Barhayot Meliyev
139 subscribers
1.76K photos
179 videos
1 file
447 links
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi boshlig’i Barhayot Meliyevning telegramdagi rasmiy sahifasi
Download Telegram
#Reyd

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi O’rta Chirchiq tumani bo’limi inspektorlari tomonidan reyd tadbiri o’tkazildi.

Tadbir davomida tumanning Jang‘ibay MFY hududida fuqaro A. B.tomonidan o‘ziga tegishli dehqon ho‘jaligi yerlarida tekislash ishlari olib borish jarayonida ruxsatsiz ravishda tuproqlarni boshqa hududga olib chiqganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A. B. ga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan ma’muri bayonnoma rasmiylashtirildi.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati
Ekologiya vaziri yoshlar bilan uchrashdi

Uchrashuvda vazir yurtimizda yoshlarga sifatli ta’lim berish, kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini, Ekologiya vazirligi tomonidan ham bu borada samarali ishlar qilinganini ta'kidladi.
https://eco.gov.uz/uz/site/news?id=4115

Министр экологии встретился с молодежью

На встрече министр отметил, что в нашей стране уделяется особое внимание качественному образованию молодежи, профессиональному обучению и обеспечению занятости. Министерством экологии в этом направлении проделана плодотворная работа.
https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=4115

The Minister of Ecology met with the youth

At the meeting, the Minister noted that special attention is paid in our country to the high-quality education of young people, vocational training, and employment. The Ministry of Ecology has done productive work in this direction.
https://eco.gov.uz/en/site/news?id=4115

Instagram | Telegram | Facebook | X | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️Bir nechta daryo o'zanlarida noruda materiallarni qazib olishga moratoriy kuchga kirmoqda!

2024-yil 1-maydan boshlab Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. 
https://eco.gov.uz/en/site/news?id=4117

‼️Вступает в силу мораторий на добычу нерудных материалов в нескольких руслах рек!

С 1 мая 2024 года вводится бессрочный мораторий на добычу нерудных материалов в руслах рек Чирчик, Санзар, Зарафшан, Нарын, Кашкадарья, Сурхандарья и Сырдарья.
https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=4117

‼️A moratorium on the extraction of non-metallic materials in several riverbeds is coming into force!

From May 1, 2024, an indefinite moratorium on the extraction of non-metallic materials in the beds of the Chirchik, Sanzar, Zarafshan, Naryn, Kashkadarya, Surkhandarya, and Syrdarya rivers has been introduced.
https://eco.gov.uz/en/site/news?id=4117

Instagram | Telegram | Facebook | X | YouTube
♻️Chiqindilarni boshqarish va suvni tozalashga yangi investitsiyalar jalb qilinadi

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va BAAning “Vision Invest” kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Omar N. Al-Midaniy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
https://eco.gov.uz/uz/site/news?id=4119

♻️В сферу управления отходами и очистки вод будут привлекать новые инвестиции


Cостоялась встреча министра экологии Азиза Абдухакимова с Президентом и Генеральным директором компании из ОАЭ «Vision Invest» Омаром Н. Аль-Мидани.
https://eco.gov.uz/yz/site/news?id=4035

♻️New investments will be attracted in the fields of waste management and water treatment

Minister of Ecology Aziz Abdukhakimov met with Omar N. Al-Midani, President and CEO of the UAE company Vision Invest.
https://eco.gov.uz/en/site/news?id=4119

Instagram|Telegram|Facebook|X|YouTube
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga

Oʼzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi Qonun hamda “Oʼzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 apreldagi 202-sonli qaroriga asosan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining 202-sonli qaroriga muvofiq,
ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish massasi tasdiqlangan ekologik normativlardan 1 baravardan 5 baravargacha yoki undan ortiq (kam) boʼlganda kompensatsiya toʼlovchi subʼyektlar mos ravishda 1 baravardan 20 baravargacha koʼpaytirilgan (kamaytirilgan) miqdorda kompensatsiya toʼlovlarini toʼlaydilar;

ekologik normativlar tasdiqlanmagan yoki ularning amal qilish muddati tugagan boʼlsa, atrof-muhitga yuqori (I toifa) va oʼrtacha (II toifa) darajada xavfli taʼsir koʼrsatadigan kompensatsiya toʼlovchi subʼyektlar ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish, chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasiga nisbatan 20 baravar, shuningdek, past (III toifa) va mahalliy (IV toifa) darajada taʼsir koʼrsatuvchi kompensatsiya toʼlovchi subʼyektlar 10 baravar koʼpaytirilgan miqdorda kompensatsiya toʼlovlarini toʼlaydilar;

ifloslantiruvchi moddalarni birvarakayiga tashlaganlik va oqizganlik uchun kompensatsiya toʼlovlari har bir modda boʼyicha belgilangan bazaviy stavkalarga nisbatan 10 baravar koʼpaytirilgan miqdorda toʼlanadi.

Hurmatli tadbirkorlar, Belgilangan kompensatsiya toʼlovlarini oʼz vaqtida toʼlashni unutmang. Sizni oʼz vaqtida toʼlanmagan kompensatsiya toʼlovlaringiz sud organlari orqali undirilishini yodingizda saqlang!

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati
Toshkent viloyatida inspektorlar brakonyerlar hujumiga uchradi

Maʼlum boʻlishicha, reyd davomida Sirdaryo daryosining Oqqoʻrgʻon tumanidan oqib oʻtuvchi hududida inspektorlar nomaʼlum fuqarolar tomonidan taqiqlangan qurollar, yaʼni leskali toʻr, motorli qayiq yordamida baliq ovlanayotgani holatiga duch kelishadi.
https://eco.gov.uz/uz/site/news?id=4122

В Ташкентской области инспекторы подверглись нападению браконьеров

Выяснилось, что в ходе рейда в районе реки Сырдарья, протекающей по Аккурганскому району, инспекторы выявили факт незаконной ловли рыбы неизвестными гражданами с использованием рыболовных сетей и моторной лодки.
https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=4122

Inspectors were attacked by poachers in the Tashkent region

It turned out that during the raid in the area of the Syrdarya River flowing through the Akkurgan district, inspectors revealed the fact of illegal fishing by unknown citizens using fishing nets and a motor boat.
https://eco.gov.uz/en/site/news?id=4122

Instagram |Telegram |Facebook
#nazorat

Аyni damda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi boshligʼi Barhayot Meliyev Piskent, Ohangaron tumanlari hamda Olmaliq shahrida ekologik vaziyatni oʼrganish ishlarini olib bordi.

Oʼrganish davomida boshqarma boshligʼi hududlarda noqonuniy qum-shagʼal qazib olish, avtomobil yuvish shahobchalaridagi oqova suvlar bilan ifloslanish holatlari hamda atrof-muhitga yirik taʼsir qiluvchi korxonalardagi ekologik vaziyatga eʼtibor qaratdi.
Boshqarma boshligʼi B.Meliyev aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha masʼullarga tegishli koʼrsatmalar berdi. Shuningdek, Piskent, Ohangaron hamda Olmaliq shahar boʼlimi inspektorlariga kelgusida amalga oshirishi kerak boʼlgan ishlar yuzasidan topshiriqlar berdi va ijrosini taʼminlash yuzasidan qatʼiy nazoratga oldi.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati
Barhayot Meliyev
Photo
Toshkent viloyatida inspektorlar tomonidan yil boshidan shu davrga qadar 1905та huquqbuzarliklar aniqlangan

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tuman hamda shahar boʼlimlari inspektorlari tomonidan joriy yilning 1 yanvaridan 30 apreliga qadar atrof-muhitni muhofaza qilish borasida nazorat reyd tadbirlarida 1905 ta huquqbuzarliklar aniqlandi hamda ularga nisbatan MJtKning tegishli moddalarida nisbatan qonuniy choralar ko’rilgan.

Inspektorlar tomonidan Toshkent viloyati hududlarida aholi oʼrtasida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik va uni yoqmaslik va boshqa turdagi huquqbuzarliklar holatlarini oldini olish boʼyicha tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramay, afsuski atrof-muhit muhofazasiga salbiy taʼsir koʻrsatish holatlari bilan bogʼliq harakatlar uchrab turibdi. Tahlillar bilan keltiradigan boʼlsak, inspektorlar tomonidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik bilan bogʼliq huquqbuzarliklar haqida tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramay, joriy yilning boshidan shu davriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 91-moddasi, 1-qismi bilan 19 ta, 91-prim 1-moddasi, 3-qismi bilan 53 ta, 91-prim 1-moddasi, 2-qismi bilan 3 ta, 91-prim 1-moddasi, 1-qismi bilan 831 ta huquqbuzarlik sodir etilgan. Chiqindilar bilan bogʼliq holatlar yil boshidan 30-apreliga qadar 937 ta huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlangan va huquqbuzarlarga jarima choralari qoʼllanilgan.

Shuningdek, atmosfera havosini muhofaza qilish boʼyicha Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tuman hamda shahar boʼlimi inspektorlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 88-modda, 1-qismi bilan 714 ta, 88-modda, 2-qismi bilan 2 ta, 88-modda, 3-qismi bilan 33 ta huquqbuzarliklar sodir etilgan. Suv va suv obʼyektlarini muhofaza qilish borasida inspektorlar tomonidan joriy yil boshidan 30-apreliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 72-modda, 1-qismi bilan 51 ta, 72-modda, 4-qismi bilan 1 ta, 74-modda, 4-qismi bilan 1 ta huquqbuzarliklarga chek qoʼyilgan. Shu jumladan, noqonuniy ov boʼyicha Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 90-modda, 1-qismi bilan 40 ta, 90-modda, 4-qismi bilan 2 ta, 90 prim 1-moddasi, 1-qismi bilan 1 ta huquqbuzarliklar aniqlangan.

Oʼsimlik dunyosiga zarar yetkazish boʼyicha inspektorlar tomonidan joriy yil boshidan yilning shu davriga qadar MJtKning 79-modda, 1-qismi bilan 66 ta, 79-modda, 3-qismi bilan 1 ta, 79-prim 1-moddasi bilan 5 ta, 81-modda, 1-qismi bilan 1 ta huquqbuzarlik sodir etganlarga qonuniy chora koʼrilgan.

Hurmatli fuqarolarimizdan atrof-muhit muhofazasiga befarq boʼlmay, tabiatga munosabatimizda oqilona yoʼl tutishga odatlanaylik. Zero, ona tabiat barchamizniki va uni kelgusi avlodga asrab avaylab qoldirish barchamizning vijdoniy burchimizga aylanmogʼi darkor.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati
🇺🇿🇦🇹O‘zbekiston va Avstriya atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi
https://eco.gov.uz/uz/site/news?id=4126

🇺🇿🇦🇹Узбекистан и Австрия намерены укрепить сотрудничество в сфере охраны окружающей среды
https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=4126

🇺🇿🇦🇹Uzbekistan and Austria intend to strengthen cooperation in the field of environmental protection
https://eco.gov.uz/en/site/news?id=4126

Instagram | Telegram | Facebook | X |YouTube
#nazorat

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Barhayot Meliyev O‘rta Chirchiq,Yangiyo‘l tumanlari hamda Yangiyo‘l shahrida ekologik vaziyatni o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida boshqarma boshlig‘i avtomobil yuvish shahobchalaridagi oqova suvlar bilan ifloslanish holatlariga e’tibor qaratdi.
Boshqarma boshlig‘i B.Meliyev aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l tumanlari hamda Yangiyo‘l shahar bo‘limi inspektorlariga kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan topshiriqlar berdi va ijrosini ta’minlash yuzasidan qat’iy nazoratga oldi.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati