English Edu Uz
12.4K subscribers
368 photos
43 videos
14 files
89 links
Welcome !

Ingliz tili & Inglizcha Statuslar

Kunlik Darslar & Qiziqarli lavhalar📍
Fanga doir testlar & Kitob , qo'llanmalar📍
Inglizcha Statuslar & Tarjima Aforizmlar 📍

Aloqa: t.me/ikhtiyarovicc
Reklama va hamkorlik uchun: t.me/Qulay_taklif
Download Telegram
The_Oxford_3000.pdf
121.9 KB
#Vocabulary

🗂Oksford 3000 kitobi Ingliz tilida oʻrganish uchun eng muhim 3000 ta soʻz roʻyxatidir. Ushbu kitob kalit so'zlari bir guruh til mutaxassislari va tajribali o'qituvchilar tomonidan muhimligi va foydaliligi tufayli lug'atni o'rganishda ustuvor bo'lishi kerak bo'lgan so'zlar sifatida sinchkovlik bilan tanlangan.

@Englisheduuz | Closer to Higher
The_Oxford_5000.pdf
94.4 KB
#Vocabulary

🗂Oksford 5000 kitobi esa Ingliz tilini chuqur oʻrganuvchilar uchun kengaytirilgan asosiy soʻzlar roʻyxatidir. Oksford 3000 asosiy so'zlar ro'yxati bilan bir qatorda u CEFRga moslashtirilgan qo'shimcha 2000 ta so'zni o'z ichiga oladi, ular B2-C1 darajasidagi ilg'or o'quvchilarga o'zlarining so'z boyligini kengaytirishni o'rganish uchun eng foydali yuqori darajadagi so'zlar bo'yicha peshqadamlik qiladi.

@Englisheduuz | Closer to Higher
Life is short, come back to Allah🤍

Umr qisqa, Allohga qayt🤍
@Englisheduuz
​​​​10 ways to say "Thank you"

10 ways to respond "Thank you"

Rahmat aytish va unga javob berishning 10 usuli🤗

@Englisheduuz | Closer to Higher
Happy memories hurt the most

Baxtli xotiralar eng og'riqlisidir.
@Englisheduuz
Father
A son's first hero
A daughter's first love

Dada
O'g'lining birinchi qahramoni
Qizining birinchi sevgisi
@Englisheduuz
​​10 ways to say Hello and Goodbye
10 informal ways to say Yes and No
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Salomlashish va xayrlashishning 10 yo'li.
Norasmiy javob berishning 10 yo'li.

@Englisheduuz | Closer to Higher
➡️ 3-dars
"To be" (am/is/are) fe'lining inkor shakli


To be fe’lining hozirgi zamondagi bo‘lishsiz shakli «to be» fe’lining tegishli shakli (am/is/are) dan keyin "not" inkor yuklamasini qo‘yish orqali yasaladi:
Masalan:

Birlik
I am not
I am not a child - Men bola emasman
He is not
He is not hungry - U och emas (o'g'il bolaga)
She is not
She is not a foreigner - U chet ellik emas (qiz bolaga)
It is not
It is not a table - U stol emas (jonsiz narsa-buyumga)

Ko‘plik
We are not
We are not tired - Biz charchagan emasmiz (charchamadik)
You are not
You are not tired - Siz charchagan emassiz (charchamadingiz)
They are not
They are not tired - Ular charchagan emaslar (charchamaganlar)

Eslatma: Am/is/are va not so'zlari muloqotda o'zidan oldingi ba'zi turdagi so'zlarga qo'shilib, qisqartirib aytilishi mumkin:
I'm (I am), he's, she's, it's, we're, you're, they're, isn't, aren't va hokazo.

E'tibor bering: Ingliz tilida "you" so'zi sen va siz ma'nolarida keladi. Ya'ni inglizlarda sen va siz deyish uchun alohida-alohida so'zlar ishlatilmaydi.

Yangi so'zlar:
Child - Bola
Foreigner - chet ellik, chet el fuqarosi
Tired - charchagan, holdan toygan
Hungry - och qolgan, qorni och
Table - Stol


@Englisheduuz | Closer to Higher
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
I asked life: "Why are you so difficult"
Life smiled: "People don't appreciate easy things"
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Hayotdan so'radim: "Nega bunchalik qiyinsan?"
Hayot jilmaydi: "Odamlar oson narsalarni qadrlashmaydi".


@Englisheduuz
Everything changes when you begin to love yourself.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Barchasi o'zgaradi: o'zingni sevishni boshlaganingda

@Englisheduuz
​​➡️ 4-dars
"To be" (am/is/are) fe'lining so'roq shakli

"To be" (am/is/are) fe'li qatnashgan darak gaplarni so'roq gapga aylantirish uchun "To be" fe'lini egadan oldinga olib o'tamiz:
He is a pupil. - U o'quvchi. (darak gap)
Is he a pupil? - U o'quvchimi? (so'roq gap)


So'roq gapga qisqa javob berish mumkin. Ha yoki yo'q javobidan so'ng kishilik olmoshi bilan "To be" fe'lining o'sha gapda ishlatilishi kerak bo'lgan turi qo'shib qo'yiladi. Inkor bo'lsa, "not" ham qo'shiladi:
Is he a pupil? - U o'quvchimi?
Yes, He is - Ha (u o'quvchi)
No, He is not. - Yo'q (u o'quvchi emas)

Are you a teacher? - Siz o'qituvchimisiz?
Yes, I am - Ha.
No, I'm not - Yo'q.

Are they flowers? - Ular gullarmi?
Yes, They are - Ha.
No, They aren't - Yo'q.


Yangi so'zlar
Pupil - o'quvchi
Teacher - o'qituvchi
Flower - gul


English Edu Uz | Closer to Higher