Қуръон боғларига саёҳат📚
94 subscribers
166 photos
54 videos
1 file
2 links
📖 Қуръонни хатм ва ёд олувчилар учун
🔸 Ёд олишлик услублари.
🔸 Эслатма ва маслахатлар (тажрибадан келиб чиққан холда)

📚Каналимиз линки:
@quron_boglariga_sayohat3
@asmahuda_quran2
@asmahuda_ustoz_shogird
Download Telegram
Imom Ahmad rohimahulloh aytadi :
"Ilm talab qilish -niyati durust bo‘lgan kishi uchun amallarning eng afzalidir,ilmga hech narsa teng kela olmaydi"

➥ Линк
🌿🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🌿
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Қуръон_билан_ҳамсафар

"Қуръон билан ҳамсафар".
14-қисм.
“Тажвид билан ёдланг!”.

➥ Линк
🌿🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🌿
Shar‘iy ilm qalblar hayoti,ko‘zlar nuri,ko‘ngillar shifosi ,aqllar ravzasi,ruxlar lazzati,yotsiraganlar uchun uns ulfatlik,amal va ahvollarni o‘lchaydigan me‘zon-tarozidir,u bilan Allohni taniladi va Unga ibodat qilinadi,zikr qilinadi va tavhidni ro‘yobga chiqariladi ,maqtaladi va ulug‘lanadi va u(ilm) bilan yo‘lovchilar yo‘llanadi,uning yo‘li orqali bog‘lanuvchilar Unga bog‘lanadi,uning eshigidan qasd qiluvchilar kiradi ,u bilan shariatlar va ahkomlar bilinadi, halolni haromdan ajratiladi ,u bilan qarindoshlik aloqalari tiklanadi,u imom amal esa ma‘mum(ergashuvchi)dir ,u yo‘lboshchi,amal esa tobe‘dir,u g‘ariblikda hamrohdir ,xilvatda suhbatdoshdir ,begonalikda ulfatdir, shubhani kashf etuvchidir ,uning xazinasi qo‘lga kiritgan kishi uchun ulkan boylikdir.
Ibnul Qoyyim rohimahulloh



➥ Линк
🌿🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🌿
Ислом дини Қуёш кабидир. Қайсидир мамлакатда кун ботаётган бўлса, бошқасида тонг отмоқда.

Суратдаги муслима, ҳижобли, қориа, олима опа-сингилларимиз маккалик ёки мадиналик эмаслар. Ҳатто арабистон давлатларидан биронтасида яшаётган аёллар ҳам эмас. Балки узоқ шарқдаги Филиппин деб номланган диёрда Қуръони каримни ёдлаш, ҳам диний ҳам дунёвий илмларни ўрганиш учун жамланган мунисалардир.

🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Қуръон_билан_ҳамсафар

"Қуръон билан ҳамсафар".
15-қисм.
“Такрорлаш режалари”.


➥ Линк
🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃
Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “ Жума куни менга саловот айтишни кўпайтиринглар, чунки у гувоҳликка ўтадиган кундир, малоикалар ҳам гувоҳлик берурлар. Агар бирор кимса менга саловат айтса, уни менга кўрсатилади, ҳаттоки ундан фориғ бўлгунига қадар”, дедилар.

➥ Линк
🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃
Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytadilar:
"Ichida Qur‘ondan biron narsa bo‘lmagan kishi (ning qalbi) go‘yo xaroba uy kabidir".
Termiziy rivoyati

➥ Линк
🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃
QUR‘ONDAN BOSHQALARGA NISBATAN KO‘PROQ(JUZ,SURA) YOD OLGAN KISHIGA ROSULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VA SALLAMNING QILGAN IKROMLARI.

Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar:
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Uhud jangida shahid bo‘lganlarning har ikkitasini bir qabrga qo‘ydilar ,avval:"Bularning qay biri Qur‘onni ko‘proq yod bilar edi ?" deb so‘rar edilar ,so‘ng qaysi mayyitni ko‘rsatishsa ,o‘shani lahadga oldin qo'yar edilar"
Buhoriy rivoyati

➥ Линк
🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃
Ilm lazzatini totgan bolaga o‘qi o‘qi deb urishishning hojati yo‘q.

➥ Линк

🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃
رَبَّنَا هَبْ لَنَا مِنْ أَزْوَاجِنَا وَذُرِّيَّاتِنَا قُرَّةَ أَعْيُنٍ وَاجْعَلْنَا لِلْمُتَّقِينَ إِمَامًا

«Эй Роббимиз, Ўзинг бизга жуфти ҳалолларимиздан ва зурриётларимиздан кўзимиз қувонадиган нарса ҳадя эт ҳамда бизларни тақводорларга йўлбошчи эт»,

➥ Линк
🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃
Ibn Abbos roziallahu anhudan
Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlari rivoyat qilinadi:

"Ummatimning eng sharafli kishilari Quro‘nni ko‘taruvchilar va tun egalaridir"

Quro‘nni ko‘taruvchilar Qur‘onni yodlab amal qiluvchi qorilar.
Tun egalari esa tahajjud namozlarini o‘qib,tunning qismini duo ,zikr,istig‘for bilan o‘tkazuvchi kishilardir.


