TABIIY FANLAR «SCIENCE» | Rasmiy kanal
5.89K subscribers
6.94K photos
1.15K videos
1.45K files
1.67K links
«SCIENCE» faniga befarq bo‘lmaganlar uchun maxsus kanal!

“Tabiiy fanlar – ilm-fan olamiga ilk qadam”

Reklama uchun: 👉 @talabageograflar

📮Murojaat uchun👇

👉 @Mamuriyatgabot

👉 @tabiiyfan_sciencebot
Download Telegram
7- sinf yangi darslik nazorat ishi.doc
1.1 MB
🔰Nazorat ishi

☝️Ushbu faylda 7-sinf Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi fanidan nazorat ishi savollari mavjud.

©2022-yil. Ijtimoiy tarmoqlardan olindi

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz 👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok
#LMS_haqida

Savol: Hozirgi vaqtda onlayn malaka oshirishda qaysi fanlar faollashtirilgan?


Javob: Ayni paytda "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun quyidagi fanlar yo'nalishidagi malaka oshirish kurslari faollashtirilgan:

➡️ Kimyo;
➡️ Biologiya;
➡️ Fizika;
➡️ Informatika va axborot texnologiyalari;
➡️ Matematika
➡️ Nemis tili
➡️ Fransuz tili
➡️ Davlat huquq asoslari
➡️ Tarix
➡️ Musiqa
➡️ Tarbiya

GEOGRAFIYA VA TA'LIM

Kanalga ulanish uchun
👉
https://t.me/joinchat/EWXCGdYT9vs0ODFi
Каналимиз фаолиятини баллар орқали баҳолашингиз мумкин
anonymous poll

5⃣ Бал – 230
👍👍👍👍👍👍👍 81%

4⃣ Бал – 27
👍 9%

1⃣ Бал – 21
👍 7%

3⃣ Бал – 5
▫️ 2%

2⃣ Бал – 2
▫️ 1%

👥 285 people voted so far.
#bilasizmi

❗️Zilzila turlari boʻyicha maʼlumot:

1 ball – Odamlar his qilmaydi;
2 ball – Binolarning yuqori qavatida seziladi;
2,5-3 ball – Binolarning barcha qavatlarida seziladi;
3,5 ball – Eshik va oynalarda belgi beradi;
4-4,5 ball – Epitsentr markazida kichik zararlar kuzatiladi;
5 ball – Odamlarning yurishi qiyin boʻladi, koʻzgular sinadi;
6 ball – Tik oyoqda turib boʻlmaydi, seysmik barqaror boʻlmagan binolar qulashi mumkin;
6,5 ball – Yerda yoriqlar paydo boʻladi;
7 ball – Yerda katta yoriqlar paydo boʻladi, binolar va kommunikatsiyalar vayron boʻladi;
7,5 ball – Koʻp binolar qulaydi;
8 ball – Temir yoʻl relslari egilib qoladi. Quvurlar ishdan chiqadi;
8,6 ball – Zilzila kuchi atom bombasidan 1 million marta kuchliroq boʻladi;
9 ball – Yerdagi hamma imoratlar qulab, yer massalari, togʻlarni siljitadi.

GEOGRAFIYA VA TA'LIM

Kanalga ulanish uchun
👉
https://t.me/joinchat/EWXCGdYT9vs0ODFi
​​#foydali_turkum 📚

ZILZILA

⚡️Zilzila kuchi ☑️ Asosiy o‘zgarishlar

🔻1-2 - Sezilmaydi

🔻3-5 - Ancha sezilarli bo'lsa ham, imoratlarga zarar yetmaydi

🔻6-7 - Uy devorlarida yoriqlar paydo bo'ladi

🔻8 - Devorlar yorilib, ba'zi uylar buzilishi mumkin

🔻9 - Devorlar qulaydi, tomlar bosib qoladi

🔻10 - Imoratlar buzilib ketadi, yerda kengligi 1 m gacha yoriqlar paydo bo'ladi

🔻11-12 - Yer yuzasi relyefi o'zgaradi, yerda tik turgan narsa qolmaydi

@sunnatillo_sirmatov_official

Bizni kuzating ➡️ @geografiyavatalim
#LMS_haqida

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida (
onlinedu.uz) malaka oshirish kurslarini faollashtirish haqida

Onlayn shaklda malaka oshiruvchi tinglovchilarning sertifikat olishlari uchun platformada belgilangan kredit ballari:

➡️ Rahbar xodim uchun - 15 kredit ball (direktor, direktor o'rinbosarlari, amaliyotchi psixologlar, maktab kutubxonachilari);
➡️ Barcha fan o'qituvchilari va metodistlar uchun - 18 kredit ball.

