Nikah Misr
170 subscribers
42 photos
7 videos
4 links
Nikah in Egypt
(For all and foreigners)

For Questions: @Nikah_Misrbot

🌊Канал для всех живущих в Египте!

🌊Kanal Misrda yashovchi barcha uchun!

Bizga qo‘shiling!

Ulanish uchun linkni bosing👇
https://t.me/joinchat/PvJerxO7cv1mODg0
Download Telegram
Channel created
السلام عليكم ورحمة الله وبركاته.

بسم الله الرحمن الرحيم.

Nikohni halol, zinoni harom qilgan Allohga, hamd - u sanolar bo‘lsin! Nikoh mening sunnatimdir degan, Rosululloh sollollohu alayhi vassallamga bitmas - tuganmas salovat va salomlar bo‘lsin!

Har bir jonzot, o‘z jufti bilan yaratilgan. Inson borki, yer yuzida juftini izlaydi.
Yolg‘izlik, faqat Allohga xosdir!

Juda ko‘p kuzatuvlarimiz natijasida, oila qurish niyatidagi, birodarlarimiz borligini, guvohi bo‘ldik va bo‘lyapmiz ham. Ularning mushkullarini oz bo‘lsada, yengillatish maqsadida, kanalimiz faoliyatini, boshlashga qaror qildik. Kanal, hozirgi vaqtda, Misr Arab Respublikasida yashab, kelayotgan va tahsil olayotgan, barcha uchundir!
Shu bilan birgalikda, har bir joyda, tartib va intizom bo‘lganidek, bizda ham o‘ziga yarasha talab va shartlarimiz bordir.

Siz azizlarning duolaringiz bilan, yaqin kunlarda, anketa savollarini ham joylaymiz, inshaallah.
Har bir nomzodning o‘zi, ommaga ochiqlashni istamaganlari, sir saqlanadi. Faqat, o‘zining ruhsati bilan ochiqlanadi.

Alloh barchangizga hayrli va barokatli turmush nasib qilsin!

Misrdagi barcha birodarlaringizga ulashing!

Bizni kuzatib boring!

Taklif va shikoyatlar uchun, botimizga, murojaat qilishingiz mumkin! @Nikah_Misrbot

Ulanish uchun linkni bosing:👇
https://t.me/joinchat/PvJerxO7cv1mODg0
السلام عليكم ورحمة الله وبركاته.

بسم الله الرحمن الرحيم.

Botimizga, juda ko‘p xatlar kelganligi bois, biz barchasiga javob berishga, ulgura olmayapmiz. Ma‘zur tutasizlar! Shulardan, eng ko‘p so‘raladigan savollardan biri "Kanalingiz haqida, ochiroq tushuncha bering iltimos, faoliyati qanday?" deyilgani bo‘ldi.
Avvalambor, kanal yaqinda ochilganligi sababli, hali to‘liq aktivlashgani yo‘q. Aktiv faoliyati uchun ustida, biroz ishlar qilinmoqda.
Kanalimiz nomi bilan "Nikoh" deyilgan. Ya‘ni oila qurishni istovchilar uchun, faqat Misrdagilarga! "Nega?" degan savolga, keyinroq batafsilroq javob berib, o‘tamiz inshaallah!
Faoliyatiga kelsak, nomzodlar anketa orqali, o‘z nomzodligini qo‘ya olishadilar. Biz anketa savollarini, Siz azizlarga e‘lon qilishimiz bilan, Sizlar uni to‘ldirib, bizga yuborasizlar. Biz esa, uni "Nikah_Misr" kanalimizga joylab boramiz!
Ammo, shu muddat ichida bizni to‘liq qo‘llab quvvatlayotgan, aka - uka, opa - singillarimizdan minnatdormiz! Qiziqish bildirayotganlar soni, ortayotgani kishini xursand qiladi!

Alloh barchangizga hayrli va barokatli turmush nasib qilsin!

Misrdagi barcha birodarlaringizga ulashing!

Bizni kuzatib boring!

Taklif va shikoyatlar uchun, botimizga, murojaat qilishingiz mumkin! @Nikah_Misrbot

Ulanish uchun linkni bosing:👇
https://t.me/joinchat/PvJerxO7cv1mODg0
Oldingi safar so‘ralgan savolga, "Nega aynan, Misrdagilar uchun?", bunga javoban, Chunki, O‘zbekistonda tanlash imkoniyati ko‘p. Variantlar ko‘p desa, ham bo‘ladi. Xohlagan kishingizdan bemalol so‘rab, surishtirsangiz, sizga barcha ma‘lumotlarni bera olishadi. Bu yerda, ya‘ni Misrda, bu imkoniyat yo‘q! Variantlar kamchilikni tashkil qiladi. Va kimdan so‘rasangiz ham, taniydigani to‘g‘risida, hech narsa aytmaydi. Biz buni yengillatishni maqsad qilib, barchaga manfaatli bo‘lishligini niyat qilganmiz. Ikkinchi masala, agarda O‘zbekistonda bo‘lsa, Misrga kelish niyati, bor bo‘lib, biror kishi bilan nikohlanishi aniq bo‘lishiga yaqin, fikridan qaytib qolsa, keyin har ikkala tomonda ham noroziliklar kelib, chiqib va oralari buzilib ketishlik ehtimoli bor. Shu sabablarni o‘ylagan holda, ( ya‘ni keyinchalik, balki o‘zgarish kiritishimiz mumkin ) shularni o‘rtaga qo‘ydik.

