O’zR ADVOKATLAR PALATASI
2.27K subscribers
801 photos
227 videos
19 files
745 links
Advokatlar palatasining telegramdagi rasmiy kanali. https://paruz.uz/ (rasmiy sayti).
Download Telegram
ANDIJON ADVOKATLARINI NAVBATDAGI FUTBOL O‘YINLARI

Joriy yilning sentyabr'-oktyabr' oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Respublika advokatlarining futbol musobaqasiga tayyorgarlik bo‘yicha bugun, 2024 yil 27 aprel' kuni Andijon davlat universitetining mini stadionida Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan advokatlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘zaro musobaqa o‘tkazildi. Jami 12 kishidan iborat bo‘lgan advokatlarimiz ikki guruxga bo‘linib, komanda tashkil etib 4 taymdan iborat qizg‘in va murosasiz o‘yin tashkil etdilar.

|🌐 Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
Bugun 28 aprel kuni Advokatlar palatasi majlislari zalida Xitoy Xalq Respublikasi Shensi provinsiyasi advokatlar assotsiatsiyasi prezidenti va Xitoy Xalq Respublikasi advokatlar assotsiatsiyasi prezidenti oʻrinbosari Xan Yunan boshchiligidagi delegatsiya  bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuvda Palata raisi Sh.Sadikov, rais oʻrinbosari A.Maxammadiyev hamda raisning xalqaro hamkorlik boʻyicha maslahatchisi Sh.Yusupovlar ishtirok etdilar. Uchrashuvda tomonlar har ikki davlat advokatura sohasida oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Bundan tashqari oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolash va kelgusidagi hamkorlik masalalari boʻyicha fikr almashdilar.
Халқаро ҳамкор мамлакат билан Меморандум имзоланди 2024 йил 28 апрель куни "InterContinental Tashkent" меҳмонхонасида бўлиб ўтган Ўзбекистон - Хитой Бизнес Форуми доирасида  Ўзбекистон Республикаси Адвокатлар палатаси ва Хитой Халқ Республикаси Шенси провенцияси Адвокатлар ассоциацияси ўртасида ҳамкорлик тўғрисида Меморандум имзоланди. Меморандум Хитой Халқ Республикаси Адвокатлар ассоциацияси президенти ва Шенси провенцияси Адвокатлар ассоциацияси президенти Хan Yunan ва Ўзбекистон Республикаси Адвокатлар палатаси раиси Садиков Шухрат томонидан имзоланди.  Ҳар икки томон келгусида ҳамкорликни янада чуқурлаштириш борасида келишиб олишди.
TAYINLOV!

PALATA RAISINING SIRDARYOLIK ADVOKATLAR BILAN BO‘LGAN UCHRASHUVI

Bugun, 30 aprel' kuni Advokatlar palatasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining binosida, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi, Shuxrat Sadikovning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tizimidagi advokatlik tuzilmalari rahbarlari va advokatlar bilan Uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Advokatlar palatasi raisi Sirdaryoda faoliyat yuritayotgan advokatlar bilan yuzma-yuz ochiq muloqot tarzida uchrashuv olib bordi. Uchrashuv davomida Advokatlar palatasining kecha va bugungi kunda olib borilayotgan islohotlari yuzasidan hamda shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda advokatura institutini o‘rni va uni yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar borasida advokatlarga tushuntirishlar berildi.

|🌐 Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
ЭЪЛОН!

Адвокатура бўйича малака имтиҳони билетларига киритиладиган саволлар рўйхатини маълумот учун Адвокатлар палатасининг расмий 🌐paruz.uz сайтига жойлаштирилди. Малака комиссиялари, тасдиқланган саволлар рўйхатини малака имтиҳонлари билетлари, 2024 йил 20 майдан амалда кучга киради.
Расмий сайтимизнинг “МАЛАКА КОМИССИЯЛАРИ ФАОЛИЯТИ” рубрикасига ушбу ➡️ ҳавола орқали кириб саволлар билан талабгорлар танишишлари мумкин бўлади.
ANDIJON SHAHRIDA “ADVOKATURA FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH” MAVZUSIDA ILMIY KONFERENSIYA BO‘LDI

2024 yil 1 may kuni, Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosida, Andijon yuridik texnikumi rahbariyati tashabbusi bilan “Advokatura faoliyatini takomillashtirish: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu konferensiyada Andijon yuridik texnikumi talabalari va Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining yurisprudensiya ta'lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdilar.

|🌐 Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
2024 йилнинг 29-30 апрель кунлари, Европа хавфсизлик ва ҳамкорлик ташкилотининг Ўзбекистондаги лойиҳалари координатори, Ўзбекистон Республикаси Адвокатлар палатаси билан биргаликда Навоий шаҳрида жойлашган “GRAND-M” меҳмонхонасида  “Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро стандартларга кириш, адвокатнинг амалий фаолиятида алоҳида нормаларнинг қўлланилиши”  бўйича икки кунлик тренинг машғулоти ўтказилди.
  Тренингни ЕХҲТнинг Ўзбекистондаги лойиҳалар Координатори Миллий эксперти, Ильдар Файзулин очиб берди. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ва Инсон ҳуқуқлари бўйича адвокатлардан Даврон Саидов ва Гузал Сайфиевалар ўз маърузалари билан чиқиш қилдилар.
  Тадбирда Навоий вилоятида фаолият олиб борадиган адвокатлар
иштирок этиб, касбий фаолият учун кенг билим ва кўникмаларга эга бўлдилар.
“YIL ADVOKATI-2023” G’OLIBLARI MA'RUZALARI SERIYASI: Navoiy viloyati yuridik texnikumi

Bugun biz Navoiyga tashrif buyurdik! Dilfuza G‘aybullaeva Navoiy viloyati yuridik texnikumi talabalari bilan uchrashib, ularning advokatlik faoliyatini boshlash va O‘zbekistonda yosh huquqshunoslar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan bog‘liq savollariga javob berdi.
“OCHIQ MULOQOT” JIZZAXDA!

Ayni damlarda, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi Shuxrat Sadikov respublikamizning yana bir viloyatlaridan Jizzax viloyatida xizmat safari uyushtirdi.
2024 yilning 3 may kuni, Advokatlar palatasi raisi boshchiligida, Palata raisining o‘rinbosari Asliddin Maxammadiev, Palataning bosh buxgalteri Sherzod Usmonov, Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tizimidagi advokatlik tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan advokatlar bilan “Ochiq muloqot” o‘tkazish maqsadida, Jizzax viloyatiga yetib keldi.
Mazkur Uchrashuv Jizzax shahar Davlat xizmatlari markazining majlislar zalida bo‘lib, unda hududiy boshqarma boshlig‘i Baxtiyar Umurzaqov va faoliyatdagi 100 ga yaqin advokatlar ishtirok etdilar.

|🌐 Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|