"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK
2.03K subscribers
3.18K photos
104 videos
6 files
942 links
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK Markaziy Osiyoda soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Download Telegram
Zavodimiz ishga tushganiga 15 yil bo‘lishi munosabati bilan korxonamiz majlislar zalida bayram tadbiri o‘tkazildi

Tadbirda:
Zavodimizda ko‘p yillardan beri ijtimoiy, tashkiliy, siyosiy ishlarda faol qatnashib kelgan va hozirgi kunda pensiyada bo‘lgan mehnat faxriylari va bir guruh korxona xodimlari bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi va ishtirokchilarga konsert dasturi qo‘yib berildi.
Bayram munosabati bilan korxonaning barcha xodimlariga O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir barobari miqdorida mukofot puli bayram sovg‘asi tariqasida berilishi xodimlar kayfiyatini yanada koʻtardi.
Bayram so‘ngida zavodimiz barcha xodimlariga bayram oshi tarqatildi.


Facebook | Instagram | Telegram | Web Site
Hurmatli abituriyentlar!

D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti tomonidan Toshkent shahridagi filialida bo‘sh joylarga 2021-2022 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakti asosiga qo‘shimcha kirish sinov imtihonlari uchun 2021 yil 15 sentyabrdan 18 sentyabr kunlari abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish ishlari olib borilishini e’lon qilamiz.
Hujjatlarni qabul qilish filial binosida, shuningdek masofadan turib amalga oshiriladi. Qabul komissiyasi haqidagi ma’lumotlar https://muctr-tashkent.uz/ru/applicant/priem2021
Rasmiy veb-saytida, arizalarni tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalarda ko‘rsatilgan https://www.muctr.ru/upload/iblock/8b5/8b54e48b8bd469d11160e425d7cfb916.pdf

Веб-сайт ©️ Telegram ©️ Instagram ©️ Facebook ©️
Bugun korxonamizda Zamonaviy sug‘urta texnologiyalari va turli sug‘urta dasturlari mavzusida “O‘zbekinvest” EISK AJ sug‘urta kompaniyasi Qoraqalpog‘iston filiali direktor o‘rinbosari B.Bisheov, menejeri A.Matkarimova , menejer asistenti M.Eshanov va korxona sex va bo‘lim vakillar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Facebook | Instagram | Telegram | Web Site
Zavodimiz yoshlarining bilim darajalarini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida korxonamiz tomonidan:
- D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti tomonidan Toshkent shahridagi filialida bo‘sh joylarga 2021-2022 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakti asosiga qo‘shimcha kirish sinov imtihonlarini topshirish uchun 17 nafar yoshlar va
- O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursi kirish sinov imtihonlarini topshirish uchun 13 nafar yoshlarning Toshkent shahriga borib kelishlari taʼminlandi.

Facebook | Instagram | Telegram | Web Site
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK kasaba uyushmasi ish rejasiga asosan korxona xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan DARTS sport musobaqasiga taklif qilamiz.
Manzil: Qo‘ng‘irot kimyo sanoati kasb hunar kolleji sport zali.
Vaqti: 23 sentabr soat 17:00

Facebook | Instagram | Telegram | Web Site
Joriy yilning 22 sentabr kuni korxona majlislar zalida zavodimiz bosh direktori J.I.Mustafaev mamlakatimiz Prezidentining Bo‘zatov tumanida Qoraqalpog‘iston saylovchilari bilan uchrashuvi va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod SH.Mirziyoevning saylovoldi dasturi bilan tanishtirish maqsadida korxonamiz yetakchi mutaxassislari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida Prezidentimiz SH.Mirziyoevning taklif va tashabbuslari qo‘llab quvvatlandi. Shuningdek korxonamizda kelgusida qilinadigan ishlar muhokama qilindi.

Facebook | Instagram | Telegram | Web Site
#carfreeday_uzbekistan #shaxsiynamunakursat #avtomobilsizbirkun

“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Bosh
direktori, o‘rinbosarlari va xodimlari nafaqat "22-sentabr Xalqaro avtomobilsiz kun" munosabati bilan, balki har kuni ish joylariga piyoda va velosipedlarda keldilar va boshqalarga ham shuni tavsiya qiladilar.

Facebook | Instagram | Telegram | Web Site
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK sex va boʻlim boshliqlariga zaxira kadrlarni tayyorlash maqsadida zavod mutaxassislari tomonidan oʻqitish ishlari olib borilmoqda.

Facebook | Instagram | Telegram | Web Site
Avval xabar berganimizdek korxona xodimlari o‘rtasida DARTS sport musobaqasi o‘tkazildi. Unga ko‘ra
Erkaklar o‘rtasida
1 o‘rin Korxona boshqarmasidan Qurbanbayev Batir
2 o‘rin Ichimlik suvi va texnik suvi bilan taʼminlash sexidan Embergenov Baxtiyar
3 o‘rin Qadoqlash sexidan Mamutjanov Begzad
Ayollar o‘rtasida
1 o‘rin Ohak tosh kuydirish va so‘ndirish sexidan Allanbergenova Bazargul
2 o‘rin Ichimlik suvi va texnik suvi bilan taʼminlash sexidan Qannazarova Nursuliw
3 o‘rin Ohak tosh kuydirish va so‘ndirish sexidan Sag‘inbaeva Janaray

Facebook | Instagram | Telegram | Web Site