Фарғона вилояти Маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш бошқармаси | Расмий канали
738 subscribers
2.66K photos
202 videos
115 files
937 links
Фарғона вилояти маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш бошқармаси Ахборот хизмати
Download Telegram
Forwarded from Bandlik Vazirligi
⚡️O‘ZBЕKISTONDA ISHSIZLIK DARAJASI KAMAYDI

📈 Mamlakatimizda 2023-yil yakuniga ko'ra ishsizlik darajasi 6,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga kamaydi.

2023-yilning dekabr oyida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan respublikamizning 208 ta shahar va tumanida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.

Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida o‘tkazilgan tadqiqot davomida 1 000 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 10 000 uy xo‘jaliklari hamda 53 ming 300 nafar fuqaro qamrab olindi.

🧮 2024-yilning 1-yanvar holatiga mehnat resurslari soni 19 mln. 724 ming 900 kishini tashkil etib, 2023-yilning shu davriga nisbatan 207 ming 400 kishiga (1,1 foizga) oshgan.


Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook You tube Instagram Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bandlik Vazirligi
Joriy yilning mart oyida quyidagi sanalar dam olish kunlari sifatida belgilangan

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni
21-mart — Navro‘z umumxalq bayrami
22-mart barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni (ish haftasining turidan qat’i nazar)
23-mart 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni

➡️ 2024-yildagi ish kunlari kalendari

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt Facebook You tube Instagram Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
E'TIROF
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan bir guruh faol xotin-qizlarimiz nufuzli davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

✔️ Ular safida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tizimida samarali faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilarining ham borligi qalbimizga yuksak iftixor bag'ishlaydi.

💐8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan Xorazm viloyati Yangiariq tumani «Yangiariq» MFY hokim yordamchisi Abdukarimova Saodat Jumanazarovna hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani «Xalqobod» MFY hokim yordamchisi Jumanazarova Gulchexira Jumaxmetovnani jamoamiz nomidan qizg'in muborakbod etamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli bosh boshqarma tizimida mehnat qilayotgan aziz ayollar!
Muhtarama onaxonlar, munis opa-singillar!


Avvalambor, Sizlarni, Sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni go‘zallik bayrami "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" bilan bosh boshqarma jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka tilaymiz. Doimo, yuzingizdan tabassum, qalbingizdan shodu-xurramlik arimasin! Go‘zallik sizlarni hech qachon tark etmasin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mehnat jamoasi
Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayevning tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tabrigi.

Hurmatli bosh boshqarma tizimida mehnat qilayotgan aziz ayollar, ayol hokim yordamchilarimiz, muhtarama onaxonlar, munis opa-singillarimiz
!!!

Barchangizni "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" samimiy muborakbod etaman.

Barchangizga ushba yosharish va yangilanish fasli bahor ayyomi, go‘zallik va nafosat bayrami bilan samimiy tabriklayman. Uzoq umr, sihat salomatlik baxt saodat, ishlarizga omadlar tilayman. Hamisha yuzingizdan tabassum, qalbingizdan shodu-xurramlik arimasin! Go‘zallik sizlarni hech qachon tark etmasin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Anvarjon Abdullayev - Qo‘shtepa tumani hokimi.
#Байрам_муборак

Баҳорнинг илк айёми 8-март халқаро хотин-қизлар байрами билан табриклаймиз 🌺

Сизни ҳеч қачон баҳорий гўзаллик тарк этмасин, юзингиздан кулгу, лабингиздан табассум аримасин.

Ана шундай эзгу тилаклар бош бошқарманинг байрам табригида ўз ифодасини топган. Байрам муносабати билан бош бошқарманинг байрам табриги аёл ҳоким ёрдамчиларига етказилди.

Шунингдек, тизимда фаолият олиб бораётган хотин-қизларимиз бош бошқарманинг шаҳар-туман бўлими бошлиқлари томонидан муносиб эъзозланиб, байрам табриклари ташкил этилмоқда.

Яна бир бор байрамингиз муборак бўлсин азиз опа-сингиллар!!!!

🌐 Бош бошқарма Ахборот хизмати
Лидер бор ташкилотда ҳар бир жамоа мақсадни аниқ билади.

Унга етишиш учун бор кучи билан хизмат қилади.

Унинг устидан ўн нафар назоратчи керак эмас, у қачон раҳбар хонасининг чироғи ўчишини ва кетишини ҳам кутиб ўтирмайди.

Виждони унинг энг катта назоратчисидир.

"Лидерлар китоби"дан.
#Тайинлов

Фарғона вилояти Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бош бошқармасига янги раҳбар тайинланди.

Ўзбекистон Республикаси Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирининг буйруғига асосан Сайдуллаев Махсудали Ибрагимжонович — Фарғона вилояти Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бош бошқармаси бошлиғи
лавозимига тайинланди.

Тайинловга қадар Фарғона вилояти ҳокимининг молия-иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича биринчи ўринбосари котибияти мудири лавозимида фаолият олиб бораётган эди.

Бугун вилоят ҳокимлигида бўлиб ўтган йиғилишда Махсудали Сайдуллаев вилоят жамоатчилигига таништирилди.

2023 йилнинг февраль ойидан буён Бош бошқарма бошлиғи бўлиб ишлаб келган Анваржон Абдуллаев Қўштепа тумани ҳокими этиб тайинланганди.

🌐 Бош бошқарма Ахборот хизмати