Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy kanali
808 subscribers
2.53K photos
97 videos
62 files
1.27K links
Манзил: Самарқанд вилояти, Оқдарё тумани, Даҳбед қўрғони, А.Темур кўчаси 7
Тел: +99866 492 81 16, +99893 235 97 88
Facebook: fb.com/SamARU23
Veb-sayt: www.samaguni.uz
Download Telegram
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, saylov qonunchiligi haqida yoshlarga keng tushuncha berish hamda ularning saylovdagi faolligini oshirishga qaratilgan videodarslar ishlab chiqildi.

Agentlik tomonidan taqdim etilayotgan videodarslarda saylov bilan bog'liq barcha ma'lumotlar sodda tilda tushuntirib berilgan. Quyidagi havolalar orqali videodarslarni tomosha qilishingiz mumkin. Kiring, ko'ring, huquqiy bilimlaringizni yana-da oshiring!

1. Saylov nima?
2. Saylov prinsiplari
3. Aktiv saylov va passiv saylov
4. Saylovchilarning huquqlari
5. Saylovchilarning majburiyatlari
6. Saylov kuni
7. Saylovlarda ovoz berish tartibi
8. Saylovlarda siyosiy partiyalarning ishtiroki
9. Saylov okruglari va uchastkalari
10. Saylovchilar ro'yxati qanday shakllantiriladi?
11. Saylovchilar ro'yxatidan familiya va ismini topolmaganda qanday chora ko'rishi kerak?
12. Saylov byulleteni va uni to'ldirish tartibi
13. Saylovchining turgan joyida ovoz berish tartibi
14. Saylovchining chet davlatda turgan joyida ovoz berish tartibi
15. Muddatidan oldin ovoz berish
16. Saylov ovozlarini hisoblab chiqish
17. Saylov natijalarini e'lon qilish
18. Takroriy ovoz berish va takroriy saylov qanday hollarda o'tkaziladi?
19. Saylov komissiyalari
20. Saylovni moliyalashtirish

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
“IQTIDORLI YOSHLARNI ILMIY-TADQIQOT faoliyatiga jalb etishda yaponiya tajribasi” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING
www.samaguni.uz
Saylash va tanlash huquqi - sizning qo‘lingizda!
www.samaguni.uz
Facebook: fb.com/tdausf
Filialida “Biz buyuk allomalar- vorisimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
www.samaguni.uz
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Ёш тадқиқотчилар ноёб доривор ўсимликлар устида изланмоқда
#13oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
“IQTIDORLI YOSHLARNI ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATIGA JALB ETISHDA YAPONIYA TAJRIBASI” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING
www.samaguni.uz
Facebook: fb.com/tdausf
OLIYGOH O‘QITUVCHILARI VA OLIMLAR UCHUN GЕRMANIYADA ILMIY MALAKA OSHIRISH GRANTI
www.samaguni.uz
TADQIQOTCHILAR VA YOSH OLIMLAR UCHUN ILMIY – TADQIQOT STIPЕNDIYALARI
(1-10 oy)
www.samaguni.uz
Aholini ro’yxatga olish tadbiri to’g’risida seminar
www.samaguni.uz
Facebook: fb.com/tdausf
“Til millat ko’zgisi” mavzusida diktant tanlovi o’tkazildi.
batafsil:👇👇👇
www.samaguni.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 8 kun qoldi.
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Контрактда ўқиётан талабалар учун XushnudbekUz канали таълим гранти эълон қилади

Хабарингиз бор, 1 йил аввал MetsenatUz лойиҳасини бошлаган эдик. Лойиҳадан асосий мақсад таълимга инвестиция киритиш, эҳтиёжманд талабаларга илм олишлари учун моддий кўмак бериш, жамиятда меценатлик (ҳомийлик) маданиятини шакллантириш эди. Тома-тома кўл бўлур деганидай, 1 йил давомида жами 5 млрд сўмдан ошиқроқ қийматдаги таълим гранти ва стипендиялар эълон қилинди.

Биз бу лойиҳани тўхтатмоқчи эмасмиз, бор куч ва имкониятларимиз билан ушбу лойиҳани ривожлантириш устида бош қотиряпмиз. Бугун мамнуният билан MetsenatUz лойиҳасида навбатдаги таълим грантини эълон қиламиз.

XushnudbekUz Телеграм канали номидан жорий қилинган таълим грантида 35 нафар талабага 3 млн сўмдан, жами 105 млн сўмлик маблағлар тўлаб беришни ният қилдик.

Балки бу катта сумма эмасдир, балки кимларгадир ярим йиллик контрактини қоплаш учун ҳам етмас, лекин имкон қадар эҳтиёжманд толиби илмларга ёрдам бўлади, деган умиддаман.

ℹ️ Маълумот: ушбу грант учун ажратилаётган маблағлар XushnudbekUz каналида эълон қилинган рекламалар ҳисобидан қопланади.

📲
ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

Таълим гранти ҳақида маълумот:

Қайси ОТМлар учун:
Барча давлат, нодавлат, диний таълим муассасалари учун
Қайси босқич учун: бакалавриатнинг барча босқичи
Қайси таълим шакли учун: кундузги, сиртқи ва кечки
Қайси жиҳатларга устунлик берилади: ўзлаштириш кўрсаткичи юқори, ижтимоий ҳимояга муҳтож, етим ва чин етим, ногиронлиги бор талабалар.
Квота сони: 35 нафар (бунинг 10 нафари ТДЮУ талабалари учун)
Таълим гранти миқдори: 3 млн сўм (жами 105 млн сўм)
Ариза топширишнинг сўнгги куни: 31 октябрь

📲 ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

P.S.: электрон тизим тўлиқ янгилангани учун, мабодо ҳужжат топширишда техник муаммо ёки тушунмовчилик бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Edu.uz
#Eduuz_tavsiya_qiladi

Muvaffaqiyatga erishgan talabaning 10 muhim odati

1. Hayotda va o‘qishda aniq maqsadi bo‘ladi.

2. Har bir ishni puxta reja asosida amalga oshiradi.

3. Ishini kichik qismlarga bo’lib, bosqichma-bosqich bajaradi.

4. Har kuni kuzatma va taassurotlarini qayd qilib boradi.

5. Faol va uzluksiz ilm oladi. Passiv bilim olish ta’lim jarayoniga putur yetkazadi. Har kuni yangi ko‘nikmalar egallash kerak.

6. Bilim olish mahsuldorligini oshirish uchun qulay o‘quv (jismoniy va psixologik) muhit yaratadi.

7. Mazmunli savollar beradi. Professor-o‘qituvchi, tyutorlar, bilimli do‘stlariga savollar berib, javoblarini o‘zi uchun xulosa tariqasida qabul qiladi.

8. E’tiborini chalg‘ituvchi barcha narsalardan halos bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarga haddan ziyod berilib ketib, vaqtini behuda ketkazmaydi.

9. O‘z vaqtida dam oladi, jismoniy faoliyat bilan muntazam shug‘ullanadi.

10. Har doim pozitiv fikrlaydi, muvaffaqiyatga ishonadi va maqsadlari sari dadil qadam tashlaydi!

👉 @eduuz
IQTIDORLI YOSHLARNI ILMIY-TADQIQOT faoliyatiga jalb etishda “Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalari universitetida ta’lim va talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyati” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING
www.samaguni.uz
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati to‘g’risida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Batafsil👇👇👇 samaguni.uz
"Til bayramiga mening kitob tuhfam"
Batafsil:👇👇👇
www.samaguni.uz
21-oktabr O'zbek tili bayrami
Batafsil:👇👇👇
www.samaguni.uz
Forwarded from Edu.uz
Tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari DIQQATIGA!!!

Super-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan 2021/2022-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi.

Shu munosabat bilan siz t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda yoki siz o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga bevosita murojaat qilgan holda to‘lov kontrakt-shartnomasini rasmiylashtirishingiz mumkin.

To‘lovlarni amalga oshirish muddati 2021-yil 20-noyabrga qadar etib belgilandi.

Bunda to‘lovning 50 foizi amalga oshirilgan taqdirda abituriyentni talabalikka tavsiya etish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i rasmiylashtiriladi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan talabalarga chegirma berish muddati uzaytirildi

Ma'lumki, respublikamizdagi oliygohlarda tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiya qo‘shilmagan bazaviy toʻlov-shartnoma summasiga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) belgilangan edi.

Endilikda, mazkur muddat uzaytirilgan holda 15-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan va sertifikat taqdim etgan BARCHA talabalarga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube