"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK
2.02K subscribers
3.18K photos
104 videos
6 files
942 links
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK Markaziy Osiyoda soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Download Telegram
Zavodimiz yoshlarining bilim darajalarini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida korxonamiz tomonidan:
- D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti tomonidan Toshkent shahridagi filialida bo‘sh joylarga 2021-2022 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakti asosiga qo‘shimcha kirish sinov imtihonlarini topshirish uchun 17 nafar yoshlar va
- O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursi kirish sinov imtihonlarini topshirish uchun 13 nafar yoshlarning Toshkent shahriga borib kelishlari taʼminlandi.

Facebook | Instagram | Telegram | Web Site
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK kasaba uyushmasi ish rejasiga asosan korxona xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan DARTS sport musobaqasiga taklif qilamiz.
Manzil: Qo‘ng‘irot kimyo sanoati kasb hunar kolleji sport zali.
Vaqti: 23 sentabr soat 17:00

Facebook | Instagram | Telegram | Web Site
Joriy yilning 22 sentabr kuni korxona majlislar zalida zavodimiz bosh direktori J.I.Mustafaev mamlakatimiz Prezidentining Bo‘zatov tumanida Qoraqalpog‘iston saylovchilari bilan uchrashuvi va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod SH.Mirziyoevning saylovoldi dasturi bilan tanishtirish maqsadida korxonamiz yetakchi mutaxassislari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida Prezidentimiz SH.Mirziyoevning taklif va tashabbuslari qo‘llab quvvatlandi. Shuningdek korxonamizda kelgusida qilinadigan ishlar muhokama qilindi.

Facebook | Instagram | Telegram | Web Site
#carfreeday_uzbekistan #shaxsiynamunakursat #avtomobilsizbirkun

“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Bosh
direktori, o‘rinbosarlari va xodimlari nafaqat "22-sentabr Xalqaro avtomobilsiz kun" munosabati bilan, balki har kuni ish joylariga piyoda va velosipedlarda keldilar va boshqalarga ham shuni tavsiya qiladilar.

Facebook | Instagram | Telegram | Web Site
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK sex va boʻlim boshliqlariga zaxira kadrlarni tayyorlash maqsadida zavod mutaxassislari tomonidan oʻqitish ishlari olib borilmoqda.

Facebook | Instagram | Telegram | Web Site
Avval xabar berganimizdek korxona xodimlari o‘rtasida DARTS sport musobaqasi o‘tkazildi. Unga ko‘ra
Erkaklar o‘rtasida
1 o‘rin Korxona boshqarmasidan Qurbanbayev Batir
2 o‘rin Ichimlik suvi va texnik suvi bilan taʼminlash sexidan Embergenov Baxtiyar
3 o‘rin Qadoqlash sexidan Mamutjanov Begzad
Ayollar o‘rtasida
1 o‘rin Ohak tosh kuydirish va so‘ndirish sexidan Allanbergenova Bazargul
2 o‘rin Ichimlik suvi va texnik suvi bilan taʼminlash sexidan Qannazarova Nursuliw
3 o‘rin Ohak tosh kuydirish va so‘ndirish sexidan Sag‘inbaeva Janaray

Facebook | Instagram | Telegram | Web Site