Hozirda kimyo, biologiya, fizika, informatika va axborot texnologiyalari, matematika, nemis tili, fransuz tili, davlat huquq asoslar, tarix, tarbiya va musiqa fanlari to'liq faollashtirilgan.

Fevral - aprel oylarida oralig'ida tizim imkoniyatidan kelib chiqqan holda barcha fan yo‘nalishlari bo‘yicha kontent materiallari faolashtiriladi.

Agarda sizning faningiz hali faollashtirilmagan bo'lsa-yu, ammo umumiy ochilgan kompetentsiyalardan qanchadir miqdorda kredit ball to'plagan bo'lsangiz, faningiz to'liq ochilgandan keyin bu ballar o'chib ketmaydi. Qaysi qismda to'xtab qolgan bo'lsangiz, shu joyidan davom ettirasiz.

Bizni kuzating ➡️ @geografiyavatalim
Nazorat ishi 6 Test. Sana _______
1. Yerning qattiq qobig’i yaxlit bo’lmay, alohida-alohida yirik bo’laklari nima dеb ataladi?
A) platformalar B) yaxlit tеkisliklar C) plitalar
2. Olimlar yer qimirlash kuchini necha ballgacha tizimda aniqlashadi?
A) 8 ballgacha B) 10 ballgacha C) 12 ballgacha
3. Yerning qattiq qobig’i ?
A) litosfera B) gidrosfera C) atmosfera
4. Dunyo okeanining maydoni qanchaga teng ?
A) 361 mln km2
B) 551 mln km2
C) 632 mln km2
5. Gidrosferaning eng asosiy ( 96,5%) qismini aniqlang.
A)Dunyo okeani B)daryolar C)muzliklar
6. Tovushning suvda tarqalish tezligi qanchaga teng ?
A) 1700 m/s
B) 1600 m/s
C) 1500 m/s
7. Havo tarkibidagi eng ko’p (78%) bo’lgan gaz?
A)kislorod B)azot C)fosfor
8. Troposfera qatlami da yuqoriga ko‘tarilgan sari har 1000 m balandlikda
harorat o‘rtacha qanchaga pasayadi?
A) 10⁰C
B) 8⁰C
C) 6⁰C
9. Havoning meyoriy bosimi qanchaga teng?
A)360 mm B)420 mm C)760 mm
10. .Havoning bosimini o’lchaydigan asbobni ko’rsating.
A) termometr B) gigrometr C) barometr
11. Troposferada yuqoriga ko‘tarilgan sari har 1000 m da havo harorati 6⁰C ga pasayib boradi.
Agar yer yuzasida havo harorati +20 ⁰C bo‘lsa, 3000 m balandlikdagi tog‘ cho‘qqisida harorat
qanchaga teng bo‘ladi?
_________________
_________________
_________________
12 . Havo haroratining kunlik o’rtacha haroratni toping .
Soat 08:00 10:00 12:00 14:00 16:00 18:00
Harorat ºC 10ºC 14ºC 20ºC 26ºC 23ºC 15ºC
13.Xarita masshtabi 1:6 000 000, A va B joylar orasidagi haqiqiy masofa 720 km ga teng.
Xaritada A va B nuqtalar orasidagi masofani toping
_________________
________________
14. Toshkentning geografik kordinatasini yozing
____________________

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️@sciense_uz
#tabiiy_fanlar_science
#darslardan_lavhalar

🔸Chirchiq shahar 15-umumiy o'rta ta'lim maktabining 6-D sinf o'quvchilari bilan Tabiiy fandan a'maliy mashg'ulot O'zbekistonning o'zlashtirilmagan yerlarini ratsional foydalanish mavzusida loyiha ishi.

Fan ustozi Nurimbetova N.A

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
#bilasizmi 💡

▪️O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyoning markaziy qismida, dengiz va okeanlardan uzoqda joylashgan.


▪️Geografik o‘rniga ko‘ra, Yevropadagi Ispaniya, Italiya, Gretsiya kabi mamlakatlar bilan deyarli bir xil kenglikda joylashgan. O‘zbekiston dengizga bevosita chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, dunyo okeaniga chiqish uchun kamida ikkita davlatning hududidan kesib o‘tishi zarur bo‘lgan dunyodagi ikkita davlatning biri hisoblanadi (ikkinchisi Lixtenshteyn davlati).

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining maydoni 448,9 ming km2 2018-yil holatiga ko‘ra, mamlakatimiz hududining kattaligi bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 55-o‘rinda turadi.

