Strategic Development Agency Uzbekistan
11 subscribers
6 photos
2 links
Strategik rivojlanish agentligi: Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari

🌐 sda.gov.uz
🌐 Facebook/Instagram: SDA.Uzbekistan
🌐 Twitter: SdaUzbekistan
🌐 Linkedin: Sda-Uzbekistan
✉️ info@sda.gov.uz
📞 8 71 203 03 08
Download Telegram
Joylardagi vaziyatni chuqurroq o‘rganish va hududlar bilan samarali hamkorlik qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining 16 nafar xodimi Surxondaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlariga xizmat safariga jo‘nab ketdi.
Agentlik xodimlari Buxoro viloyatidagi faoliyati davomida Buxoro shahridagi “mahalla yettiligi” “Ko‘kaldosh” MChJ vakillari bilan uchrashdi. Mahalladagi ishsizlarni aniqlash mexanizmini o‘rganib, korxonalar faoliyatining sustlashish sabablarini aniqlashga qaratilgan hududiy ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Buxoro viloyati hokimligida Agentlik xodimlari va viloyat iqtisodiy kompleks rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, unda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirishning dolzarb vazifalari va istiqbollari muhokama qilindi.

SDA Uzbekistan
​​Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yoʻlida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi (SRA) Bosh direktori Laziz Qudratov, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo boʻyicha boshqaruvchi direktori Jujanna Hargitay boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mehmonlarga SRA faoliyati haqida maʼlumotlar taqdim etildi. Jumladan, ular integratsiyalashgan ijtimoiy-iqtisodiy va sanoatni rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash, raqobatbardoshlikni oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va mamlakat hududlarini rivojlantirishning strategik dasturlarini ishlab chiqish dasturlarining asosiy vazifalari haqida soʻzlab berildi.
YETTB oʻzaro hamkorlikdan mamnun ekanliklarini hamda Oʻzbekistonda sanoat hamda hududlarni rivojlantirishda ishlab chiqilayotgan dasturlarni joriy etishda oʻzlarining tajribalari bilan yordam berishlarini taʼkidlab oʻtishdi.

Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati

👉👉👉: https://t.me/sda_uzbekistan

TELEGRAM / INSTAGRAM / FACEBOOK / LINKEDLN / YOU TUBE / TWITTER