Talaba - Ta'lim yangiliklari
3.23K subscribers
110 photos
27 videos
4 files
173 links
Talabalarga oid eng soʻngi rasmiy xabarlar kanali.

Admin: @frontendAdmin
Download Telegram
1-OKTYABR – "O‘qituvchi va murabbiylar kuni!"

💐 Aziz ustozlar! Bayramingiz muborak bo‘lsin

🌐 @Talaba | Batafsil 👇🏼
https://t.me/+bkWxRd_PGiIzY2I6
Amir Temur nomidagi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga 2024-2025-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yil 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🌐 @Talaba | Batafsil 👇🏼
https://t.me/+bkWxRd_PGiIzY2I6
⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni

📆 2023-yil 29-oktabr kuni o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 9-oktabrdan 15-oktabrga qadar (shu kunlari ham) my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📚 Talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:


1️⃣ “Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov).
2️⃣ “Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov).
3️⃣ “Oltin zanglamas” romani (Shuhrat).
4️⃣ “Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim).
5️⃣ “Asror bobo” hikoyasi (Abdulla Qahhor).

🌐 @Talaba | Batafsil 👇🏼
https://t.me/+bkWxRd_PGiIzY2I6
❗️Andijon davlat universitetida qariyb 40 mlrd so‘m naqd pul talon-taroj qilingan

Hisob palatasining yagona “Masofaviy nazorat” markazi tahlillari asosida aniqlanishicha, Andijon davlat universitetida jami 39,3 mlrd so‘m naqd pul mablag‘lari talon-taroj qilingan. Jumladan:

kontrakt mablag‘lari hisobidan stipendiyasiz shaklda tahsil olgan 8 761 nafar talabaga 25,1 mlrd so‘m ortiqcha stipendiya hisoblanib, to‘lov qaydnomalari soxtalashtirilgan;

talabalar tomonidan to‘langan 9,3 mlrd so‘m to‘lov-kontrakt summalari universitet hisob raqamiga kirim qilinmagan;

talabalarga hisoblangan 2,7 mlrd so‘m rag‘batlantirish mablag‘lari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalashtirilgan;

byudjet mablag‘lari hisobidan 2 226 nafar talabaga bitta davr uchun ikki martadan 1,1 mlrd so‘m ortiqcha hisoblangan stipendiya o‘zlashtirilgan;

talabalar yotoqxona ijarasidan tushgan 911,8 mln so‘mlik naqd pullar universitet hisob raqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy o‘zlashtirilgan;

universitetga xizmat uyi xarid qilish uchun jismoniy shaxs bilan 2,5 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzib, shundan 300 mln so‘mi noto‘g‘ri o‘tkazilgan.

Tekshirish yakuni bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar to‘plami huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

🌐 @Talaba | Batafsil 👇🏼
https://t.me/+bkWxRd_PGiIzY2I6
#talabalar_tushunadi

Kursdoshlar oldida ochilmaydigan ikkita narsa...

🌐 @Talaba | Batafsil 👇🏼
https://t.me/+bkWxRd_PGiIzY2I6
Slaydlar-5000-20000 so'm
Yozma ishlar 10000-50000 so'm
Loyiha ishi 10000-50000 so'm

Bizda hammasi arzon va sifatli
Buyurtma bermoqchi bo'lsangiz
https://t.me/zakazga_slaydlar11 havolani bosing 👆🏻👆🏻

*reklama
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 21-22-oktabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 24-oktabr4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Manba: UzBMB

🌐 @Talaba | Batafsil 👇🏼
https://t.me/+bkWxRd_PGiIzY2I6
O‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan talabalarga ham sertifikat uchun ustama to‘lanadi

◼️ Milliy sertifikat olgan talaba-o‘qituvchilarga ham boshqa o‘qituvchilarga to‘langani kabi sertifikat uchun ustama to‘lanadi. Talaba bo‘lgani uchun ularga alohida qoida qo‘llanilmaydi.

Demak, sertifikatlar ped yo‘nalishlarda o‘qiyotgan talabalarga ham foyda berishi mumkin.

❗️ Eslatib o‘tamiz, umumta'lim fanlaridan milliy sertifikatlar uchun o‘qituvchilarga 20 foiz, xalqaro sertifikatlar uchun esa 50 foiz ustama to‘lanadi.

🌐 @Talaba | Batafsil👇🏼
https://t.me/+bkWxRd_PGiIzY2I6
https://t.me/+bkWxRd_PGiIzY2I6
#yolovchilar_diqqatiga

⚡️🚌Jamoat transportida yo'l haqi 1-noyabrdan o’zgarmoqda🚇⚡️

Poytaxt jamoat transportida yangi, qo'shimcha va rag'batlantiruvchi tariflar joriy etilmoqda. Unga ko'ra, bir yo'lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul va bank kartalarti orqali 2000 so'm, ATTO transport kartalari orqali to'lov uchun esa 1700 so'm etib belgilanmoqda.

💳 Yo'lovchilar ATTO transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansalar yo'l haqi uchun 700 so'm to'laydilar. Bir soat davomida yo‘lovchilar avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marotaba maʼlum bir manzilga harakatlanishi esa mutlaqo bepul bo‘ladi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐 @Talaba | Batafsil👇🏼
https://t.me/+bkWxRd_PGiIzY2I6
❗️ Talabalar o'zlariga qancha stipendiya to'langanini ko'rishi mumkin

📌 Buning uchun STUDENT HEMIS platformasiga kirish va “Moliyaviy to‘lovlar” bo‘limidan “Stipendiya hisobini” tanlash kerak.

Ushbu bo‘limda joriy yilda to‘langan stipendiya ma’lumotlarini olish mumkin.

🌐 @Talaba | Batafsil👇🏼
https://t.me/+bkWxRd_PGiIzY2I6
⚡️ “Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham qabul qilinadi

— Prezident qarori (PQ–349, 30.10.2023-y.) bilan ayrim qarorlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

🔰 Unga koʻra:

2024/2025 oʻquv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi Oʻzbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi;

Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Bolalar psixologiyasi markazi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlari oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda yakuniy suhbat yoki Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi.

🌐 @Talaba | Batafsil👇🏼
https://t.me/+bkWxRd_PGiIzY2I6
❗️ Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universitetiga yana qayta rektor bo‘ldi

U mazkur universitetga 2017-2021- yillarda ham rahbarlik qilgan, keyin esa vazir lavozimiga ko‘tarilgandi.

🌐 @Talaba | Batafsil👇🏼
https://t.me/+bkWxRd_PGiIzY2I6
Rasman: 2024-yilgi imtihonda test tushadigan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

🖥
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

👨🏻‍🎓 Darsliklar 2023-2024-o‘quv yilida umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarni bitiruvchi o‘quvchilar va boshqa abituriyentlarning OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

📱 O‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati (Tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishish mumkin).

🌐 @Talaba | Batafsil👇🏼
https://t.me/+bkWxRd_PGiIzY2I6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar o'ziga yuqchilikda Motivatsiya bersa.. 🤣

🌐 @Talaba | Batafsil👇🏼
https://t.me/+bkWxRd_PGiIzY2I6
⚡️ Bugun DXX akademiyasiga ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

2023-yil 10-oktabr kuni 2024-2025-o‘quv yili uchun Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📱 Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi” bo‘limi orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

📆 Bunda talabgorlarni ro‘yxatga olish 10-noyabrga qadar, test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish 11-noyabrga qadar (shu kunlari ham) davom etadi.

Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.

🌐 @Talaba | Batafsil👇🏼
https://t.me/+bkWxRd_PGiIzY2I6
⚡️2023/2024-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar diqqatiga!

Professional ta’limda o‘qish imkoniyati kengaytirilmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida my.uzbmb.uz platformasi orqali kollej va texnikumlarda (yuridik texnikumlar bundan mustasno) kasb yoki mutaxassislik egallash istagida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni qabul parametri doirasida mavjud vakant (bo‘sh) o‘rinlarga qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Bunda birinchi navbatda, abituriyentlar test natijalari bo‘yicha ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda qabul qilinadi.

Shuningdek, qabul yakunlari bo‘yicha shakllanmagan (o‘quvchilar soni 12 nafardan kam bo‘lgan) guruhlarga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar arizasiga ko‘ra, ta’lim shakli o‘zgarmagan holda davlat granti asosida boshqa kasb (mutaxassislik)ga o‘zgartirishi mumkin.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar faqat ushbu texnikumdagi mos mutaxassislik bo‘yicha vakant o‘rinlarga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Ushbu texnikumlarning vakant o‘rinlariga mos mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga da’vogar abituriyent bo‘lmagan taqdirda, mazkur muassasaning boshqa mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar qabul qilinishiga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassisliklarga tavsiya etilmagan abituriyentlar boshqa kollej va texnikumlardagi vakant o‘rinlarga o‘qish uchun ham murojaat etishlari mumkin.

Vakant o‘rinlariga o‘qish istagida bo‘lganlar 2023-yilning 13-noyabr kuniga qadar professional ta’lim muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilishlari lozim.

Izoh: Prezidentning 200-son (03.07.2023-y.) hamda Vazirlar Mahkamasining 516-son (29.09.2023-y.) qarorlarida belgilangan kasb (mutaxassislik)lar davlat granti asosida o‘qitiladi.

🌐 @Talaba | Batafsil👇🏼
https://t.me/+bkWxRd_PGiIzY2I6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kech bo'lsa ham Bayram muborak @talaba do'stlar 🔥

@talaba 👈
🇺🇿 Bugun vatanimiz bayrog‘i qabul qilingan kun!!!

1991 yil 18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz! O‘zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpirayversin! 🤲

@talaba 👈