"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
38 subscribers
45 photos
9 videos
67 files
8 links
"Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik
Erkin volontyorlik harakati!
Nuron so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib muruvvat ko‘rsatish, birlashish degan ma'noni anglatadi!
Download Telegram
#volontyor #mehr #birlashaylik

❤️Qalb

Inson yaralibdiku undagi mehr, ko'ngil, har qanday tuyg'ular mujjasamligi qalbga borib taqaladi. Hayotda inson yoshligida olgan tarbiyasi, ota-onasining o'gitlari, atrof muhitning ta'siri uning qanday qalb egasi ekanligini anglatib turadi.

Misol uchun: Qandaydir vaziyatga duch kelsangizu undan chiqish uchun ikkilanoyatgan bo'lsangiz yaqinlaringizni "Qalbinga quloq sol" degan so'zlari sizni yuragingiz, qalbingiz qaysini to'g'ri deb bilsa ana shu sizga vaziyatdan chiqib ketishingizga birozgina yordam beradi!

Yuqorida ta'kidlanganidek tarbiya, oilada siz erka, sho'x, shaddod bo'lib o'sgan bo'lsangiz sizdagi qalb o'ta nozik, sal narsaga sinuvchan bo'lib qoladi. Bunday insonlar bilan zinxor qo'pol, do'q holatda gaplasha ko'rmang! (Bunday insonlar asosan ayollar xisoblanadi)

Yana shunday turdagi insonlar bor ular ko'pincha bag'ritosh deb atalishadi. Yo'q bunday insonlar hayotda maqsad qo'yishib, maqsadiga yeta olmaganlar. Ko'pincha hayotning o'nqir- cho'nqir yo'llarida qolib ketganlar yoki hayotdan ma'ni topmay zerikkan insonlardir. Bularga faqatgina mehr berish eng katta yutuqdir!

❤️ Zero hayotga keldikmi, Qalb eshiklarimizni mehr ila to'ldiraylik!

Mirjalol To‘lqinjonov loyiha volontyori
#volontyor #mehr #birlashaylik

🌸Bodom guli

Erta bahor. Tog'lar ortidan kulib boqqan quyosh gulbarg uzra qongan shabnamni asta yaltiratyapti. Qizcha shoshib maktabga oshiqmoqda. Asli maktabga ancha kech qoldi. Soat 8dan o'tyapti. Maktabga yetib ham keldi. Kech kelgani uchun jazolandi ham . Lekin bugun uning kayfiyatini hech narsa buzmasligi kerak. Chunki bugun onasining tug'ilgan kuni. Maktabdan qaytar payt bo'ldi. Uyga ketyotganda yo'l chetida go'zal bir manzarani ko'rib qoldi. Yaqin borib qarasa, erta bahor gullagan bodomning oppoq chechaklari uning e'tiborini tortdi. Uning nafis gullagan bir shodasini bir urinishda sindirib oldi. Buni uzoqdan kuzatib turgan bog'bon qizga yaqinlashib, unga asta dakki berdi. Lekin qiz kayfiyatini buzmadi, pisandsizlik bilan bog'bonga bugun onamning tug'ilgan kunlari, ular bodom gulini yaxshi ko'rardilar, qabrlari ustiga qoyaman. Bilasizmi, kecha onam tushimga kirdilar, meni ko'rgani kelasanmi deb so'radi? Axir ularni oldilariga quruq bora olmayman, shuning uchun, shu bir shoda gullarni olib boraman, bog'bon qizni gaplaridan ta'sirlanib, unga rahmi keldi, lekin qiz qanday yomon xoldaligini o'zi bilmasdi, qanday bilsin bu yosh go'dak inson boshiga tushajak judoliklardan biri o'lim atalmish ayriliqligini. Bodom gulini uyiga olib borib, dadasiga ko'rsatdi va uni nima qilmoqchiligini aytdi. Dadasi yuragi ezilsada bildirmay, bir kulib qo'yib, uni suvga solishini aytdi. Peshin namozidan so'ng ular mozor tomon yo'l olishdi. Qizcha aytganiday, bodom gulini qabr tepasiga qo'ydi. Qizcha ertasi kuni ham maktabdan qaytayotganda huddi shunday qildi, bodom shohini sindirib uyiga olib keldi. Dadasi bu safar indamadi, keyingi kun ham shunday boldi. Dadasi daraxtning ham joni borligi-yu, u ham onasi kabi jon berishi mumkinligini tushuntirdi.
"-qizim har kuni daraxtni shikastlab, unga nohaqlik qilyapsan, qara, uning ham nihollari ya'ni bolalari bor, u ham ona"
"-Daraxt ham onami?"
"-Albatta, qara, yonidan chiqqan shohlari uni bolalarida, sen har kuni uni shikastlab o'ldiryapsan"
Bola tushundi shekilli indamadi.
Ertasi kuni ertalab dadasi qizini xonasiga qarasa yo'qz oshxonaga borsa u yerda ham yo'q. Tashqariga qarasa, qizcha kecha olib kelgan bodom shoxini ko'zlarida jiqqa yosh bilan yerga ko'myapti. Dadasi yaqin borib uni ko'mishdan foyda yo'qligini aytganda, qizchaning yig'i aralash ayta olgan gapi "Daraxt o'lmasin, onalar boshqa o'lmasin.

🕊Hoshimova Muharram loyiha volontyori

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#volontyor #mehr #birlashaylik

𝙔𝙚𝙩𝙞𝙢𝙡𝙖𝙧🥀

Yetimlar haqida gap boshlanganda, har bir insonning ko'nglida bir bo'shlik paydo bo'ladi. Eng avallo, ota-onamiz borligiga shukronalar aytamiz.
Yetimlik qismati hech bir bandaga tushmasin deymiz. Ammo, mehribonlik uylariga borib ko'rganimizda, ota-ona mehrin ko'rmay katta bo'layotgan go'daklar, ming afsuski ota-onasi tirikligidayoq yetim bo'lganlarni ham ko'ramiz. Ularning ko'zlariga bir oz termulishingizni o'zi kifoya qiladi. Ichidadagi dardini bilib olasiz. ,,Ota-onamni sog'indim, ular mehriga zorman" degan mungli ohlar ko'ngillarga g'ashlik soladi.
Misol uchun siz, tunda ko'ngil hotirjam uxlaysiz, boshqa xonada xotirjamligingizni sababchilari bor, lekin ularchi? Tunda uxlaydi deb o'ylaysizmi? Yo'q! Faqat bitta xayol bilan yotadi, shu xayol bilan turadi. Uxlagan taqdirda ham tushlarida "g'oyibona" bo'lsa ham ko'rishadilar. Xullas faqat Ota-Ona orzusi bilan yashaydilar.
Shunday ekan azizlar o'zingizga savol bering. Ota onangiz borligiga qachon Allohga shukrona aytdingiz. Ota-onasidan uzoqdagilar qachon ota-onangizdan xabar olish tugul, qachon bir marotaba bo'lsa ham telefon qilib ,,Onajon, dadajon yaxshimisiz, ahvolingiz yaxshimi" - dedingiz. Qachon?
Xalqimizda bir gap bor, ,,Yetimni boshini silagan, boshida qancha soch tolasi bo'lsa shu darajadagi savobga erishadi" deydi. Ana endi aytingchi, qachon yetimni xolidan xabar oldik? Qachon?
Bu besh kunlik dunyoda, har xil insonlar bor. Ota onasini mehriga to'yganlar bor, to'ymaganlar bor.

Ota-onamizni qadriga yetaylik. Zotan, yetimlik hech bandani boshiga tushmasin.

Boyxonov Sarvarbek loyiha volontyori

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik