my.gov.uz
167K subscribers
1.32K photos
102 videos
2 files
2.14K links
Расмий телеграм канали

Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz

Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 ОVOZ BERISH YAKUNLANISHIGA 36 SOAT QOLDI❗️

🥇 Elektron davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi milliy portalingiz my.gov.uz nufuzli “Yil brendi – 2023” mukofotiga “Jamiyat” nominatsiyasi boʻyicha nomzod sanaladi. Uni qoʻllab-quvvatlash uchun ovoz bering!

📱Qanday ovoz beriladi?

👩‍💻Ovoz berish uchun sizdan:

1️⃣ https://t.me/makon_brand_bot botidan roʻyxatdan oʻtish;
2️⃣ Tilni tanlab, foyda.uz kanaliga obuna boʻlish;
3️⃣ Jins, hudud va tugʻilgan yilni yozish;
4️⃣ Nominatsiyalar roʻyxatidan “Jamiyat”ni tanlab;
5️⃣ my.gov.uz ga ovoz berish soʻraladi xolos!

📱 My.gov.uz ni oʻz ovozingiz bilan qoʻllab-quvvatlang! Keling, birgalikda uni yilning eng yaxshi brendiga aylantiraylik!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan tarix va fizika fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 - 69,9 ball — A daraja;
60 - 64,9 ball — B+ daraja;
55 - 59,9 ball — B daraja;
50 - 54,9 ball — C+ daraja;
46 - 49,9 ball — C daraja.

💬 Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🚗 Avtomobil xarid qilish uchun navbatingiz qachon kelishini bilasizmi?

📱 “UzAuto Motors AJ” orqali har qanday turdagi avtomobilni sotib olish uchun navbatingizni my.gov.uz orqali masofadan tekshirish imkoniyati mavjud ekanligini bilarmidingiz?

🌐 Eng asosiysi, xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul va sizdan hech qanday hujjat talab etilmaydi!

▶️ Navbatingizni masofadan turib bilishdan avval ushbu videoni tomosha qiling va yaqinlaringizni ham boxabar qilib qo‘ying!

🎬 https://www.youtube.com/watch?v=vITpcxmOJQ4

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚘 «Tonirovka» qimmatlashdimi?

📱 Ijtimoiy tarmoqlarda «tonirovka» uchun to‘lovlar oshdi degan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumot berdi.

💰 To‘lov miqdorlari avvalgidek:

yengil avtomobillarning orqa yon oynalarini tusini o‘zgartirish (qoraytirish) — bepul;
jismoniy va yuridik shaxslarning yengil avtotransport vositalari old yon oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov miqdori — BHMning 8 baravari (2.720.000 so‘m);
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun esa — BHMning 14 baravari (4.760.000 so‘m);
M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) — BHMning 40 baravari miqdorida belgilan (13.600.000 so‘m).

📱 Ruxsatnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) olsangiz ushbu to‘lovlarga 10 foiz chegirma bo‘ladi.

▶️ Qolaversa, bunga 5 daqiqa vaqtingiz ketadi xolos: https://youtu.be/bM8RE20Tf48

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 My.gov.uz dan uzoq kutilgan yangilik❗️

💰 Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin.

📱 My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin.

👨‍👩‍👧‍👦 Bolalar nafaqasi 12 oy (bola 18 yoshga to‘lgangacha), moddiy yordam 6 oy muddatga to‘lanadi.

🔖 Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan.

👉 Talabgorlar ushbu xizmatdan foydalanish uchun:
👨‍💻 my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tishi;
💁🏻‍♂️ tegishli xizmatni tanlashi;
📲 undagi so‘rovnomani to‘ldirishi va yuborishi kerak.

Xizmatdan foydalanish bepul.

🗂 Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi tomonidan o‘rganiladi.

📝 Bunda ariza beruvchi oilasining har bir aʼzosiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga mosligi solishtiriladi.

❗️Shundan so‘ng ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Va ariza javobi my.gov.uz orqali yuboriladi.

▶️ https://youtu.be/V4HIzDAWmKY

💬 Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan koʻrsatiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟡 "Inson uchun" noyob savdo ko‘rgazmasini o‘tkazib yubormang!

🔄 Ayni paytda poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar zalida Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “Inson uchun” savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

👩🏻‍🦼Unda nogironlar tomonidan yaratilgan keng turdagi mahsulotlar namoyish etilyapti. Mazkur tadbirni ijodkorlik va tadbirkorlikning haqiqiy bayrami desak ham bo‘ladi! Chunki ushbu tadbirdan xayrli maqsadlar ko‘zlangan.

🌟 Ya’ni imkoniyati cheklangan hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, mahsulotlarini kengroq auditoriyaga namoyish qilish, biznesini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish.

📆 Ko‘rgazma 2-may kuni ham davom etadi.

💵 Unda siz ham albatta ishtirok eting, mahsulotlardan xarid qilib, bir qalbni shodlantiring!

❗️ Lekin bu hammasi emas! Imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularga qulayliklar yaratish maqsadida my.gov.uz orqali bir qator elektron davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

📱 Xususan, nogironligi bo‘lgan yoshlarimiz o‘qish xarajatlari, o‘qish davrida yashash va transport xarajatlari, asbob-uskunalar hamda mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish xizmatlaridan onlayn foydalanishlari mumkin.

💰 O'tgan yilning o'zida nogironligi bor shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya ajratish orqali bir qator korxonalarga panduslar qo‘yilib, qo‘shimcha qulayliklar yaratildi.

👵 Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar esa respublikamizdagi 11 ta sanatoriylarga imtiyoz asosida yo‘llanmalar olishmoqda.

🧑‍💻 Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga my.gov.uz dagi barcha xizmatlardan foydalanishda imtiyozlar belgilangan. Masalan: Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish xizmatida ham ular birinchi navbatda qabul qilinadilar.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻my.gov.uz: Bizda barchasi ochiq va shaffof!

📊 Aprel oyida my.gov.uz portaliga 421 072 nafar yangi foydalanuvchi qoʻshildi!

👨‍💻Bu har kuni 14 000 dan ortiq fuqaro my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtayotganini anglatadi.

❗️Bizga ishonganingiz uchun rahmat!

🔔my.gov.uz haqida yaqinlaringizni ham xabardor etib, raqamli hukumat afzalliklaridan foydalaning!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩🏻‍🍼Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani uydan chiqmagan holda olish mumkin

🚶🏻Vaqtingizni davlat tashkilotlariga borish, navbatda turish yoki qog'oz hujjatlarni to'ldirishga sarflamang.

👨‍💻Osongina ariza yo'llash va guvohnomani masofadan olish uchun my.gov.uz dan foydalaning.

Buning uchun sizdan hech qanday hujjat talab etilmaydi.

📆 1 ish kunida taqdim etiladigan tug'ilganlik haqidagi guvohnomani esa o'zingiz uchun qulay vaqtda pochta orqali olsangiz bo'ladi.

📱Xizmatdan my.gov.uz orqali foydalansangiz 10% arzon to'laysiz:
💰 44550 so'm (0.135 BHM).
📨 Pochta to'lovi: 25000 so'm.

▶️https://youtube.com/shorts/5fS3ha0XM5I?si=6o183CZFfyZ1yJAM

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱SIM-kartani eSIM texnologiyasiga oʻzgartirish xizmati

💻 UZTELECOM mobil tarmogʻida SIM-kartani zamonaviy eSIM texnologiyasiga uydan chiqmagan holda almashtirish mumkin!

👉 Buning uchun quyidagi oddiy amallarni bajarish kerak boʻladi:

my.gov.uz da roʻyxatdan oʻting va tizimga kiring.
eSIM texnologiyasiga oʻtkazmoqchi boʻlgan mobil telefon raqamini yozib, tasdiqlang.
xizmat uchun toʻlovni amalga oshirishga rozilikni belgilab, arizani yuboring.

📆 Murojaat 1 ish kuni davomida UZTELECOM aloqa operatori tomonidan koʻrib chiqiladi.

📱 Agar koʻrsatilgan raqam balansida yetarli mablagʻ boʻlsa, mobil raqam eSIM texnologiyasiga oʻzgartiriladi. Shuningdek, sizga yangi raqamni faollashtirish uchun QR kod taqdim etiladi.

🗣Xizmat narxi 20 000 soʻm.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎊Nikohni qayd etishga onlayn ariza yuborish tartibi bilan tanishing

📱Yangi turmush qurayotgan yoshlar respublikamizning istalgan hududidan turib, FHDYO bo‘limiga my.gov.uz orqali masofadan murojaat etishlari mumkin.

🎉 Xizmat mutlaqo bepul.

🎬 Quyida nikohni qayd etishga onlayn ariza yuborish tartibi bilan tanishing:

▶️https://youtu.be/KpQOlxKH7-w

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 E‘lon!

💻 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ma‘lumotlar markazida profilaktika ishlari olib boriladi.

📱Shu munosabat bilan 2024-yil 7-may soat 18:00 dan 8-may 9:00 ga qadar my.gov.uz orqali mazkur tashkilot xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

⚙️ Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Bugun barchamiz raqamli dunyo ishtirokchisimiz!

▶️ Ushbu video orqali zamonaviy raqamli texnologiyalar yurtdoshlarimiz hayotini qanday oʻzgartirayotgani haqida hikoya qilmoqchimiz.

📱 Unda tadbirkor oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashadi: avvallari qogʻozbozlikka koʻp vaqt sarflangani, endi raqamli texnologiyalar tufayli uydan chiqmasdan ham hamma ishni onlayn hal qilayotgani toʻgʻrisida gapiradi.

Videoni tomosha qiling va soha xodimlari hayotimizni qanday yaxshi tomonga oʻzgartirayotgani bilan tanishing.

👩‍💻 Zero, bugun barchamiz raqamli dunyo ishtirokchisimiz!

🎉 Kasb bayramingiz muborak boʻlsin, aziz soha jonkuyarlari!

🎬 https://youtu.be/fcOKCsxvfX0

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧑‍💻 My.gov.uzʻdan foydalanish hamma uchun oson va qulay boʻladi!

💬 Aziz yurtdoshlar, biz my.gov.uz portalini barcha foydalanuvchilar, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham yanada qulay va foydali boʻlishi ustida ishlamoqdamiz.

📊 Sizlardan portalning inklyuzivlik darajasini oshirish maqsadida oʻtkazilayotgan soʻrovnomamizda faol ishtirok etishingizni soʻraymiz.

❗️Har bir fikr biz uchun juda muhim!

🔖 Soʻrovnoma havolasini albatta nogiron doʻstlaringiz va tanishlaringizga ham ulashing. Qancha koʻp odam ishtirok etsa, biz ularning ehtiyojlarini shunchalik yaxshi tushuna olamiz.

🌐 my.gov.uz – har bir foydalanuvchi imkoniyatini qadrlovchi portal!

👉 Soʻrovnoma havolasi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe843Nl06mQaHSGI-egLziIGSGNrpMN2_tfqPMyPNblH4ClEQ/viewform?usp=sharing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Xotira — abadiy, qadr — muqaddas!

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizga 9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan ezgu tilaklarini yoʻllaydi. Ilohim, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin!

🔥 Tinchlik va ozodlik yo‘lida jonlarini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi hamisha barhayot bo‘lsin!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️test sinovining yozma qismi — 11-12, 14-15 va 18-19-may kunlari;

🔊 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 13-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🕐 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-05-08-3

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Davlat xizmatlari uchun to‘lovlar — oson, tez va qulay!

📱 My.gov.uz sizga 3 xil to‘lov usulini taqdim etadi:

💰 Karta raqamini kiritish orqali to‘lov qilish.
💰 To’lov tizimlari mobil ilovalariga hisob taqdim etish.
💰Eng qulay deb bilgan to‘lov ilovasidan foydalanish.

📺Batafsil videoda 👇

▶️https://youtu.be/ypCRpMvOrMw?si=64nnbA9ksuY6X6ac

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🪪 Milliy sertifikat olish uchun imtihonda qatnashishga my.gov.uz yordam beradi

📱 Bosh sahifadan “Taʼlim” boʻlimiga oʻtib, “Umumtaʼlim fanlari darajasini aniqlash” xizmatini tanlang va imtihonda qatnashish uchun ariza topshiring.

▶️Barcha fanlardan bilish darajasini aniqlash hamda milliy sertifikat olish uchun imtihonda qatnashishga onlayn ariza topshirish tartibi bilan quyidagi videoda tanishing.

📺https://youtu.be/PGQNLwj3Tlk

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qalbaki hujjatlardan ehtiyot boʻling❗️

⌨️ Afsuski, hujjatlarni qalbakilashtirish, soxtalashtirish holatlari tez-tez uchrab turibdi.

📱Asl hujjatni qalbakisidan osongina ajratib olish uchun my.gov.uz mobil ilovasida QR-kodni skanerlash funksiyasi mavjud.

▶️ Bu qanday amalga oshirilishi bilan quyidagi videoqoʻllanmada tanishing:

🎬https://youtu.be/lL9UPjbPCCM

❗️My.gov.uz bilan bogʻlanmagan boshqa saytlarga yoʻnaltirish holatlari ham hujjatning haqiqiy emasligidan dalolat beradi.

📁 Shu oʻrinda barcha masʼul davlat organlari xodimlariga fuqarolar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni shu tarzda tekshirishlarini tavsiya qilamiz.

🔐Hujjatlarimizni soxtalashtirishga yoʻl qoʻymaylik!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM