🌸🌺ВОСПИТАТЕЛИ & СУПЕР МУЗИКАНТЫ🌸🌺
4.58K subscribers
103K photos
65.8K videos
25.9K files
36.7K links
WELCOME TO OUR CHANNEL
KANALIMIZGA HUSH KELIBSIZ

🏪 MTT hodimlari
🎼MP3 musiqalar 🎶
📷 Suratlar
📚 Ko'rgazmalar
Ish rejalar
👫Tarbiyachi ijodi
🇬🇧Ingliz tili
🇳🇱Rus tilli


BARCHASI BIZDA. CHET TILLARIDA HAM XOXLAGAN NARSALARINGIZNI SO'RANG👍👍👏
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir duygu birbirine bu kadar bağlıysa
O duygunun gücünü bedeninizle değil KALBİNİZLE hissedin❤️❤️❤️

İyi akşamlar 🙋‍♀🙋‍♀
Мен адашиб қолмадимми ёки Туркиядаманми 🤔🤔 адашган бўлсамааа нахотки🤦‍♀🤦‍♀😂😂😂
📃 Bolajonlar uchun maqollar

Tejamkorlik va isrofgarchilik haqida maqollar

Ayol so'm qilar, erkak — chaqa.

Asal desang, bir kemir, 
Qo'l tiqsang, ikki kemir.

Bir boshoq don — 
Bir savat non.

Birin-birin ming bo'lar, 
Toma-toma ko'l bo'lar.

Biya, topib beradi tuya.

Bozori yaqin boyimas.

Boylik ushoqdan yig'ilar.

Bugun yedim — yetdim, 
Erta yedim — o'tdim. 

Hamma hayitga chiqqanda, 
Xumga kirib yotdim.

Bo'ydoqning bo'ynini bit yer, 
Topgan-tutganini it yer.

Dalaning ko'kiga ishonguncha, 
Otangning go'riga ishon.

Daryo-daryo qabul qil, 
Tomchi-tomchi yubor.

Don ayagan donga yetar, 
Non ayagan — nonga.

Donni yiqqan donodir.

Yeyishing — kepak, 
Kiyishing — ipak.

Yozsam kaftimda bo'lar, 
Yig'sam — mushtumda.

Ikki yarim — bir butun.

Yig'sang yetasan, sovursang ketasan.

Yig'sang — ko'p, sovursang — oz.

Kallaklab yoqsang, qirq yilga yetar, 
Qo'porib yoqsang — bir yilga.

Kam-kam yesang, doim yersan, 
Ko'p-ko'p yesang, neni yersan.

Kechalab turib yo'l yursang, 
Eltib qo'yganday bo'lar. 

Soqoling chiqmay pul topsang, 
Otang berganday bo'lar.

Mozoring yaqin bo'lsa ham, 
Bozoring yaqin bo'lmasin.

Molini quritaman degan pul qilar, 
Donini quritaman degan un qilar.

Ozni beja, ko'pni teja.

Olaversang, yengil bo'lar, 
Solaversang — og'ir.

Oltida yig'sang, oshadi, 
Yettida yig'sang, yetadi.

Ortib qolsa qozonda, 
Isitib yersan azonda.

Ortiqcha mol ko'z chiqarmas.

Ota mulki bo'lsa ham, ayab ye.

Otni ayagan ot minar, 
To'nni ayagan to'n kiyar.

Oshni ayasang — oshga, 
Nonni ayasang — nonga.

Oq tangang ortiq bo'lsa, 
Qora kuningga saqla.

Pishirsang, osh bo'lar, 
Pishirmasang, qush bo'lar.

Pul bo'ldi - kul bo'ldi.

Pulni topish oson, saqlash qiyin.

Pul to'plasang, kul bo'lar, 
Somon to'plasang, pul bo'lar.

Pulni pul topar.

Pulni topgan xarjlasin.

Pulning onasi — tiyin.

Sanoqli mol yo'qolmas.

Sog'ib ichsang, ming kunlik, 
Sotib yesang, bir kunlik.

Suv qattiq yerda to'xtar.

Tanga tiyindan o'sar, 
Yilqi qulundan o'sar.

Tejab yegan darmonda, 
Tejamagan — armonda.

Tejagan terga tushmas.

Tejamaganning tagi — tang.

Tejog'lik ish — bejog'lik ish.

Tejog'lik ro'zg'or — bejog'lik qo'g'irchoq.

Tiyin qadrini bilmagan so'm qadrini bilmas.

Tovuqni yesang, bir yeysan, 
Tuxumini yesang, ming yeysan.

Toma-toma ko'l bo'lar, 
Oqa-oqa sel bo'lar.

Toma-toma ko'l bo'lar, 
Tommay qolsa, cho'l bo'lar.

Torta-torta yesang, toy orttirasan, 
Qo'ya-qo'ya yesang, qo'y orttirasan.

Tuxumning oqini oqlab ye, 
Sarig'ini — saqlab.

To'kilgan tuprog'i bilan to'lmas.

To'kilgandan tomchilagan yomon.

To'qlikda ochlikni o'yla, 
Boyiganda — muhtojlikni.

Uyligini topmagan to'yligini to'zdirar.

Usta ovchi chumchuqqa o'q otmas.

Choyning oxirini otangga ham berma.

Chumolining bir yil yiqqani — 
Tuyaning bir yutgani.

Er topuvchan bo'lsa, 
Xotin taquvchan bo'lar.

Er qoplar, xotin saqlar.

Eskini eplaguncha, esing ketar.

Eskisiz yangi bo'lmas.

Yamasang, yangi bo'lar, 
Yangming tengi bo'lar.

Yangini eski saqlar.

Yaxshi o'g'il biylar ota molini, 
Yomon o'g'il sochar ota molini.

Yaxshining ko'hnasi tozaning xizmatini qilar.

O'lgan o'zbekning qo'ynida noni bor.

O'rdak yesang, g'oz bog'la.

O'tin yormaganga o'tin yoqtirma.

O'tin yig'sang, pul bo'lar, 
O'tga yoqsang, kul bo'lar.

O'g'il uylantirganga o'n yil,
Qiz chiqarganga qirq yil yondashma.

Qarovsiz uy — tashlandiq o'ra.

Qattiq joyda qoq turar.

Qiz asray olmagan tul qilar, 
Jun asray olmagan qil qilar.

Qiz chiqargan uy masjidga o'xshab qolar.

Qirib yesang, qirq kunga yetar, 
O'yib yesang — o'n kunga.

Qish kiyarin yoz kiysa, 
G'arib qaydan boyisin.

Qishligini topmagan yozligidan ayrilar.

Qozonga kirgan qaytib qopga kirmas.

Qora pulni qora kunga saqla.

Qo'l tegdi — pichoq tegdi.

Qo'ling moy bo'lsa, boshingga surt.

Hamyonini qadrlagan hisobini puxta qilar.

Har kuni yema palovni, 
Har kuni yoqqin olovni.

Hisobini bilgan — bir yil yetim, 
Hisobini bilmagan — o'lguncha yetim.

Hisobini bilmagan hamyonidan ayrilar.

Holingga qarab hissa qo'sh. 
#Bilasizmi.

💦Agar vodoprovod jo'mragidan tinmay suv tomib tursa, bir sutkada 840 litr suv isrof bo'lar ekan.
💧💧💧💧💧💧💧
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳайрат тўла тонглардан СИЗГА салом! Ана бир қучоқ гул💐 ҳам СИЗГА! Ҳидласангиз ифоридан яйраб кетасиз! Иммм-ҳа! Зўр-а?
Кунингиз шу ифорга тўла бугун.🥰🥰 Шундай гўзал гуллар ва ифорлар билан бошланган файзли шанба тонги муборак азизим!

🍃🌹
🌹🍃
ВОХОБИДДИН_ЗИЙ_Эртага_бугунни_топиб
<unknown>
Баъзан қўшиқлар сизни хаётга яшашга ундайди.Эшитиб яратганга шукур келтириб яшагинг келади.
🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊🕊

😉😉😉Чунки бугун бор.🙋‍♀🙋‍♀🙋‍♀ Бугун мен бор! 👩‍❤️‍👩👨‍👩‍👦‍👦👩‍❤️‍💋‍👨Бугун СИЗ бор! 🎹🎼🎼🎺🎷🎸Бугун бутун коинот бор .Хаёт давом этмоқда....Келинглар бугунимизни яшаб қолайлик😘😘😘😘😘😘😘😘😘😘😘😘😘

@bolajonmusiqa34567

🌿🍂🌿🍂🌿🍂🌿🍂🌿🍂🌿🍂🌿
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
КУН ХИКМАТИ...!!!

Мехру __ Оқибатли бўлинг мехрибонларим...!!!
Кун давомида яхши кайфият хамрохингиз бўлсин...!!
🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀
@bolajonmusiqa34567

🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀
Tonggi tilak

Baxtliman deng, xayqiring,kuling
Bu dunyoda borligingiz baxt.
Gʻamni qoʻying,qaygʻuni qoʻying,
Vaqt kutmaydi, har on gʻanimat.

Yaxshi yashang, yaxshilik qiling,
Sabab toping xar yaxshi ishga.
Bu dunyoda hech narsa biling,
Arzimaydi yomon boʻlishga.

Kunlar oʻtar kunlarni quvib,
Asta yoshlik yiroqlar sizdan.
Qarilikni qarshilang kulib,
Nur ketmaasin yuzlaringizdan.

Yoshlik bergan shijoat, gʻayrat,
Porlab tursin koʻzlaringizda.
Yuzga kiring, yuzlardan oshing,
Mehr qolsin izlaringizda.

Umarova Zamina

@E🍃
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥
@bolajonmusiqa34567
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥
Ўзингизни эҳтиёт қилинг-Шерзод Эргашев

@Qalbgavhar-Қалбимда Сенсан
@E🍃
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥
@bolajonmusiqa34567
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📼 360p, 💾 21.8MB, @Gozilla_bot

🔴 🔴 🔴 🔴 🔴 🔴 🔴

M U S I Q A RAHBARLARI DIQQATIGA AGAR SIZ O'Z KASBINGIZNING MOHIR USTASI💃👑 BO'LSANGIZ AJOYIB QO'SHIQLARINGIZ🎼🎹🪕🎧 BO'LSA CHIROYLI RAQSLAR💃👯‍♀ TAYYORLASANGIZ BIZ SIZGA HAMKORLIKNI🤝🤝 TAKLIF ETAMIZ SIZ O'Z ISHINGIZNI BIZGA YUBORING BIZ ESA KANALGA JOYLAB BORAMIZ🙋‍♀. SIZNING ISTE'DODINGIZNI BUTUN O'ZBEKISTON KO'RSIN👏👏👏

SUPER ADMINKA: E.HAMRAYEVA 👩‍🏫
ADMIN: LOBARXON FARXODOVNA 👩‍💻

BIZNING MANZIL👇👇👇

https://t.me/MUZIKANTLARSUPER0101

https://t.me/bolajonmusiqa34567
MURVATCHALAR | LOM | O'Z...
o'tkir ko'z
@Gozilla_bot
🔴 🔴 🔴 🔴 🔴 🔴 🔴

M U S I Q A RAHBARLARI DIQQATIGA AGAR SIZ O'Z KASBINGIZNING MOHIR USTASI💃👑 BO'LSANGIZ AJOYIB QO'SHIQLARINGIZ🎼🎹🪕🎧 BO'LSA CHIROYLI RAQSLAR💃👯‍♀ TAYYORLASANGIZ BIZ SIZGA HAMKORLIKNI🤝🤝 TAKLIF ETAMIZ SIZ O'Z ISHINGIZNI BIZGA YUBORING BIZ ESA KANALGA JOYLAB BORAMIZ🙋‍♀. SIZNING ISTE'DODINGIZNI BUTUN O'ZBEKISTON KO'RSIN👏👏👏

SUPER ADMINKA: E.HAMRAYEVA 👩‍🏫
ADMIN: LOBARXON FARXODOVNA 👩‍💻

BIZNING MANZIL👇👇👇

https://t.me/MUZIKANTLARSUPER0101

https://t.me/bolajonmusiqa34567
SO'NGGI QO'NG'IROQ

Boshlar uzra bayroq hilpirar
Kimdir yana bir yosh ulg'ayar
Bu dargohda ilmli bo'lib
Yaxshilikning ma'nosin ilib
📚✏️📚✏️📚✏️📚✏️📚✏️📚
Katta niyat yurakka tugib
Ildam qadam olg'a talpinar
Kitob uning bo'ldi onasi
Daftar,qalam el himoyasi
📚✏️📚✏️📚✏️📚✏️📚✏️📚
Yaxshi tilak,yaxshi o'gitlar
Jonga aro bobo,buvisi
Ostonaki dahollar chiqgan
Jahon hatto ta'zimlar etgan
📚✏️📚✏️📚✏️📚✏️📚✏️📚
Bilganini kitoblar bitgan
O'zbegimning bolalari bu
Buyuk ellar daholari bu
Oq yo'l tilar bugun maktabing
📚✏️📚✏️📚✏️📚✏️📚✏️📚
Ko'rsat olgan barcha bor ilming
Loyiq bo'lgin shu nomga doim
Bilimdonlik bobida izing
Yuzi yorug' bo'lsin Ustozing
📚✏️📚✏️📚✏️📚✏️📚✏️📚

Buxoro viloyati Romitan tumani
ҚЎНҒИРОҒИМ

Энг мунаввар отган ёруғ тонгимда сен,.
Ҳаёлларим ҳар ён қувиб онгимда сен,
Тушларимда майли эди ўнгимда сен,
Чалинмасанг бўлмасмиди қўнғироғим.

Мактаб даври энг чиройли давр экан,
Қувноқ,қувноқ ,гулгун ойли давр экан,
Овозингни тинглаш бунча оғир экан,
Чалинмасанг бўлмасмиди қўнғироғим.

Синфдошу менинг дўсту қардошларим,
Маюс боқманг менга бунча сирдошларим,
Кўзларимда мўлтиратиб кўз ёшларим,
Чалинмасанг бўлмасмиди қўнғироғим.

Ҳаёлларим сарҳад билмай учар энди,
Орзуларим қай манзилни қучар энди,
Овозинг ҳам бир жаранглаб ўчар энди,
Чалинмасанг бўлмасмиди қўнғироғим.

Дўстлар сизга тилай эзгу тилагимни,
Дуоларга очиб кафту билагимни,
Эй синфдош ташлаб кетгин юрагимни,
Чалинмасанг бўлмасмиди қўнғироғим.

Энг мунаввар отган ёруғ тонгимда сен,
Ҳаёлларим ҳар ён қувиб онгимда сен,
Тушларимда майли эди ўнгимда сен,
Чалинмасанг бўлмасмиди қўнғироғим.

🖋Хуршид Карим
" Сўнгги қўнғироқ " шеърлари1️⃣

1-ўқувчи
Югурик умримиз ортида наҳот
Қўл силтаб борасан азиз ёшлигим.
Ўша беғуборлик, беармон кунлар,
Наҳот кетиб борсанг синфдошлигим.
💥💥💥💥💥💥
2-ўқувчи
Устозлар кечиринг бебошлик қилдим,
Хайронман узримга сўзлар аҳтариб,
Наҳот қолаверсанг бобалигим жим,
Синф бурчагида оёқ кўтариб.
💥💥💥💥💥💥
3-ўқувчи
Меҳрибонсиз меҳрингиздан
Қалбларимиз чароғон.
Ҳақ йўлни кўрсатдингиз
Бизни айлаб имтиҳон.
💥💥💥💥💥💥
4-ўқувчи
Ҳайр энди жонажон мактаб
Ҳайр энди дафтар китоблар,
Бош қотириб килган кўп хуноб
Ҳайр энди савол -жавоблар. 😢

✏️ Сиддиқ Али ✏️