"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK
2.02K subscribers
3.2K photos
104 videos
6 files
942 links
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK Markaziy Osiyoda soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Download Telegram
DIQQAT E’LON !!!
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK sex va bo‘limlaridagi ishchi- xodimlar o‘rtasida “Til-millat tafakkurining bebaho xazinasi” mavzusida tanlov o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Tanlov shartlari:
1. Salomlashish (5 daqiqa) (1ta sexdan 1 ta jamoa 6 ta a’zosi bilan qatnashadi)
2. Savol-javob (konvertni bitta ishtirokchi tanlab oladi, 6 ta ishtirokchi maslahatlashgan holda javob beradi. O‘ylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi)
3. Sahna ko‘rinishi (6 ta ishtirokchidan oshmasligi kerak)
Talablari:
1. Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar 5 daqiqa ichida jamoa sardori mavzu, bayramlar, o‘zbek va qoraqalpoq millatiga mansub milliylikni uyg‘unlashtirgan holda she’r va tanishtiruv so‘zlarini aniq, ravon va obrazli tarzda yetkazib berishi. Albatta, qisqa vaqt ichida yuqorida aytib o‘tilganlar haqida ma’lumot berish va namoyon qilish qobiliyati asosida baholanadi.
2. 4 ta savol bir konvertning ichiga joylanadi:
- siyosiy savol;
- til haqidagi so‘nggi yangiliklar (Farmon, qaror) yuzasidan;
- “O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonuni yuzasidan;
- Darsliklardan
3. 7 daqiqa ichida sahnada (Ikki millat vakillarining do‘stligi ufurib turishi shart) o‘zini tutish odobi, mavzuga mos, bayramlar, o‘zbek va qoraqalpoq millatiga xos milliylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan holda obrazli tarzda yetkazib berishi. (Muammolar va yutuqlar aks etishi mumkin)
Tanlovga qatnashish istagida bo‘lgan sex va bo‘limlar o‘z talapnomalarini joriy yilning 11 oktabriga qadar Yoshlar yetakchisi B.Qurbanbaevga topshirishlari lozim.
Ma’lumot uchun telefon: 994515464.

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
“Kitob dunyosi Kitob markazi” tashkiloti bilan hamkorlikda xodimlarini ayniqsa yoshlarni kitob oʻqishga jalb qilish va maʼnaviy jihatdan sogʻlom qilib voyaga yetkazish maqsadida korxona majlislar zalida kitoblar yarmarkasi o‘tkazildi.
Ma’lumot o‘rnida kitoblar yarmarkasi joriy yilning 7 oktabr kuni soat 12:00 gacha davom etishini ma’lum qilamiz.
Kitob oʻqishga qiziqishi yuqori boʼlgan barchani KITOBLAR yarmarkasiga taklif qilamiz.
Manzil: Korxona majlislar zali.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Avval xabar berganimizdek korxonada ayollar o‘rtasida sportning “100 metrga yugurish” va “Uzunlikka sakrash” turlari bo‘yicha musobaqalari o‘tkazildi.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Avval xabar berganimizdek korxonada ayollar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqasi o‘tkazildi.
Unga ko‘ra:
1 o‘rinni Korxona boshqarmasi bo‘limi
2 o‘rinni Qozonxona sexi
3 o‘rinni Kaltsinatsiya sexi qo‘lga kiritdi.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Korxonada ishlovchi xodimlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish maqsadida korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi "Sog‘lom xodim-Sog‘lom oila" tadbirini o‘tkazmoqda. Tadbir davomida xodimlar va ularing oila a‘zolari uchun eng zarur tibbiy dorilar tibbiyot punktida bepul tarqatilishi ko‘zda tutilgan. Zarur dori vositalaridan tunu-kun foydalanish mumkin.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Продление срока подачи тендерных предложений!

Согласно решению тендерной комиссии, протокол заседания тендерной комиссии №3 от 5 октября 2021 года, срок подачи тендерных предложений...

Подробнее:👈

Тендер таклифларини тақдим этиш муддатининг узайтирилиши!

Тендер комиссиясининг 2021 йил 5 октябрьдаги 3-сонли мажлиси баёни қарорига кўра ““Қўнғирот сода заводи” МЧЖ қўшма корхонасида кальцинацияланган...

Батафсил:👈

Extension of the deadline for submitting bid proposals!

According to the decision of the Tender Commission, the Minutes of the Meeting of the Tender Commission No.3 dated October 5, 2021, the deadline...

More details:👈

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Bugun korxona kasaba uyushmasi va yoshlar ittifoqi ish rejasiga asos sex va bo‘limlar yoshlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinini saralash bosqichlarining so‘ngi o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra final o‘yiniga quyidagi jamoalar qatnashadi:
Ohaktosh kuydirish va so‘ndirish sexi jamoasi.
Kaltsinatsiya sexi jamoasi
ADKF sexi jamoasi
Korxona boshqarmasi

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
“21-oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun” bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlanish maqsadida korxona sex va boʻlimlari yoshlari o‘rtasida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilib kelayotgan «Zakovat» intellektual o‘yinining Final bosqichiga va bayram kontsert dasturiga barcha xodimlarini taklif etamiz.

Manzil: Korxona majlislar zali
Sana: 15 oktabr 2021 yil
Vaqti: 14:00

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK da davlat tilida ish yuritish holatlari o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5850-son Farmoni ijrosini taʼminlanish holatlarini o‘rganish, ish yuritish hujjatlarini davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida "O‘zkimyosanoat" AJ Boshqaruvi raisi maslahatchisi S.Abduraxmanova “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK da bo‘ldi.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
“21-oktabr - O‘zbek tili” bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlanish maqsadida korxona sex va boʻlim yoshlari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini va bayram kontsert dasturi o‘tkazildi.
Unga ko‘ra:
Birinchi o‘rinni Ohaktosh kuydirish va so‘ndirish sexi jamoasi
Ikkinchi o‘rinni ADKF sexi jamosi
Uchinchi o‘rinni Kaltsinatsiya sexi jamoasi qo‘lga kirgizdi.
G‘oliblarga korxona kasaba uyushmasi tomonidan sovgʻalar topshirildi.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site