Psixologik Test🎓
44 subscribers
919 photos
66 videos
1 file
567 links
Kelajakni , ertanggi kunni va hozirgi daqiqani o'zgartirish mumkin faqat mazmunini xolos.
Shunchaki o'z motivatsiyang kalitini bil.Erishish kerak bo'lgan narsalarnigina ruhiy yuksalish bilan qo'lga kirit.
©Ёмғиров Элдорбек

Мурожаат:
@eldorbek_yomgirov
Download Telegram
🔴 #JAVOBLAR

🐅 1. YO'LBARS:

Agar birinchi ko'zingiz tushgan hayvon yo'lbars bo'lsa, demak sizning eng katta muammoingiz holdan toyganligingizdir. Siz - hammasi joyida bo'lishi uchun g'amho'rlik qiluvchi, energiyaga to'la insonsiz. Sizni "Poda boshi" lider deyish mumkin: dushman bo'y ko'rsatganda, yaqinlaringizga g'amxo'rlik qilasiz, ularga yaxshi bo'lishi, hayotda hech qanday kamchilik ko'rmasliklari uchun, jon-jahdingiz bilan kurashasiz.
Muammo shundaki, o'zingizni 110%ga bag'ishlab yuborasiz, va ohir-oqibat madoringiz qolmaydi. Siz: - "Dunyoni bir zumga to'xtatib turing, men tushib qolay!"-:deb baqirgingiz keladi.
Siz, o'ziga vaqt ajratmaydiganlar turidansiz. Lekin bilasizmi?, poda boshiga zarar yetsa qolganlar ham yomon ahvolga tushib qoladi.
O'zingiz haqingizda qayg'urishga vaqt sarflamaysiz. Boshqalar haqida qayg'urishning eng yaxshi yo'li - bu birinchi navbatda o'zingiz haqingizda qayg'urishdir!

🐦 2. FLAMINGO:

Agar birinchi navbatda ko'zingiz flamingoga tushgan bo'lsa, demak sizning eng katta muammoingiz, barcha narsani yuragingizga yaqin olishingizdir. Yodingizda bo'lsin, siz faqat o'zingizning hatti-xarakatlaringizni boshqara olasiz, boshqalarnikini emas!
Mana nima uchun atrofda bo'layotgan hodisalarni boshqa ko'rishni hohlamasdan, qochib ketishga bo'lgan kuchli hohish qayerdan paydo bo'ladi.
Demak, sizga maslaxat: Qo'rquvlaringizga qarshi turish vaqti keldi! Albatta bu osonmas. Sababi hammasi yaxshi bo'lib ketishiga ishonmaysiz. Ammo ishonishingiz mumkin bo'lgan xaqiqat shundaki: Bu fikrga qo'shilishni hohlaysizmi, yo'qmi, har ishning o'z vaqti-soati bor!
Bu fikrga bosh qo'shsangiz yaxshi bo'lardi albatta va o'zingizga barchasida yashirin, sizga kuch beruvchi, xaqiqiy go'zallikni kashf etar edingiz!

🐆 3. GEPARD:

Ko'zingiz birinchi navbatda gepardga tushgan bo'lsa, buning sababi siz boshni aylantiradigan darajadagi tempda yashaysiz. Siz bir daqiqa ham ishsiz tura olmaydigan insonlar toifasidansiz. Mana nima sabab, yangi qarorlar qabul qilish va o'zingizni kundan kunga yaxshilash uchun uyoqdan buyoqga yugurasiz. Va bu juda yaxshi albatta, mana shunday xarakteringiz sabab, siz hozir o'zingizga munosib joyda mavjudsiz.
Bir kunda bajaradigan ishlaringizdan qancha xaqiqatdan ham ahamiyatga molik? Bulardan qanchasi sizga baxt beradi?
Agar bu savollarga ro'yi-rost javob bersangiz, qidirayotgan savolingizga javob topasiz. Xaqiqatdan ham muhim ishlarga ko'proq vaqt ajratib, keraksizlariga kamroq ahamiyat berish vaqti keldi!
Hayot - qancha ko'p ish qilishingizda emas, qilgan ishingizdan qanchasi sizni baxtli qilishidadir.

🦋 4. KAPALAK:

Birinchi bo'lib kapalaklarni ko'rganingizning sababi, qalbingiz ozodlikni sevadi, parvoz qilishi uchun unga hudud kerak. Ammo xaqiqat shunda-ki, siz ko'pincha bu hududni topa olmaysiz. Hayot davom etyabdi va "real dunyo" sizni holdan toydiryabdi. Tabiatingizning tasirchanligidan atrofingizda sodir bo'layotgan har narsa sizga ozor beradi.
Bunday damlarda chorasizlikni his qilasiz. Mana nima sabab oldinga xarakat qilishni hohlamayabsiz.
Sizga agar javob kerak bo'lsa, qalbingizga nazar soling. Bu shunchaki so'zmas: aslini olganda, yana qayta ucha olishingiz uchun sizga yordam bera oladigan inson bilan birlashishingiz lozim. Siz qidirayotgan umid, sizni baxtli qila oladigan, yuzingizga tabassum baxsh ettira oladigan juftingizda aslida!

❗️ #Psixologik Test 100% To'g'ri chiqmasligi mumkin chunki Alloh hammani birdek yaratmagan!

http://T.me/psixologik_yuksalish_stress
🔴 #JAVOBLAR

🕴ERKAK:
Ko'zingiz avvalambor erkak kishiga tushgan bo'lsa, demak shaxsiy hayotingizda o'zingizni bosh qaxramon sifatida ko'ra olmayabsiz. Diqqat- e'tiboringiz a'lo darajada. Balkim, o'tmishingizda ro'y bergan voqealarni unutishingiz kerakdir, shunda hayotingizga boshqacha nigoh tashlay olasiz.

💃 AYOL:
Agar birinchi navbatda ayol kishini ko'rgan bo'lsangiz, demak hozir hayotingizda "yalang'ochlik" davri kechmoqda. Bu jinsiy aloqaga daxldor emas, bu shunchaki o'zingizga e'tiborli ekaningiz va shaxsiy mavjudlikni qidirayotganingizni kuzatishdir.

🏃 BOLAKAY:
Agar bolakayni ko'rgan bo'lsangiz, demak hozir miyangizni o'tmishda to'qnashgan muammolaringiz egallab olgan. O'sha paytlar ochiq gapirishga jur'atingiz yetmagan fikrlaringiz sizni taqib qilayotgan bo'lishi mumkin. Balkim shunga aloqador tushlarni ham tez-tez ko'rarsiz.

🌫 TOSH:
Agar birinchi toshni ko'rgan bo'lsangiz, demak sizni hozir qiyinchiliklar, qo'rquv va qattiqqo'llik havotirga solayotganini anglatadi. To'siqlar - bu hammasi tugadi degani emasligini tushinishingiz kerak, hohishingiz tomon intilishingiz lozim, hatto bu yo'l tasavvuringizdanda murakkab bo'lsa-da. Taslim bo'lmang!

🗻 TOG'LAR:
Tog'larga birinchi ko'zingiz tushgan bo'lsa, demak siz o'zingizga yangi maqsadlar qo'yib, bor kuch-quvvatingizni ularga erishish uchun sarflayotganingizni bildiradi.

● MARKAZDAGI MAYDA SHAKLLAR:
Agar birinchi bo'lib, markazdagi mayda shakllarga ko'zingiz tushgan bo'lsa, demak o'tmishda qoldirdim deb o'ylagan muammolaringiz yuzaga chiqishi mumkin. Agar ularga e'tibor bermasangiz, ular noqulaylik tug'dirishi va kelajakda azoblarga giriftor qilishi mumkin. Yo'lingizni tozalash uchun jasorat ko'rsating!

©SHAXDIAS tarjimasi

http://T.me/psixologik_yuksalish_stress