QarDU. San'atshunoslik fakulteti.
228 subscribers
997 photos
90 videos
12 files
313 links
Qarshi davlat universiteti San'atshunoslik fakultetining onlayn tanlovlar kanali
👇👇Murojaat uchun👇👇
@Feruza_R_Sh
Download Telegram
♦️#Ҳафталик
♦️
#ДАЙДЖЕСТ

🏛 Қарши давлат университети фаолиятига доир муҳим янгиликлар ҳафта
давомида

🔹“Учинчи Ренессанс - ёшлар нигоҳида” республика танловининг университет босқичи бўлиб ўтди

🔸“Навқирон Ўзбекистон” амалий санъат кўргазмасида университет талабаси ғолиблар сафида эътироф этилди

🔹Муддатидан олдин университет талабаси бўлган мактаб битирувчилари тақдирланди

🔸Ижтимоий ҳамжиҳатлик ва миллатлараро тотувликни асраш – давр талаби

🔹Қарши давлат университетида 2022-2023 ўқув йили учун қабул жараёнлари

🔸Қўшма таълим дастури: талабалар таълимнинг кейинги босқичини хорижда давом эттиришади

🔹Қўшма таълим: магистрлар ўқишни тугатди

👉@qarduuz 👈
#Abituriyentlar_uchun_muhim

📌Abituriyentlar test sinovlariga quyidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardan biri bilan kirishlari mumkin:

📍Biometrik pasport (yashil rangli);
📍ID-karta;
📍Xorijga chiqish pasporti (qizil rangli);
📍Haydovchilik guvohnomasi (faqat yangi shakldagisi boʻlsagina);
📍Harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnoma (harbiyda ishlamaydiganlar uchun oʻtmaydi).

☝️Yuqoridagilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida shaxsni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar hisoblanadi va ularning istalgan biri bilan test sinovlariga kelishingiz mumkin. Faqat hujjat bilan birga abituriyent ruxsatnomasini ham olishni unutmang.

👉
@qarduuz 👈
Forwarded from "Qizlar ovozi" Qashqadaryo viloyati (Asila Abdurahmonova)
🔊🔊 LIBOS chizishga qiziqadigan serqirra ijodkor qizlar Diqqatiga❗️

🔥Bu imkoniyat aynan sizlar uchun

🗓Ertaga soat 10:00 da o'tkaziladigan navbatdagi o'quv mashg'ulotimizga taklif qilib qоlamiz

♻️O'quv mashg'ulotimizga qatnashing va kerakli bilim ko‘nikmalarga ega bo'ling.

Manzilimiz: Yoshlar markazi binosida

💁‍♀Do'stlarga ham tarqatib qo'yish esdan chiqmasin🤩

Murojaat uchun
@asila_abdurahmonova

@qashqadaryo_qizlarovozi
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2022

⚡️ Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi

🔰 Abituriyentlarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida davlat OTMga my.gov.uz portali va my.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkazish istisno tariqasida uzaytirildi.

🔹Unga ko‘ra abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadi.

🔸Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

📌 Mazkur muddat davomida abituriyentlar:
o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari;
hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin;
shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar OTMda tashkil etilgan qabul komissiyalari orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Universitetimiz faollari
​​Танлов эълон қилинади

“ВАТАН УЧУН ЯШАЙЛИК!”

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ватанимиз мустақиллигининг 31 йиллигига бағишлаб она диёримизда амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотлар, жонажон Ўзбекистонимизнинг буюк келажаги йўлидаги улуғвор янгиланишлар, фидойи замондошларимизнинг ёрқин сиймолари акс эттирилган, юксак маҳорат билан ёзилган бадиий-публицистик мақолалар, очерклар, насрий ва шеърий йўналишдаги энг сара асарларнинг анъанавий “Ватан учун яшайлик!” Республика танловини эълон қилади.
Танловга 2021 йилнинг 1 августидан 2022 йилнинг 1 августига қадар республикамиздаги вақтли матбуот ва адабий нашрларда эълон қилинган ёки китоб ҳолида чоп этилган бадиий-публицистик мақолалар, очерклар, насрий ва шеърий йўналишдаги асарлар тақдим этилиши мумкин. Уларда замондошларимизнинг фидокорона меҳнатлари, заҳматкаш халқимиз амалга ошираётган бунёдкорлик ишлари, ижтимоий ҳаёт, маънавий-маърифий соҳалардаги оламшумул ўзгаришлар, буюк аждодларимизнинг бой илмий ва маънавий меросини ўрганиш ва кенг тарғиб қилиш, халқимизнинг тинч ва осойишта ҳаётини ишончли таъминлаш мақсадида Қуролли Кучлар тизимида олиб борилаётган кенг миқёсдаги ислоҳотлар, китоб мутолааси ва китобхонлик маданияти тарғиботи, юртимиз ободлиги, миллий қадриятларимиз ва ёш авлод камоли, миллий ғурур ва ифтихор, Ватан туйғуси, Истиқлол ғоялари ҳаётий мисоллар, теран фикр-мулоҳазалар билан тараннум этилиши лозим.
Танлов иштирокчилари (муаллиф аризаси ва унинг профессионал фаолияти тўғрисида қисқача маълумот, паспорт нусхаси, манзил ва боғланиш телефон рақамларини илова қилган ҳолда) ўз ижодий ишларини “Ватан учун яшайлик” кўрик-танловига деб кўрсатган ҳолда Тошкент шаҳри, Чилонзор тумани, Бунёдкор кўчаси, Адиблар хиёбони, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси биноси манзилига почта орқали, шунингдек, pdf форматда badiiy_adabiyot@mail.ru электрон манзилига юборишлари мумкин.
Юборилган ижодий ишлар 2022 йилнинг 10 августига қадар қабул қилинади ҳамда танлов ҳайъати томонидан кўриб чиқилади.
Танлов ғолиблари Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 31 йиллиги байрами арафасида эълон қилинади ва уларнинг рўйхати матбуотда эълон қилинади.
Танлов ғолиблари:
Битта биринчи ўрин – базавий ҳисоблаш миқдорининг 75 баравари миқдорида;
Иккита иккинчи ўрин – базавий ҳисоблаш миқдорининг 50 баравари миқдорида;
Учта учинчи ўрин – базавий ҳисоблаш миқдорининг 30 баравари миқдорида;
Бешта рағбатлантирувчи ўрин – ҳар бири базавий ҳисоблаш миқдорининг 20 баравари миқдорида пул мукофотлари билан тақдирланадилар.
Қўшимча маълумот олиш учун телефон: (71) 231-83-67.

ТАНЛОВГА МАРҲАМАТ, АЗИЗ ИЖОДКОРЛАР!

https://t.me/bizyoshlarmiz
#Men_ham_tadbirkor_bo‘laman

O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Men ham tadbirkor bo‘laman” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Tadbirda o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan va biznesga qiziqishi bo‘lgan yoshlarning biznes rejalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Talaba-yoshlar va hozirgi kunda ishsiz bo‘lgan yoshlar o‘rtasida tayyorlab kelingan biznes rejalaridagi kamchiliklarga mutaxassislar tomonidan tuzatishlar kiritib borildi. Loyihaning viloyat bosqichida Qarshi Davlat Universiteti talabasi Najmiddinov Nurjahon g‘olib deb topilib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR
Oʻzbekiston: mukofot jamgʻarmasi 90 mln soʻm boʻlgan videoroliklar tanlovi!

“Ilm innovatsiya va taraqqiyot” nomli ushbu tanlovda 16-30 yoshli nomzodlar qatnashishi mumkin.

Tanlov quyidagi 3 yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:
– Buyuk ajdodlar merosi
– Men ixtirochiman
– Eng kreativ animatsion rolik

Mukofotlar

Har bir yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 15 mln soʻm, gʻoliblik statuetkasi va sertifikat.
– 1-oʻrin: 10 mln soʻm, gʻoliblik statuetkasi va sertifikat.
– 1-oʻrin: 5 mln soʻm, gʻoliblik statuetkasi va sertifikat.

Arizalar 2022-yil 30-sentabr, 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://yoshlarakademiyasi.uz/2022/08/01/yoshlar-akademiyasi-ilm-innovatsiya-va-taraqqiyot-videoroliklar-korik-tanloviga-start-berilganini-e%CA%BClon-qiladi/

👉 @qarduuz 👈
“Milliy messenjer va ijtimoiy tarmoqlar boʻyicha startap loyihalar” mavzusidagi startap loyihalar tanlovi e'lon qilinadi!

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik deb ataladi) mamlakatimizda zamonaviy, xalqaro darajadagi hamda innovatsion ijtimoiy tarmoq yaratish maqsadida “Milliy messenjer va ijtimoiy tarmoqlar boʻyicha startap loyihalar” mavzusidagi respublika miqyosida “startap” loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

🛑Startap loyihalarni qabul qilishda qoʻyiladigan shartlar:

✔️Tanlovda ishtirok etuvchi “startap” loyiha tashabbuskorlari arizalari 2022-yil 31-iyuldan 1-oktyabrga qadar qabul qilinadi;

✔️“startap” loyiha tashabbuskori–startap loyiha asoschilaridan boʻlishi (kompaniya boʻlgan taqdirda asosiy ulushdorlardan boʻlishi) lozim;

✔️“startap” loyiha tashabbuskori (1 ta ishtirokchi) 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin;

✔️“startap” loyihalar asosida tayyor mahsulot, dasturiy mahsulot, xizmatlar va texnologiyalar yaratishning hamda vazirlik tomonidan moliyalashtirishning eng koʻp muddati 1 yildan oshmasligi lozim.

Startap loyihalari tanlovi haqida batafsil va ariza topshirish tartibi bo'yicha quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin:

👉https://mininnovation.uz/startup/post-741

Startap loyihalarni elektron roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq texnik masalalari va tanlov bosqichlari boʻyicha tanlovning texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash xizmati:
☎️+998-71-203-32-23 (ichki raqam: 216)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Tarixiy g‘alaba muborak, O‘zbekistonning oltin avlodi!

Telegram sahifamiz 👉@yoshlaragentligi
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Prezidentimiz “Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladilar

«O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan

▫️ Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o‘g‘li
- Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
▫️ Vaxidov Jahongir Tairovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
▫️ Voxidov Shamsiddin Pulat o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
▫️ Sindarov Javohir Sanjarbekovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
▫️ Yakubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

▫️ Yegin Vladimir Nikolayevich
- Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
▫️ Sokolov Ivan - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

▫️ Bobomurodova Maftuna Panjiyevna
- Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
▫️ Malikova Marjona Abdimajid qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
▫️ Omonova Umida Shuhrat qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Hamdamova Afruza Akbarovna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
▫️ Yakubboyeva Nilufar Murodbek qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

@alisher_sadullaev