Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibi I Baxtigul Gʻaniyeva
287 subscribers
12.2K photos
624 videos
7 files
3.06K links
Samarqand viloyat
O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibining rasmiy kanali


Telegram: @uzdavkarantin_antikor_bot
Veb sayt: https://samkarantin.uz/


Korrupsiyaga qarshi xizmat: +99871 202 64 64
Ishonch tel: +99871 202 84 84
Download Telegram
Nazorat tadbirlari

“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida” gi OʻRQ - 484 son Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 14-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-yanvardagi 65 son qarorida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan karantin ostidagi mahsulotni (shu jumladan tranzit yuklarni) tekshirish o‘simliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan o‘simliklar karantini chegara punktlarida o‘tkaziladi. O‘simliklar karantini davlat inspektori fitosanitariya sertifikatining qalbakiligini, belgilangan talablarga muvofiq emasligini aniqlagan yoki karantin ostidagi mahsulotlarda o‘simliklar karantini ob’ektlari mavjudligi to‘g‘risida shubha bo‘lgan taqdirda, ushbu karantin ostidagi mahsulot o‘simliklar karantini tegishli chegara punktida ushlab turiladi va bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga xabar berilishi kerakligi belgilab qo‘yilgan. Shunga ko‘ra, O‘KChM maskanlaridan olib o‘tilayotgan har qanday qishloq xo‘jalik mahsulotlari davlat inspektorlari tomonidan nazoratdan o‘tkazilishi shart. Nazorat tadbirlari Urgut tumani Jartepa O‘KChM da ham doimiy olib boriladi. Jumladan, bugun qo‘l yukida Tojikiston Respublikasiga olib o‘tilayotgan 80 kg kartoshka, 30 kg kartoshka va 30 kg makkajo‘xori doni, limon hamda mevali daraxt ko'chatlari, 40 kg ravoch, 35 kg kartoshka mahsulotlari fito karantin nazoratidan o‘tkazildi.

Manba: Axborot xizmati
#Chegara maskanida nazorat tadbirlari

Bulung‘ur tumani Yuqori Nuqta YPX O‘KChM maskanida Surxandaryo viloyatidan Toshkent viloyatiga olib o‘tilayotgan 3000 kg piyoz, 450 kg pomidor, Surxandaryo viloyatidan Farag‘ona viloyatiga olib o‘tilayotgan 2 500 kg piyoz, viloyatimizdan Jizzax viloyatiga olib o‘tilayotgan 1 500 kg sabzi, Toshkent viloyatiga olib o‘tilayotgan 800 kg limon mahsulotlari “O‘simliklar karantini to‘g‘risida” gi O‘zR Qonunining 22-moddasi talabiga muvofiq fuqaro transport birligida zararlovchi hasharotlar va begona o‘tlar tarqalib zarar yetkazishini oldini olish maqsadida fitosanitar karantin nazoratidan o‘tkazildi. Ichki FSS yo‘q mahsulotlarni olib o‘tayotgan haydovchilarga nisbatan ogohlantirildi. Chegara maskani inspektori tomonidan O‘zR Prezidentining 2020 yildagi PQ-4861-sonli qarori asosida zararlangan yoki karantin ob’ekti mavjud qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ortiq olib o‘tmaslik yoki joyida yo‘q qilinishi shartligi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Manba: Axborot xizmati