Dilshod Sattarov
178 subscribers
104 photos
5 videos
80 links
"ЎЗСТАНДАРТ" агентлиги Бош директори

Veb-sayt: standart.uz
Facebook: fb.com/dnsattarov
Instagram: instagram.com/dnsattarov
Twitter: twitter.com/dnsattarov

+998 (71) 202-00-11 (1000)
Download Telegram
Sen baribir muqaddassan!

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va koʻrki boʻlgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat boʻlib kelgan.

“8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Rahbariyat agentlikda faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni ayollar bayrami bilan tabrikladi.

Koʻtarinki ruhda oʻtkazilgan tadbir yakunida esdalik sovgʻalari topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹⚡️Oliy majlis qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida sohaga doir qonunchilik muhokamasi boʻlib oʻtdi

#Uzreport_TV

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Milliy sifat infratuzilmasidagi islohotlarni qoʻllab quvvatlash – davr talabi

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Germaniya Federal fizika-texnika instituti (PTB) eksperti Klemens Sinatra va loyiha koordinatori Kristoffer Kollel bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

👉 https://www.standart.uz/news/view?id=3215

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Sirdaryoda "Made in Uzbekistan” sanoat mahsulotlari koʻrgazmasi boshlandi

Guliston shahridagi “Hunarmandlar va tadbirkorlar” bogʻida "Made in Uzbekistan” xalqaro sanoat mahsulotlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Koʻrgazma yetakchi ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlik subyektlari, xizmat koʻrsatish hamda eksportyor korxonalar mahsulotlari va xizmatlarini oʻzida jamladi.

👉 https://www.standart.uz/news/view?id=3217

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Turk standartlari instituti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Soʻngi yillarda Turkiya davlatining Turk standartlari instituti (TSE) bilan standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalarida hamkorlik koʻlami kengayib, ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga koʻtarildi.

👉 https://www.standart.uz/news/view?id=3278

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Standartlarning yalpi ichki mahsulot oʻsishiga va tashqi savdo aylanmasiga taʼsiri boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengashi ning masʼul kotibi ChERNYAK Vladimir Nikolayevich bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda standartlarning yalpi ichki mahsulot oʻsishiga va tashqi savdo aylanmasiga ijobiy taʼsiri, sifat sohasidagi yutuqlari uchun MDH mukofoti tanlovi va Kengashning 61-yigʻilishini oʻtkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Ctandartlar bazasini saqlash va rivojlantirish, standart sohasida yosh ekspertlarni tayyorlash va kadrlar zahirasini shakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ilmiy-amaliy anjumanlarni oʻtkazish, oʻzaro munosobatlarni tartibga soluvchi xuquqiy bazani xalqaro talablar asosida takomillashtirish kabi mavzularda fikr almashildi.

Tadbir yakuniga koʻra, soha yoʻnalishlarda ikkitomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

👉 https://www.standart.uz/news/view?id=3287

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
20-may “Butunjahon metrologiya kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining soha mutaxassislariga yoʻllagan tabrigi.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi hamkorligida malaka oshirish va oʻquv dasturlari tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan joriy yilning 6-10-iyun kunlari Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hamkorligida malaka oshirish va oʻquv dasturlari tashkil etilmoqda.

Tadbirning ochilishda ishtirok etgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemalettin TUNEY, Agentlik bosh direktori oʻrinbosari Jasur Shukurov, oʻquv kurslarini olib boruvchi ustozlar Edem Bashdemir, Aishe Merve Ozdemir tashkil etilayotgan oʻquv kurs dasturlari, boshqa koʻnikmalar qatorida, SMIIC xalkaro standartlari, mahsulotlar sifati va xavfsizligi, shuningdek xodimlarning yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish, samarali gʻoyalarni ishlab chiqish qobiliyatini rivojlantirish, boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirish, koʻrsatkichlarni malakali boshqarish va xatarlarni tahlil qilishni oʻrgatishiga umid bildirishdi.

Seminar Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkiloti, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Toshkent Davlat texnika universiteti va muvofiqlikni baholashdagi xususiy va konsalting korxonalar ishtirok etmoqda.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

👉 https://www.standart.uz/news/view?id=3328

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo Kengashi (MGS)ning navbatdagi yig‘ilishi o‘z faoliyatini boshladi

Bugun poytaxtidagi "Wyndham Tashkent" mehmonxonasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo Kengashining (MGS) 61-son 30 yillik yubiley yig‘ilishi o‘z faoliyatini boshladi.

Kengash tarkibiga Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, O‘zbekiston Qozog‘iston, Qirg‘iziston va davlatlarining standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya bo‘yicha milliy organlari kiradi.

O‘zbekistonda o‘tayotgan ushbu tadbirda Kengash tarkibiga a’zo milliy organlar rahbarlari va ekspertlari, MDH Ijroiya qo‘mitasi, Standartlari Byurosi vakillari tomonidan standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan masalalar muhokama etiladi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo Kengashi (MGS) 1992 yilda MDH davlatlari Hukumat rahbarlari tomonidan imzolangan “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni amalga oshirish to‘g‘risida”gi Bitim asosida tashkil etilgan.

MDH Ijroiya qo‘mitasi bilan hamkorlik qilgan holda, Kengash texnik reglamentlarni uyg‘unlashtirish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash bo‘yicha kelishilgan siyosatni amalga oshirish bo‘yicha ish olib boradi.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Nufuzli xalqaro yigʻilish davom etdi

Kunning ikkinchi yarmida MGS ning 61-yubiley yigʻilishi davom ettirilib, unda 2021 yilda barcha aʼzo davlatlar bilan olib borilgan hamkorlik ishlari va 2022-2023 yillardagi strategik rejalar haqida keng maʼlumot berib oʻtildi.

Shuningdek, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash boʻyicha MGSning soʻnggi 15 yillik faoliyati keng tahlil qilindi.

Nufuzli yigʻilish davomida ishtirokchi davlatlar vakillarining mavzu doirasida olib borayotgan ishlari doirasida erishilgan yutuqlar va duch kelayotgan muammolar haqidagi maʼruzalar tinglandi.

Yubiley yigʻilish davomida MGS faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishda qoʻshgan hissasi uchun bir qator sohaning milliy organlari rahbarlari va malakali mutaxassislari faxriy belgi bilan taqdirlandi. Ular orasida OʻzTTSА “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” rahbar va masʼullari ham faxriy belgi va yorliq bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
“Farsnews” axborot agentligi (Eron) sahifalarida Oʼzbekistonda oʼtkazilgan MDHning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʼyicha davlatlararo Kengashining (MGS) 61-son 30 yillik yubiley yigʼilishi haqidagi maqola eʼlon qilindi.

👉 https://bit.ly/3cdbZca

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Oʻzbekistonda konditsioner mahsulotlarini energiya samaradorligini baholash boʻyicha xalqaro sinov laboratoriyasi tashkil etiladi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligida Janubiy Koreyaning “Korea Conformity Laboratories” (KCL) kompaniyasi direktor oʻrinbosari doktor Chjesun Park rahbarligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda 2022-2024-yillarda Janubiy Koreya grant mablagʻlari asosida barpo etiladigan konditsioner mahsulotlari energiya samaradorligini baholash xalqaro laboratoriyasini tashkil etish boʻyicha fikr mulohazalar almashildi.

Mazkur zamonaviy xalqaro laboratoriyani tashkil etishdagi afzalliklar, ishlab chiqaruvchilarga muvofiqlikni baholash sohasida yaratiladigan qulayliklar, respublikada ishlab chiqarilayotgan va olib kirilayotgan mahsulotlarni xalqaro talablar asosida sinovlarini oʻtkazish, standartlarni xalqaro meʼyorlar bilan uygʻunlashtirish masalasiga urgʻu berildi.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
Rahbariyat va yosh mutaxassislar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

O’zTTSA Bosh direktori Dilshod Sattarov Davlat nazorati departamenti yoshlari bilan uchrashdi.

Mazkur davra suhbatda yoshlarga bugungi kundagi berilgan imkoniyatlarning ko’pligi va bundan unumli foydalanish kerakligini alohida ta'kidladi.

Muloqot tarzida o’tgan uchrashuvda yoshlar erishayotgan yutuqlari, mavjud muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdi.

Ularning taklif va muammolari o’rganilib, ijobiy hal etish bo’yicha zarur choralar belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter