TABIIY FANLAR «SCIENCE» | Rasmiy kanal
5.84K subscribers
7.02K photos
1.17K videos
1.47K files
1.69K links
«SCIENCE» faniga befarq bo‘lmaganlar uchun maxsus kanal!

“Tabiiy fanlar – ilm-fan olamiga ilk qadam”

Reklama uchun: 👉 @talabageograflar

📮Murojaat uchun👇

👉 @Mamuriyatgabot

👉 @tabiiyfan_sciencebot
Download Telegram
#bilasizmi 💡

▪️O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyoning markaziy qismida, dengiz va okeanlardan uzoqda joylashgan.


▪️Geografik o‘rniga ko‘ra, Yevropadagi Ispaniya, Italiya, Gretsiya kabi mamlakatlar bilan deyarli bir xil kenglikda joylashgan. O‘zbekiston dengizga bevosita chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, dunyo okeaniga chiqish uchun kamida ikkita davlatning hududidan kesib o‘tishi zarur bo‘lgan dunyodagi ikkita davlatning biri hisoblanadi (ikkinchisi Lixtenshteyn davlati).

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining maydoni 448,9 ming km2 2018-yil holatiga ko‘ra, mamlakatimiz hududining kattaligi bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 55-o‘rinda turadi.

O‘zbekiston aholisi, 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 35,3 mln kishini tashkil etadi. Aholi soni bo‘yicha dunyoda dastlabki 50 ta davlatlar qatoriga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishi jihatidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahridan iborat. Bu ma’muriy-hududiy birliklar o‘z navbatida tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar kabi tarkibiy qismlardan iborat.

Respublika poytaxti – Toshkent shahri mamlakatning shimoli-sharqiy qismida joylashgan.

1. Toshkent shahri
2. Andijon viloyati
3. Buxoro viloyati
4. Farg‘ona viloyati
5. Jizzax viloyati
6. Namangan viloyati
7. Navoiy viloyati
8. Qashqadaryo viloyati
9. Samarqand viloyati
10. Sirdaryo viloyati
11. Surxondaryo viloyati
12. Toshkent viloyati
13. Xorazm viloyati
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi

➡️@sciense_uz
#bilasizmi 💡

🇺🇿 O‘zbekiston 5 ta davlat bilan chegaradosh.

🔰Bular: Qozog‘iston (shimol va g‘arbda), Qirg‘iziston (shimoli-sharq va sharqda), Tojikiston (janubi-sharqda), Afg‘oniston (janubda), Turkmaniston (janubi-g‘arbda).

🚧 Davlat chegaralarining umumiy uzunligi 6221 km. Eng uzun chegara Qozog‘iston bilan, eng qisqa chegara esa Afg‘oniston (Amudaryo orqali o‘tadi) bilan bo‘lgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi.

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
Maqsad: O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy bo‘linishi va chegaradosh davlatlarini o‘rganish.

☝️Bizga kerak

▸ O‘zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritasi,
▸ yozuvsiz xarita (O‘zbekistonning
ma’muriy-hududiy bo‘linishi),
▸ A4 o‘lchamdagi oq qog‘oz,
▸ rangli qalamlar,
▸ yelim,
▸ qaychi.

🔰Ishni bajarish tartibi

1. A4 o‘lchamli qog‘ozga O‘zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritasi chiziladi.
2. Ushbu qog‘ozdan har bir ma’muriy-hududiy birlik shakli qirqib olinib, alohida ranglarga bo‘yaladi.
3. Har qaysi ma’muriy-hududiy birlik shakli ustiga uning nomi yoziladi.
4. Ma’muriy-hududiy birliklar shaklida kesib olingan qog‘ozlar O‘zbekistonning tegishli yozuvsiz xaritasiga mos ravishda yopishtirib chiqiladi.
5. Tayyor bo‘lgan mozaikaning atrofiga mamlakatimizga chegaradosh davlatlar nomlari yoziladi.

🎥 Mavzuga oid videoyo‘riqnoma

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
Iqlim.pptx
4.7 MB
Iqlim o'zgarishi nima va nega bu sodir bo'lmoqda?

⚙️Mazkur taqdimotda issiqxona effekti, iqlim o‘zgarishi va global isish o‘rtasidagi farq, iqlim o‘zgarishi sodir bo‘layotganiga dalillar hamda nima uchun bu sodir bo'layotgani haqdagi ma'lumotlar taqdim etiladi.

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
Iqlim o'zgarishi.pptx
948.6 KB
Odamlar iqlim o'zgarishiga javobgarmi?

⬇️
Mazkur taqdimotda iqlim o'zgarish sabablari va inson omili atroficha muhoka qilinadi.

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
⚡️ Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi

📆 Ma’lumki, 2023-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi.

📌 2023-yilning 1-yarmida kimyo, fizika, ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda 2023-yilning 1-yarmi uchun milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi ishlab chiqildi.

👉 Unga ko‘ra kimyo va fizika fanlaridan:

🔹 ro‘yxatga olish — 23-fevraldan 8-martgacha;
🔹 test sinovlari — 2-aprel kuni;

👉 ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan:

🔹 ro‘yxatga olish — 3-apreldan 16-aprelgacha;
🔹 test sinovlari — 30-aprel kuni;

👉 tarix va geografiya fanlaridan:

🔹 ro‘yxatga olish — 24-apreldan 7-maygacha;
🔹 test sinovlari — 21-may kuni o‘tkaziladi.

🖥 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

GEOGRAFIYA VA TA'LIM

Kanalga ulanish uchun
👉
https://t.me/joinchat/EWXCGdYT9vs0ODFi
Tabiiy fan 6-sinf dars taqdimoti.docx.pptx
1.1 MB
Tabiiy fan 6-sinf

O‘zbekiston dunyo xaritasida


Xolboyeva Rayhon

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
Tabiiy fan 6-sinf ishlanma.docx
2.1 MB
Tabiiy fan 6-sinf

O‘zbekiston dunyo xaritasida


Xolboyeva Rayhon

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz
#tabiiy_fan_science
#darslardan_lavhalar

🔸Joriy yilning 28-fevral kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 55-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining 6-sinf o‘quvchilari "Tabiiy fan science" darsida #MENING_VATANIM
🇺🇿"O‘zbekiston dunyo xaritasida mavzusida" #Amaliy_mashg‘ulot, O‘zbekistonning ma'muriy-hududiy bo‘linishi va chegaradosh davlatlari mozaikasini (qog‘oz yordamida) yasash. #Foto_lavhalar

Fan o‘qituvchisi: Turg‘unov To‘lqin

Tabiiy fanlar "SCIENCE" kanalini muntazam kuzatib boring
➡️
@sciense_uz