МГУ им. М.В.Ломоносова в городе Ташкенте
235 subscribers
123 photos
43 videos
22 files
109 links
Download Telegram
Forwarded from Фуркатжон
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан и по случаю 30-летия государственной независимости республики Профессор кафедры "Психология" Филиала МГУ в г. Ташкенте Кадыров Батир Рахманкулович удостоен государственной награды Орден Дустлик. Искренне и от всей души поздравляем нашего коллегу и наставника!
Forwarded from Aбдугани Kараханов .
Forwarded from Aбдугани Kараханов .
Forwarded from Kadyrov Batyr
Forwarded from Kadyrov Batyr
#KO'CHALAR
Астанакулова Камилла Шухратовна. Студентка 2-курса Санкт-Петербургской государственной консерватории Вокально-режиссерский факультет, Музыкально-театральное искусство передает свои поздравления студентам филиала с началом нового учебного года и предлагает вашему вниманию свой клип в рамках международного проекта #KO'CHALAR
⬇️⬇️⬇️
Orzu-umidlar ro‘yobi
TA’KID
So‘nggi yillarda yurtimiz rivoji va xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar jadallashdi. Buni xalqimizni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga tez fursatda yechim topilayotganidan ham bilish mumkin. Ayniqsa, kelajagimiz yaratuvchilari bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan e’tibor yanada kuchaydi. So‘nggi besh yilda ta’lim va ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi boshlandi. Prezidentimizning 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”
gi hamda o‘tgan yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlari asosida tizimli ishlar va islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu sohalarni jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayapti. Olib borilayotgan ijobiy ishlar samarasi o‘laroq, yurtimizda so‘nggi yillarda 64 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etilib, ularning soni 141 taga yetkazildi. Qabul kvotasi 3 barobar oshirildi. Bitiruvchi yoshlarni oliy ta’limga qamrab olish darajasi 28 foiz bo‘ldi.
Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari qatorida so‘nggi yillar M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi fi liali uchun ham keskin yuksalish yillari bo‘ldi. Jumladan, 2017-2018-o‘quv yilida mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari negizida ilk bor magistratura ta’lim dasturlari tashkil etildi. 2019-2020-o‘quv yilidan boshlab O‘zbe kistonning ikkita yetakchi oily ta’lim muassasasi — O‘zbekiston Milliy universiteti va Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlikda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha “Ikki tomonlama diplom” berishga mo‘ljallangan qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etdik.
2020-2021-o‘quv yilida “Filologiya” (rus tili va adabiyoti) hamda “Reklama va jamoatchilik bilan aloqalar” nomli yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ochildi. Avvalgi yillarga solishtirganda Filialga qabul kvotasi ikki barobar oshirildi.
Maqsadimiz oliygohimizni eng nufuzli universitetlar darajasiga olib chiqish, yoshlarga sifatli ta’lim berish, O‘zbekiston Respublikasi uchun yuqori malakali, vatanparvar mutaxassislarni tayyorlashdir.
Bu yil jonajon O‘zbekistonimiz mutaqilligiga o‘ttiz yil to‘ldi. Biz mustaqil mamlakat farzandlarimiz. Vatanimiz yanada rivojlanishi va gullab-yashnashi yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shishga doimo tayyormiz. Zero, bu bizning kelajak avlod oldidagi vazifamiz va muqaddas burchimizdir.


Erkin SAYDAMATOV,
M.V.Lomonosov nomidagi
Moskva davlat universitetining
Toshkent shahridagi filiali ijrochi direktori