Dilshod Sattarov
175 subscribers
104 photos
5 videos
80 links
"ЎЗСТАНДАРТ" агентлиги Бош директори

Veb-sayt: standart.uz
Facebook: fb.com/dnsattarov
Instagram: instagram.com/dnsattarov
Twitter: twitter.com/dnsattarov

+998 (71) 202-00-11 (1000)
Download Telegram
Buxoroda sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi

OʻzTTSA Bosh direktori D.Sattarov 29-30-yanvar kunlari Buxoro viloyati tizim korxonalarining faoliyati, oʻtgan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlari, 2022-yil uchun asosiy reja-dasturlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Buxoro shahrida yangidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan “Agroklaster DZZ” MCHJning sut va sut mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil qilish va tuproq tahlil laboratoriyasi, “Tibtexnika” MCHJning tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni kengaytirish hamda “WBM ROMITEX” MCHJning toʻqimachilik klasteri loyihalari bilan tanishib, korxonalarning faoliyat yoʻnalishlari, mavjud zamonaviy uskunalarning boshqarilishi, ularning sertifikatlashtirish tartiblari, laboratoriya qurilmalarining kalibrovkadan oʻtkazish holati boʻyicha mutaxassislar bilan suhbatlar oʻtkazildi.

👉 https://www.standart.uz/news/view?id=3150

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Xalqaro standartlarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar berildi

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati Toshkent shahrida joylashgan Maxsus Polimer zavodida boʻlib, u yerda tomchilatib sugʻorish texnologiyalari va polipropilen trubalar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar.

Korxona masʼullariga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, yangi xalqaro standartlarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisidagi tanaffus tugadi. Majlisda xalq vakillari “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqishdi.

Qonun loyihasida standartlashtirish sohasida manfaatdor tomonlarning oʻzaro munosabatlarini aniqlashtirish, jahon bozorida tovar ayirboshlashdagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish, ilmiy-texnik taraqqiyot jarayoniga koʻmaklashish va standartlashtirish sohalarda hamkorlik qilish hamda standartlarni ishlab chiqish va joriy etishda davlat aralashuvini kamaytirish nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida standartlashtirish tizimi xalqaro amaliyot bilan uygʻunlashtiriladi. Bunda mahsulotlar (xizmatlar) va jarayonlarning sifati, ularning tashqi bozorda raqobatbardoshligining oshishiga erishiladi. Shuningdek, loyihada koʻzda tutilgan normalar sifatsiz mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va amaliyotda foydalanilishining oldini oladi, isteʼmolchilarning qonuniy manfaatlarini himoyalashga, fuqarolar, jamiyat va davlatning sifatli mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan huquqiy normalarning samarali ishlashiga asos boʻladi.

Deputatlar qonun loyihasini yanada takomillashtirish boʻyicha bir qator taklif va tavsiyalar bildirib, uni konseptual jihatdan birinchi oʻqishda qabul qildilar. Hujjat keyingi muhokamagacha pishitiladigan boʻldi.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Ikki tomonlama hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori Dilshod Sattarov va Qozogʻiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya qoʻmitasi raisi Abenov Arman Dauletovich oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, akkreditatsiya, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida yaqin hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, oʻzaro tajriba almashish masalalari koʻrib chiqildi.

Tadbir natijasiga koʻra, ishchi guruh tomonidan ikki davlatning texnik reglamentlari va milliy standart talablariga javob beradigan mahsulotlar va muvofiqlikni baholash idoralar roʻyxatini tayyorlash, shuningdek ikki davlatning standartlashtrish va metrologiya institutlari, akrreditatsiya markazlari oʻrtasida aloqalarni kuchaytirish, kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.

Xalqaro munosabatlar boshqarmasi

👉 https://www.standart.uz/news/view?id=3171

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Innovatsion rivojlanish vaziri zamonaviy metrologik loyihalar bilan tanishdi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida boʻlib, zamonaviy laboratoriyalar, etalonlar bazasi hamda xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, institut rahbarlari va ilmiy xodimlari bilan suhbatlashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori Dilshod Sattorov ishtirok etdi.

Suhbat chogʻida respublikamizdagi ilmiy laboratoriyalarni standartlashtirish, olimlar tomonidan yaratilayotgan mahsulotlarning standartlarga mosligi, ularni akkreditatsiyadan oʻtkazish masalalari boʻyicha fikr almashildi.

I. Abdurahmonov Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy loyihalarga ajratilgan grantlar hisobidan tadqiqot natijalarining standartlashtirish, shu yoʻnalishda yuzaga keladigan masalalarni hal etish maqsadida Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining kichik ilmiy-texnik kengashini tashkil etish taklifini berdi. mazkur kichik ilmiy-texnik kengash sohaga doir masalalarni fan yoʻnalishlaridagi ilmiy-texnik kengashlar bilan birgalikda koʻrib chiqishi mumkinligi qayd etildi.

Shuningdek, institut yosh olimlarini xorijiy yetakchi ilmiy muassasalarga stajirovkalarini tashkil etish masalasi ham koʻtarildi. Oʻtgan stajirovka tanlovlarida muvaffaqiyatli oʻtgan institut xodimlarini chet elga yuborish ishlarini tezlashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan “English for Science” akademik ingliz tili kurslarida oʻqish uchun institutning 10 nafar yosh olimlarini saralab olish olishga kelishildi.

I. Abdurahmonov va D. Sattorov Oʻzbekistonni “yashil iqtisodiyot”ga oʻtkazish tamoyillarining standartlashtirish boʻyicha hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib oldilar. Tomonlar mazkur hamkorlik va uning natijasi kelgusida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarni eksport salohiyatini kengaytirishini qayd etdilar.

Batafsil: https://www.standart.uz/news/view?id=3178

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Sanoat korxonalariga amaliy yordam berilmoqda

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori D.Sattarov Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qanlikoʻl tumanida masʼullar ishtirokida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Qanlikoʻl tumanidagi “Sirdaryo chevarlari“ korxonasida boʻlib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati hamda ichki va tashqi bozorlarga eksport imkoniyatlari muhokama qilindi. Mazkur korxonada ish ikki smenada tashkil etilgan boʻlib, bu yerda 150 nafar xodim mehnat qiladi.

Shundan soʻng Agentlik rahbari Shumanay tumanidagi “Shumanay ekotex” korxonasida boʻlib, masʼullarga texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar va unda tadbirkorlar hamda ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilgan qulaylik va imtiyozlari yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Oliy Majlis Deputatlari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlar bilan tanishmoqdalar

Innovatsion rivojlanish vazirligida “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi yuzasidan seminar oʻz ishini boshladi.

👉 https://www.standart.uz/news/view?id=3202

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
SOHADAGI FAOLIYAT TURLARI BILAN TANISHILMOQDA

Seminar ning ikkinchi bosqichida Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining deputatlari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlariga qarashli laboratoriyalar faoliyati hamda etalonlar bazasi bilan tanishmoqdalar.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter