БОЛАЛАР ПСИХОЛОГИЯСИ
4.15K subscribers
3.46K photos
513 videos
7 files
2.48K links
ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ
Asosiy kanal: t.me/farzand_tarbiyasi759
T.me/PsixologFeruza759
Savollar uchun: t.me/farzand7
Barcha yoshdagi ayollar va bolalarga psixologik yordam ko'rsatamiz!

Murojat uchun: +998974407274
Download Telegram
🌿 Ota va qiz o‘rtasidagi munosabatlar

✔️Qiz farzand bilan nima ham qilish mumkin? Agar u o‘g‘il bo‘lganda edi, baliq ovlashga borardim, futbolga borardim demang. Jinsiga ko‘ra kam­sitmang. Uyda o‘tirib qizlarga xos o‘yinlar o‘ynang demoqchi emasman. Ammo hech bo‘lmaganda uning o‘yi­niga tomoshabin bo‘ling.

✔️Ularga e’tiborli bo‘ling, shunda ulg‘aygach, o‘zga­larga o‘zini ko‘rsatish, boshqalarning e’tiborini jalb qilish uchun g‘ayrioddiy harakatlar qilmaydi. Agar sizning qiz farzandingiz bo‘lsa, bilingki, uning hayotidagi eng muhim shaxs – otasi, ya’ni siz.

🌸 Ota va qiz o‘rtasidagi munosabatlarning sifati qizning butun hayoti davomidagi munosabatlar si­fatini belgilaydi.

«Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

http://t.me/farzand_tarbiyasi759
🌿 Reaksiyalaringiz bilan qo‘llab turing!

http://t.me/farzand_tarbiyasi759
🌿 Bolalar bizning aytganlarimizni emas, qilganlarimizni eslab qolishadi. Masalan, farzandingizga  soatlab boshqalarni behurmat qilmaslik haqida ma'ruza qilsangizda, lekin o'zingiz kimgadir baqirsangiz, bola sizning maruzangizni emas, behurmatlik qilganingizni eslab qoladi. Bolalar oldida so'zingizga-yu, o'zingizga ehtiyot bo'ling. Ular bizning AKSimiz
                    
Armen Djigarxanyan

http://t.me/farzand_tarbiyasi759
🌿 Foydali bo‘lgan bo‘lsa reaksiyalaringiz bilan qo‘llab turing!

http://t.me/farzand_tarbiyasi759
♻️ Doimo asabiy , stress holatida bo‘lsangiz, sizga qilingan xiyonatni, noxaqliklarni, tuxmatlarni unuta olmayotgan bo‘lsangiz, doimo ularni ayblab, nafratlanib, xafa bo‘lib yurgan bo‘lsangiz, negativ fikrlardan qutula olmayotgan bo‘lsangiz demak siz O‘TMISH depressiyasidasiz.

♻️ O‘tmish voqealariga nisbatan hissiyotlaringizni o‘zgartirib, keraksiz xotiralarni miyangizdan tozalab, yangi qaror va maqsadlar qo‘yib o‘tmish depressiyasidan chiqishingizga men avvalo Alloxni yordami va 6 yillik tajribam bilan sizlarga yordam beraman. Albatta murojaat qiling va hozir va shu yerda, bugungi kun bilan xotirjam hayot kechirish uchun qadam qo‘ying.

‼️ Xotira o‘chirish texnikasi bilan 6 kun davomida onlayn va oflayn tarzda seanslar o‘tkaziladi.

Onlayn seans 1 soati 300 ming so‘m
Offlayn seans 1 soati 500 ming so‘m.

Qabulga 1-2 kun avval navbatga yozdirasiz

Murojaat uchun tel.n
99897-4407274
@psixologFeruza
🌿  Doim yordam berish qanchalik to‘g‘ri.

Bolaga doim yordam berishni, og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilishni barcha ota-onalar chin yurakdan xohlashadi, shuningdek siz ham.

Inson xohishi doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Barcha yordam ham foydali emas.

Siz bolani o‘rniga qancha ko‘p ishlarini bajaraversangiz u tobora sizga bog‘lanib qoladi.
Kelajakda o‘z fikriga ega bo‘lmasligidan tashqari, biror muammoga duch kelsa darrov sizni ko‘magingizni istaydi.
"O‘zim qilolmayman" degan tushuncha o‘rnashib qoladi.

Shuning uchun me'yorni ushlang. Qiynalayotgan vaqti ko‘ngilchanglik qilmang.
O‘rgansin, qiynalsin, ko‘niksin. Bu hayotida juda katta muvaffaqiyat kaliti bo‘ladi, InshaAlloh.

http://t.me/farzand_tarbiyasi759