Eng avvalo, bu barchaning o‘z taqdiridir. Va hammasi, Allohdan! Biz sababini qilishga, sababchimiz xolos. Kimnidir nasibasi shu yerda, kimnikidir boshqa joyda, bo‘lishi mumkin. Buning uchun, malomat qilinmaydi. Bizda tayyor "xotin" yoki "er" bo‘lmaydi. Faqat bizga, nomzodlik sifatida, murojaat qilganlarni, sizlarga bildirishimiz mumkin. Barchasi shu kanalga, joylanadi inshaallah. Sabrsizlik bilan kutayotgan va qayta qayta so‘rayotgan obunachilarimizni, sabr qilib, kutishligini va duoda bo‘lib turishligini so‘raymiz!

@Nikah_Misr
Ba‘zi opa singillarimiz, hijolat bo‘layotgan ekan. Bu tabiiy hol. Siz haqqingizdagi asosiy ma‘lumotlar, sir saqlanadi! Va qachonki, o‘zingiz xohlagan kishingizga, ruxsat bermaguningizgacha, xohlamagan boshqa kishilarga ko‘rsatilmaydi. Bu hamma uchun, ya‘ni erkak nomzodlarga ham tegishli. Shuning uchun, bu tomondan hijolat bo‘lishlik, noo‘rindir. O‘z Baxtingiz uchun, o‘zingiz kurashing! O‘zgalar, siz uchun kurashishmaydi. Shuni yodda tuting, qadrli opa singillar!

@Nikah_Misr
NIKOH ANKETA.

السلام عليكم ورحمة الله وبركاته.
بسم الله الرحمن الرحيم


#Ayol 🧕 #Erkak 🧔 (Heshteg bilan, bittasi qo‘yilishi shart)

Telegram manzil: (Ommaga ko‘rsatilmaydi)
What's app raqam: (Biror kim nomzodga, qiziqib qolsa, topa olmay qolmasligimiz uchun).
Mahramining raqami: (Quda bo‘lmish, ikkinchi tomonni, mahramiga berilishi uchun. Ruxsatisiz berilmaydi).
Va kamida 2 ta surati: ( Surat, egasining ruxsatisiz, hech kimga ko‘rsatilmaydi).

1. Ismi: (Yozilishi kerak, xohlamasa, ommaga ko‘rsatilmaydi)
2. Tug'ilgan yili:
3. Qayerdan:
4. Millati:
5. Yashash joyi:
6. Bo'yi, vazni:
7. Turmushdagi holati: (Uylangan/uylanmagan/ajrashgan/turmushga chiqmagan/beva)
8. Farzandlari:(Soni va qiz/o‘g‘il)
9. Kasbi, hunari:
10. Soqol/ro'mol/hijob/niqob:
11. Sog‘lig‘i va tashqi ko'rinishi:
12. Qachondan buyon Misrda:
13. Ibodatlariga, qay daraja mahkam:
14. Qur'ondan qancha yodlagan:
15. Ilm darajasi:
16. Qaysi tillarni biladi:
17. Ko‘pxotinlikdagi xohishi:
18. Turmushdan keyin farzand xohlaydimi:
19. O‘zingiz haqingizda qisqacha.(Harakter, yoqadigan, yoqmaydigan narsalar, holatlar va hakazolar):
20. Bo'lajak juftingizga savollaringiz.(Faqat shariat ruxsat bergan, halol bo‘lgan mavzudan):
21. Bo'lajak juftingizdagi talab va xohishlaringiz:
- Yoshi; millati; turmushdagi holati; farzandlari va hakazo.
- Va qo‘shimcha..

Shart: Anketa to‘ldirishdan avval, 2 rakat Alloh uchun namoz o‘qib, ushbu boshlamoqchi bo‘lgan, ishini, hayrli bo‘lishini, duo qilib so‘rash. Va anketa to‘ldirgach, duolarda davomli bo‘lish zarur!

Anketa savollariga, to'liq javob berish shart! "Ha" yoki "yo‘q" deyilgan javoblarni, anketasi, to'liq hisoblanmaydi va qabul qilinmaydi!

Eslatma: Bizga yoshi ulug‘ onaxonlarimiz va buvijonlarimiz ham, murojaat qilishganliklari uchun, buning mas'uliyati kattadir. Ertaga siz biror joyida, aldab yozib, siz bergan raqamga, ikkinchi tomonning, mana shunday yoshi katta kishilari, telefon qilishganida, uyatli bo‘lib, yuzingiz shuvut bo‘lib qolmasin. Siz haqingizda, salbiy fikrda bo‘lib qolishmasin! Shuning uchun, bu ishlarni oddiy bilmasligingizni so‘raymiz!

Alloh barchangizga hayrli va barokatli turmush nasib qilsin!

Misrdagi, barcha birodarlaringizga ulashing! (Ayniqsa, bizga yolg‘izlik ham, bo‘laveradi deydiganlariga:)

Bizni kuzatib boring!

Taklif va shikoyatlar uchun, botimizga, murojaat qilishingiz mumkin! @Nikah_Misrbot

Ulanish uchun linkni bosing:👇
https://t.me/joinchat/PvJerxO7cv1mODg0