Qaraqalpaqstan | Kun.uz
3.86K subscribers
4.84K photos
972 videos
4.98K links
Kun.uz’dıń Qaraqalpaqstan Respublikasına tiyisli xabar hám jańalıqlar rásmiy kanalı.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jiberiw ushın 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
Qoraqalpog‘istonda jismoniy shaxslarda qancha avtotransport bor?

2022
-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Oʻzbekiston boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli 3 268 470 ta avtotransport bor.

Hududlar boʻyicha:

🔹Qoraqalpogʻiston – 135 872
🔹Andijon viloyati – 223 783
🔹Buxoro viloyati – 212 757
🔹Jizzax viloyati – 90 860
🔹Qashqadaryo viloyati – 260 583
🔹Navoiy viloyati – 97 439
🔹Namangan viloyati – viloyati 218 613
🔹Samarqand viloyati – 392 475
🔹Surxondaryo viloyati – 183 364
🔹Sirdaryo viloyati – 68 278
🔹Toshkent viloyati – 324 154
🔹Fargona viloyati – 325 009
🔹Xorazm viloyati – 210 255
🔹Toshkent shahri – 525 028 ta jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport bor.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
Kegeylida ota 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun aliment o‘rniga 3 xonali uy berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor I.N.dan undiruvchi L.Sh.ning foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun farzandlari 18 yoshga to‘lganga qadar qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlar tushuntirilganda qarzdor ota o‘z nomidagi uyini berish istagini bildirgan.

O‘zaro kelishuviga asosan, qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi, aliment pullari hisoblanib, qarzdorning nomidagi Kegeyli tuman hududida joylashgan 3 xonali uyini sobiq turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirib bergan.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
May oyida Qoraqalpog‘istonda nechta nikoh holati qayd etilgan ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2022-yilning may oyida O‘zbekiston bo‘yicha 18 492 ta, Qoraqalpog‘iston bo‘yicha esa 987 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Farg‘ona viloyati yetakchilik qilmoqda – 2 347 ta holat.

👉 https://kun.uz/uz/70264903

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Qoraqalpog‘istonda ona o‘z bolalarini kaltaklab, xo‘rlagani ortidan bir necha IIB xodimlariga jazo qo‘llanilib, ba’zilari ishdan olingan

Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Jo‘qarg‘i Kenges sessiyasida 2021-yilda Qoraqalpog‘istondagi jinoyatchilik holati haqida ma’lumot berdi. Amanbay O‘rinbayev bayonotini yakunlagach, Xo‘jayli tumani 37-sonli "Suyenli" saylov okrugidan Jo‘qarg‘i Kengesga saylangan deputat Tabassumxon Ro‘zmetova Xo‘jayli tumanida ayol yosh bolalarini kaltaklab, xo‘rlagani voqeasi yuzasidan vazirga savol berdi.

👉 https://kun.uz/uz/61774732

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
🌦10-iyun kuni Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 10-iyun kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

▪️Qoraqalpog‘istonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/uz/82812793

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 To‘rtko‘lda yonib ketgan 57 kishilik avtobus bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

8-iyun kuni soat 03:14 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani «Oq qamish» OFY hududidan o‘tgan A-380 avtomagistral yo‘lining 555-kilometrida avtobus yonib ketgandi.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
Mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi

Hukumatning 2022-yil 9-iyun kungi 322-son qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi. mga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

👉 https://kun.uz/uz/17271560

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Qoraqalpog‘istonda soliq tushumlari ko'proq va nisbatan kamroq hududlar ma'lum qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Yusupov yil boshidan beri 4 oylik soliq tushumlari haqida ma’lumot berdi.

Sardor Erkaboyevichning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hozirga kelib Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar soni 23 mingtaga yetgan.

Qoraqalpog‘iston hududlari miqyosida Nukus shahri, Amudaryo, To‘rtko‘l, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot tumani soliq tushumlari jihatidan yetakchi o‘rinda bormoqda.

Nisbatan solishtirilganda esa Taxtako‘pir, Shumanay, Bo‘zatov va Nukus tumanlarida soliq tushumlari o‘sishi birmuncha kamligi ma’lum qilindi.

