English Edu Uz
12.4K subscribers
371 photos
43 videos
14 files
89 links
Welcome !

Ingliz tili & Inglizcha Statuslar

Kunlik Darslar & Qiziqarli lavhalar📍
Fanga doir testlar & Kitob , qo'llanmalar📍
Inglizcha Statuslar & Tarjima Aforizmlar 📍

Aloqa: t.me/ikhtiyarovicc
Reklama va hamkorlik uchun: t.me/Qulay_taklif
Download Telegram
Life is short, come back to Allah🤍

Umr qisqa, Allohga qayt🤍
@Englisheduuz
​​​​10 ways to say "Thank you"

10 ways to respond "Thank you"

Rahmat aytish va unga javob berishning 10 usuli🤗

@Englisheduuz | Closer to Higher
Happy memories hurt the most

Baxtli xotiralar eng og'riqlisidir.
@Englisheduuz
Father
A son's first hero
A daughter's first love

Dada
O'g'lining birinchi qahramoni
Qizining birinchi sevgisi
@Englisheduuz
​​10 ways to say Hello and Goodbye
10 informal ways to say Yes and No
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Salomlashish va xayrlashishning 10 yo'li.
Norasmiy javob berishning 10 yo'li.

@Englisheduuz | Closer to Higher
➡️ 3-dars
"To be" (am/is/are) fe'lining inkor shakli


To be fe’lining hozirgi zamondagi bo‘lishsiz shakli «to be» fe’lining tegishli shakli (am/is/are) dan keyin "not" inkor yuklamasini qo‘yish orqali yasaladi:
Masalan:

Birlik
I am not
I am not a child - Men bola emasman
He is not
He is not hungry - U och emas (o'g'il bolaga)
She is not
She is not a foreigner - U chet ellik emas (qiz bolaga)
It is not
It is not a table - U stol emas (jonsiz narsa-buyumga)

Ko‘plik
We are not
We are not tired - Biz charchagan emasmiz (charchamadik)
You are not
You are not tired - Siz charchagan emassiz (charchamadingiz)
They are not
They are not tired - Ular charchagan emaslar (charchamaganlar)

Eslatma: Am/is/are va not so'zlari muloqotda o'zidan oldingi ba'zi turdagi so'zlarga qo'shilib, qisqartirib aytilishi mumkin:
I'm (I am), he's, she's, it's, we're, you're, they're, isn't, aren't va hokazo.

E'tibor bering: Ingliz tilida "you" so'zi sen va siz ma'nolarida keladi. Ya'ni inglizlarda sen va siz deyish uchun alohida-alohida so'zlar ishlatilmaydi.

Yangi so'zlar:
Child - Bola
Foreigner - chet ellik, chet el fuqarosi
Tired - charchagan, holdan toygan
Hungry - och qolgan, qorni och
Table - Stol


@Englisheduuz | Closer to Higher
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
I asked life: "Why are you so difficult"
Life smiled: "People don't appreciate easy things"
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Hayotdan so'radim: "Nega bunchalik qiyinsan?"
Hayot jilmaydi: "Odamlar oson narsalarni qadrlashmaydi".


@Englisheduuz
Everything changes when you begin to love yourself.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Barchasi o'zgaradi: o'zingni sevishni boshlaganingda

@Englisheduuz
​​➡️ 4-dars
"To be" (am/is/are) fe'lining so'roq shakli

"To be" (am/is/are) fe'li qatnashgan darak gaplarni so'roq gapga aylantirish uchun "To be" fe'lini egadan oldinga olib o'tamiz:
He is a pupil. - U o'quvchi. (darak gap)
Is he a pupil? - U o'quvchimi? (so'roq gap)


So'roq gapga qisqa javob berish mumkin. Ha yoki yo'q javobidan so'ng kishilik olmoshi bilan "To be" fe'lining o'sha gapda ishlatilishi kerak bo'lgan turi qo'shib qo'yiladi. Inkor bo'lsa, "not" ham qo'shiladi:
Is he a pupil? - U o'quvchimi?
Yes, He is - Ha (u o'quvchi)
No, He is not. - Yo'q (u o'quvchi emas)

Are you a teacher? - Siz o'qituvchimisiz?
Yes, I am - Ha.
No, I'm not - Yo'q.

