QarDU. San'atshunoslik fakulteti.
220 subscribers
1.01K photos
90 videos
12 files
314 links
Qarshi davlat universiteti San'atshunoslik fakultetining onlayn tanlovlar kanali
👇👇Murojaat uchun👇👇
@Feruza_R_Sh
Download Telegram
📌 RASMAN: Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉
@e_dtm_mandat1bot
👉
@e_dtm_mandat2bot
👉
@e_dtm_mandat3bot
👉
@e_dtm_mandat4bot

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.


👉 @qarduuz 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Барча давлат олий таълим муассасаларининг барча босқич талабалари учун тўлов-контракт миқдорлари оширилмайди

Талабалар ва уларнинг ота-оналарига қулай шароитлар яратиш, глобал иқтисодий инқироз шароитида аҳолининг тўлов қобилиятини инобатга олган ҳолда, истисно тариқасида, 2022/2023 ўқув йили учун барча босқичдаги талабаларнинг тўлов-контракт асосида ўқитиш қиймати миқдорлари давлат олий таълим муассасалари, жумладан, молиявий мустақиллик берилган олий таълим муассасаларида ҳам, базавий тўлов-контракт қиймати 2021/2022 ўқув йили учун белгиланган миқдорларда сақлаб қолинади. Яъни ўтган йили контрактлар қанча бўлса, жорий йил ҳам шунча бўлади.

Шу билан бир қаторда, 2022/2023 ўқув йили табақалаштирилган тўлов-контракт миқдорлари ўтган ўқув йили учун белгиланган миқдорларда ўзгаришсиз қолади.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Қарши шаҳрида бўлиб ўтган байрам дастури якунида салют шоуси ташкил этилди.

🇺🇿 Барча юртдошларимизга байрам муборак бўлсин!

🎥 Видеоматериал "Қашқадарё аҳли" ижодкорлари томонидан тайёрланди.


👉 @qarduuz 👈
Forwarded from Edu.uz
📌Toʻlov-shartnomalarni olish toʻliq raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.

Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Forwarded from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda ishtirok etib, nutq soʻzladi.

Davlatimiz rahbar soʻzining avvalida butun xalqimizni ulugʻ ayyom – Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

“Oradan yillar, asrlar oʻtadi. Lekin milliy davlatchiligimizni, oʻzligimiz va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab bergan, barcha yutuq va marralarimizning zamini boʻlgan Mustaqillik kuni biz uchun, kelgusi avlodlarimiz uchun doimo eng ulugʻ, eng aziz bayram boʻlib qoladi”, – dedi Prezident.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Forwarded from Dilmurod Nabiyev
#Ректор_табриги
#Байрам_муборак

🇺🇿 ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОНДА ЭЛ АЗИЗ, ИНСОН АЗИЗ!

⚡️Қадрли ҳамкасблар, азиз талабалар!

Ўзлигимизни англашдек, инсоний шаънимиз, қадр-қимматимизни сақлашдек шарафга, ҳурликни чин маънода ҳис эта олишдек бахтга муяссар бўлганимизнинг 31 йиллик тантанаси билан Сиз азизларни қутлашдан беҳад мамнунман.

Албатта, бундай шараф ва бахтни халқимиз осонликча қўлга киритмаганига тарих шоҳид. Ушбу айём кунлари бугунги тинч-осойишта ҳаётга қандай оғир синов ва машаққатлар эвазига эришилганини яна бир бор чуқур ҳис этамиз.

Шубҳасиз, мустамлакачилик кишанларидан озод бўлиш ва ўз мамлакатининг мустақиллиги учун жон бериб курашган ота-боболаримиз хотираси шу заминда унган авлодлар онгу шуурида, қалб қўрида мангу сақланади, уларнинг номлари инсоният тарихидан абадий ўрин олади.

Батафсил ушбу ҳаволада: https://qarshidu.uz/uz/news/2768-yangi-ozbekistonda-el-aziz-inson-aziz

🌐
@rektor_qarshidu
⚡️Oʼzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi yod etilib, haykali poyiga gulchambarlar qoʼyildi.

Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik shukuhi kezib yurgan bir paytda yurtimizning barcha hududlarida Birinchi Prezidentimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Аbdugʼanievich Karimovni xotirlash tadbirlari boʼlib oʼtmoqda.

Bugun ertalabdan Qarshi shahrida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov haykali poyida davlat va jamoat arboblari, hokimliklar va ichki ishlar boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari jam boʼlib, gulchambarlar qoʼyishdi.

Xotira tadbirlarida vatandoshlarimiz, keng jamoatchilik vakillari Islom Karimovning mustaqil Oʼzbekiston davlatini barpo etish borasidagi buyuk xizmatlarini yana bir bor esga oldilar.

📸 M.Komilov.

