"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK
2.02K subscribers
3.26K photos
104 videos
6 files
943 links
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK Markaziy Osiyoda soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Download Telegram
Bu mening saylovda birinchi bor ishtirok etishim. O'z kelajagim uchun munosib bilgan nomzodimga ovoz berdim Sizchi?

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Bugun o'z oila a'zolarimiz bilan birgalikda 353 saylov uchastkasida o'zimiz uchun munosib deb bilgan nomzodga o'z ovozimizni berdik.
Sizchi?

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Korxonamiz Bosh direktori J.I.Mustafaev saylov jarayonida ishtirok etdi.

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️РАСМАН: Шавкат Мирзиёев 80,1% овоз билан иккинчи марта президентликка сайланди

Бу ҳақда Марказий сайлов комиссияси раиси Зайниддин Низомхўжаев расман маълум қилди.

24 октябрда бўлиб ўтган сайловларда номзодлар қуйидагича овоз олишган:

Шавкат Мирзиёев — 80,1%
Мақсуда Ворисова — 6,6%
Алишер Қодиров — 5,5%
Нарзулла Обломурадов — 4,1%
Баҳром Абдуҳалимов — 3,14%


👉 @xushnudbek 👈
📢 DIQQAT TANLOV❗️📣

“Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK xodimlari oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob mutoalasiga boʻlgan qiziqishni shakllantirish maqsadida “Eng faol yosh kitobxon” koʻrik-tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov noyabr oyining ikkinchi o’n kunligida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

🔴 Tanlov shartlari:
1. “Tanishtiruv sharti”.
Bunda ishtirokchi oʻzini tanishtiradi. Tanishtiruv shartida ishtirokchining kreativ yondoshuviga alohida e’tibor qaratiladi. Shart 10 ballik mezonda baholanadi.
2. “Kitobxonlik va mutoala madaniyatini keng targʻib etish” sharti.
Bunda ishtirokchi korxonadagi yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni rivojlantirish uchun taklif bildiradi. Taklifning targʻib etilish dolzarbligiga qarab 10 ballik mezonda baholanadi.
3. “Annotasiya mahorati” sharti.
Bunda ishtirokchi tomonidan bilet tortish orqali roʻyxati keltirilgan badiiy asarlardan birini tanlaydi. Tanlangan kitobning mazmun-mohiyatini yoritib berish, asar qahramonlari hayotini qisqa vaqt (5 daqiqa) ichida soʻzlab berishi talab etiladi. Shart 30 ballik mezonda baholanadi.
4. "Savol-javoblar" sharti.
Bunda ishtirokchi tomonidan savollar bileti tortiladi. Nizomning 3-bandida keltirilgan badiiy asarlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda 3 tadan savollar taqdim etiladi. Ishtirokchining savollarga toʻgʻri javob topishidan kelib chiqqan holda maksimal 30 ballik mezonda baholanadi.
5. "Aktiyorlik mahorati" sharti.
Bunda ishtirokchi tomonidan erkin mavzuda badiiy asarlardan parcha (monolog yoki she'r) yod olib aytib beriladi. Ishtirokchining yod olish mahorati hamda aktiyorlik mahoratiga qarab maksimal 20 ballik mezonda baholanadi.

Tanlov uchun belgilangan kitoblar ro’yxati:
1. Abdulla Qodiriy “O’tkan kunlar” romani;
2. Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani;
3. O’tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari” qissasi;
4. Said Ahmadning “Jimjitlik” romani;
5. Oybekning “Navoiy” romani;
6. Paulo Koeloning “Alkimyogar” romani.

Tanlovda qatnashish istagida boʻlganlar korxona yoshlar ittifoqi yetakchisiga uchrashishlari yoki +99899 451-54-64 raqami bilan bogʻlanishlari soʻraladi.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Korxona kasaba uyushmasi ish rejasiga asosan xodimlar o‘rtasida sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Vaqti:
08.11.2021-y soat 17:00
Manzil: 52-sonli maktab

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va Atrof- muhitni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasi ekologik sertifikatlash boshqarmasi mutaxassislari korxonada ishlab chiqarish jarayoniga ekologik sertifikat berish maqsadida zavod faoliyati bilan tanishdi.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash va ishchi-xodimlar savodxonligini oshirish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ markaziy apparati va tarmoq korxonalari xodimlari uchun onlayn shaklda seminar trening boʻlib oʻtdi.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Chetso‘zlarning muqobili – bir asr oldingi yechim, bugun davom etayotgan muammo

Munavvar qori tayyorlagan boshlang‘ich sinf darsligida 50 ga yaqin sodda, lekin ibratli hikoya va she’rlarni, Elbekning “O‘rnak” darsligida yuzdan ortiq maqol va matallarga boy ibratli hikoyalarni sanadim. Ular o‘quvchilarning ongiga milliy qadriyatlar va o‘zlikni singdirgan. Bolalarimizda badiiy tafakkurni o‘stirish uchun bayon va insholarni qaytarish kerak...

Batafsil

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Segment.uz
⚡️Давлат статистика қўмитаси маълумотларига кўра, Ўзбекистонда синов тариқасида аҳолини онлайн рўйхатга олиш бошланди.

1-5 ноябрь кунлари Ўзбекистондаги ва хориждаги барча фуқаролар census.stat.uz сайти орқали ихтиёрий қатнашиши мумкин.

@yangiuzbekiston_uz
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Ҳудудларда замонавий лаборатория хоналари
#7oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Korxona kasaba uyushmasi ish rejasiga asos xodimlar o‘rtasida sportning kurash, tosh koʻtarish va arqon tortishish turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Vaqti:
03.11.2021 y soat 17:00
Manzil: Qoʻngʻirot kimyo sanoat kasb hunar kolledji

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Oʼzbekiston 24” teleradiokanalida “Oʼzkimyosanoat” АJ va uning tarmoq korxonalari tomonidan mamlakatimizdagi 27 ta umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan zamonaviy kimyo sinf xonalari va laboratoriyalarini tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlililiga bagʼishlangan “Maxsus reportaj” koʼrsatuvi efirga uzatildi.

Batafsil: 👈

***

“Ўзбекистон 24” телерадиоканалида “Ўзкимёсаноат” АЖ ва унинг тармоқ корхоналари томонидан мамлакатимиздаги 27 та умумтаълим мактабларида ташкил этилган замонавий кимё синф хоналари ва лабораторияларини ташкил этиш борасида амалга оширилган ишлар таҳлилилига бағишланган “Махсус репортаж” кўрсатуви эфирга узатилди.

Батафсил: 👈

———————————————————————
Веб-сайт ▪️ Telegram ▪️ Facebook ▪️ Instagram ▪️ Youtube
Avval xabar berganimizdek korxona xodimlari oʻrtasidagi sport musobaqalariga start berildi.
Unga koʻra tosh koʻtarish musobaqasidan
1-oʻrinni Kompressiyalash sexidan Tajimuratov Arzu
2-oʻrinni
ADKF sexidan Kabulov Rinat
3-oʻrinni
Kozonxona sexidan Uralbaev Baxtiyar qoʻlga kiritdilar.

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Bugun oʻtkazilishi rejalashtirilgan arqon tortish sport musobaqasi oʻtkazildi va gʻoliblar aniqlandi.
Unga koʻra
1-oʻrinni Temir yoʻl sexi
2-oʻrinni ADKF sexi
3-oʻrinni Kozonxona sexi jamoalari qoʻlga kiritdi.

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site