"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK
2.02K subscribers
3.34K photos
105 videos
6 files
945 links
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK Markaziy Osiyoda soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Download Telegram
“21-oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun” bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlanish maqsadida korxona sex va boʻlimlari yoshlari o‘rtasida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilib kelayotgan «Zakovat» intellektual o‘yinining Final bosqichiga va bayram kontsert dasturiga barcha xodimlarini taklif etamiz.

Manzil: Korxona majlislar zali
Sana: 15 oktabr 2021 yil
Vaqti: 14:00

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK da davlat tilida ish yuritish holatlari o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5850-son Farmoni ijrosini taʼminlanish holatlarini o‘rganish, ish yuritish hujjatlarini davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida "O‘zkimyosanoat" AJ Boshqaruvi raisi maslahatchisi S.Abduraxmanova “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK da bo‘ldi.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
“21-oktabr - O‘zbek tili” bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlanish maqsadida korxona sex va boʻlim yoshlari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini va bayram kontsert dasturi o‘tkazildi.
Unga ko‘ra:
Birinchi o‘rinni Ohaktosh kuydirish va so‘ndirish sexi jamoasi
Ikkinchi o‘rinni ADKF sexi jamosi
Uchinchi o‘rinni Kaltsinatsiya sexi jamoasi qo‘lga kirgizdi.
G‘oliblarga korxona kasaba uyushmasi tomonidan sovgʻalar topshirildi.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Joriy yilning 18-29 oktabr kunlari “Nukus sanoat namuna” NTM bilan hamkorlikda korxona xodimlarini sanoat xavfsizligi bo‘yicha rejalashtirilgan o‘qitish ishlari soha mutaxassislarini jalb qilgan holda olib borilmoqda.

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Yurtimizda xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholining talab va takliflarini o‘rganish, ularning dardlarini tinglash, muammolarni imkon darajasida joyida hal etish maqsadida joriy yilning 19 oktabr kuni korxona ishchilari va “Elobod” SHFY fuqarolari uchun Qo‘ng‘irot soda zavodi MCHJ QK rahbariyati, kasaba uyushmasi raisi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda shaxsan korxona Bosh direktori J.I.Mustafaev murojaatlarni qabul qildi va bir qator masalalar joyida hal qilindi qolgan murojaatlar yuzasidan mas’ul xodimlarga kerakli topshiriqlar berildi.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
QAHVAXONA ISHGA TUSHDI

Korxona kasaba uyushma qo‘mitasi moliyaviy mablag‘lari hisobiga zavodimiz ishchi xodimlari uchun qahvaxona binosi qurib bitkazilib foydalanishga topshirildi.
Bugun qahvaxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Tikuv sexida ishga qabul bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.Ishga muhtoj 15 fuqaro ish ko‘nikmalari amaliy sinab ko‘rildi, Tanlov natijasi bo‘yicha 4 fuqaro shartnoma asosida ishga qabul qilinishi e‘lon qilingan

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site