Firdavs’s library 📚
99 subscribers
923 photos
476 videos
9 files
141 links
لاَ إِلَهَ إِلاَّ آللَه مُحَمَّدٌ رَّسولُ آللَه

Фаолиятдан Мақсад : Амру Маруф ва Нахи Мункар - امر بالمعروف و نهى عن المنكر Аллоҳ қодир қилганча))

Таклиф ва Мурожатлар учун: @Alfirdaws7Bot
Download Telegram
Choose a good heart , not a good face .

Qalbi go’zalini tanlang , yuzi go’zalini emas !

فردوس
Yuz guzalligi ila faqatgina e’tiborni jalb qilish mumkin.
Qalbni esa faqat Qalb go’zalligi bilan zabt qilish mumkin!

#unutmang
@alfirdaws7
Хамма хам сизни , сиз хохлагандек тушунмайди!

Йоки Сиз , Улар хохлагандек тушунтира Олмайсиз!


Агар ушбу Холат диний (шар’ий , фиқхий , ақийдавий...) масалада бўлса Тинчгина Бир Ахли Илм (Олим инсонни) сухбатига шошилинг(хеч булмаса Ижтимоий Тармоқ орқали.)

@alfirdaws7
ТАБИБ ВА КЎЗ ДОРИСИ

(Рамазон ойи)

Бир инсон табиб олдига келиб қорни оғриётганидан шикоят қилди.
Табиб:
- Нима егандингиз?, деди.
У:
- Қайноқ, ўта иссиқ нон, дея жавоб берди.
Табиб кўз дориси келтириб, бемор кўзига суртмоқчи бўлди.
Бемор:
- Ие, нима қилябсиз. Мени кўзим эмас, қорним оғриябдику, деди.
Табиб:
- Бунику билдим. Мен кўзингизни даволамоқчиман. То қайноқ, ўта иссиқ нарсаларни кўра олсин ва еб ичиб бетоб бўлиб юрмасин, деди.

--------

Рамазон муборак ой. Кун бўйи еб ичишдан тийилган ички ва бошқа аъзолар қизиб туради.

Чанқоқ сабабли бирданига муздек сувни ичиш, ёки бирданига кўплаб таомларни кун давомида оч қолган ошқозонга тиқиштириш беморликларни келтириб чиқариши мумкин.

Ўта иссиқ ва ўта совуқ нарсаларни оз оздан, шошилмай тановул қилишимиз ҳам диний ҳам дунёвий тарафлама марғубдир.

Суннатуллоҳ АБДУЛБОСИТ
https://t.me/Alfirdaws7
بسم الله الرحمن الرحيم
بِسْـــــــــــــمِ الله الرَّحْمَنِ الرَّحِيم.
Bismillahir rohmanir rohim

وقليل من عبادي الشكور (١٣)
"Bandalarim orasida (Allohga) Shukr qiluvchisi ozdir "
( Saba'13)

و سنجزي الشاكرين (١٦٥)
"Shukr qiluvchilarni esa, albatta, mukofotlaymiz"
(Oli Imron , 145)
Shukr qilguvchi qalb !
Shukr qilish ne'mati afsuski , hammaga ham berilmagan . Ne'matlarni, oz bo'lsa ham shukrini ado etaylik
https://t.me/Alfirdaws7
Sayyidul ayyom, hajjul masokiyn Juma muborak | سيد الأيام وحج المساكين جمعة مباركة!
МАСЖИДГА БОРИШ ФАЗЛИ

Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Ким эртами-кечми масжид томон борса, Аллоҳ таоло унга ҳар эрта ва кеч юрганида жаннатдан манзил тайёрлайди», дедилар».

Жамоатга Шошилинг(айниқса бугун!)
@alfirdaws7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v)dan : -Kimni qalbida zarracha bo'lsada kibr bo'lsa, jannatga kirmaydi."

Kibringizdan ehtiyot bo’ling!

@alfirdaws7
Qo’lma qo’l bo’lgan 🥀 dan , hech kim tegmagan 🌵yaxshi !
Ushbu sur’atda Inson hayoti ikkiga ajratib aks etttirilibdi.
Xo’sh siz sur’atning qaysi tarafidasiz ?

O’ngmi , Chapmi ?

Tushunarli! O’ng tarafga (qachondir) kelajakda o’tish Niyatiz bor!

Ammo o’sha (qachondir) kelajakda tirik bo’lishingizga Kafolat bormi ?

Maqoldagi mazmunga qarang Ma shaa Allah...

So’nggi Pushoymon , O’zingga Dushman.

@alfirdaws7
بسم الله الرحمن الرحيم
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‎لا حول و لا قوة الا بالله
Kuch ham , quvvat ham faqat Allohdandir.
@alfirdaws7
#Мақола

ИСРОФ – УЛКАН ГУНОҲ

Исрофнинг зарарлари:

– Аллоҳ таолонинг ғазабини келтиради;

– молу мулкни зое қилиб, фақирликка юз туттиради;

– бировларга боқиманда бўлишга ва ўз вазифасини бажаришдан ожиз қолишга олиб келади;

– шайтонга итоат ва Раҳмонга маъсиятдир;

– жаннатдан узоқлаштириб, дўзахга яқинлаштиради;

– исрофчи шайтоннинг биродаридир;

– ўз эгасини камбағалликка олиб боради;

– ҳавойи нафсга эргашишдир.

@Alfirdaws7
Audio
РАМАЗОННИ ҲИС ҚИЛЯПСИЗМИ?

Ўткирбек Муҳаммадсобир

@alfirdaws7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ey, iymon keltirganlar! Bir qavm boshqasini masxara qilmasin, ehtimol, ular bulardan yaxshiroqdir. Va ayollar ham boshqa ayollarni(masxara qilmasin), ehtimol. Ular bulardan yaxshiroqdir. Va o‘zingizni o‘zingiz mazax qilmang, bir-biringizga laqab qo‘ymang. Iymondan keyin fosiqlik ismi naqadar yomon! Va kim tavba qilmasa, bas, ana o‘shalar, o‘zlari zolimlardir , dedi ( Hujurot surasi 11-oyat).


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmon musulmonning birodaridir, unga zulm qilmaydi, uni tahqirlamaydi, yordamsiz tashlab qo‘ymaydi». So‘ng: «Taqvo mana bu yerdadir», deya ko‘kslariga uch marta ishora qildilar va: «Musulmon birodarini haqorat qilishi kishining yomonligiga yetarli dalildir», dedilar (Muslim rivoyati).

vedioni ko'rib xulosa chiqarasiz deb o'ylayman . pastidagi oyat va hadisni o'qib bo'lib shunga o'xshash ishni hayotingiz davomida qilmaysz In Sha Alloh.
Agar qilgan bo'lsangiz tavba qiling bu qaytar dunyo☝️☝️☝️

@Alfirdaws7
Firdavs’s library 📚
Video
“Laylatul-qadr” so‘zining ma’nosi “belgilash, o‘lchash kechasi”, ya’ni yil davomida turli amal, hukm, rizq, taqdir belgilanadigan kecha degan ma’noni bildiradi.

Bu kechada shu yildan kelgusi yilgacha bo‘ladigan ishlar, hukmlar, rizqlar, ajallarning miqdori o‘lchanadi.

Alloh taolo mazkur surada “Qadr kechasi”ning darajasini baland qildi. Buning asosiy sabablaridan biri  bu kechada Qur’oni karimning nozil bo‘lganligidir. Payg‘ambarimiz (sav) shunday marhamat qildilar:
“U zotga o‘zlaridan oldingi odamlarning umrlari ko‘rsatildi. Go‘yo u zotga ummatlarining umrlarini qisqa, boshqa ummatlar qilgan amallarga yeta olmaydigan deb bilganga o‘xshadilar. Shunda Alloh u zotga Laylatul Qadrni ming oydan yaxshi qilib berdi”.

Abu Hurayra (rz.)dan rivoyat qilinadi. Rasul akram (sav):
“Kimiki Laylatul Qadr kechasini imon va ixlos bilan bedor o‘tkazsa, uning shu kechagacha qilgan gunohlari mag‘firat qilinur”, - dedilar.

Qadr kechasi Ramazon oyining nechanchi kechasi ekanini Alloh va Rasuli tomonidan sir tutilgan edi. Lekin sahobalar Rasul (a.s.)dan uni aniqlab aytib berishlarini ko‘p so‘raganlaridan keyin dastlab oyning uchinchi o‘n kunligida, keyinroq toq kechalaridan izlash kerakligi haqida aytganlar.
(Bag’aviy rivoyati)

#tarqating

©️
Maqola;O‘zbekiston Musulmonlar idorasi saytidan olingan ma’lumotlar asosida tayyorlandi!

@alfirdaws7
Firdavs’s library 📚 pinned «“Laylatul-qadr” so‘zining ma’nosi “belgilash, o‘lchash kechasi”, ya’ni yil davomida turli amal, hukm, rizq, taqdir belgilanadigan kecha degan ma’noni bildiradi. Bu kechada shu yildan kelgusi yilgacha bo‘ladigan ishlar, hukmlar, rizqlar, ajallarning miqdori…»