O’zR ADVOKATLAR PALATASI
2.26K subscribers
821 photos
229 videos
19 files
753 links
Advokatlar palatasining telegramdagi rasmiy kanali. https://paruz.uz/ (rasmiy sayti).
Download Telegram
TOSHKENT SHAHAR VA TOSHKENT VILOYATI ADVOKATLARI BILAN HIBSXONA SHAXSIY TARKIBI VAKILLARI O‘RTASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Bugun, 20 aprel' kuni, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 6-mintaqaviy hudud 1-sonli tergov hibsxonasining majlislar zalida, "Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida"gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalari talablariga qat'iy rioya qilish mavzusida, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 1-mintaqaviy hudud 1-sonli tergov hibsxonasi mas'ul xodimlari va advokatlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

|🌐 Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook | 🇺🇿 Ўзбек Кирилл |
Andijonda Malaka komissiyalari a'zolari bilan uchrashuv bo‘ldi

Bugun 2024 yil 20 aprel' kuni, Advokatlar palatasi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi binosida, hududiy boshqarma huzuridagi malaka komissiyasi a'zolari ishtirokida joriy oyning 17 aprel' kuni, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi binosida Oliy malaka komissiyasi ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdagi masalalar muhokama etildi. Boshqarma boshlig‘i A.Yunusov komissiya a'zolariga Respublika Advokatlar palatasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muhokama etilgan va rejalashtirilgan vazifalarni batafsil tushuntirdi. Shuningdek, komissiya a'zolariga amaldagi qonun va nizomlarga qat'iy rioya etgan holda ish tashkil etish ta'kidladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADVOKATLAR PALATASI BOSHQARUVINING 2-SONLI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

Bugun 20 aprel', O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi binosida, Boshqaruvning 2-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi.
Boshqaruv majlisida Respublika Advokatlar palatasi raisi va o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyat hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda Boshqaruv a'zolari qatnashdi. Boshqaruv majlisi video-konferens aloqasi orqali o‘tkazildi.
Boshqaruv majlisini Advokatlar palatasi raisi Shuxrat Sadikov olib bordi. Yig‘ilishning kun tartibi Boshqaruv a'zolari muhokamasiga qo‘yilib, tasdiqlandi. Shundan keyin kun tartibidagi masalalar yuzasidan Advokatlar palatasi raisi so‘zga chiqib, har bir masala yuzasidan ma'lumot berib o‘tdi.

|🌐 Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook | 🇺🇿 Ўзбек Кирилл |
ADVOKATLAR O‘RTASIDA FUTBOL BIRINCHILIGIGA TAYYORGARLIK BOSHLANDI

2024 yil 21 aprel' kuni, Andijon davlat universitetining kichik futbol stadionida Respublika advokatlari o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan futbol o‘yiniga tayyorgarlik bo‘yicha Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan advokatlar o‘rtasida Advokatlar palatasi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan musobaqa tashkil etildi.
Tashkil etilgan futbol musobaqasida advokatlar Soliev Sodiqjon, Sotvoldiev Bobirjon, Soliev Elërbek, Toshtemirov Temurbek, Xakimov Jamoldin, Solijonov Avazbek, Parpiev Sarvarbek, Juraev Avazbek, Quchqorov Otabek, Artiqov Bahodirxon, Soliev Mirolimjon, Rasulov Shoyadbek va Jabborov Farxodbeklar ikki guruhga bo‘linib, o‘zaro bellashdilar. Musobaqa 5:5 hisobida durang natija bilan yakunlandi.

|🌐 Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
JOYLARDA SOHA VAKILLARI ISHTIROKIDA TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA!

Kuni kecha, Navoiy viloyat Ichki ishlar boshqarmasining ma'rifat zalida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.04.2017 yildagi PQ-2898-son Qarori talablari ijrosini ta'minlash maqsadida, “Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” deb nomlangan mavzuda seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

|🌐 Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
Ҳамдардлик

Ўзбекистон Республикаси Адвокатлар палатаси раҳбарияти ва унинг меҳнат жамоаси, Адвокатлар палатаси Сирдарё вилояти ҳудудий бошқармаси бошлиғи, адвокат Иброҳим Хабибуллаевнинг бугун 24 апрель куни вафот этганлиги муносабати билан марҳумнинг оила аъзоларига чуқур таъзия изҳор этади ва ҳамдардлик билдиради.
Аллоҳ таоло ўтганларни раҳмат қилсин. Иброҳим акани оила аъзоларига сабр ва ажр берсин.
KONSTITUSIYAVIY ODIL SUDLOV VA ADVOKATURA

BUGUN, 25 aprel' kuni O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasida majlis zalida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan hamkorlikda “Inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda konstitusiyaviy odil sudlov va advokatura” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Konstitusiyaviy sud sud'yalari, O‘zbekiston Advokatlar palatasining mas'ul xodimlari, Advokatlar palatasi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tizimidagi advokatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyat, tuman hududiy boshqarmalari tizimida faoliyatdagi advokatlar videokonferens-aloqasi orqali, shuningdek OAV vakillari ishtirok etdilar.
Dastlab tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi raisi o‘rinbosari Asqar G‘afurov va O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi Shuxrat Sadikov kirish so‘zi bilan ochdilar.

|🌐 Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi, Аkmal Raxmanov, davra suhbatidan lavha.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tizimidagi «FEMIDA-HIMOYA» advokatlik hayʼati advokati, Lutfullo Аbdulkadirov.
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Inson huquq va erkinlikari himoyasida Konstitutsiyaviy odil sudlov va advokatura
#25apr #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Информaционная программа «Poytaxt»
#25apr #toshkent

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
PALATA RAISI QORAQALPOG‘ISTONLIK ADVOKATLAR BILAN "OCHIQ MULOQOT" DA BO‘LDI

Joriy yilning 26 aprel' kuni, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi Shuxrat Sadikov 2023 yilning 18 noyabr' kuni Advokatlar palatasi raisi etib saylangandan keyin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi advokatlar bilan "Ochiq muloqot" qilish uchun birinchi tashrifi bo‘ldi.
"Ochiq muloqot" da Advokatlar palatasi rais o‘rinbosari Asliddin Maxammadiev, hududiy boshqarma boshlig‘i Baxrom Arzimbetov va 150dan ziyod Qoraqalpog‘istonlik advokatlar ishtirok etdi.

|🌐 Paruz.uz |🚀Telegram |🔵Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
НАВБАТДАГИ УЧРАШУВ ХОРАЗМЛИК АДВОКАТЛАР БИЛАН БЎЛДИ! Бугун, 27 апрель куни  Хоразм вилоят адлия бошқармасининг залида, Ўзбекистон Республикаси Адвокатлар палатаси раиси Шухрат Садиков ва Палата раисининг ўринбосари Аслиддин Махаммадиев, Хоразм вилояти ҳудудий бошқармаси бошлиғи Руслан Анназаров бошчилигида вилоятдаги адвокатлар билан  Палата раисининг "Очиқ мулоқот" шаклидаги Учрашуви бўлиб ўтди. Учрашувда Хоразм вилояти ҳудудий бошқармаси тизимидаги барча адвокатлик тузилмалари раҳбарлари ва 170 дан ортиқ адвокатлар иштирок этдилар.    Тадбирда аввал, ҳудудий бошқарма бошлиғи Р. Анназаров сўзга чиқиб, 2023 йил давомида амалга оширилган ишлар ва 2024 йилнинг бугунги кунигача бўлган соҳадаги ислоҳотлар ва ҳудудий бошқарма томонидан қилинган ишларни ҳамда муаммоларни гапириб ўтди. Шундан сўнг, Палата раҳбари сўзга чиқиб, адвокатурани нуфузини янада ошириш ва Палата томонидан қилиниши керак бўлган ишлар борасида гапириб, соҳани ривожлантириш учун барчамиз масъул эканлигимизни ва доимо елкадош бўлиб ҳамкорликда ишлашликка чақирди. Учрашув якунида, адвокатлар томонидан берилган соҳага оид барча саволларга Палата раҳбари томонидан жавоблар берилди. Тадбир музокараларга бой, қизиқарли тарзда ўтди.