БОЛАЛАР ПСИХОЛОГИЯСИ
4.15K subscribers
3.46K photos
513 videos
7 files
2.48K links
ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ
Asosiy kanal: t.me/farzand_tarbiyasi759
T.me/PsixologFeruza759
Savollar uchun: t.me/farzand7
Barcha yoshdagi ayollar va bolalarga psixologik yordam ko'rsatamiz!

Murojat uchun: +998974407274
Download Telegram
Bolalardagi injiqlik
Super onalar maktabi
Kecha bo'lib o'tgan "Bolalardagi injiqlik" mavzusidagi jonli efirimiz audiosi
Onalik mas'uliyati bu har qanday vaziyatda ham farzandingizga nisbatan sabrli bo'lishdir.
Ko'pincha ular xato qilib qo'yganda to'g'ri tushuntirib muloyim gapirishga sabrimiz yetmaydi-da, darrov urushib, baqirib yuboramiz.
Bu kelajakda siz va farzandingiz o'rtasidagi yaqinlik yo'qolishiga, uning qo'rqoq bo'lishiga, o'ziga bo'lgan ishonchi kamayishiga olib kelishi mumkin.

Yaqinlarga ulashing 🌺
Bolalar psixologiyasi kanali
"Man bolamni urib qo'yaman" deydigan onajonlarimiz farzandiga o'ziga tegishli narsadek munosabatda bo'lyapti.Ya'ni farzand unikimi, xohlaganini qilishi mumkin degandek.Avvalo, farzandizga Allohni sizga bergan ne'mati, OMONATi deb qarang."Omonat"ni asrab, unga chiroyli tarbiya berish burchimizdir.

Kechagi audioda ham Feruza opa aytib o'tganlaridek, farzandingiz kelajakda kim bo'lishini istasangiz unga hozirdan o'sha odamga ya'ni o'sha martaba, o'sha lavozimdagi odamga qanaqa muomala qilardiz, bolangizga ham shunday munosabatda bo'ling.

Urmasam aytganimni qilmaydi, baqirmasam quloq solmaydi deb o'ylasangiz ADASHASIZ. Uraverganingiz sari bu jarayon bolada oddiy hol bo'lib shu narsaga ko'nikib betini qattiq qilasiz.
Tushunmaydi deb o'ylamang.Mayli bitta xatoni qayta qayta qilsin, siz ham unga qayta-qayta chiroyli tushuntiring xuddi katta odamga gapirgandek. Bolangiz bu narsani birdan qabul qilmaydi, lekin sekin sekin uning ongiga nima to'g'ri nima noto'g'ri ekanligini haqida fikrlar o'rnashib boradi.

SHU SABABLI HAR BIR BOLA O'STIRIB, TARBIYA QILAYOTGAN ONALARIMIZ UCHUN SABR ENG 1-O'RINDA TURADI❤️

Bolalar psixologiyasi kanali
1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"🥳
Xo'sh, bolalar bayramiga bolajoningizga nima sovg'a qilishni o'yladingizmi?🤔

Siz uchun zo'r taklifim bor🎉
Xabaringiz bo'lsa aprelda 1-patok "farzand tarbiyasi" 2oylik kursimizga start bergandik.Kursimizning 2-oyi boshlandi.Va o'z natijasini beryapti🤩🤩🤩
Lekin haligacha ko'pchilik kursga qatnashish maqsadida lichkamga yozadi.U guruhimiz ancha oldinlab ketgani sabab "farzand tarbiyasi" kursining 2-patogiga start berishga qaror qildik.

Endi sizda yangi kursga qo'shilish imkoniyati bor.
Kursga yoziling va farzandingiz ruhiyatini chuqur anglab, uning tarbiyasiga to'g'ri yondashing.

Zero, bolajoningizga yaxshi bilim va tarbiyadan ortiqroq sovg'a berolmaysiz❤️

To'liq ma'lumotni keyingi postda qoldiraman👇👇👇
⭕️Farzandim juda injiq, qaysar.
⭕️Judayam sho'x, to'polonchi, har doim biron ishkal chiqaradi.
⭕️Bolajonim yig'loqi, tez xafa bo'ladi.
⭕️Juda uyatchang, odamovi.
⭕️Ish buyursam esidan chiqib ketadi, o'yinga berilib ketadi.Bir ishni hech eplab qilolmaydi.
⭕️Farzandim maktabga borishni istamaydi, kitob o'qishni yomon ko'radi.
⭕️Farzandim yolg'on gapiryapti.
⭕️Bolam o'g'rilik qiladi.

USHBU SO'ZLARDAN BIRORTASI SIZGA TANISHMI🤔

🔴Yoki, bolangiz kechasi tagini ho'l qilib qo'yadimi?
🔴Sizni mensimaydi, yomon ko'radi deb o'ylaysizmi? U sizni hurmat qilmaydimi?
🔴Bolangizda qo'rquv va xavotirlar bormi?
🔴Farzandingizni tarbiyasi og'ir deb hisoblaysizmi?
🔴Farzandingiz internet o'yinlariga berilganmi?
🔴Tez xafa bo'lib, xonasiga qamalib oladimi?
🔴Yoki duduqlanadimi?

UNDA NIMANI KUTYAPSIZ🙄

Tezda kursimizga yoziling va 2oyda sizni oylab,yillab qiynab kelgan yuqoridagi kabi muammolarga darrov yechim toping.

KURSIMIZ BOLAMGA PORLOQ KELAJAK POYDEVORINI QURAMAN DEGAN BARCHA ONAJONLARIMIZ UCHUN😊.....

Kurs narxi 1 oyga 200 ming sòm
Kursga yozilish uchun @prettydilll ga murojaat qiling
Bolalar psixologiyasi kanali
PSIXOLOGIK TEST

BO'YINGIZ NECHCHI SANTIMETR ?

🚸 O'z bo'yingiz balandligini tanlang va ichki hislatlaringiz haqida bilib oling.

Javobi birozdan sòng kanalda⤵️
t.me/psixologFeruza759
JAVOBLAR

🚸 140 sm gacha.

Saxiy va axloqli. Siz eng yaxshi bo'lishga intilasiz. Sizda eng yuqori ambitsiyalar va standartlar mavjud.
Siz qattiq mehnat qilasiz, lekin siz xudbin emassiz. Siz dunyoni yaxshiroq joyga aylantirmoqchi bo'lganingiz uchun ishlaysiz. Siz xafa bo'lguningizcha sevasiz. Va keyin... siz hali ham sevishdan to'xtamaysiz. Siz qilayotgan hamma narsani juda kam odam qadrlashi mumkin.

🚸 140-150 sm.

Aqlli va o'ychan. Siz ajoyib fikrlovchisiz. Sizning fikringiz va g'oyalaringiz eng muhimi. Siz o'zingizning nazariyalaringiz va qarashlaringiz haqida o'ylashni yaxshi ko'rasiz. Siz introvertsiz. Siz o'ylashni va o'rganishni yaxshi ko'radiganlar bilan birga bo'lasiz.

🚸
150-160 sm.

Aqlli va falsafiy. Siz noyob, mehribon qalbli insonsiz. Yoningizda sizga o'xshagan, insonlar kam. Siz intuitiv va biroz g'alatisiz. Sizni ko'pincha noto'g'ri tushunishadi va bu sizni xafa qiladi. Sizga shaxsiy joy kerak. Sizning ijodingiz rivojlanishi kerak. Siz hayotning qorong'u va yorug' tomonlarini aniq ko'radigan insonsiz. Siz juda hissiyotlisiz.

🚸 160-170 sm.

Qiziqarli va haqiqat. Siz boshqalarga g'amxo'rlik qilishni yaxshi ko'radigan mas'uliyatli odamsiz. Siz halol mehnatga ishonasiz va majburiyatlarni osongina qabul qilasiz. Sizda yaxshi xarakter bor. Siz odamlarda ishonch uyg'otasiz. Siz yorqin, tezkor va aqllisiz. Siz ekstrovertsiz, har doim aytadigan qiziqarli narsangiz bor.

🚸
170-180 sm.

Ishonchli va hukmron. Siz juda mustaqilsiz. Sizning "o'zingiz buni qiling" tamoyili. Faqat o'zingizga ishoning. Siz o'zingiz va sevgan odamlaringiz uchun qanday qilib kuchli bo'lishni bilasiz. Siz nima istayotganingizni bilasiz va unga borishdan qo'rqmaysiz. Odamlardan sizga kerak bo'lgan yagona narsa - ular siz bilan samimiy bo'lishlari. Haqiqatga tayyormisiz.