Bundan oldin qoraqalpog‘istonliklar yil boshidan beri qancha soliq to‘lashgani ochiqlangandi.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

💧Mo‘ynoqdagi qishloq maktabiga toza ichimlik suvi keldi. Bu orqali 300 nafardan ortiq o‘quvchi va 229 xonadon toza ichimlik suvidan foydalanadi.

📑 Kegeyli tumanida andijonliklar tomonidan ikki yilda 23 ta loyiha amalga oshiriladi.

🏢 Nukus tumanida 40 ta oilaga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
🔵 3 ta muhim xabar

▪️ Orolbo‘yi arxitektor va quruvchilari ekologik loyihalash bo‘yicha o‘qitiladi.

▪️ Qoraqalpog'istondagi 720 dan ziyod maktabga 58 ming kitob tarqatildi.

▪️ Qoraqalpog'istondagi sanoat korxonalari soni 3 206 taga yetdi.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
📸 Chekka hududda 5 mlrd so‘m evaziga suv tozalash qurilmasi foydalanishga topshirildi

Amudaryo tumanining chekka hududi Amir Temur ovulida yangidan bunyod etilgan suv tozalash qurilmasi foydalanishga topshirildi. 5 mlrd 300 mln so‘m evaziga bunyod etilgan mazkur suv tozalash qurilmasi orqali ovuldagi 244 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Suv tanqisligining salbiy oqibatlarini tumanning boshqa hududlariga qaraganda Amir Temur ovulda yashovchi aholi ayniqsa ko‘proq his qilmoqda. Turkmanistonga chegaradosh hududda joylashgan Amir Temur ovuli oqar suv yo‘llarining oxirgi qismida, tumanning chekkasida joylashgan.

Endilikda yangidan bunyod etilgan suv tozalash qurilmasi yerosti suvlarini 35 metr chuqurlikdan, diametri 300 millimetr bo‘lgan 4 dona quvur orqali olib, keraksiz tuzlar va minerallardan tozalagan holda aholi iste’moli uchun yetkazib beradi.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qariyb yarim asrdan keyin o‘qishini davom ettirayotgan 70 yoshli nukuslik talaba

Shinigul aya Do‘sxo‘jayeva 70 yoshida Nukusdagi oliygohlarning birida tahsil olmoqda. U bundan salkam yarim asr oldin o‘qishga kirgan. Guruhidagi kursdoshlari orasida 22 yoshli nevarasi ham bor.

👉 https://kun.uz/uz/25773497

📹 👉 TO'LIQ VIDEONI KO'RISH

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
Xonadonlar uchun gaz xarajati kalkulyatori ishga tushirildi 

“Hududgazta’minot” tomonidan xonadonlar uchun gaz xarajati kalkulyatori ishga tushirildi. U iste’molchilarga foydalanilgan tabiiy gaz uchun amaldagi va taklif etilayotgan tariflar bo‘yicha qiyosiy hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi.

👉 https://kun.uz/uz/57550185

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
📸 Qoraqalpog'istondagi OTM va Turkiya oliygohi hamkorlikni yo'lga qo'ydi

9-10-iyun kunlari Turkiyaning Izmir shahrida O'zbekiston-Turkiya oliy o'quv yurtlari forumi bo'lib o'tdi. Forum doirasida Turkiyaning Sakarya universiteti rektori Fatih Savasan va Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Axmed Reymovlar ikki universitet o'rtasida xalqaro hamkorlik bo'yicha memorandumni imzolashdi.

Bu orqali gumanitar, ijtimoiy va tabiiy fanlar bo'yicha ikkita OTM o'rtasida talaba va o'qituvchilarning tajriba almashishi mumkin bo'ldi. Shuningdek, pedagog kadrlar tajribasini oshirish kurslari, akademik uchrashuvlar va simpoziumlar tashkil qilish belgilab olingan.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
🔵 3 ta muhim xabar

🤰🏻 2022-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda 91 nafar egizaklar tug‘ilgan.

👮🏻‍♂️ Beruniy tumanida alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan “yashirin seh” fosh etildi.

🎖 O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali o‘qituvchisi Abatbay Kalliyev «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari