🤲Duolarimizda, duolarida hamrohsiz....!

Assalomu alaykum aziz saxovatpesha insonlar!

Barchangizga hayrli ishimizda hamrohimiz bo‘lganingizdan minnatdormiz!

🤲Allohim umringizni ziyoda qilsin! Dunyodagi yaxshi insonlar atrofingizda hamroh bo‘lsin!

Mehrli insonimiz biz bilan birga bo‘ling!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#хайрли_тун                                                                   

Замоннинг икки куни бордир... Бири  фойдангизга, бири эса зарарингизгадир. Фойдангизга бўлса, манманлик қилманг! Зарарингизга бўлса, сабр қилинг...
Тунингиз осуда ва хотиржамликда ўтсин Қадрдонлар....
💕Ehson


Insonni jannatga kirish kalitilaridan biri bu ehson qilishdadir.


Yaratgan bizga "... Qanday yaxshilik qilsangiz, shubhasiz Alloh uni bilguvchidir...!" (Baqara surasa, 215-oyat) shunday dedi muqaddas Qur'onu Karimda.

Har birimizni qalbimizga yaxshilik qilishni, mehrli bo'lishni, ehson qilguvchilar qatorida bo'lishlikni nasib etsin, qalbimizga solsin ilohim.

👆Unutmang neki qilsak barchasi o'zimiz uchun, oxiratimiz uchun.


Tayyorladi Gulsanam Mirzaliyeva Nuron erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi.

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#Volontyor #Mehr #Birlashaylik

#Samimiyat😊

Bu soʻz zamirida qanchadan qancha mano bor? Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan paytda bu soʻzga, bu munosabatga qanchalik ehtiyoj bor🥺.
Har qanday munosabatlarda samimiylik muhimmi?
Albatta 😊😊 bu juda muhim. Samimiylik degani bir biriga ishonch degani, rostgoʻylik, kimgadir hech qanday manfaatlarsiz yordam bermoq degani.... Samimiyat ota- onamizning🥹 seni juda yaxshi koʻraman bolam deya aytgan soʻzlarida...
Bir- biriga mehr ila boqqan qaro koʻzlarda...
Bolajonlarning begʻubor kulishlarida...
Beminnat uzatilgan qoʻllarda🤗
Shifoxona derazasidan tashqariga iltijo bilan boqqan yuzlardaa🥺
Bobom va buvimning duo ila aytgan soʻzlarida...
Ishdan, yoki oʻqishdan kech qolsam yaqinlarimning xavotir ila boqib turgan kozlarida...👀 Bolajonlarning hech bir yomon hayollarsiz qilgan katta katta orzularidaa🥰...
Samimiyat har joyda...
Samimiy inson bilan qancha gaplashsangiz shuncha oz☺️☺️☺️☺️
Afsuski, hozirda samimiyat shunchaki modaga aylanyapti🥹, sizga shunday samimiy insonlar boʻlib koʻringanlarning asl yuzini koʻrganingizda qalbingizda nimadir uziladi 🥲...
Kimningdir xatosini, xatto aybini ham samimiyat ila mehr bilan☺️ toʻgʻri yoʻnaltirilsa albatta u tuzaladi. Samimiy boʻlishdan aslo qoʻrqish kerak emas🥰. Siz qanday boʻlsangiz atrofingizda shunday odamlarni toʻplash, siz ularga yoki ular sizga taʼsir oʻtkazishi mumkin!!! Shunday ekan samimiy boʻlishga☺️ atrofingizdagilarni samimiyligiga nima yetsin?😊.
Samimiyat har qanday vaziyatda insonni shubhasiz afzalliklari- yu kamchiliklari bilan qabul qilish degani...
#Xulosa:
Shu fikrlarimni samimiy shoirlarimizdan biri Muhammad Yusufning 4 misralik sheʼri bilan yakunlasam☺️🤭:
Bilmaydi, eh bobom bilmaydi,
Men, men axir sevardim uni.
Saltanatning oti nimaydi?🤔
Oʻsha sochi uzun qizni...
Naqadar samimiyat ila bitilgan jumlalar🥰

Xoʻsh siz ham samimiymisiz?🤔 Samimiyatga qanday qaraysiz? Har qanday munosabatlarda samimiyatning oʻrni siz uchun qanchalik muhim?

Tayyorladi Darmonqulova Umida loyiha volontyori

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"YOSHLIKDAGI ONAMIZ"  xayriya aksiyamiz yakunlandi...

😇Assalomu alaykum mehrli insonlar. Nuron cheksiz mehr bilan bilashaylik erkin volontyorlik harakati liderlari, volontyorlari hamda saxovatli insonlar hamrohligida ilk
#xayriya aksiyamiz xayrli yakunlandi!

🕊Azizlarim, qadrdonlarim sizlarga mingdan ming rahmat!

🤗Saxovatli insonlar, aziz volontyorlar, bizning mening liderlarim sizlarni yaratgan o‘z panohida asrasin!

🌙Shunday hayrli va savobli ishlarimizda biz bilan birga bo‘lganingiz uchun tashakkur!

Biz bilan birga bo‘ling mehrli bo‘ling!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"YOSHLIKDAGI ONAMIZ"  xayriya aksiyamiz yakunlandi...

😇Assalomu alaykum mehrli insonlar. Nuron cheksiz mehr bilan bilashaylik erkin volontyorlik harakati liderlari, volontyorlari hamda saxovatli insonlar hamrohligida ilk
#xayriya aksiyamiz xayrli yakunlandi!

🕊Azizlarim, qadrdonlarim sizlarga mingdan ming rahmat!

🤗Saxovatli insonlar, aziz volontyorlar, bizning mening liderlarim sizlarni yaratgan o‘z panohida asrasin!

🌙Shunday hayrli va savobli ishlarimizda biz bilan birga bo‘lganingiz uchun tashakkur!

Biz bilan birga bo‘ling mehrli bo‘ling!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Bog'cha opamiz ...

Yoshligida bog'chaga borganlar bu insoni juda yaxshi ko'radi to'g'rimi?

Bu inson bizni

Ikkinchi Onamiz 👩
Birinchi ustozimiz 👩‍🏫
Bizni hammadan ko'p tushunadigon pisixologimiz 👩‍💼

😇Bunday kasb egalariga juda qiyin bo'ladi sababi ular ham pisixolog, o'qtuvchi va shunga o'xshash ko'plab kasiblarni bir o'zi aks etkan inson ular bolalarni xavsizligiga ularni bilimli bo'lishiga javobgar barchamiz maktabdagi ustozimizni birinchi ustozimiz deb o'ylaymiz menimcha unday emas.

⚜️Bizni birinchi ustozimiz bu bog'chadagi tarbiyachi opamiz hisoblanadi deb o'yliman negaki ular bizga oz bo'lsada yozishni chizishni o'rgatadi hozirgi zamonda bog'chada rus tili, ingilis tili, metal arfimetikalarni ham chuqur o'rgatishyabdi bu bolalarni kelajakda zukko va bilimlik bo'lishi uchun katta ahamyatka ega

☘️Bog'cha opalarda sabr degan narsa hecham tugamasmikan deb o'ylab qolaman sababi ular bir o'zi ko'plab yosh bolalarga bilim berishadi ularni ovqatlantirish va uhlatib yana Ota Onalariga sog' salomat topshirishtek mashaqatlik ishni o'z bo'yniga oladi ular har hil harakterga ega bolalarga qaraydi

🧒👧Bolalarning ayrim turlari qaysar, uzqara bo'lsa yana boshqalari eslik ammo o'ta injiq bo'ladi bularga qarash bu juda qiyin ish lekin ko'p insonlar bu inson haqida gapirishkanda u darajada e'tibor berishmidi shunday insonlar borki bu kasb egalariga qo'pol muomilada bo'lishadi shunda ham ular o'zlarini qo'lga olishgan holda kulib turadi

🕊Bunday kasb egalaridek inson bo'lish hammaga ham emas shu sabablik qanday kasb egalari bo'lishmasin ularni hurmat qilib gaplashish zarur sababi barchamiz insonmiz u katta kasb egalari bo'lsa ham yoki oddiy kasb egasi bo'lsa ham

Tayyorladi Ruhshona Po'latova Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#Hikoya #Ibrat

Bir  ko‘ngli  keng  ayol  mehribonlik  uyidan jajji  qizaloq  asrab  olibdi.  Ayol  unga  g‘amxo‘rlik qilib  yaxshi  qarabdi  va  bolalar  bog‘chasiga  joylashtiribdi.  Kunlarning  birida  bog‘chadagi  boshqa  bolalar  qizni  «yetimcha,  asrandi»,  deb  masxara  qilishibdi  (Aslida,  bolalarning  pok  fikrida  bunday  masxaralash  odati   bo‘lmaydi,  oilasidan o‘rganib qiladi).
Kechki  vaqt  qizni  olgani  onasi  kelganida, qizaloq  ko‘zlarida  jiqqa  yosh  bilan  onasidan so‘rabdi: «Oyijon, asrandi nima degani?»
Ona  mehr  to‘la  ko‘zlari  bilan  qiziga  qarab, shunday  debdi:  «Boshqa  bolalar  kabi  onasining qornida  emas,  qalbida  katta  bo‘lgan  deganidir, qizim». Qizaloq quvonib ketib onasini quchoqlabdi.


@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Diqqat, diqqat

#mehrli_qalblar chellengi ostida o'tkazilayotgan iqtiboslar tanlovi o'z nihoyasiga yetdi.

🤗Barcha ishtirokchilar uchun kattakon rahmat.

😀Ajoyib va o'ziga xos 40 dan ortiq iqtiboslar kanalga joylandi va sizga havola qilindi.

🎁 3 ish kunida g'oliblar aniqlanadi va sovg'alar o'z egalariga yetkaziladi.

🤝E'tiboringiz va ishtirokingiz uchun rahmat.

🕊Hurmat bilan Nuron cheksiz mehr bilan birlashamiz erkin volontyorlik harakati

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
O'lim

Juda qo'rqinchilik eshtiladi to'g'rimi?

Lekin kun keladi barchamiz bu dunyoni barcha narsalarimizni tashlab ketamiz o'limdan hech kim qochib qutulolmidi yaxshi insonmi yoki yomon insonmi bari bir ham o'ladi. O'lim haqida gap ochilsa insonlar yaxshi gaplardan gapir deyishadi lekin aytishadiku aqili inson o'limni ko'p eslidi deb. Qachon o'lishimizni bilmimiz bugun bormiz ertaga yo'q yoki hozir nafas olayotkan bo'lsak bir soatan keyin nima bo'lishimizni na o'zimiz na boshqalar bilishadi.

Barchamiz bu hayot uchungina yashamasdan u dunyodegi hayotimizga ham harakat qilishimiz kerak savob ishlarimizni ko'paytirishimiz kerak ehson qilishni, zakot berishni va shunga o'xshash judayam hayirli ishlarni bizga berilgan boyliklar bular barchasi bizga deb berilmagan aslida Alloh tomonidan bizga berilgan imkoniyat aslida savob olishimizga.

Ko'pchilik boylarni oldiga yordam so'rab borishsa ularga yordam berishtan bosh tortishadi aslida esa ularni Alloh ularni oldiga borishka hukm qiladi lekin buni juda kam inson tushunadi hozir barchamiz faqat pul topish bilan ovvoramiz yaqinlarimiz, do'stlarimiz, opa singilarimizdan habar olishni ham unutik.

Men shunchaki ertami kechmi barchamiz bir hil joyga ko'milishimiz bularning barchasi qolib ketishi haqida eslatmoqchiman holos bu dunyo g'animat bu umir, yaqin insonlarimiz g'animat yaqin insonlaringizdan doimo habar olib ularga yaxshilik qilishni unutmang o'tkinchi orzu havasga berilmaylik Allohni huzurida uyalib qilgan ishimiz uchun javob bera olamastan turishdan o'zi asrasin

Tayyorladi Ruhshona Po'latova Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik tashlikotchisi

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik