TABIIY FANLAR «SCIENCE» | Rasmiy kanal
5.7K subscribers
7.06K photos
1.18K videos
1.5K files
1.72K links
«SCIENCE» faniga befarq bo‘lmaganlar uchun maxsus kanal!

“Tabiiy fanlar – ilm-fan olamiga ilk qadam”

Reklama uchun: 👉 @talabageograflar

📮Murojaat uchun👇

👉 @Mamuriyatgabot

👉 @tabiiyfan_sciencebot
Download Telegram
​​#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

➡️ o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta (1-sinflar uchun 33 hafta);

➡️ o‘quv haftasining davomiyligi — 6 kun (pedagogik kengashning qaroriga ko‘ra 1 — 4 sinflar uchun 5 kun);

➡️ dars mashg‘ulotining davomiyligi — 45 daqiqa;

➡️ dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi — 5 -10 daqiqa (o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi — 15 -30 daqiqa).

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok I Youtube
​​#Bilasizmi 💡

O‘quvchilardan yozma nazorat (test) ishlari o‘tkazilganda Kundalik.com'ga qancha vaqt oralig‘ida baholarni qo‘yish kerak?

#Savol
15 apreldan boshlab «Kundalik»da baholarni qo‘yishga cheklov o‘rnatilibdi. Lekin, o‘quvchilar nazorat ishlarini tekshirish ko‘proq vaqt talab qiladi. Nazorat ishi baholarini qo‘yishga qancha muddat belgilangan? Ulguradimi o‘qituvchilar?

#Javob
Ushbu tartib «Umumta’lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi Nizom» bilan tartibga solingan.

Unga ko‘ra, yozma nazorat (test) ishlari o‘tkazilgan taqdirda o‘qituvchi tomonidan ishni tekshirishi va o‘quvchilarga ish uchun baho qo‘yishini quyidagi muddatlarda amalga oshiradi:

👉matematika (algebra) fanidan 5-8-sinflarda nazorat diktantlari va testlari tekshirilib va keyingi darsga, 9-sinflarda uch kun davomida elektron jurnalga kiritiladi;

👉o‘zbek, rus va ingliz tilidagi bayon va insholar, yozma ishlar 5-8-sinflarda bir haftadan kechiktirmay tekshiriladi va elektron jurnalda ko‘rsatiladi, 9-11-sinflarda 10 kundan kechiktirilmay elektron jurnalga kiritilishi lozim;

👉9-11-sinflarda matematika (algebra), fizika, kimyo fanidan testlar 4 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda tekshiriladi va elektron jurnalga kiritiladi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | Tik tok I Youtube