Ulug‘bek Po‘latov
4.17K subscribers
265 photos
142 videos
2 files
547 links
Bu kanalda ba’zida yangilik, ba’zida tahliliy ma’lumotlar, ba’zida esa tanqidiy fikrlar berib boriladi.
Download Telegram
“Tanaffus” podkastning ikkinchi soni ham tasvirga olindi

Bugun ham podkastimizning ikkinchi sonida ta’lim tizimidagi bir masalani muhokama qildik.

Mehmonlarimiz, Ta’limni rivojlantirish markazi mas’ul xodimi va maktab o’qituvchisi bo’ldi.

Podkast mavzusini keyinroq, video tayyor bo’lgach e’lon qilaman nasib qilsa.

👉@u_pulatoff
Masalanda...

Tasavvur qiling, siz 2-3 kun vaqt sarflab, qandaydir ko'rsatuv yoki tadbirni tasvirga oldirdingiz.

Hammasi tugagach, operator sizga qarab:

— Ming bor uzr, kamera nosoz ekan, tadbir tasvirga olinmagan ekan desa qay holatga tushardingiz 😁

P.S: “Tanaffus” podkastning ikkinchi sonida operator ovozni yozmagan ekan. Texnik nosozlik bo'libdi.

👉@u_pulatoff
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi boshlig'i lavozimi uchun 55 ming AQSH dollari so'raldi

Bu lavozimga 55 ming AQSH dollari so'ralgan bo'lsa, shunday xulosaga kelish mumkinki, bu o'ta "yog'li" lavozim.

Shuncha katta mablag' evaziga lavozimga tayinlangan shaxs 55 ming AQSH dollarini 2-3 barobar qilib chiqarib olishga harakat qilgan bo'lardi, agar vaziyat boshqacha tus olgan bo'lganda.

👉@u_pulatoff
Attestatsiya nimaga kerak?

"Tanaffus" podkastning ikkinchi sonida pedagoglar uchun qiziq bo'lgan mavzu — attestatsiya test jarayonlari haqida gaplashdik.

Texnik nosozlik bo'lib ovoz yozilmay qolgan bo'lsa-da, montaj ustasi amallab, bir mikrafondan ushlab qolingan ovoz ustida ishlab, ko'rsatuvni shu holatga keltirdi.

Podkastni ko'rib baho berib ko'ringlar.

▶️To'liq video:👉 https://youtu.be/a-YFzZRYmuo

👉@u_pulatoff
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda Telegram monetizatsiyasi ishga tushirilishi qonuniyligi o‘rganilmoqda

Agar qonun buzilishi holati aniqlansa, bunga yordam bergan provayder javobgarlikka tortilishi mumkin.

***

Bizni amaldorlar hammasini yo'qqa chiqaradi. Pul topish mumkin bo'lgan hamma "kanallarni" berkitadi.

Monetizatsiya dasturi Rossiya, Ukraina, Falastin, Germaniya va Isroilda hozircha ishlamaydi. Bu ro'yxatga O'zbekistonni ham qo'shishmoqchi manimcha.

👉@u_pulatoff
Ulug‘bek Po‘latov
O‘zbekistonda Telegram monetizatsiyasi ishga tushirilishi qonuniyligi o‘rganilmoqda Agar qonun buzilishi holati aniqlansa, bunga yordam bergan provayder javobgarlikka tortilishi mumkin. *** Bizni amaldorlar hammasini yo'qqa chiqaradi. Pul topish mumkin…
Nega tillar ro'yxatida o'zbekcha yo'q?

Hech qiziqib ko‘rganmisiz, qaysidir mashhur ilova yoki dasturdan foydalansangiz, tillar menyusida deyarli barcha davlat tillari mavjud bo‘ladi.

Qiziqib, tilni o‘zbekchaga o‘giraman desangiz, ro‘yxatda aynan O‘zbekiston bo‘lmaydi. Masalan, men doim shunday muammoga duch kelaman.

Hozir YouTube ham O‘zbekistonda monetizatsiyani bekor qilgan. Chunki bizni amaldorlar faqat qonun buzilishi holatini aniqlashga usta. Yechim berish o‘rniga muammo taklif qilishadi.

👉@u_pulatoff
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 10 aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotgani haqida qaror qabul ma'lum qildi

Ramazon oyining 30-kuni 9-aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, Ramazon Hayitida barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam oladilar.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/592

P.S: Xabar tahrirlandi.

👉@u_pulatoff
Madaniyat vazirligi "Ovoz" (The Voice of Uzbekistan) televizion loyihasi uchun qariyb 2 mlrd so‘m ajratibdi. Mazkur mablag‘ loyiha ijodiy jamoasiga gonorar sifatida to‘lanadi.

***

Aytgancha, "OpenBudget"da ko'chama-ko'cha yurib, nechta ovoz yig'dinglar?

👉@u_pulatoff
Ulug‘bek Po‘latov
"Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi Prezident qarori imzolandi

O'zbekiston musulmonlari idorasi 2024-yil Ramazon hayiti (Iydul fitr) 10-aprel - (shavvol oyining 1 kuni) chorshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi.