O‘zbekiston aholisi, 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 35,3 mln kishini tashkil etadi. Aholi soni bo‘yicha dunyoda dastlabki 50 ta davlatlar qatoriga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishi jihatidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahridan iborat. Bu ma’muriy-hududiy birliklar o‘z navbatida tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar kabi tarkibiy qismlardan iborat.

Respublika poytaxti – Toshkent shahri mamlakatning shimoli-sharqiy qismida joylashgan.

1. Toshkent shahri
2. Andijon viloyati
3. Buxoro viloyati
4. Farg‘ona viloyati
5. Jizzax viloyati
6. Namangan viloyati
7. Navoiy viloyati
8. Qashqadaryo viloyati
9. Samarqand viloyati
10. Sirdaryo viloyati
11. Surxondaryo viloyati
12. Toshkent viloyati
13. Xorazm viloyati
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi

➡️@sciense_uz
#bilasizmi 💡

🇺🇿 O‘zbekiston 5 ta davlat bilan chegaradosh.

🔰Bular: Qozog‘iston (shimol va g‘arbda), Qirg‘iziston (shimoli-sharq va sharqda), Tojikiston (janubi-sharqda), Afg‘oniston (janubda), Turkmaniston (janubi-g‘arbda).

🚧 Davlat chegaralarining umumiy uzunligi 6221 km. Eng uzun chegara Qozog‘iston bilan, eng qisqa chegara esa Afg‘oniston (Amudaryo orqali o‘tadi) bilan bo‘lgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi.

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
Maqsad: O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy bo‘linishi va chegaradosh davlatlarini o‘rganish.

☝️Bizga kerak

▸ O‘zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritasi,
▸ yozuvsiz xarita (O‘zbekistonning
ma’muriy-hududiy bo‘linishi),
▸ A4 o‘lchamdagi oq qog‘oz,
▸ rangli qalamlar,
▸ yelim,
▸ qaychi.

🔰Ishni bajarish tartibi

1. A4 o‘lchamli qog‘ozga O‘zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritasi chiziladi.
2. Ushbu qog‘ozdan har bir ma’muriy-hududiy birlik shakli qirqib olinib, alohida ranglarga bo‘yaladi.
3. Har qaysi ma’muriy-hududiy birlik shakli ustiga uning nomi yoziladi.
4. Ma’muriy-hududiy birliklar shaklida kesib olingan qog‘ozlar O‘zbekistonning tegishli yozuvsiz xaritasiga mos ravishda yopishtirib chiqiladi.
5. Tayyor bo‘lgan mozaikaning atrofiga mamlakatimizga chegaradosh davlatlar nomlari yoziladi.

🎥 Mavzuga oid videoyo‘riqnoma

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
Iqlim.pptx
4.7 MB
Iqlim o'zgarishi nima va nega bu sodir bo'lmoqda?

⚙️Mazkur taqdimotda issiqxona effekti, iqlim o‘zgarishi va global isish o‘rtasidagi farq, iqlim o‘zgarishi sodir bo‘layotganiga dalillar hamda nima uchun bu sodir bo'layotgani haqdagi ma'lumotlar taqdim etiladi.

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
Iqlim o'zgarishi.pptx
948.6 KB
Odamlar iqlim o'zgarishiga javobgarmi?

⬇️
Mazkur taqdimotda iqlim o'zgarish sabablari va inson omili atroficha muhoka qilinadi.

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
⚡️ Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi

📆 Ma’lumki, 2023-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi.

📌 2023-yilning 1-yarmida kimyo, fizika, ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda 2023-yilning 1-yarmi uchun milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi ishlab chiqildi.

👉 Unga ko‘ra kimyo va fizika fanlaridan:

🔹 ro‘yxatga olish — 23-fevraldan 8-martgacha;
🔹 test sinovlari — 2-aprel kuni;

👉 ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan:

🔹 ro‘yxatga olish — 3-apreldan 16-aprelgacha;
🔹 test sinovlari — 30-aprel kuni;

👉 tarix va geografiya fanlaridan:

🔹 ro‘yxatga olish — 24-apreldan 7-maygacha;
🔹 test sinovlari — 21-may kuni o‘tkaziladi.

🖥 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

GEOGRAFIYA VA TA'LIM

Kanalga ulanish uchun
👉
https://t.me/joinchat/EWXCGdYT9vs0ODFi
Tabiiy fan 6-sinf dars taqdimoti.docx.pptx
1.1 MB
Tabiiy fan 6-sinf

O‘zbekiston dunyo xaritasida


Xolboyeva Rayhon

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
Tabiiy fan 6-sinf ishlanma.docx
2.1 MB
Tabiiy fan 6-sinf

O‘zbekiston dunyo xaritasida


Xolboyeva Rayhon

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz