Mr Aslanov's blog
3.87K subscribers
171 photos
67 videos
75 files
56 links
O'qituvchilik bu san'at, demak san'atkor bo'lishimiz kerak 😊
Download Telegram
Qishki ta'tilga borganda eslab qo'yin, guys 😊
@Aslanovs_Lessons da bepul Full IELTS Speaking kursi bo'ladi yaqinda.

Bu xabarni boshqalar bilan ulashmang!
Shaxsiy odatim: biror narsa o'rganishni boshlashdan avval Bismillah! deb boshlayman...
Full IELTS Speaking Course by Mr. Aslanov 🚀

Course Schedule:


Lesson 1. How to improve General Speaking
Lesson 2. Speaking Checklist
Lesson 3. All about IELTS Speaking Part 1
Lesson 4. All about IELTS Speaking Part 2
Lesson 5. All about IELTS Speaking Part 3
Lesson 6. Band Descriptors (1)
Lesson 7. Band Descriptors (2)

Lessons conducted:
Live on telegram
First session: 17.12 20:00

Venue: @Aslanovs_Lessons
24 soat...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muvaffaqiyatning formulasi bormi?!

❗️ Ha, lekin u har bir inson taqdirida turli yo'llar bilan erishiladi. Barmoq uchlarimiz bir-biriga o'xshamagani kabi, muvaffaqiyat yo'llarimiz ham betakror.

Lekin shunisi aniqki, inson intizom bilan o‘zini yuksaltiruvchi odatlarni bosqichma-bosqich shakllantirib borar ekan, hayotida yaxshi natijalarga erisha boshlaydi. Atrofdagi insonlar esa unga - “Muvaffaqiyatli inson” taʼrifini bera boshlaydilar.

Ana shunday odatlarni shakllantirishda yordam beruvchi yaxshi bir qo‘llanmani eʼtiboringizga havola qilmoqdamizki, bu siz uchun manfaatli va foydali bo‘lishi mumkin!

💠MUVAFFAQIYATLI 101 KUN KUNDALIGI” bilan yuqoridagi video lavha orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin!

😊 Ushbu kitob sotuvga chiqarildi va siz unga quyidagi raqamlar orqali bog‘lanib buyurtma berishingiz mumkin.

📞 +998781220222
📩 @yuksalish_bosh_ofis
Online kurslar zo'rde :)

Bugun bir kishi bizni Allohga solsa, huddi shu kursdan boshqasi bizga rahmat aytib Alloh boshlagan ishlarilarni xayrli qilsin deb duo qildi. Zerikmaysiz 😊
😊🤲🏻
Ikkinchi qatnashchimiz 07.10 sanasida boshlangan 20 kunlik kurs (e'tibor bering 20 kunlik) tugagandan so'ng ham 31.12 sanasigacha turib o'sha kuni o'chib ketadi deb xabar qoldirsak boshladilar... Unaqasizlar... Bunaqasizlar... Pul to'laganmankuuu... Allohga soldim... Qiyomat bor... 🤦🏻‍♂
Forwarded from Mr Aslanov's blog
ONLINE KURSLARGA QATNASHSANGIZ

Online kurslarda o'qimoqchi bo'lganlarda bir xato fikrlash ko'p uchraydi.

Material bizda qoladimi? Darslar o'chib ketmaydimi? Keyinroq yana takrorlab chiqmoqchiman deb ko'p so'rashadi. Bu narsa unchalik ham to'g'ri emas. Agar online dars o'tayotgan ustoz darslardan kurs tugaganda ham foydalanaverasizlar desa ishoning kurs mobaynida kuchli harakat qilib o'zlashtirmaysiz. Keyin ham darslar o'chib ketmas ekanku bemalol qilamanda deb ortga surib yuraverasiz.

Lekin aksincha, aytaylik palon kurs 3 oy davom etadi va kurs tugasa darslar o'chib ketadi deyilsa siz shu 3 oyni maksimal kursni o'zlashtirish, darslardagi ma'lumotlarni biror yerga yozib olish bilan o'tkazasiz.

Bir o'ylab ko'ring IELTS kursini nega olasiz? Shu kursda o'qib, o'zlashtirib, imtihondan yaxshi natijaga erishish uchunmi yoki qayta qayta shu darajada qotib turish uchunmi?

Shunga o'xshash holat listening va reading kurslarimizda uchraydi. Qatnashuvchilar orasida shu ko'nikmalarini rivojlantirishdan ko'ra materiallar qachongacha qolishi haqida xavotirlanadiganlar bor. Va afsuski ayni o'shalarga kurslarimiz unchalik foyda bermasligi mumkin. Chunki biror kursda o'qimoqchimisiz fokusni natijaga qarating, materiallarga emas.

✍🏻 @Aslanovsblog
Mr Aslanov's blog
ONLINE KURSLARGA QATNASHSANGIZ Online kurslarda o'qimoqchi bo'lganlarda bir xato fikrlash ko'p uchraydi. Material bizda qoladimi? Darslar o'chib ketmaydimi? Keyinroq yana takrorlab chiqmoqchiman deb ko'p so'rashadi. Bu narsa unchalik ham to'g'ri emas. Agar…
Mana bu postda tushuntirganman hammasini.

Man doim o'quvchilarni foydasini o'ylaganman. O'zi o'ylamasa boshqalar o'ylashi befoyda.

Kurs uchun access ni 1 yil qilib qo'ysangiz 11 chi oy boshlaydi intizomsizlar. Bilmadim nega ba'zilarga sudralib yurish yoqadi 🤦🏻‍♂
Shart shart o'rgan. Keyingi darajaga o't. Shu IELTS / Multilevel degan boshog'riqdan qutul. Hayotda boshqa muhim narsalar ham borku. Nima kerak yillab umrni bir tilni o'rganish uchun ketkazish?

P.S. Agar yo'nalishingiz shu til bilan bog'liq bo'lmasa.
Ishoning ilmga biz muhtojmiz. U bizga emas.

Undan tashqari ilm osonlikcha, sizga mos vaqt va sharoitga qarab kelmaydi. Bizga kerakmi? Biz borishimiz kerak.
Ko'pchilik tushunmaydigan / qabul qila olmaydigan / qabul qilishni xohlamaydigan haqiqat.
"O'zimga qulay vaqtda o'rganam" deyishni yig'ishtirish kerak. Hozirgi zamonda qulay vaqt yo'q deb o'ylayman. Bor vaqt faqat - hozir.
Yaqin do'stiz bilan o'tirib 'Esindami....' deb boshlagan suhbatingizga hech nima yetmaydi...
Ilm boshi Bismillah! oxiri
ustozdan duo bo'lishi kerak deb o'ylayman.
Asosiy kanalim @mraslanov

Qo'shilib oling!