Are they flowers? - Ular gullarmi?
Yes, They are - Ha.
No, They aren't - Yo'q.


Yangi so'zlar
Pupil - o'quvchi
Teacher - o'qituvchi
Flower - gul


English Edu Uz | Closer to Higher
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
You have a soft heart and pure soul. That's why you feel everything so deeply. Be clear one thing. This is your super power, not your weakness.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Sen sof va yumshoq qalb egasisan. Shuning uchun hamma narsani chuqur qabul qilasan. Lekin shunga amin bo'lginki: bu sening super kuching, ojizliging emas
.

@Englisheduuz
You don't lose friends. You lost undercover haters. Real friends can never be lost.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Sen do'stlaringni yo'qotmading. Niqobli nafratlanuvchilarni yo'qotding. Haqiqiy do'stlar hech qachon yo'qotilmaydi
.

@Englisheduuz
Lesson in life will be repeated until they are learned
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Hayot darslari o'tilaveradi, ular o'rganilmaguncha


@Englisheduuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Never blame anyone in life. The good people give you happiness. The worst people give you a lesson. The best people give you memories.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Hayotda hech kimni ayblamang. Yaxshi odamlar baxt, yomonlari dars, eng yaxshilari esa xotiralar ulashadi.


@Englisheduuz
​​➡️ 5-dars
"To be" (was/were) fe'lining o'tgan zamon shakli

"To be" - o'tgan zamonda birlik uchun - was, ko'plik uchun - were shakli ishlatiladi. Ko'pincha o'zbek tilida "edi" deb tarjima qilinadi.


Bo'lishli shakl (Darak gap)
I was busy - Men band edim
She was ill - U kasal edi (qiz)
He was ill - U kasal edi (o'g'il)
it was cold - Sovuq edi
We were ill - Biz kasal edik
You were ill - Siz kasal edingiz
They were ill - Ular kasal edi

So'roq shakli - "to be"ning egadan oldin chiqarish bilan yasaladi.
So'roq shakli (So'roq gap)
Was I busy ? - Men band edimmi?
Was he ill ? - U kasal edimi?
Was she ill ? - U kasal edimi?
Was it cold? - Sovuq edimi?
Were we ill? - Biz kasal edikmi?
Were you ill ? - Siz kasal edingizmi?
Were they ill ? - Ular kasal edimi?

Bo'lishsizlik shakli esa "to be"dan keyin not, inkor yuklamasini qo'yish bilan yasaladi.

Bo'lishsiz shakli (Inkor gap)
I was not busy - Men band emas edim
He was not ill - U kasal emas edi
She was not ill - U kasal emas edi
It was not cold - Sovuq emas edi
We were not ill - Biz kasal emas edik
You were not ill - Siz kasal emas edingiz
They were not ill - Ular kasal emas edi

Yangi so'zlar
busy - band
ill - kasal, sog' emas
cold - sovuq, sovuq havo

@englisheduuz | Closer to Higher
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Time: When time turns, it turns everything, so don't be proud in good times..And don't stop being patient in bad times.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Vaqt: U siljisa, hamma narsani o'zgartiradi, shuning uchun yaxshi kunlarda mag'rur bo'lma.. Va yomon kunlarda sabr qilishdan to'xtama
Someone may navigate you, but you are only a driver of your life
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Kimdir sizni yo'naltirishi mumkin, lekin siz hayotingizning asosiy haydovchisisiz.
​​➡️ 6-dars
Present simple - Oddiy hozirgi zamon

Bugun sizlar bilan ingliz tilidagi zamonlarni o'rganishni boshlaymiz.

Ingliz tilida oddiy hozirgi zamon juda ko'p ishlatiladi. 1-, 2-shaxsda va 3-shaxsning ko'pligida oddiy hozirgi zamon hech qanday qo'shimcha talab qilmaydi. Uchinchi shaxs birlikda (he, she, it) so'ng fe’l o‘zagiga , -ies,-es, -s qo‘shimchalari qo‘shiladi. Masalan:
Darak gap
I play - Men o'ynayman.
We play - Biz o'ynaymiz.
You play - Siz o'ynaysiz.
They play - Ular o'ynaydilar.

He plays - U o'ynaydi.
She plays - U o'ynaydi.
It plays - U o'ynaydi.

Oddiy hozirgi zamon 3-shaxs birlikda (he/she/it) kelsa harakatni bildiruvchi so'zning oxirgi harflariga qarab ies, es yoki s qo'shiladi. Oxiri s, ch, sh harflari bilan tugagan so'zlarga "es" qo'shiladi. Shuningdek "go" va "do" kabi so'zlarga ham "es" qo'shiladi:
He goes - U boradi
She does - U bajaradi.

Study, worry kabi so'zlarda "y" tushib qolib, "ies" qo'shiladi:
He studies - U o'rganadi
She worries - U xavotirlanadi.

Boshqa so'zlarda "s" harfi qo'shiladi: plays, works, reads.

Oddiy hozirgi zamon quyidagi hollarda ishlatiladi:
Biror narsa yoki kimsaning hozirgi holati yoki maqomini ifodalash uchun holat fe’llari bilan.

Does Madina live in Tashkent now?
- Madina hozir Toshkentda yashayaptimi?

Oddiy hozirgi zamon odat tusiga kirgan, takrorlanuvchi ish-harakatni ifodalash uchun ishlatiladi.
Sanjar drinks coffee every morning.
- Sanjar har kuni ertalab kofe ichadi.


Yangi so'zlar
Play - o'ynamoq
Go - bormoq
Do - qilmoq, bajarmoq
Live - yashamoq
Now - hozir
Study - o'qimoq, o'rganmoq
Worry - xavotir olmoq
work - ishlamoq
Read - o'qimoq
Drink - Ichmoq
Coffee - kofe
Every - har, har bir
Morning - ertalab

@englisheduuz
​​➡️ 7-dars
Present simple (negative) - Oddiy hozirgi zamon (inkor shakli)

Oddiy hozirgi zamonda inkorni ifodalash uchun ish-harakat so'zi ya'ni fe'ldan oldin 1-, 2-shaxsda va barcha shaxsning ko'pligida "do not" (qisqartmasi: don't) ishlatiladi.
Masalan:
I run - Men (odatda) yuguraman (darak gap)
I do not (don't) run - Men (odatda) yugurmayman (inkor gap)

We play football - Biz futbol o'ynaymiz (darak gap)
We do not (don't) play football - Biz (odatda) futbol o'ynamaymiz (inkor gap)

They speak English - Ular (odatda) inglizcha gapirishadi (darak gap)
They do not speak English - Ular (odatda) inglizcha gapirishmaydi (inkor gap)

Oddiy hozirgi zamonda inkor gapni yasayotganimizda 3-shaxs birlikda (he/she/it) do yordamchi fe'liga -es qo'shimchasi qo'shiladi va does not (qisqartmasi: doesn't) ishlatiladi.
Masalan:
He likes swimming - U (o'g'il bola) suzishni yoqtiradi (darak gap)
He doesn't like swimming - U suzishni yoqtirmaydi. (inkor gap)
She loves birds - U (qiz bola) qushlarni sevadi. (darak gap)
She doesn't love birds - U qushlarni sevmaydi. (inkor gap)

E'tibor bering, do not yoki does not bo'lganda harakatni anglatadigan so'zga ies/es/s qo'shimchalari qo'yilmaydi.

Yangi so'zlar
Run - yugurmoq
Play - o'ynamoq
Football - futbol
Speak - gapirmoq
Like - yoqtirmoq
Swimming - suzish (sport turi)
Love - sevmoq
Bird - qush
(ko'plikda birds - qushlar)

https://t.me/englisheduuz
Every hardship in life will teach you some important lesson!

Hayotdagi har qanday qiyinchilik sizga muhim saboq beradi!


English Edu Uz | Closer to higher