БОЛАЛАР ПСИХОЛОГИЯСИ
4.15K subscribers
3.46K photos
513 videos
7 files
2.48K links
ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ
Asosiy kanal: t.me/farzand_tarbiyasi759
T.me/PsixologFeruza759
Savollar uchun: t.me/farzand7
Barcha yoshdagi ayollar va bolalarga psixologik yordam ko'rsatamiz!

Murojat uchun: +998974407274
Download Telegram
🌿 Reaksiyalardan ko‘ppala bosib turing!

Telegram | Telegram | Instagram |
You tube | Psixolog
Forwarded from ПСИХОЛОГ ФЕРУЗА МАХМУДЖАНОВНА
🔔 Demak chegirmani boshladik!

❗️"FARZAND TARBIYASI" kursi 200 ming so‘m (asl narhi 400 ming)

❗️"RIZQ ALLOHDAN, TADBIRI INSONDAN" kursi 200 ming so‘m (asl narhi 500 ming so‘m).

♻️ Shoshilamiz! Har doimam bunaqa narhlarda kurslarga qo‘shila olmaysiz!

Murojaat uchun:
@psixologFeruza
🌿 Bola bo‘lib yashash yaxshidir balki!

Telegram | Telegram | Instagram |
You tube | Psixolog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Bola tarbiyasida ruhiy buzilishlar paydo bo‘lishini istamasangiz...

Videoni ohirigacha ko‘rishingizni so‘rab qolaman.

❗️Foydali bo‘lgan bo‘lsa qo‘llab turing.

http://t.me/farzand_tarbiyasi759
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Yaponiya bog‘chalarida jamiyatda o‘zini tutish qoidalari bog‘cha yoshidanoq o‘rgatiladi.

http://t.me/farzand_tarbiyasi759
🌿 Bu naqadar haqiqat !

Sizga bir gap aytaymi?  Bolangizga bera oladigan eng yaxshi sovg‘angiz  bu sizning baxtiyorligingiz va xotirjamligingizdir. Aynan shunday.

Ularni tuzatishga urinmang - avvalo o‘zingizni tuzating.

Ularni mamnun va baxtiyor qilishga urinmang - o‘zingiz mamnun va baxtiyor bo‘lishni o‘rganing.

Farzandingiz uchun tinimsiz xursandchilik  ta’minlash ilinjida, ularni rozi qilishga urinib muntazam shoshqaloqlikda, doimo tashvish va xavotirlik holatida bo‘lasiz.  Siz doimo tashvishlansangiz, ruhan siqilaversangiz, shoshilsangiz, stressni boshdan kechirsangiz - ularga qanday energiya olishni o‘rgatyapsiz?

Bolasini xursand qilish, ularni yaxshi yedirib kiydirish uchun  harom -harishni ajratmay o‘zini har ko‘yga soladiganlardan yaxshi farzandlar chiqishi dargumon, ular oxirida hammadan alamzada bo‘lib qoladi, hammadan noliydi. Alloh saqlasin

O‘zimning yosh onalik holatimga qanday nasihat qilardim: Behudaga tashvishlanaverma. Farzandlaringdan ko‘pam qayg‘uraverma. O‘zingga e’tibor qarat. G'azablanganingda chuqur nafas ol va hislaringni yolg'izlikda his qil. Bolalarni o‘zing istagan narsaga majburlama. Mehrni esa qandaydir evazga berma,  ularni shartsiz sevishni o‘rgan, ularni boricha qabul qil.

©Iroda Ahmed

http://t.me/farzand_tarbiyasi759
🌿  Bir erkak farzandlarini istirohat bog‘iga olib bordi. Chipta olish uchun kassa oldiga kelib, narxini surishtirdi.
— Olti yoshdan kattalar uchun besh ming so‘m, olti yoshdan kichiklarga bepul. Sizga nechta chipta beray?
— Kichik farzandim uch yosh, kattasi yetti yoshda. Demak, ikkita chipta olamiz, deya erkak kassirga o‘n ming so‘m uzatdi.
Chiptachi xazilomuz dedi:
Aka, agar to‘ng‘ich farzandingizni olti yoshda desangiz men bunga ishongan va pulni tejab qolgan bo‘lardingiz-ku?
Bunaqa xolat bo‘lib turadi, olti yoshmi yo yetti yoshmi, farqlash qiyin..
— To‘g‘ri, siz payqamasdingiz.
Lekin Alloh ko‘rib-bilib turibdi. Bizni kuzatib, gaplarimizni eshitib turgan farzandlarim-chi?
Arzimas pulni deb farzandlarimni yolg‘onga o‘rgatishni istamayman.

🕊  Farzandlarimizga faqat so‘zda emas, amalda ham tarbiya bersak, mukammal natijaga erishamiz.

http://t.me/farzand_tarbiyasi759
🌿 FARZANDINGIZ GAPINGIZGA KIRMASA...

Bunday holatda tabiiyki jahlingiz chiqadi. Lekin bolangizga aytgan ozgina qo‘pol gapingiz ham unda travma bo‘lib qolib ketishidan, natijada dilbandingiz kelajakda qiynalishidan xabaringiz bor, to‘g‘rimi?

XO‘SH, NIMA QILISH KERAK
0 yoshdan 16 yoshgacha bolaning qaysarligi tabiiy xolat xisoblanadi. Chunki bu davr bolada uning “MEN”i shakllanadigan davr. Siz uning eng yaqin insoni sifatida uni tushunishingiz va qo‘llab - quvvatlashingiz lozim. Demak, Bolangizga buyruq berishni bas qiling!

Aksincha, unga tanlov bering. Farzandingizga biror yumush buyurmoqchimisiz, unga kamida 2 xil tanlov bering.

Masalan: sut ichishini xohlasangiz “Sutingni ichib ol” emas, “Sutni shokolad bilan ichasanmi yoki o‘zinimi?” yoki “Darslaringni qil” emas, “Dars qilishni matematikadan boshlaysanmi yoki ona tilidan?” tarzida. Shunda siz bolangizning miyasiga shu ishni qilishi kerakligi haqidagi axborotni signal qilib yuborasiz, u esa buni “MEN”iga tegmaganingiz uchun bajonidil qiladi. Sinab ko‘ring, ajoyib texnika.

http://t.me/farzand_tarbiyasi759
🌿 "Oyijon sochlarimni o‘rib qo‘ying" deydigan emas "Oyijon ro‘molimni o‘ratib qo‘ying" deydigan qizim bo‘ladi
In sha Alloh.

🌿 "Dadajon qo‘g‘irchoq olib bering" deydigan emas "Dadajon kitoblarim qani nega kitob olib kelmadingiz" deb achchiq qiladigan Maryamim bo‘ladi
In sha Alloh.

🌿 "Ertak aytib bering" deydigan emas "Payg‘ambarimiz kim bo‘lgan? Fotima onamizni tariflab bering! Jannat qanday bo‘ladi" deydigan Jiblajibon Oisha ham bo‘ladi In sha Alloh.

🌿 "Xozir turaman ozgina uxlay, bog‘chaga bormayman" deydigan emas "Oyi! Dada! turinglar bomdod o‘qiymiz, bog‘chaga kech qolyapman" deb uyni boshiga ko‘taradigan Xadijam bo‘ladi
In sha Alloh.

🌿 "Bolalar sochimdan tortdi, bolalar xafa qilyapti" deb yig‘lab keladigan emas "Hmm o‘zim aqlini kirg‘azib qo‘ydim, meni hech kim xafa qilib qo‘ymaydi" deydigan jasoratli qizlarim bo‘ladi In sha Alloh

Ota-onasiga Jannatda toj kiydiradigan Fotimam bo‘ladi In sha Alloh

http://t.me/farzand_tarbiyasi759
🌿 Reaksiyalaringiz bilan qo‘llab turing!

Telegram | Telegram | Instagram |
You tube | Psixolog
🌿 Oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lgan insonlar xafa bo‘lishga moyil insonlar ekan.
Negaki, keyingi farzandlar tug‘ilgach, to‘ng‘ich farzand zimmasiga ota-onalar birmuncha ma’suliyat yuklab qo‘yishadi va ularning bolaligi qolib , endi ular ota-ona bilan birgalikda ancha vazifalarni zimmasiga olishga majbur bo‘lishadi.O‘z yoshiga nisbatan ertaroq katta bo‘lishadi.Natijada bolalikka to‘ymay katta bo‘lishadi.Bu ularning qalbida bir oz o‘ksik holat saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi.
Nega bunday holat ko‘p uchrashiga sabab yosh ota -onalar birinchi farzandlarida hali tajribasizlik qilishi va ketma-ket farzand ko‘rganlaridan keyin, to‘ng‘ich farzandiga nisbatan kattalarday muomala qila boshlashi. Ularga ham alohida mehr berish kerak ekanligini bilishmaydi.
Farzandingiz nechta bo‘lishi , nechi yosh bo‘lishiga qaramay ularga mehr berishni unutmang, yaxshi ko‘rishingizni doim ta’kidlab turing.Chunki ko‘pchilik to‘ng‘ich farzandlar meni yaxshi ko‘rishmaydi degan fikr bilan o‘ksib ulg‘ayishadi, buni ular hech qachon sizga aytmaydilar.

Telegram | Telegram | Instagram |
You tube | Psixolog