➥ Линк
🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃
Abu Zarr G‘iforiy (roziallohu anhu)rivoyat qiladilar:"Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

Ey ,Abu Zarr,ertalab barvaqt turib,Allohning kitobidan bir oyat o‘rganishing sen uchun yuz raka‘at (nafl) namoz o‘qishingdan yaxshiroqdir.Va ertalab barvaqt turib, amal qilasanmi,yo‘qmi, ilmdan bir bob o‘rganishing sen uchun ming raka‘at (nafl) namoz o‘qishingdan yaxshiroqdir "

(Ibn Moja sanadini hasan degan)



➥ Линк
🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃
Ilm yo‘lidagi muvaffaqiyatning sabablaridan biri DUODIR.


Ma‘lumki duo inson ehtiyojidan kelib chiqqan tilak ifodasi bo‘lib,u Xoliq bilan banda o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi.
Inson odatda o‘zining ehtiyojlarini so‘rab Allohga duo qiladi.
Masalan ,ota onaning farzandi haqqiga qilgan duosi,mazlumning zulm ko‘rgan vaqtidagi duosi hamda musofirning duosi bilan Alloh o‘rtasida to‘siq yo‘qdir.Farzand kelajakda kamol topishi,Rob rizoligini topib ikki dunyo saodatiga yetishish yo‘lida
ota - onaning duosi juda muhimdir.Duoning erta kechi yo‘q.Muqaddas dinimizda ota-ona o‘z farzandining kamolatini hali u tug‘ilmasidan ona qornida bir parcha go‘shtligidan duo qilishlik lozim ekanligini ta‘limi beriladi .

Ota onaning farzand haqqiga duosi :
«Эй Роббимиз, Ўзинг бизга жуфти ҳалолларимиздан ва зурриётларимиздан кўзимиз қувонадиган нарса(зурриёт) ҳадя эт ҳамда бизларни тақводорларга йўлбошчи эт"


Роббим, мени ва зурриётларимни намозни тўкис адо этадиганлардан қилгин. Роббимиз, дуони қабул этгин.

Эй, Раббим! Ўзинг менга солиҳ (фарзанд)лардан ато этгин!"

Banda o‘zining ilm talabida o‘zining haqqiga tahajjud namozlarini sajdalarida qilgan duosi ,duolarning qabul bo‘ladigan bir vaqtdir.Shuningdek tolibi ilm dars boshlashidan oldin ilm duolarini o‘qib so‘ngra yod olishga kirishsa Alloh taolo bu bandasiga xifzini yengil qiladi in shaa Alloh .
Agar inson avvalam bor ikki rakaat nafl namoz o‘qib ,Allohdan ixlos bilan yordam talab qilib duo qilsa, buning ham foydasi kattadir.
(Tajribadan )


Duo qilish borasida kishining duosidan ko‘ra o‘zgalar uning haqqiga qilgan duosi muhimroqdir.
Ayniqsa tolibi ilmlarning ilmlari ziyoda bo‘lish hususida onalarning duolarining o‘rni o‘zgacha.
Mujohiddan rivoyat qilingan hadisda rosululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar:"Ota-onaning duosi Alloh azza va jalladan to‘silmas"

O‘zgalarga yaxshilik qilish evaziga duo talab qilish.
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam muborak hadislarida bir sahobalariga qarata:
Odamlar sen haqingda duoi xayr qilishlarini ko‘paytir ,chunki banda o‘zi uchun kimning tilida duosi ijobat bo‘lishini bilmaydi ", deb marhamat qilganlar.


Yosh go‘daklarning duosi.
Hazrati Umar (roziallohu anhu) ham yosh bolalarni duo qilishlarini so‘rar ekanlar." Nega yosh bolalardan duo so‘raysiz ?" deyishsa u zot (roziallohu anhu):"Chunki bular hali gunoh qilmagan" der ekanlar.

➥ Линк
🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃
QIYOMAT KUNI IZZAT- IKROM TOJI VA LIBOSI SOHIBLARI.
Abu Hurayra roziallohu anhu Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallamning shunday deganlarini rivoyat qiladilar:Qiyomat kunida Qur‘on sohibi keladi va Qur‘on deydi::"Ey Robbim, uni kiyintirgin(ya‘ni rahmatinga olgin)".Bas,unga izzat-ikrom toji kiydiriladi.So‘ngra yana deydi:"Ey Robbim ,unga ziyoda qilgin".Bas, unga izzat-ikrom libosi kiydiriladi.So‘ngra yana shunday deydi:"Ey Robbim,undan rozi bo‘lgin".Bas ,(Alloh)undan rozi bo‘ladi.So‘ng (Qur‘on sohibiga) aytiladi:"O‘qi va ko‘tarilib boraver".Bas,(Alloh)har bir oyat uchun bir hasana(daraja) ziyoda qiladi.
Termiziy ,Ibn Huzayma va Hokim rivoyati.


➥ Линк
🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃
Alloh taolo Qiyomat kuni nafaqat Qur‘on sohibini ajr-savob bilan mukofatlaydi,balki Qur‘onning barokatidan uning ota-onasi ham Alloh tarafidan bo‘ladigan rahmatga loyiq bo‘lishadi.
Burayda roziallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar:
"Kimki Qur‘on o‘qisa ,uni o‘rgansa va unga amal qilsa ,Qiyomat kuni unga nurdan bo‘lgan bir toj kiydiriladi,(u tojning)ziyosi quyoshning ziyosi kabidir.Shuningdek,uning ota onasiga ham ikki kiyim kiydiriladi.Shunda ular:"Bu bizga nima sababdan kiydirildi ",deyishadi.So‘ng aytiladi :"Farzandingizning Qur‘onni yodlab ,unga amal qilgani uchun shunday marhamatga sazovor bo‘ldingiz"
Hokim rivoyati,sanadi sahih.

Ota onalarning bunday ilohiy marhamatga erishishlariga sabab ular farzandlarini yoshligidan islomiy tarbiyada o‘stirib ,foydali ilmlarga,bo‘lib ham ilmning eng sharaflisi Qur‘onni yod olishga undaganlar va bunga jahd bilan ahamiyat berganlar.Bu yerda ota onalar uchun farzandlarini yoshligidanoq Qur‘onni yod olishga qiziqtirish va jalb etishga targ‘ib qilinmoqda.

Allohim bizni shu hadisda zikr qilingan ota-onasiga Alloh tamonidan ikrom qilinadigan qori- qoriya farzandlar qatoridan qilgin.Va bizning zurriyodlarimizdan ham Qur‘on hofizi,mufassir olimlarni chiqargin.


➥ Линк
🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃
Abdulvaliy 10 yosh
<unknown>
"Maa shaa Allooh laa quvvata illaa billaah.
Ya Alloh! Bu ne’matga baraka ber!"

Nabiy sollallohu alayhi va sallam:
Agar birontangiz birodarida yoki o‘zida yoki molida ajoyib narsani ko‘rsa, unga baraka so‘rasin. Zero, ko‘z (tegishi) haqdir”, deganlar”
(Ahmad rivoyat qilgan).

Bu yosh bolachaga va barcha Rob kalomi Qur‘on oshig‘i bo‘lgan birodarlarimizni Alloh ilmlariga barokat berib, tillarini kalomullohga ravon aylasin.

➥ Линк
🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃
Abu Umoma (roziallohu anhu) aytadilar :
Men Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitdim:
"Baqara surasini o‘qinglar ,zero uni olish-baraka,tark qilish esa hasratdir.Unga sehrgarlar ta‘sir qila olmaydi."

Imom Muslim rivoyati.


➥ Линк
🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃
"Oramizda biron kishi Baqara va Oli Imron suralarini yodlasa ,u bizning ko‘z o‘ngimizda sharafli hisoblanar edi"


➥ Линк
🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃
Ibnu Mas‘ud roziallohu anhu aytadilar:

Har bir narsaning sanomi( eng yuqori cho‘qqisi) bo‘ladi.Qur‘onning sanomi- Baqara surasidir.
Hakim rivoyati

Qur‘onning sanomi deyilganda Qur‘ondagi eng ulug‘ va fazilatli sura ma‘nosi tushuniladi.


➥ Линк
🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃
Umar roziallohu anhu Baqara surasini o‘qib chiqsalar,Allohning ne‘matiga shukrona tarzida bir tuya so‘yar edilar.


Sahobalardan biri shunday rivoyat qiladi:"Agar Baqara surasi xatm qilinsa,Biz uni o‘zgacha tarzda nishonlar edik,Ushbu surani o‘qib chiqishni "kichik xatm"deb atardik.Katta xatm esa Qur‘onni to‘liq o‘qib chiqishdir .


Ma‘lum bo‘ladiki,sahobalar Qur‘onni yod olish bilan cheklanmay,unga amal qilishda ham jiddu jahd ko‘rsatganlar.O‘z o‘rnida ham ularga ergashishimiz va ularning hayotlaridan o‘rnak olishimiz lozim.


➥ Линк
🍃🌸@quron_boglariga_sayohat2🌸🍃