"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
38 subscribers
45 photos
9 videos
67 files
8 links
"Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik
Erkin volontyorlik harakati!
Nuron so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib muruvvat ko‘rsatish, birlashish degan ma'noni anglatadi!
Download Telegram
#volontyor #mehr #birlashaylik

❤️Qalb

Inson yaralibdiku undagi mehr, ko'ngil, har qanday tuyg'ular mujjasamligi qalbga borib taqaladi. Hayotda inson yoshligida olgan tarbiyasi, ota-onasining o'gitlari, atrof muhitning ta'siri uning qanday qalb egasi ekanligini anglatib turadi.

Misol uchun: Qandaydir vaziyatga duch kelsangizu undan chiqish uchun ikkilanoyatgan bo'lsangiz yaqinlaringizni "Qalbinga quloq sol" degan so'zlari sizni yuragingiz, qalbingiz qaysini to'g'ri deb bilsa ana shu sizga vaziyatdan chiqib ketishingizga birozgina yordam beradi!

Yuqorida ta'kidlanganidek tarbiya, oilada siz erka, sho'x, shaddod bo'lib o'sgan bo'lsangiz sizdagi qalb o'ta nozik, sal narsaga sinuvchan bo'lib qoladi. Bunday insonlar bilan zinxor qo'pol, do'q holatda gaplasha ko'rmang! (Bunday insonlar asosan ayollar xisoblanadi)

Yana shunday turdagi insonlar bor ular ko'pincha bag'ritosh deb atalishadi. Yo'q bunday insonlar hayotda maqsad qo'yishib, maqsadiga yeta olmaganlar. Ko'pincha hayotning o'nqir- cho'nqir yo'llarida qolib ketganlar yoki hayotdan ma'ni topmay zerikkan insonlardir. Bularga faqatgina mehr berish eng katta yutuqdir!

❤️ Zero hayotga keldikmi, Qalb eshiklarimizni mehr ila to'ldiraylik!

Mirjalol To‘lqinjonov loyiha volontyori