"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK
2.02K subscribers
3.24K photos
104 videos
6 files
943 links
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK Markaziy Osiyoda soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Download Telegram
“Elobod ” SHFY da joylashgan 52 son umumiy o‘rta ta'lim maktabida “1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida zavodimiz Bosh direktori qatnashib, bayram bilan barcha ustozlarni tabrikladi va bayram sovg’asini topshirdi.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Korxona xodimlar o‘rtasida sportning “DARTS” turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblariga sovg‘alari topshirildi.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Avval xabar berganimizdek korxona xodimlar o‘rtasida sportning “100 metrga yugurish” va “Uzunlikka sakrash” turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Aziz ustozlar va murabbiylar!
Qalbi ezguliklarga yo’g’rilgan aziz ustozlar, mehridaryo muallimlar!
Barchangizni 1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Sizning yuksak mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo’lishini tilab qolamiz.

“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK jamoasi
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Yurtimizda xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholining talab va takliflarini o‘rganish, ularning dardlarini tinglash, muammolarini imkon darajasida joyida hal etish maqsadida korxonamiz katta majlislar zalida “Elobod” SHFY aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari R.Bawaddinov.
Qo‘ng‘irot tumani hokimi Q.Xalmuratov.
Qo‘ng‘irot tumani prokurori I.Karimov
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Bosh direktori J.Mustafaev
va mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Nukus shahrida joylashgan Yoshlar markazi da yoshlarni kitob oʻqishga jalb qilish va maʼnaviy jihatdan sogʻlom qilib voyaga yetkazish maqsadida oʻtkazilayotgan "Eng kitobxon maktab" tadbiri boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda kitob olamidagi yangiliklar, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida soʻz bordi.

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
DIQQAT EʼLON.
Kitob oʻqishga qiziqishi yuqori boʼlgan barchani korxonamizda boʻlib oʻtadigan KITOBLAR yarmarkasiga taklif qilamiz. Har xil mazmundagi kitoblarni joyida sotib olish mumkin.

Manzil : Korxona majlislar zali
Sana : 6 oktabr 2021 y
Vaqti : 15:00
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Korxona kasaba uyushmasi ish rejasiga asos ayollar o‘rtasida sportning voleybol, “100 metrga yugurish” va “Uzunlikka sakrash” turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
100 metrga Yugurish va Uzunlikka sakrash
Vaqti:
06.10.2021 y soat 17:00
Manzil: 52 son maktab sport maydonchasi.
Voleybol
Vaqti:
07.10.2021 y. Soat 17:00
Manzil: Qo‘ng‘irot kimyo sanoati kasb hunar kolleji

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
DIQQAT E’LON !!!
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK sex va bo‘limlaridagi ishchi- xodimlar o‘rtasida “Til-millat tafakkurining bebaho xazinasi” mavzusida tanlov o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Tanlov shartlari:
1. Salomlashish (5 daqiqa) (1ta sexdan 1 ta jamoa 6 ta a’zosi bilan qatnashadi)
2. Savol-javob (konvertni bitta ishtirokchi tanlab oladi, 6 ta ishtirokchi maslahatlashgan holda javob beradi. O‘ylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi)
3. Sahna ko‘rinishi (6 ta ishtirokchidan oshmasligi kerak)
Talablari:
1. Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar 5 daqiqa ichida jamoa sardori mavzu, bayramlar, o‘zbek va qoraqalpoq millatiga mansub milliylikni uyg‘unlashtirgan holda she’r va tanishtiruv so‘zlarini aniq, ravon va obrazli tarzda yetkazib berishi. Albatta, qisqa vaqt ichida yuqorida aytib o‘tilganlar haqida ma’lumot berish va namoyon qilish qobiliyati asosida baholanadi.
2. 4 ta savol bir konvertning ichiga joylanadi:
- siyosiy savol;
- til haqidagi so‘nggi yangiliklar (Farmon, qaror) yuzasidan;
- “O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonuni yuzasidan;
- Darsliklardan
3. 7 daqiqa ichida sahnada (Ikki millat vakillarining do‘stligi ufurib turishi shart) o‘zini tutish odobi, mavzuga mos, bayramlar, o‘zbek va qoraqalpoq millatiga xos milliylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan holda obrazli tarzda yetkazib berishi. (Muammolar va yutuqlar aks etishi mumkin)
Tanlovga qatnashish istagida bo‘lgan sex va bo‘limlar o‘z talapnomalarini joriy yilning 11 oktabriga qadar Yoshlar yetakchisi B.Qurbanbaevga topshirishlari lozim.
Ma’lumot uchun telefon: 994515464.

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
“Kitob dunyosi Kitob markazi” tashkiloti bilan hamkorlikda xodimlarini ayniqsa yoshlarni kitob oʻqishga jalb qilish va maʼnaviy jihatdan sogʻlom qilib voyaga yetkazish maqsadida korxona majlislar zalida kitoblar yarmarkasi o‘tkazildi.
Ma’lumot o‘rnida kitoblar yarmarkasi joriy yilning 7 oktabr kuni soat 12:00 gacha davom etishini ma’lum qilamiz.
Kitob oʻqishga qiziqishi yuqori boʼlgan barchani KITOBLAR yarmarkasiga taklif qilamiz.
Manzil: Korxona majlislar zali.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Avval xabar berganimizdek korxonada ayollar o‘rtasida sportning “100 metrga yugurish” va “Uzunlikka sakrash” turlari bo‘yicha musobaqalari o‘tkazildi.
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site