"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
39 subscribers
45 photos
9 videos
67 files
8 links
"Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik
Erkin volontyorlik harakati!
Nuron so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib muruvvat ko‘rsatish, birlashish degan ma'noni anglatadi!
Download Telegram
#volontyor #mehr #birlashaylik

😐...𝙉𝘼𝙎𝙄𝘽...😊

Naqadar ajoyib soʻz a...? Faqat sababini qilish bilan cheklanib,taqdiringga yozilganini bilguvchi zotga ta'slim boʻlasan kishi. Bu soʻzlarni oʻqir ekansiz xayolingizga birinchi boʻlib kelgan narsa nima boʻldi?
🕊 Biz bu hayotga kelishimizdan to ketgunimizgacha boʻlgan barcha narsalar erishgan yutuqlarimiz,baxtli onlarimiz,qaygʻuga toʻla oʻtgan kunu -tunlarimizning barchasi bizning nasibamizdir.
Biz nedan yaraldik azizlar
Biz tuproqdan yaraldik.

😮 Biz nega Oʻzbekiston Respublikasida tugʻildik Kim biladi , balki biz ,yoki mening bir oʻzim boshqa yurtda tugʻilishim mumkin edi.Ammo men 🇺🇿Oʻzbekistonda dunyoga keldim.
📜Qadrdonlarim men oʻzimning xayotimdagi boʻlib oʻtgan qisqachagina bir voqeani aytib oʻtmoqchiman.
☺️ Men Xurshida Ubaydullayeva Sohibqiron qizi 2004-yil 17-iyun ayni yoz kunlarida dunyoga kelganman.Asta sekin katta boʻlib aqlimni tanir ekanman mahallaning 🏃‍♀eng daydi,👳toʻpolonchi, va🤫 albatta erkatoy qizi boʻlib uglgʻaydim.Maktabga borishni boshladim.Xash-pash deguncha 1,2,3,4,5,6,7,8 xullas 9- sinf oʻquvchisi boʻldim. Lekin oʻzim teng sinfdosh dugonalarim va mendan oldingi sinfdagi chiroyli qizlarni koʻrib ularga xavasim kelardi.Uyga kelib baʼzida oʻzimga-oʻzim nolir edim. Nega men?Nega endi aynan men? ularga oʻxshab qoshlarim qora tutashmagan,koʻzlarim chiroyli emas ,kipriklarim xuddi ularnikiday uzun va qayrilmagan deb 🪞oynaga qarab gohida yigʻlar edim.
🤫🤭 Ammo mana endi oʻsha paytlarda juda katta xato fikrlaganimni, notoʻgʻri oʻylaganimni anglab yettim.Aslida men nolishim kerak emas,menga berilgan oʻzimga yarasha Allohimning men uchun berilgan Nasibam ekanligini anglab yetishim kerak edi.Lekin mana endi Allohimga behisob shukurlar boʻlsin-ki barchasini tushunib yettim.
Azizlarim men bu gaplarim bilan nima demoqchiman bizning, barchamizning rizq-u nasibamiz Alloh taolo tomonidan berilgan ne'matdir‼️
Shunday ekan xar bir soniyamizdan, xar bir kunimizdan nolimaylik.Chunki barchasi Allohning inoyatidir.
👆🙏UNUTMAYLIK‼️

✍️𝙏𝙖𝙮𝙮𝙤𝙧𝙡𝙖𝙙𝙞 𝙓𝙪𝙧𝙨𝙝𝙞𝙙𝙖 𝙐𝙗𝙖𝙮𝙙𝙪𝙡𝙡𝙖𝙮𝙚𝙫𝙖 loyiha volontyori

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
моҳият ва ҳодиса

🎭 Чарли Чаплин айтади: мен анча машҳур бўлиб кино оламида юлдуз бўлганимдан кейин ҳар хил жойларда “Чарли Чаплинга ўхшай оласизми?” деган мусобақалар уюштирила бошланди. Шунда битта мусобақага ўзимни танитмай бошқача гримда келдим. Қатнашиш истагини билдириб ариза бердим. Мени қабул қилишди. Мусобақада қатнашдим ва иккинчи ўринни олдим. Биринчи ўринни эса мусобақа раҳбарининг ўғли олди!».

Хулоса шуки Бир грам шахсий тажриба, бошкаларнинг тонналаб маслахатидан афзалрок.

Tайёрлади Анварбек Абдуллаев Нурон чексиз мехр,  билан бирлашайлик эркин, волонтер харакати Булокбоши тумани лидери

Дустларингизга хам улашинг мехр учун !
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#volontyor #mehr #birlashaylik

🙆‍♀XXI asr qizlari!