🚸 180-190 sm.

Mehribon va sezgir. Siz odamlar bilan osongina munosabatlar qurasiz. Sizning ko'p do'stlaringiz bor va siz ularning hayotini yaxshilashni yaxshi ko'rasiz. Sizning huzuringizda odamlar o'zlarini juda xotirjam his qilishadi. Har kuni qanday qilib yaxshiroq bo'lish haqida o'ylaysiz. Siz qiziqarli, tushunarli va noyob bo'lishni xohlaysiz. Sizni sevmaganlarni yana sevishga tayyorsiz.

🚸 190 va undan yuqori.

Baxtli va quvnoq. Siz sezgir, tushunadigan odamsiz. Siz diqqat bilan va hukm qilmasdan tinglaysiz. Siz har bir insonning hayotda o'z yo'li borligiga ishonasiz. Siz voqealar va odamlarni osongina qabul qilasiz. Siz stressga chidamlisiz, kamdan-kam tashvishlanasiz. Siz odatda juda xotirjamsiz. Har doim yaxshi vaqt o'tkazing va o'z yo'lingizdan adashmang.

t.me/psixologFeruza759
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yaxshikayfiyatuchun

Shirintoylar nimaga kulayotganini o'zlari bilishsa bo'ldi😂😂😂

Yaqinlarga ulashing 🌺
Bolalar psixologiyasi kanali
Oilada bolani izza qilmang!
Oilada bolani hech vaqt uyaltirmaslik va izza qilmaslik lozim. Har qanday inson boshqalar oldida uyalishni, uyalganlikni og‘ir esdan chiqaradi. Ko‘pchilik orasida izza bo‘lganligini bir umr esdan chiqarmasligi mumkin.

Shunday ekan, oilangizda ruhiy muhit sog‘lom bo‘lsin desangiz bolangizning hozirgina qilgan noo‘rin, xato, adashilgan, anglashilmovchilik yuzasidan, uning tajribasizligidan kelib chiqqan hatti-harakatini qoralab uni jazolab o‘tirmang, ayniqsa voqeani yuziga solib izza qilmang. Shu borada agar bu voqeadan uning biror tanishi voqif bo‘lishi xavfi bo‘lsa, kechinma yanada kuchliroq tus olishi mumkin.

Bolani xato bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlardan ogohlantirib tarbiyalab borsangiz uning oiladagi o‘rnini kamsitmagan bo‘lasiz.

Piyola bolangizning qo‘lidan tushib ketib singanda emas, bu piyola sinib bo‘ldi, undan ko‘p vaqt ilgari ish buyurganingizda «ehtiyot bo‘l, sinib qolmasin», degan tarbiyaviy so‘zlardan boshlang.

© Mahmud Yo‘ldoshev
Bolalar psixologiyasi kanali
👶🏻👦. 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Bolalar hayotimizning davomchisi, kelajagimiz egalaridir. Ko’zlaridan doimo yaxshilik, beg’uborlik, samimiylik porlab turadigan jajji insonlarimizni bugungi bayram munosabati bilan muborakbod etamiz..!

t.me/farzand_tarbiyasi759
БОЛАЛАР ПСИХОЛОГИЯСИ pinned «1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"🥳 Xo'sh, bolalar bayramiga bolajoningizga nima sovg'a qilishni o'yladingizmi?🤔 Siz uchun zo'r taklifim bor🎉 Xabaringiz bo'lsa aprelda 1-patok "farzand tarbiyasi" 2oylik kursimizga start bergandik.Kursimizning 2…»
Хайрли кун!

Мен ҳаётни севаман. Аллоҳим берган ҳар бир гўзал тонгни севаман. Ҳар бир кунимни мазмунли ўтказишга харакат қиламан. Ҳар лаҳзада бахтни хис қилиб яшайман... 🥰

Кечаги дилхиралиларни, ўтмишнинг ғамнок хотираларини унутиб, ҳар тонг янги орзулар, умидлар ила уйғонаман. Атрофимдаги ҳар бир нарсадан гўзаллик излайман, гўзаликка интилиб яшайман. 🙋‍♀

Ахир инсонга бу ҳаёт бир марта берилади. Уни қандай ўтказиш эса инсон ўзига боғлиқ. Ҳаммаси ўз қўлингизда ўзингизни бахтли қилиш ҳам бахтсиз қилиш ҳам... ☝️

Турли хил синовлар, дардлар олдида бош эгманг. Улар сизни янада кучли инсон қилади, ўзлигимизни топиб, бахтли яшашга ундайди...
Қалбингизни асранг уни синдиришларига йўл қўйманг. Ҳаётни севинг, ўзингизни севинг...😍

Яратганга миннатдорлик билдиринг... Ҳар бир олаётган нафасимиз учун...🙏

Хайрли кун яхшилар!

t.me/psixologFeruza759
Farzandlaringiz yoshligida qilayotgan har bir oddiy ishi uchun ham maqtov eshitishni, yoki sizning fikringizni bilishni xohlaydi.
Xonasini aytmasingizdan tozalab qo'ygan bolakay, siz xonaga kirganingizda ko'zlari yonib uning qilgan mehnatini maqtashingizni kutadi. Siz esa ba'zan bunga parvo ham qilmasligingiz mumkin. Bunday vaziyatlar juda ko'p takrorlanadi.O'z tashvishlaringiz bilan yurib bolangiz qalbini his qilmay qolasiz.Ushbu holat takrorlanganda bola shu ishni qilmay qo'yadi.
Har bir qilgan yaxshi ishi uchun rag'batlantirish noto'g'ri, lekin maqtov doimo yaxshi samara beradi.Bolangizning kichkinagina qilgan ishi, yaxshiligi uchun uni maqtab qo'yishni unutmang😊

Yaqinlaringizga ulashing🌺
Bolalar psixologiyasi kanali
PSIXOLOGIK TEST

Siz yaxshi suxbatdoshmisiz. Sizni tinglovchi odam sizni qanday qabul qiladi, test orqali buni bilib oling!

Yaqinlaringizga ham yuboring⤵️
t.me/psixologFeruza759
JAVOBLAR

1.🌹ATIRGUL
Ko'k atirgul. Qaysidir ertakda ko'k atirgul xaqiqat timsoli sifatida gavdalantirilgan. O'sha atirgulni ko'rgan har qanday inson xaqiqatni va faqat xaqiqatni gapirishni boshlagan. Ko'k atirgulni tanlabsizmi demak siz rostgo'y insonsiz. Siz bilan suxbatlashish yoqimli. Maqtanmaysiz, gapni bo'lmaysiz, eshitishni va qayerda nima deyishni yaxshi bilasiz. Atirgul - gullar qirolichasi hisoblanadi. Siz ham oliy nasab insonlardek nomus bilan gaplashasiz, muloqotga kirishuvchan, diqqat-e'tiborlisiz, sizda xazil hissi yaxshi rivojlangan. Juda yaxshi suxbatdoshsiz.

2. KO'K OQSHOM
Derazalarda chiroq yoniq, havo rang vagon yeldek uchib, chayqalmoqda. Juda qulay va shinam holat. Siz bilan suxbatlashish ham huddi shunday. Nutqingiz hotirjam va ma'noli, suxbatni kerakli oqimga yo'naltirishni bilasiz. Ovozingiz juda yoqimli va kulishingiz chiroyli. Gapirishingiz yoqimli. Qisqa ammo hayratlanarli hikoya so'zlab bera olasiz. Takid va izohlaringiz doim o'rinli. Suxbatni qo'llab-quvvatlash va vaqtida tugata olish qobilyatingiz bor. Maftunkor suxbatdoshsiz.

3.🔸SARIQ DERAZALI KO'K DEVOR
Mehribon va rahmdil suxbatdoshsiz. Doim qo'llab-quvvatlaysiz, hamdard bo'lasiz, tasalli berasiz va yashashga ilhomlantira olasiz. Siz bilan odamlar ochiq-oydin suxbatlashishadi. Ular mehringiz va hamdardligingizni his qilishadi. Doim insonlarga yordam bergingiz keladi. Aqllisiz. Xotirangiz kuchli. Boshqa bir inson o'zini yaxshi his qilishi uchun doim nima deyishni va qanday maslaxat berishni bilasiz. Jonkuyar suxbatdoshsiz.

4.🌲SIRLI KO'K O'RMON.
Biroz qo'rqinchli, ammo chiroyli. Huddi sizning suxbatlashish uslubingizdek. Siz bilimdon, qo'pol, yorqin suxbatdoshsiz. O'tkir mavzularda suxbatlashishni sevasiz, aqlli inson bilan baxslashishni yoqtirasiz. Hayratlanarli dalillarni keltirib, kutilmagan isbotlarni tayyorlab qo'yishni uddalaysiz. Siz bilan suxbatlashish - har kimga hammas. Lekin sizni tinglash - xaqiqiy rohatning o'zginasi. So'z ustasisiz. Aqlli va emotsional suxbatdoshsiz.

5.🌊KO'K TO'LQIN.
Ishonch bilan ayta olamizki siz bilan odam zerikmaydi hisob. Va siz bilan inson har doim ham o'zini qulay his qilmaydi. Suxbatda kayfiyatingiz tez-tez o'zgarib turadi. Impulsiv insonsiz. Romantik kayfiyat tezda skeptikiga o'rin almashib pessimistik kayfiyatga o'tib ketadi. Quvnoq suxbat eng qizg'in nuqtasida ham birdan jaxl otiga minib olishingiz mumkin. Huddi dengizga o'xshaysiz. Bazan sokin va maftunkor, bazan undanda go'zal deyarli havfli bo'ron. Emotsional suxbatdoshsiz.

6.👽KO'K O'ZGA SAYYORALIK.
Siyoh rang koinot, kaftda ko'k yer shari. Introvertmisiz? Yoki gapirishdan ko'ra tinglashni ko'proq yoqtirasizmi? Odamlar sizni har doim ham tushinishmaydi. O'zingizni dunyoga tushintirishga unchalik xarakat ham qilmaysiz. Sizning o'z dunyoingiz bor. Shaxsiy. O'z qonun va qoidalari ega. Unga kimdir kirishga xarakat qilishini yoqtirmaysiz. Yopiq insonsiz. O'ylashni, ijod va tafakkur qilishni yoqtirasiz. Muloqotdan tez charchaysiz. Tezroq ketgingiz keladi. Sizni ushlab qolishga kamdan kam xarakat qilishadi.

t.me/psixologFeruza759
"КИМЛАР БАХТЛИ" БИЛАСИЗМИ!?

❗️Бахт ҳақида умуман ўйламайдиганлар бахтлидирлар!
❗️Бошқа бир инсонни кулгусидан қувонадиганлар бахтлидирлар!
❗️ Яқинларига бахт улаша оладиганлар бахтлидирлар!
❗️ Ўз хонадонида бахтли яшаётганлар бахтлидирлар!
❗️ Аллоҳ бераётган насибасига шукр ва қаноат қила олаётганлар бахтлидирлар!
❗️ Бой бўлиш учун эмас, бахтли яшаш учун интилаёганлар бахтлидирлар!
❗️ Oта-онаси ҳаётлигида уларни рози қилаётганлар бахтлидирлар!
❗️ Кимларгадир бахтли кўринганлар эмас, ўз хонадонига чинакам бахт улашаётганлар бахтлидирлар!

”КИМЛАР БАХТСИЗ" - БИЛАСИЗМИ!?

❗️ Кўнгил бериб ҳам эътиборга эриша олмаётганлар бахтсиздирлар!
❗️ Ўзгалар қайғусидан қувонадиганлар бахтсиздирлар!
❗️"Бахт бойликда" деб ўйлаётганлар бахтсиздирлар!
❗️ Юрагидаги дардини айтиш учун яқини йўқлар бахтсиздирлар!
❗️ Бахт ҳақида тинимсиз ўйлайверадиганлар бахтсиздирлар!
❗️ Ота-онаси дуосини олмай ялло қилиб юрганлар бахтсиздирлар!
❗️ Ўз уйида ҳам ҳаловат топа олмаётганлар бахтсиздирлар!

Хайрли кун азизларим!
Жуманинг хайри ва барокати сизга булсин!

t.me/psixologFeruza759
PSIXOLOGIK TEST

🏞 SURATDA ILK BOR NIMANI KO'RDINGIZ ?