Shunga ko‘ra 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuni Ramazon hayiti namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:

1. Andijon viloyati 06:00
2. Namangan viloyati 06:00
3. Farg‘ona viloyati 06:00
4. Toshkent viloyati 06:10
5. Toshkent shahri 06:10
6. Sirdaryo viloyati 06:10
7. Jizzax viloyati 06:15
8. Samarqand viloyati 06:20
9. Surxondaryo viloyati 06:25
10. Qashqadaryo viloyati 06:30
11. Navoiy viloyati 06:30
12. Buxoro viloyati 06:30
13. Xorazm viloyati 06:50
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 06:50.

👉@u_pulatoff
Mehnatni qadrlamaydiganlar ham ko'p ekanda

Ikki jumla matnni yozish uchun ham harakat qilinadi, kimgadir qo'ng'iroq qilib aniqlik kiritiladi.

Lekin saytga ma'lumot chiqishi bilan, hech qanday manba ko'rsatmay o'zining kanalida chiqaradiganlar ham ko'pda.

Mayli olsin, nimadandir foydalansin, xursand bo'ladi odam. Lekin hech bo'lmasa, saytga havola berib qo'ysa, biron yeri kamayib qolarmikin?

"xalqtaliminfo" yoniga "uz" domenini qo'shib qo'ysa ham hafa bo'lmaydi odam. Ha mayli...

👉@u_pulatoff
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu esa aynan mana shu kanal kuzatuvchilari uchun maxsus tabrik

P.S: “Qadrliroq” degan jumladagi xatolikni tog’ri qabul qilib qo’yaverasizlar. Montaj qilmadim, hammasi tabiiy bo’lgani yaxshi.

👉@u_pulatoff
Ramazon hayiti bilan tabriklashda hurmat darajalari mavjud bilsangiz

1. Eng yuqori hurmat
Bunda siz uchun maxsus tabrik so’zi yoziladi. Ismingizni va aynan sizga xos bo’lgan ma’lumotlarni kiritib matn yoziladi.

2. O’rtacha hurmat
Bunda hammaga yozilgan matn yuboriladi. U faqat siz uchun yozilgan bo’lmaydi. Matnda “qadrdonlar”, “azizlarim” kabi umumiy so’z bilan murojaat qilinadi.

3. Past darajadagi hurmat
Sizga shunchaki boshqalardan kelgan biror rasmni yuborib qo’yishadi.

4. Umuman behurmat tabrik
Sizga boshqalardan kelgan rasmni yuborib qo’yishadi. Bunda eski yuboruvchini o’chirib ham o’tirilmaydi. Siz tanimagan biror kishining ismi turadi yuqorida

© @NodirjonKhoshimov

***
Kecha, menga guruh yoki kanallardan kelgan barcha tabrik yuboruvchilarga o'zining ismini yozib, qayta tabrik yuborib qo'ygandim. Demak, tanishlarimga "Eng yuqori hurmat" ko'rsatibman :)

Siz-chi?

👉@u_pulatoff
Jamoamiz

Kecha xalqtaliminfo.uz sayti jamoa a'zolari bilan uchrashib, ayrim masalalarni muhokama qilib oldik.

Bir vaqtlar Xalq ta'limi Info kanalini ochganimda bir o'zim va kanalda 50 ta obunachidan boshqa hech kim bo'lmagan.

O'sha vaqtda "Nima qilasan shu kanalni yuritib, bu senga nima beradi, yig'ishtir bu bekorchi ishlaringni" deganlar ham juda ko'p bo'lgan.

Lekin bu ish menga o'zgacha rohat berardi. Kanal hayotimning mazmuniga aylanib qolgandi. O'sha paytlari XTB mudiri o'rinbosari qabuliga tinmay kirib, kanalimni boshqalarga ham tavsiya qilib bering deb yugurib yurganlarim hech yodimdan chiqmaydi.

Mana endi kichik bo'lsa-da jamoamiz borligidan xursand bo'lib yuribman. Ilohim jamoamizga ko'z tegmasin. Barchasi juda pozitiv va samimiy insonlar. Nasib qilsa, hali jamoamiz bilan birgalikda juda ko'plab loyihalarni amalga oshiramiz.

👉@u_pulatoff
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Tanaffus" podkastning navbatdagi mehmoni

Videoni ko'rmay turib, bu galgi podkastimiz mehmoni kimligini tahmin qilib ko'ring...

Izohlarda javoblarni kutaman...

P.S: Faqat videoni ko'rmay, dastlabki tahminingizni yozing.

👉@u_pulatoff
Qo‘shtepalik Elmurodjon Ortiqovning oyoqqa turib ketishi sizu bizga bog‘liq. Batafsil videoda...

https://youtu.be/xhwVWTpYSbo?si=1JYQ6bhfP3bWE4fJ
Yoqimli muammolar boshlandi

xalqtaliminfo.uz saytiga kirishda tez-tez muammolar yuzaga kelib, uzilishlar bo‘lmoqda. Ba’zan saytga umuman kirib bo‘lmayapti.

Aslida bu yoqimli muammo. Chunki, bunga saytga oqimning kuchayib, yuklamalarning ko‘payishi sabab bo‘lgan. Masalan, oxirgi 7 kunlikda saytga ikki marta katta yuklama tushgan.

Sayt foydalanuvchilarining ko'payib borishi bizni xursand qildi ochig‘i. Endi sayt uchun server sotib olishimizga to‘g‘ri keladi. Avvalgi serverlardan esa shunchaki sinov tariqasida foydalangandik.

👉@u_pulatoff