XXI asr qizlari kantenning nomi nimaga unday demoqchisizaaa
To'g'ri savol
XXI asr qizlari ( ba'zilari )
5 mahal nomoz o'qiydigan bola emas
5 ta moshina bor bolani tanlaydi

Qarangda nega 5ta moshina bor bolani tanlaysiz. Foniy dunyo rohati uchun kuyapsiz. Meni sizga rahmlarim kelib ketyapti. Nega siz 5mahal nomozxon bolani tanlamaysiz. U bola aybi nima? Nega undaysiz. To'g'ri uni aybi 5ta moshinasi yo'qligimi? Yoki sizni ko'ngilingizni oluvchi narsalari yo'qligimi?
Qarangda u bolani 5ta moshinasi yo'qligi bo'lishi mumkin. Lekin boqiy dunyoning boshqa insonlarga nisbatan savollari kamroq bo'lishi mumkin. Hamda xarom xarichni farqiga boradigan. Ota-onasini roziligi uchun jon fido qilladi. Endi o'ylab ko'ringchi 5ta moshinasi bor bola boqiy dunyo uchun nima qildi? Foniy dunyo uchun nima qilgani bildik
Biz aslida boqiy dunyo uchun yashaymiz-ku. Foniy dunyoga imtihon uchun kelganmiz-ku to'g'rimi? Bu yog'i sizning o'ylashingiz uchun. "Bor gap shu bu hikoyam kimlar uchun tanish, kimlar uchun notanish uchun ba'zilarga esa erish tuyulyatgandir.

❗️*Lekin iltimos
boqiy dunyo uchun yashaylik*" foniy dunyo uchun shuncha yashadik yertarlidir.

Tayyorladi Saida Jaloliddinova loyiha volontyori

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Shukur qiling

Hayrli tun alloh tuningizni osoyishta qilsin!

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊 45 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Odobni odobsizdan o'rganishimiz mumkinu, lekin mehrni mehrsizdan o'rganish dargumon ishdir.Zotan inson qalbida mehr deb atalmish tuyg'u bo'lishi uchun insof ham darkor. Garchi men insofdan begona bir kimsa ekanman,o'zgalarga mehr ko'rsatishni mendan kutishmasin!

Xolmatjonova Sarvinoz

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Baxt qasri.pdf
2 MB
БАХТ ҚАСРИ
Ҳаётий сабоқлар

》Бахтли бўлиш сирлари
》Келин танлашни биласизми?
》Ойша онамизнинг буюк муҳаббатлари
》Муҳаббат Аллоҳнинг муъжизаси
》Жаннатга йўл

Manzlimiz

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Qiyinchilik

📌Qiyinchilik insonni yo bor qiladi yoki yo'q, yani yo yuksalishga harakat qiladi yoki sinib qolgan joyidan ortga qaytadi.

📌Qiyinchiliklarga chidab harakat qilgan inson albatta muvoffaqiyatga erishadi. Chunki go'zal sabri, mehnati, Yaratgan bergan sinoviga qiyinchiliklar bilan bardosh bergan inson go'zal kelajakga ega bo'ladi.

📌"Jon kuydirmasang, janona qayerda" deyishadiku axir.
Mehnatsiz qiyinchiliklarsiz erishilgan narsalarni qadri bo'lmaydi hech qachon.

📌Kim bo'lishimizdan qat'i nazar biz Robbimizga mehrimiz, duoyimiz, bilan yuraylik, shundagina bizga bergan har qanday qiyinchiliklarga bardosh beraolamiz.


Tayyorladi Gulsanam Mirzaliyeva Nuron erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi.

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊Aka-uka

Hech óylab kórmanmisiz bu hayotda Aka-ukalik órnini? Siz bu hayotda qanday aka yoki uka bóla olmoqdasiz?!

Hayotga keldikmi, agar Alloh xoxlasagan bólsa bizga Aka-ukani ato etadi. Onamni uch nafar ógʻillari bor ya'ni ular mening akalarim, kórib turganingiz oilada meni pazitsiyam ukalik!

🙂Hayotda qiyinchilikka uchragan paytingizga birinchilar albatta ahvolingizdan Aka-ukalaringiz habar olishida, shu paytda kónglingiz yorishadi va ózingizni yaxshi his qila boshlaysiz!! bundan chiqdi aka-ukalarimiz hayotimizda nurimizmi yoki hotirjamlik yoki aka-uka ulkan qoyadir yaxshi-yomon kuningda tirgak bóladigan.

🦁Aka bu ulkan qórgʻon ;
Aka bu eng yaqin dóst;
Aka bu mehr - muruvvat elchisi;
Aka bu eng yaxshi ta'minotchi;
Aka bu Ota órnini bosa oladigan yagona inson;
Aka bu yuragimizning bir parchasi
Uka bu samimiylik elchisi;
Uka bu hayotdagi umid;
Uka bu eng yaxshi yordamchi;
Uka bu kóziga qaraganing otani yodga soluvchi shaxs
Uka bu eng yaxshi inson organi💙

💪 Aka seni oldinda ayblaringni aytib tanbeh berib, seni qancha yerga ursa ham, ortingdan seni maqtaydigan, har doim sen tomonga yon bosadigan, biror yaxshi natijaga erishganingda seni hammaga maqtaydigan mehri daryo insondir!

Hoyotda uy topiladi, pul topiladi, hattoki dóst, yor topiladi, lekin aka-uka topilmaydi.

🤔Qani siz ayta olsizmi hayotda qanday aka yoki ukasiz óz vazifalaringizni barajara olyapsizmi?

Tayyorladi Khalilullokh Bokiev Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi.

Dóstlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Nimani koʻryapsiz?
Sultan Alomani Oufni
Sultan Alomani
Allohim tunimizni osoyishta qilsin🤲

Eng yaqiningizga yuboring
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Bizning faoliyatimiz bilan tanishing!
🕊 46 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Mehr - pok qalb bulog'i,
Mehr - ko'ngil chirog'i.
Gar mehrsiz bo'lsangiz,
Mushkul erur so'rog'i.

Har qanday mehrning mukofoti bordir! Mehrsizlik ortidan qaxr keladi.
Mehrli bo'laylik

Dilbar Qarabayeva

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Mehr

🕊Mehr bu judayam ajoyib tuyg'u. Mehrni bizga eng ko'p bera oladigon inson bu Onamiz, yaqinlarimiz, do'stlarimiz bu tuyg'uni yoqtirmaydigon inson bo'lmasa kerak menimcha hamma kimdandur mehr kutib yashaydi. Onasizlar Onasini mehrini qumsab yashaydi.

📌Davlatimiz ham bizga juda katta mehr, e'tibor beradi shart sharoitlar yaratib beradi. Davlatimiz hech qachon o'zini farzandini fuqarosini mehrsiz chetka tashlab qo'ymidi. Masalan Suriya davlatidegi fuqorolarimizni u yerlardan o'z yurtimizga olib kelyabdi bunda insonlarning o'zi sababchi bo'lsada ularga imkoniyat berib mehr ko'rsatayabdi.

Biz hammamiz bir birimizga mehr muruvat bilan yashasak hammamiz bahtli yashagan bo'lamiz aslida insonga ko'p narsa kerak emas unga shunchaki mehr va e'tibor kerak. Shunday ekan bir birimizdan mehrimizni ayamastan yashaylik.

Tayyorladi Ruhshona Po'latova Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
​​🍀 Ota...

Ota charchab ishdan uyga qaytdi. Uyda to‘polon bo‘lib, hamma farzandlari yugurib keldi: uch bolasi yugurib kelib, quchog‘iga otildi. Otaning ko‘zi narigi xona eshigida mo‘ltirabgina turgan bolaga kòzi tushdi va nogoh tikildi. U bolakay singlisining òģli edi.

– Dada! – dedi kenja qizchasi..
Ota unga shokolad berdi.
– Dada, mengayam, mengayam!– degan kichik òģli dadasi chòntagidan yana bir shokalad olib chiqardi.
– Dadajon! – dedi uchinchi farzandi. U farzandiga ham atagani bor edi.
– Dada! – dedi to‘ng‘ich o‘g‘li.
Uyimizga ammamning òģli keldi dedi.
Dadasi  mehmon jiyanining kelganidan bexabar ota shokoladni qo‘lida tutib, bir nafas turib qoldi va bir o‘g‘liga, bir otasiz qolgan jiyaniga qaradi.
Shu mahal bolakay katta òģilni imlab chaqirdi. Qulog‘iga shivirladi. Katta òģli kelib, otasiga shunday dedi:
– Dadajon ammamning òģli  «Dadangni men ham dada desam maylimi?» deb so‘rayapti.....

Xulosa òzingizdan...

Tayyorladi Dilafruz Akbarova
Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Shox va shoirlar yurti bo'lgan Andijon

Tariflayin desam kelmas
Sòzlar tilga
Bu muxabbat tòlib toshdi
Siģmay dilga
Endi madxing yozay qalam
Olib qòlga

Jonim ichra jonimsan sen Andijonim

Seni deya yonib kuyib
Òtdi Bobur
Sòngi nafasda xam sen deb
Ketdi Bobur
Soģinchidan sher ģazallar
Bitdi Bobur

Jonim ichra jonimsan sen
Andijonim

Odamlaring shod xurram
Yòq qayģulari
Faqat mexr muxabbatdur
Tuyģulari
Xamon bor shoir Muxammad
Kulgulari

Jonim ichra jonimsan sen
Andijonim

Òzbekiston ģururisan shuxrat
shonim
Ol xoxlasang senikidir
yòģu borim
Gulla yashna Baliqchiyu-yu Oltinko'lim

Jonim ichra jonimsan sen
Andijonim

Binolaring kòrganimda
Kòz oladi
Gar kòrmasam yurak soģinib Qoladi
Oshiq qalbim sendan òzgadan
Tonadi

Jonim ichra jonimsan sen
Andijonim

Sanobaring òn yoshda dong Taratgan yurt
Shayx Muxammad Sodiqni xam
Yaratgan yurt
Senda òtsa deyman xar bir
Fursat onim

Jonim ichra jonimsan sen
Andijonim

Butun dunyo bòylariga
bòylar seni
Xar nafasi xar onida
òylar seni
Shoxrux degan alp òģloning
Kuylar seni

Jonim ichra jonimsan sen
Andijonim

Sh.Xamdamov

Tayyorladi Shoxrux Xamdamov Nuron erkin volontyorlik harakati Baliqchi tumani lideri

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#shukronalik

🦋 Hayotimiz davomida koʻplab tashvishlar ,gʻam-anduhlarga duch kelamiz.Lekin baʼzida noshukurlik yoki ginalar qilamiz.Yoʻq, ishoning bular arzimaydi.Shunchaki bu muammolarga ozgina yuzaki qarang, yaʼni muammoni boʻrttirmang,oʻylang,faqatgina uning yechimini.Va albatta bundan yomoni boʻlganda nima qilardim deb savol berib koʻring!
🍀Shukronalik hissini uygʻotish unchalik qiyin emas, shunchaki bunga bir soniya kifoya.Sizda yoʻq deganda hayol bor,ha hayol.Hayol qiiling--porloq kelajagingizni...
Hozirgi butun taningizu,yaqinlaringizni..
Xoʻsh..yaxshimi?Bu ajoyib😇 Shukrona qiling:siz yashayapsiz!🥰
Shukrona qiling:boshqalarga qaraganda sogʻligingiz yaxshi!🕊
Shukrona qiling:sizda boshqalarga qaraganda koʻproq yaqin insonlar bor!🫂
Shukrona qiling: siz eng yaxshisiga loyiqsiz!🌝🌚

🔥Keling! Birgalikda shukrona qilamiz: Biz hayotmiz,biz yashayapmiz,oʻz maqsadlarimiz,oʻz rejalarimiz bor.

Tayyorladi Farangiz Sulaymonova
Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik
erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
#volontyor #mehr #birlashaylik 🙆‍♀XXI asr qizlari! XXI asr qizlari kantenning nomi nimaga unday demoqchisizaaa To'g'ri savol XXI asr qizlari ( ba'zilari ) 5 mahal nomoz o'qiydigan bola emas 5 ta moshina bor bolani tanlaydi Qarangda nega 5ta moshina bor…
#volontyor #mehr #birlashaylik

🗣XXI Asr yigitlari

👤Kantent nomidan bilishimiz mumkinki, bu mavzu juda qaltis mavzu hozirgi paytda. Men sizlarga o'zimni nazlimda tushuntirib beraman.

Tayyor bo'lsangiz kettik💨
XXI Asr bolalari hozirgi kunda,turli guruhlarga bo'lishimiz mumkun.
Misol uchun 2000-yillardan, 2004-yillargacha bir eslang yoshligimiz qanday o'tgandi?
iPhone 14 telefoningiz bo'lmasa ham baxtli edingizku🤨 Hatto 15 yoshimizda ham telefonni uncha yaxshi bilmas edik!Bizni sevimli o'yinlarimiz esingizdami?Berkinmachoq😄Eshak mindi🤣Quvlashmachoq😇Shirbom🥺o'yinlarchi?
Ertalab chiqib ketib abet mahalda uyga kirib tapur-tupur ovqatlanib o'rtoqlarimizni oldiga chopardik🥺
Hozirgi paytda oddiy suvni ichmaymiz, elementli ichimlikka oshnomiz. Oldinlari ariqdan oqqan suvni ichardik-ku.
Hozirchi?
10 yoshli bolani qo'lida telefon, o'sha balo. Nega aynan telefon haqida ko'p gapiryabman, chunki XXI asrda hammamizni o'zgartirgan balo shu.
Bilasizmi hozir eng katta xatoyimiz nima yigitlar🤨 Biz oldingi baxtli hayotimizni shundan "katta bollarni moshinasi", tik tok(internet platformasi), telefon shunday balolarga almashdik.

Bilasizmi, yuqoridagilar oddiy bir bizga kelgan kasallik. Zamonga hamnafas bo'lib Yevropaga ergashdik. Lekin bir savolimga javob bering! Yevropaliklar Musulmon emasku!
Ana endi tanangizga o'ylab ko'ring:
Oldinlari ko'p namozxon yigitlar yo'q edi, lekin, hozirchi barchamiz boshqalarni oldida taqvolimiz. Lekin aslida bir xonada o'zingiz qolganingizda bilasiz,aslida siz kimsiz. (Ba'zi yigitlar uchun diniga sodiq birodarlarimizdan Alloh rozi bo'lsin)

Xulosa: Do'stlar-oldingi damlarimizga qaytolmaymiz, lekin, endi o'sib kelayotgan avlodni o'zimizday qilib qo'ymaylik.

📝Tayorladi: Boyxonov Sarvarbek  
Nuron volontyori

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#volontyor #mehr #birlashaylik

🫠Singil

🌸Allohning fazli-karami keng deyishadi. Bu shubhasiz. Alloh siylaganga qiz farzand beradi. Siylanganga singil yoki opa...

👆Bekorga siylagan deb aytmadim. Chunki eng mehribon insonlar qatoriga onadan so'ng albatta singil yoki opalarimizni kiritsak to'g'ri bo'ladi.

👤Men Alloh siylagan insonlar qatoriga shubhasiz kirsam kerak. Chunki ham opam, ham singlim bor. Meni tarbiyalab, yetaklagan qadrdon opajonim va doimo ko'nglida menga nisbatan hurmat va ishonchi balx urib turgan nurligim - singlim bor. Men bugun singlim va singillar haqida so'z ochaman.

🗣 Demak, ketdik...

😀🥹🤣😇🙂😌🙃😉🤯😒🤗🙄😬🤕🥺🤩🥳😜😘

🧐Bu stikerlarni nega tashladi, deb o'ylayotgandirsiz?

Shu stikerlarda biz bilgan, yaxshi ko'rgan va bizni yaxshi ko'rgan singillarimiz sifatlari beriladi. Gohida quvnoq😀, gohida ayyor😏, gohida mehribon😇, gohida jahldor😡, gohida shaddod😜, gohida esa shunaqangi qaysar😩. Ammo sizni juda-juda yaxshi ko'radi😘. Biror ish bilan ko'nglingizni olishga harakat qiladi.

🤲Men Allohga shukur qilaman. Beadad shukurlar bo'lsinkim, mening hayotimda shunday singil berdi, opa berdi. Ko'zimga quvonch, dilimda g'urur berdi. Ular borki, atrofdagi barcha qizlarga bo'lgan munosabatim o'zgacha. Ularga ham singlim yoki opamga qaragandek qarayman. Chunki ular ham kimningdir singlisi, kimningdir opasi

❗️Har bir ayol baxtga munosib, har bir ayol mehrga munosib, cheksiz, bepoyon orzular qilish va ularga yetishga haqli. Biz erkaklar esa, ularga baxtni bera olishimiz kerak. Ularni asramoq bizning burchimiz. Ularki ojiza ekan, bizga suyanadi, bizdan madad kutadi. Biz ular  bemalol suyana oladigan mustahkam qoya bo'la olaylik.

Tayyorladi Maxsutaliyev Jahongir Nuron cheksiz mehr bilan birlashamiz erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Salovat [muzzonas.ru]
Yorqinxo'ja Umarov va Bahodir Nizamov
- Istig'for aytish uchun eng qulay vaqt qachon?
- Hozir!

Astag'firullah al a'zim va atubu ilayh..🍂


Allohim tunimizni osoyishta qilsin🤲

Eng yaqiningizga yuboring
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik 🍋