O'z variyantingizni tanlang va ichki dunyoyingizni yanada yaxshiroq bilib oling.

Javobi birozdan sòng kanalda⤵️
t.me/psixologFeruza759
🪶 Tuklar.

Agar siz rasmda tuklarni ko'rgan bo'lsangiz, unda siz doimo keng fikr yuritasiz. Agar siz rejalar tuzsangiz, unda butun umringiz uchun tuzasiz. Ammo bunday odamlarning bir kamchiligi bor - ular ba'zan juda muhim bo'lgan kichik tafsilotlar va elementlarni unutishadi. Sizning qalbingiz keng va siz har bir insonga yordam berishga ochiqsiz. Lekin siz ko'proq ehtiyot bo'lishingiz kerak, chunki odamlar har xil, ba'zilari sizdan foydalanishi mumkin. Siz o'zingizning muloqot doirangizni diqqat bilan tanlashingiz kerak, chunki faqat siz ishonchli va halol odamlar haqiqiy do'st bo'lishlari kerak.

🦅 Qushlar.

Siz romantik odamsiz. Haqiqatga e'tibor bermasdan, orzu qilishni va o'z fikrlariga sho'ng'ishni yaxshi ko'radigan odamlar turi. Bunday odamlarga bulutlarda uchishning hojati yo'qligini aytishadi, chunki haqiqiy hayot ertaklardan uzoqdir. Ammo baribir, bu yomon emas, chunki zamonaviy dunyoda haqiqiy romantiklarni topish qiyin. Ammo shuni unutmasligimiz kerakki, romantikadan tashqari, umuman romantik bo'lmagan kundalik hayot ham mavjud.

💭 Bulutlar.

Siz arzimas narsalar haqida qayg'urmaydigan va biror narsa qilishdan oldin ko'p marta o'ylaydigan xotirjam odamsiz. Bu yaxshi, lekin yaqinlaringiz sizni juda ehtiyotkor emasligingizni aytishlari mumkin. Buni tuzatish uchun siz hech bo'lmaganda ba'zida yaqinlaringizga e'tibor belgilarini ko'rsatishingiz kerak. Do'stlar siz bilan qulay va iliq bo'lganingiz uchun sizni yaxshi ko'radilar.

🏞 O'rmon.

Sizda juda qiziqarli fikr bor va har bir savolning o'z nuqtai nazari bor. Bu ajoyib, lekin ba'zida atrofingizdagilar sizni tushunmaydi. Buning uchun siz aybdor emassiz va hayotdan zavqlanishda davom etishingiz mumkin. Asosiysi, mo'ljallangan yo'ldan borish va o'ziga ozgina ishonch qo'shish.

t.me/psixologFeruza759
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzand tarbiyasida ko'pgina onajonlarimiz e'tibor qilmaydigan jihat haqida gapiramiz.

Biz farzandimizga yaxshi so'zlarimiz bilan, yaxshi amallarimiz bilan o'rnak bo'lishga, chiroyli tarbiya berishga urinamiz.Ba'zida nimagadir shuncha qilganlarimiz kor qilmayotgandek tuyiladi.

Sizda shu hol kuzatilyaptimi?

Demak, siz ichki nutqiz ustida ishlashingiz kerak.Ona o'zi bilmagan holda ichki kechinmalari orqali bolaga ustanovkalar berib boradi. Siz unga ishonishingizni tinmay aytyapsiz-u, lekin qalban unga ishonmaysiz.Bu narsa bolangizga ta'sir qilmay qolmaydi.

Yana, agarda siz hayotga mehr-muhabbat bilan qarasangiz, undan zavq olayotgan bo'lsangiz,qalbingiz xotirjam bo'lsa bolangiz ham quvnoq bo'ladi. Bolangiz injiqlanyaptimi demak siz nimadandir xafa, yo ko'nglingizda g'ashlik, nafrat tuyg'ulari bo'lishi mumkin.

Shu sabab, farzandingizning borligi uchun ham hayotdan doimo zavq olib yashang😊😘

Yaqinlarga ulashing🤗🤗🤗
Bolalar psixologiyasi kanali
Go'zallarim,
postlarimizga like(👍 ❤️ 🔥 ) bosishni va
yaqinlaringizga ulashishni unutmaaang☺️
🤗🤗🤗