Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy kanali
808 subscribers
2.55K photos
97 videos
62 files
1.27K links
Манзил: Самарқанд вилояти, Оқдарё тумани, Даҳбед қўрғони, А.Темур кўчаси 7
Тел: +99866 492 81 16, +99893 235 97 88
Facebook: fb.com/SamARU23
Veb-sayt: www.samaguni.uz
Download Telegram
Forwarded from Glocals Bookshop
#Intervyu

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardorbek Usmanov Kun.uz muxbiriga Prezidentimizning yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyalash borasidagi farmonida belgilangan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi vazifasi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bir guruh jamoadoshlarimizga “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi Batafsil👇👇👇 https://samaguni.uz/uz/bir-guruh-jamoadoshlarimizga-%E2%80%9Co%E2%80%99zbekiston-respublikasi-mustaqilligining-30-yilligi%E2%80%9D-esdalik-nishoni
Ҳукумат қарори билан стипендия миқдорлари ошди:

стажёр-тадқиқотчиликда таҳсил олувчи шахсларга стажёр-тадқиқотчи лавозим маошининг базавий миқдорига тенглаштирилган миқдорда (4,760 млн. сўм);

таянч докторантурада таҳсил олувчи шахсларга илмий даражага ёки илмий унвонга эга бўлмаган (2 йилгача илмий фаолият тажрибасига эга бўлган) кичик илмий ходим лавозим маошининг базавий миқдорига тенглаштирилган миқдорда (5,377 млн. сўм);

докторантурада таҳсил олувчи шахсларга фан номзоди ёки фалсафа доктори (PhD) илмий даражасига ёки хорижий давлатларнинг унга тенглаштирилган бошқа илмий даражаларига ёки илмий унвонга эга бўлган етакчи илмий ходим лавозим маошининг базавий миқдорига тенглаштирилган миқдорда (6,612 млн. сўм) стипендия тўланади.
Forwarded from Edu.uz
⚡️ Rasman bir necha daqiqalardan soʻng mandat eʼlon qilina boshlaydi!

🔰 2021-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 15:00 dan boshlab bilish mumkin.

Natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e’lon qilinadi:

👉 15:00 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;

👉 16:00 dan – Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari;

👉 17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.
________
➡️ @eduuz
Forwarded from Edu.uz
Mandatni qanday bilsam boʻladi?

☝️Tanlov natijalarini quyidagi usullar orqali bilish mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limidan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

✔️ Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
_____
Kanalga ulanish: 👇
https://t.me/joinchat/Rfn4C07nmVy_NS2j
Forwarded from Edu.uz
#Oʻqishni_koʻchirish

⚠️ RESPUBLIKA DAVLAT OLIY TAʼLIM MUASSASALARIARO OʻQISHINI KOʻCHIRISH (TIKLASH) BOʻYICHA ROʻYXATDAN OʻTGANLAR DIQQATIGA !!!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vakolatidagi talabalar oʻqishini koʻchirish boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan arizalar (oliy taʼlim muassasalaridan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga mos va turdosh yoʻnalishlar boʻyicha) vazirlik komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi.

Koʻrib chiqish natijalari ariza mualliflariga quyidagi tartibda eʼlon qilinadi:

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilmaganligi boʻyicha maʼlumotlar ariza mualliflarining transfer.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboriladi. Shunga koʻra ushbu toifadagi talabalar 2021-yil 5-sentabr kuni soat 10:00 dan boshlab arizalarining koʻrib chiqish natijalari boʻyicha shaxsiy kabinetlari orqali maʼlumot olishlari mumkin.

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabalar roʻyxati 2021-yil 6-sentabr kuni 16:00 dan boshlab talabalar oʻqishi koʻchirilishi soʻralgan oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabalarning bazaviy yoki tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida koʻchirilishi muayyan oliy taʼlim muassasasi tomonidan uzrli sabablarni asoslovchi hujjatlarning asli koʻrib chiqilgandan soʻng belgilanadi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📌 Talabalikka tavsiya etilganlar quyidagi hujjatlarni oliygohiga taqdim etadi!

👉 Direktor nomiga ariza;
👉 Pasport nusxasi (asli koʻrsatilgan holda;
👉 Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
👉 Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa) asli;
👉 3,5x4,5 foto surat 6 ta;
👉 Talabalar turar joyi uchun (OTM belgilagan tartibda) ariza;
👉 Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning aslini;
👉 Roʻyxatdan oʻtkazilgandagi abituriyent qayd varaqasi.
Forwarded from Edu.uz
⚡️DIQQAT! MUHIM EʼLON!!!

🔰 2021/2022-oʻquv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun OTMda 6-sentabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari), 13-sentabrdan e’tiboran oʻquv rejaga muvofiq dars mashgʻulotlari boshlanadi.

✔️ Maʼlumki, yangi oʻquv yilidan boshlab barcha oliy taʼlim muassasalarining birinchi kurs talabalari uchun oʻquv jarayoni kredit-modul tizimi orqali tashkil etiladi.

🔸Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, oʻquv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi.

🔹Shu bilan birga, tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash manzilidan, xususan, respublikaning boshqa hududlarida boʻlgan talabalarning oliy taʼlim muassasasiga yetib kelishi, turar-joylariga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi.

🔺Yuqori kurs (birinchi kursdan tashqari) talabalari uchun esa dars mashgʻulotlari umumiy tartibda 6-sentabrdan boshlanadi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Эртадан апелляция бериш бошланади

Тестдаги натижасидан норози бўлган абитуриентлар эртага, 5 сентябрь куни 09:00 дан бошлаб apellatsiya.dtm.uz сайти орқали апелляция шикояти беришлари мумкин бўлади. Бу ҳақда ДТМ хабар берди.

❗️ Aпелляция аризалари 14 сентябрга қадар 10 кун давомида онлайн қабул қилинади.

👨🏻‍💻 Бунда апелляция аризасини бермоқчи бўлган абитуриент дастлаб apellatsiya.dtm.uz сайтининг “Бакалавр-2021” бўлимига кириб, паспорт серияси ва рақами ҳамда шахсий идентификация рақамини киритиши лозим.

🖥 Aгар абитуриент ҳақиқатдан ҳам тест синовларида иштирок этган ва тест синовларидан четлатилмаган бўлса, апелляция аризасини бериши мумкин бўлади ва ариза бериш ойнаси очилади. Бошқача айтганда, тестга келмаган ёки келган бўлса ҳам, далолатнома тузиб чиқариб юборилган абитуриент апелляция бера олмайди.

📋 Aпелляция аризасини берган абитуриентларга уни кўриб чиқиш санаси ва вақти кўрсатилган хабарнома берилади. Aбитуриент хабарномада белгиланган вақтда шахсини тасдиқловчи ҳужжат, хабарнома ва абитуриент рухсатномаси билан Давлат тест марказига (Тошкентга) келиши шарт.

📆 Aпелляция шикоятларини кўриб чиқиш 7 сентябрдан бошланади.
Қайси ҳудудда энг кўп абитуриентлар талаба бўлишди?

Жорий йилги кириш имтиҳонлари натижаларига кўра 179 минг 352 нафар абитуриент талабаликка тасвия қилинди.

Ҳудудлар кесимида оладиган бўлсак, талаба бўлган абитуриентларнинг сони бўйича Самарқанд, Қашқадарё ва Фарғона вилоятлари етакчилик қилган. Бу ушбу ҳудудларда умумий абитуриентлар сонининг кўплиги билан ҳам боғлиқ.

Талаба бўлган абитуриентлар сони бўйича ҳудудлар кўрсаткичи қуйидагича:

Самарқанд – 18 989 нафар;
Қашқадарё – 18 595 нафар;
Фарғона – 17 698 нафар;
Тошкент вилояти – 13 907 нафар;
Бухоро – 13 640 нафар;
Қорақалпоғистон – 13 546 нафар;
Сурхондарё – 13 331 нафар;
Наманган – 12 111 нафар;
Жиззах – 11 012 нафар;
Хоразм – 10 742 нафар;
Тошкент шаҳри – 10 740 нафар;
Андижон – 10 084 нафар;
Навоий – 9 187 нафар;
Сирдарё – 5 770 нафар;
📌 «Super kontrakt» narxi qancha va kimlar uchun?

Mandat chiqqandan so'ng ko'pchilikda super-kontrakt narxlariga qiziqish boshlanadi. Hozir super-kontraktni kimlar va qanday to'lashi haqida tushuntirib o'tamiz.

⁉️ Qo‘shimcha kontrakda o‘qish uchun necha ball olish kerak?

Farqi yo‘q. Testga kirgan bo‘lsa, kifoya. 1 ball olgan bo‘lsa ham, qo‘shimcha kontraktda o‘qishi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.

⁉️ Qo‘shimcha kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?

O‘qishga kira olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qish uchun test natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak.

⁉️ Ariza qayerga beriladi?

Qo‘shimcha kontraktda o‘qish istagida bo‘lganlar OTM rektori nomiga ariza beradi.

⁉️ Beshta yo‘nalishdan qaysi birida o‘qish mumkin?

O‘tgan yili istalgan 3 ta yo‘nalishdan birida super-kontraktda o‘qishga ruxsat berilgandi. Joriy yilda ham istalgan beshta yo‘nalishdan birida o‘qishga ruxsat berilsa kerak.

⁉️ Qo‘shimcha kontraktning narxi qancha?

Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

1-toifa
Kirish chizig‘iga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt to‘laydi. Jumladan:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

Masalan, kirish bali 140 bo‘lgan deylik. 139 ball to‘plagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini to‘laydi. Masalan, asli 10 mln so‘m kontrakt bo‘lsa, 15 mln so‘m to‘lasa kifoya.

138,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini to‘laydi, ya’ni 20 mln so‘m. Va h.k.

2-toifa

56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish chizig‘iga 4 balldan ko‘proq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 10 baravaridan oshiq miqdorda to‘laydi.

Masalan, yana o‘sha kirish 140 ball bo‘lgan yo‘nalishni misol olsak, 135,9 balldan kam 56,7 balldan ko‘p to‘plaganlar 2-toifaga tushadi.

Joriy yilda 2-toifa uchun narxlar hali tasdiqlanmadi. Shuningdek, joriy yildan super-kontrakt narxlarini OTMlar o‘zlari belgilashadi.

3-toifa

56,7 balldan kam to‘plaganlar (masalan, 1 ball bo‘lsa ham) 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini to‘lab o‘qishlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 15 barobar bo‘lsa, 56,7 balldan kam to‘plaganlar 30 barobar to‘lab, super-muper kontraktda o‘qishi mumkin.

⁉️ Qo‘shimcha kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to‘lanadi. 1-o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni to‘lab o‘qishadi.

⁉️ Magistraturada ham qo‘shimcha qabul bormi?

Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga o‘xshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt to‘lanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha bo‘lsa, qo‘shimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha to‘lashadi.

⁉️ Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lasa bo‘ladimi?

O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan edi. Joriy yilda ham berilsa kerak.

⁉️ Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?

Yo‘q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Lekin banklar bozor narxlarida o‘z kreditlarini taklif etishi mumkin.

‼️ ESLATMA: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik ish haqiga nisbatan emas, o‘sha yo‘nalishdagi stipendiyasiz kontrakt narxiga nisbatan. Ya’ni stipendiyasiz kontrakt 7 mln so‘m bo‘lsa, 10 barobar bo‘lganda qo‘shimcha kontrakt uchun 70 mln so‘m to‘lanadi.


📨 Barcha abituriyentlarga ulashing!
OTMda oshirilgan to’lov kontrakt miqdorlari 50 % kamaytiriladi!
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 avgustdagi “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-4421-son qaroriga asosan kirish uchun belgilangan qabul chegarasidan kam ball to’plagan abituriyentlar uchun oshirilgan to’lov-kontrakt miqdorini ikki baravarga kamaytirish ko’rsatib o’tilgan.
Abiturent Toshkent Davlat agrar universiteti Samarqand filialini tanlagan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan bo’lsa, barcha ta’lim yo’nalishlarda tabaqalashtirilgan kontrakt summasini 2 barobvar kam to’lab o’qishlari mumkin.
-masalan, 56.7 balldan yuqori va qabul chegarasidan 4 balldan past oralig’ida bo’lsa(10 barobar), xuddi shu yo’nalishlardagi boshqa OTM larga nisbatan tabaqalashtirilgan kontrakt summasi 2 baravar (10 barobarning 50 foizi)ga kamaytiriladi.
Қайси ҳудудда ўқишга кириш кўрсаткичи юқори?

Юқорида талаба бўлган абитуриентлар сони бўйича маълумот берган эдик. Лекин айтганимиздек, бу умумий абитуриентларнинг сони кўплиги билан боғлиқ эди. Яъни аҳолиси кўп ҳудуддан кўпроқ талаба чиққан, бу табиий ҳол.

Фоизга нисбатан олсак, рейтинг умуман бошқача чиқади. Бундай рейтингда Бухоро вилояти яққол устунлик қилмоқда. Мазкур вилоят абитуриентларининг 26,8%и талаба бўлган. Кейинги ўринларда Навоий (24,6%) ҳамда Фарғона (23,4%) вилоятлари эгаллаган.

Ўқишга кириш кўрсатгичи бўйича охирги ўринларни Қашқадарё (17,8%), Сирдарё (17,3%) ҳамда Тошкент вилояти (15,9%) эгаллаган.

Талаба бўлган абитуриентлар фоизи бўйича ҳудудлар рейтинги қуйидагича:

Бухоро – 26,8%;
Навоий – 24,6%;
Фарғона – 23,4%;
Қорақалпоғистон – 22,4%;
Наманган – 21,6%;
Тошкент шаҳри – 21,6%;
Хоразм – 21%;
Самарқанд – 19,2%;
Жиззах – 18,9%;
Андижон – 18,3%;
Сурхондарё – 17,9%;
Қашқадарё – 17,8%;
Сирдарё – 17,3%;
Тошкент вилояти – 15,9%.