Buxoro shahar 19-IDUM👩‍✈️👨‍✈️🎎
102 subscribers
1.69K photos
263 videos
5 files
15 links
🏘📖📚 Таълим ва тарбияга оид янгиликлар.Мактаб хаётига оид хабарлар.
🎎🎎🎎 инглиз тили ва корейс тилига ихтисослаштирилган.
👩‍✈️👨‍✈️ имтихон асосида харбий синфга кабул киламиз.
Самые свежие и актуальные новости.
Телефон:652232152
652232142
Download Telegram
#taqriz

📚Men ózbek xalq ertaklaridan tulki bilan turna ertagini óqidim.Bu ertakda bir kuni tulki turnani mehmonga chaqirdi.Va ovqat qildi,qilgan ovqatini likopchaga suzdi.Turna keldi va likopchadan ovqat yemoqchi bóldida tumshuğini likopchaga taq-taq urdi lekin oğziga hech narsa ilinmadi.Tulki dedi uzur seni yaxshi mehmon qilolmadim.Shunisiga ham rahmat dedi turna.Turna ertaga menikiga mehmon boʻlib kel dedi.Turna ham ovqat qildi,qilgan ovqatini oğzi ingichka kózaga suzibdi.Tulki keldida ovqatdan yemoqchi bóldi lekin boshi kózaga siğmadi.Bu vaqtda turna hamma ovqatni yebdi.Turna ham uzur seni yaxshi mehmon qilolmadim dedi.Tulki
óylagandiki bir haftalik ovqatimni turnanikida yeb kelaman.Xulosa: yomonlikning ketidan yomonlik keladi.

💫 3-A sinf óquvchisi: Hoshimova Sabina
#taqriz

9-A sinf oʻquvchisi Rashidova Gulnora

📖 Antuan de Sent Ekzyuperi "Kichkina Shahzoda"
Ushbu asar hayotimizga taʼsir koʻrsatadigan chiroyli iboralar va taʼlimotlar bilan toʻla. Har bir soʻz, har bir jumla bizning kundalik hayotimiz,atrof muhitimiz bilan munosabatlarimizni rivojlantirish va muammolarni hal qilish usullari haqida fikr yuritishga majbur qiladi. Men hali ham uni chiroyli, sehrli kitob deb oʻylayman. Ajablanarlisi, kitob har bir oʻquvchiga uning hayotiy tajribasi taʼsirida boshqacha taʼsir qiladi.
Asar bolalar uchun yozilganday tuyuladi. Lekin yuqori falsafiy va sheʼriy mazmun bilan boyitilgan bu qissa bekorga sayyoradagi eng koʻp tarjima qilingan badiiy asarlar uchligiga kirmaydi. Zamonaviy madaniyatda "Kichkina Shahzoda" koʻp davlatlarning oʻrta taʼlimida qabul qilingan. Yaponiyada esa hatto syujet qahramoni uchun muzey qurilgan.
Asar yosh bolalar uchun ibrat sifatida oʻqib berilishi mumkin.Uni oʻqib chiqish bolalarcha orzu qilishni toʻxtatgan kattalar uchun ham zarur. Hayotning ogʻir tashvishlarini unutib,asarni oʻqib chiqing. Yengil tortasiz. Dunyoga bolalarcha yengil nigoh bilan qarab yashasak, muammolar miyamizdagina mavjud ekaniga amin boʻlamiz.
Shuni yodda tutishimiz kerakki asar yozilgan paytda Ikkinchi Jahon urushi davom etayotgandi. Urush davrida esa asardagi har qanday umid uchquni,xayolot yoki yangi hayot orzusi oʻsha paytda yashaganlar uchun juda koʻp narsani anglatar edi.💫🌷
#taqriz

📚 Rudolf Erix Raspe "Baron Myunxanzen sarguzashtlari"

Bu kitobda Baronning boshidan kechirganlari yozilgan. U o'zini dunyodagi eng rostgo'y odam hisoblardi. U ayiq bilan olishishgani , tomdagi otni ko'rgani , oyga 2 marta sayohat qilgani , to'p o'qga mingani, baliq qorniga kirgani va xitoy vinosini ichgani haqida hammaga aytib beradi . Lekin afsuski uning gaplari yolg'on edi. Xalqimiz, yolg'onning umri qisqa deb, bekorga aytishmagan. Men bu kitobni o'qib shuni bildimki, inson boshiga qilich kelsa ham yolg'on gapirmasligi kerak . Kitobxonlar men sizlarga bu hikoyani o'qishni tavsiya qilaman , chunki bu kitobning ibratli tomonlari juda ko'p .

💫 4-"A" sinf o'quvchisi Raxmonova Aziza
#taqriz

💫 2- b sinf o'quvchisi Hasanov Shahsuvor

📚 (Xalq ertagi) Yaxshilik va yomonlik. Hayotda har bir inson yaxshilik qilib, yaxshilikni kutmaslik kerak , xo'tik bilan bo'rini olsak xo'tik uni qopdan qutqaradi.Bo'ri esa uni quvlab ketedi shunda xo'tik men seni qutqardim yaxshilikka yomonlikmi deydi. Ular sigirni daraxtni oldiga borib bo'lgan voqeani aytib beradilar ullar esa hech qachon yaxshilik qaytmaydi deyishadi. Xo'tikka bo'ri endi seni yeyman deganda sichqoncha kelib shu katakon bo'ri mitti qopga sig'adimi deb kuladi sig'aman deb bo'ri qopga kiradi.Shunda Sichqoncha Xo'tikka aytadi yomonga yaxshilik qilsang hech qachon yaxshilik qaytmaydi.Yaxshilarim doimo yaxshilik qilib yashaylik.
#taqriz

📚 Chingiz Aytmatov "Oq kema"

Men Chingiz Aytmatovning "Oq kema" qissasini o'qidim. Ushbu asarni o'qish chog'larimda unchalik qiziqmagan edim. Lekin bu asar shunchalik meni o'z domiga torttiki uni butunlay o'qigim keldi. Asarning bosh qahramoni bo'lmish bolaning taassurot dunyosi xuddi o'z dunyoyimga o'xshardi. Adib bu asarni shunday yaratganki uni o'qigan har bir bola o'z xayolot dunyosiga g'arq bo'ladi.Ayniqsa asarda keltirilgan ramziy obrazlar ham juda go'zal o'z ifodasini topgan desam mubolag'a bo'lmaydi.Bu kitobni o'qishni barchangizga taklif etaman.Zotan bizning adabiyotimiz sarvari bo'lgan bu asarlar inson uchun juda muhimdir.U xoh yosh bo'lsin xoh qari.

💫 7-"V" sinf o'quvchisi Muhitdinova Marjona
💫 2-B sinf o'quvchisi Sultanova Shaxina

📚 “Ordak va uning bolalari” Ozbek xalq ertagi.
Kitob bizning eng yaqin do'stimiz. Kitob o'qish biz bolalarni yaxshilik sari yetaklaydi, ularni to'g'rilikka chorlaydi. Kitob bilimlar o'chog'i hisoblanadi. Мen kitob oqishni juda ham yaxshi ko'raman, ayniqsa ertaklarni. Mening eng sevimli kitobim “Dangasa quyon” o'zbek xalq ertagi kitobi. Ushbu kitobda juda qiziqarli va ajoyib ertaklar kop. Men bu ertaklarini judayam sevib oqiyman. Menga ayniqsa kitobdagi “Ordak va uning bolalari” ertagi yoqadi. Bu ertakda onaning farzandlari uchun jonkuyarligi, ularga bolgan mehr-muhabbati, butun fikr-u yodi ularning baxt-u saodatiga qaratilganligi halollik, mehnatsevarlik, xudbinlik, dangasalik qilmaslik kabi xislatlar aks ettirilgan. Ayniqsa, ertakdagi chinakam insoniy fazilatlar menda chuqur mehr uyg'otdi. Ona ordakning mehnatsevarligi, bolalariga mehribonligi, bolalari uchun jonkuyarligi, butun fikr-u yodi bolalarining soglom, baquvvat katta bolishlari uchun tinmay mehnat qilishi menga katta taassurot yugotdi.
Tengdoshlarimga bu ertak kitobini òqishlarini maslahat beraman.
Xulosa: Bilaman, dunyodagi barcha onalar yaxshi, lekin ularning hammasi mening Onamga o'xshashini xohlayman. Farzandini yorug' dunyoga keltirish, katta qilish azobini o'ziga baxt deb bilgan, kichkinaligidan katta bo
lgunigacha har qanday mashaqqatni o'z bo'yniga olgan, jigarbandi o'nqir-cho'nqir yo'lda qoqilgudek bo'lsa, o'z jonini ayamaydigan onajonlarimiz biz farzandlarning boshiga sog- salomat bolsinlar.
15.03.2021 Zoom da O'zbekiston va Buxoro viloyati deputatlari tomonidan tashkil qilingan online konferensiyada 9-"A" sinf o'quvchisi Asadova Jasmina faol ishtirok etgani uchun Sertifikat bilan taqdirlandi.
📚Xudoyberdi To'xtaboyev "Sariq devni minib"

#taqriz

Men Xudoyberdi To'xtaboyevning "Sariq devni minib"asarini maroq bilan o'qidim. Ushbu asar juda chiroyli,fantastik tarzda yozilgan bo'lib yoshlar uchun juda mos asardir.Men bu asarni o'qidim-u xuddi o'sha asarning ichiga kirib qolgandek bo'ldim.Ayniqsa asar qahramoni Hoshimjon meni o'z domiga tortdi. Uning qat'iyligi ya'ni "o'qimasdan turib ham olim bo'lish" mumkinligi haqidagi fikri meni asarni oxirigacha o'qishga majbur qildi desam mubolag'a bo'lmaydi. Shoyadki Hoshimjonning barcha fikrlari noto'g'ri ekanligi isbotlandi. Vaholanki shu asarni o'qiganimdan so'ng menda ilm olishga bo'lgan ishtiyoq ancha kuchaydi.

💫5-"b" sinf o'quvchisi Muhitdinov Abrorxon
Hikoya📖"Bemor"
Muallif📝Abdulla Qahhor
#taqriz
✒️2-"A"sinf o'quvchisi Rajabboyev Said Umarbek
Kitoblar olami sehrli olam.Barchani o'ziga tortuvchi,hamma bilan ishlash uchun ko'mak beruvchi turfa go'zallik maskani u.Kitob-bizning do'stimiz.Barchamiz albatta kitob o'qib,u bilan o'rtoq tutinamiz.Men ham darslarimni tayyorlash bilan birga ko'plab badiiy asarlar o'qib turaman.Ayniqsa o'zbek yozuvchilarining mashhur namoyondasi bo'lgan Abdulla Qahhor ijodi bilan ancha-muncha taniahman.Shuningdek,uning ko'plab hikoyalarini o'qib turaman.Uning "Bemor"nomli hikoyasi men o'qigan barcha hikoyalar ichida eng ta'sirlanarli hikoya bo'lgan.Bosh qahramon Sotiboldining nochor ahvoli,ustiga uning kasal xotini haqida bayon etilgan ushbu hikoyaga "Osmon yiroq yer qattiq"epigrafi qo'llangan.Chindan umrida 25 so'mlik pulni ko'rmagan,bosh shifoxonani faqat tashqarisidan ko'rgan,xotinini davolash uchun pul yig'ib,bemaqsad,befoyda davolash usullariga sovurayotgan,tag'in oxirida xotinini yo'qotgan qahramon uchun osmon yiroqdan,yiroq yer esa toshdan qattiq.Bu muammolar Sotiboldining emas balki mavjud tuzumning xatosi deb hisoblayman.Hikoyani o'qib ko'rishingizni va uni tahlil qilib chiqishni tavsiya bergan bo'lardi.
16.03.2021 Zoom da tashkil qilingan online konferensiyada 7-"A" sinf o'quvchisi Sultonova Dilfuzabonu faol ishtirok etgani uchun Sertifikat bilan taqdirlandi.
#taqriz

💫 "Сказки "

Мне очень нравятся сказки, их читают мама и папа. В моей небольшой библиотеке более 10 книг сказок. Сказки ведут к добру. Из сказок я узнал, что уважать родителей, уважать взрослых, всегда получать отличные оценки и быть щедрым человеком. Книга - мой лучший друг, когда я вырасту, в моей личной библиотеке будет более 100 книг.

📚 1"Б" Шавкатов Саидбек
"Kitobim -oftobim" haftaligi doirasida tarbiya fani o'qituvchisi Murodova Shaxnozaning 3-"A"sinf o'quvchilari bilan birgalikda "Kitoblar shaxriga sayohat "mavzusida tayyorlagan tadbiridan lavhalar
Buxoro shahar 19-IDUM👩‍✈️👨‍✈️🎎
🎉 Assalomu alaykum shijoatli , bilimga chanqoq maktabimiz o'quvchilari . 📚 Ushbu tanlov maktabimiz o'quvchilari kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil qilinmoqda 🔷 Ushbu tanlovda siz o'zbek va jahon adabiyotining sara asariga yoki…
Assalomu aleykum hurmatli tanlov ishtirokchilari va kanal a'zolari!

Bugun 19-mart, ayni shu daqiqada maktab o'quvchilarining kitobxonlikka bo'lgan qiziqishlarini oshir maqsadida tashkil qilingan tanlov uchun ijodiy ishlar qabul qilinmasligini va like yig'ish to'xtatilganini ma'lum qilamiz! 😊

🟣G'oliblar berilgan shartlar asosida ishtirokchilar yuborgan ijodiy ishlarnining mazmun-mohiyati va to'plagan ovozlar soniga qarab aniqlanadi.

Hurmatli kanalimiz a'zolari !
Bizdan uzoqlashmang deb qolamiz!
21-март "Навруз" умумхалк байрами муносабати билан 2005-2006 йилларда тугилган кизлар уртасида "Спортни сев, спорт билан яша" шиори остида футбол буйича Бухоро вилоят очик биринчилигида катнашиб ,Бухоро шахар 19-ИДУМ кизлар жамоаси фахрли 3-уринни эгаллади.