👉 @qarduuz 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Хотин-қизларга таълим кредити бериш бўйича айрим саволларга жавоблар:

Батафсил бу ерда:
https://t.me/xushnudbek/15110

ушбу таълим кредити барча курсдагилар берилади, биринчи курсми, учинчи курсми, фарқи йўқ;

ушбу таълим кредити оилавий аҳволидан қатъи назар барча хотин-қизларга берилади, фақат "Аёллар дафтари"га кирганларга, эҳтиёжманд оилаларга берилади, деган гап нотўғри;

ушбу таълим кредитини олиш учун ёш чегараси белгиланмаган, юқоридаги постда айтилган талабларга тўғри келувчи исталган ёшдаги хотин-қизлар олишлари мумкин;

ушбу таълим кредити бир йил учун берилади, 4 йилликни умумлаштириб олиб бўлмайди. Лекин уни бир неча марта олиш мумкин, бунга чеклов йўқ. Яъни биринчи курсда олганлар, иккинчи курсда яна олишлари мумкин;

ушбу таълим кредитини оиладаги бир неча қиз фарзандлар ҳам олиши мумкин, битта оилага фақат бир киши деган чеклов йўқ (фақат расмий даромади бор кафил топилса бўлди);

ушбу таълим кредити супер-контракт, қўшма таълим ва иккинчи мутахассислик учун берилмайди. Бунда супер-контракт учун фақат биринчи йилда берилмайди, аммо иккинчи ва ундан юқори курсларда оддий контракт тўлашлари ҳисобига супер-контракт билан кирганларга ҳам юқори курсларда таълим кредити берилади;

💰таълим кредити фақат тўлов-контракт суммаси миқдорида берилади. Масалан, аслида бир йиллик контракт 10 млн сўм бўлса, 15 млн сўм кредит олиб бўлмайди;

👨🏻‍🎓 йигитларга ҳам таълим кредити берилади, фақат улар учун фоизсиз эмас, балки Марказий банкнинг асосий ставкаси миқдорида (ҳозир 15% — 2022 йил 21 июль ҳолатига) берилади. Батафсил бу ерда: https://t.me/xushnudbek/10871

🔄 Таълим кредити олинганда уни тўлаш учун сарфланган маблағлар даромад солиғидан озод этилади. Масалан, талабанинг ота-онаси таълим кредитини тўлаш учун ойлик иш ҳақидан пул ўтказса, унда ўша тўланган қисми бўйича ойлигидан 12% пул қайтариб берилади. Батафсил бу ерда: https://t.me/xushnudbek/7356

таълим кредити суммасини токи ўқиш тугашини кутиб ўтирмасдан вақтлироқ тўлашни бошласа ҳам бўлади. Аксинча бундан банклар фақат хурсанд бўлади ва ҳаққингизга дуо қилишади :)

ушбу қарор аввалги йилларда олинган фоизли таълим кредитларига тааллуқли эмас ва аввалги кредитларнинг фоизини бекор қилмайди.

📆 Ушбу фоизсиз таълим кредитини фақат янги ўқув йили учун олиш мумкин. Ўтган йилги қарзларни ёпиш учун берилмайди.

Хотин-қизлар учун фоизсиз таълим кредитларини юқорида рўйхати келтирилган банкларда бериш бошланган. Бемалол банкларга мурожаат қилсангиз бўлади.

Агар банкка борганимда, бунақа кредит йўқ деб жавоб беришса ёки бошқа важлар билан рад қилишса, нима қилишим мумкин?

Бундай ҳолда сиз ҳар бир банк томонидан белгиланган масъулга мурожаат қилинг. Мана бу ерда барча 12 та банк вакилларининг боғланиш учун контакт маълумотларини топишингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Edu.uz
​​#Talabaga_yengillik

⚡️Banklarda ta’lim krediti uchun alohida mas’ullar belgilandi

Ma’lumki, hukumat qarorlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan.

Ushbu jarayonlarda kredit oluvchilarga qulaylik yaratish va amaliy ko‘mak berish maqsadida ta’lim kreditlari taklif etayotgan tijorat banklarida alohida mas’ullar belgilandi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

🏦 Agrobank;
🏦 Aloqabank;
🏦 Asakabank;
🏦 Hamkorbank;
🏦 Ipotekabank;
🏦 Mikrokreditbank;
🏦 Milliybank;
🏦 OrientFinancebank;
🏦 Qishloqqurulishbank;
🏦 Sanoatqurilishbank;
🏦 Turonbank;
🏦 Xalqbanki.

➡️👆Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
📌 OTM magistraturasida o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qoplab berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) bilan Davlat OTMning magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

📝 Buning uchun davlat OTMning magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan talaba xotin-qizlar (talabgorlar) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlari bundan mustasno) o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15 sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

🗓 Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.

📁2022 yilda umumlashtirilgan talabgorlar ro‘yxati 5 ish kunida to‘lov-kontraktlarni qoplab berish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga (2023 yildan OTMning idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga) yuboriladi.

📋 Talabgorlarga to‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15 oktyabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.

👉 @qarduuz 👈
#UCH_AVLOD_UCHRASHUVI
🔥YANGI O'ZBEKISTONDA EL AZIZ-INSON AZIZ.

⚡️9-sentyabr sanasida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida,Prokuratura faxriylari ishtirokida "Yangi O'zbekistonda el aziz-inson aziz" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi"bo'lib o'tdi.

⚡️Ko'tarinki ruhda o'tkazilgan ushbu uchrashuvda Prokuratura faxriylari,faol talaba va maktab o'quvchilari ishtirok etishdi.Faxriylarimiz o'zi bosib o'tgan hayot yo'llari,Sovet davridagi,Mustaqil O'zbekiston hamda Yangi O'zbekistonda Prokuratura organlarining amalga oshirgan ishlaridagi farqi haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tdilar.

⚡️Savol-javob tarzida o'tkazilgan qizg'in uchrashuvda yoshlarimiz o'zilari qiziqtirgan barcha savollarga faxriylarimiz tomonidan javob oldilar.

⚡️Tadbir so'ngida Prokuratura organ xodimlari va faol yoshlar taqdirlandilar.