Barhayot Meliyev
130 subscribers
1.51K photos
156 videos
1 file
400 links
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi boshlig’i Barhayot Meliyevning telegramdagi rasmiy sahifasi
Download Telegram
Daraxtlarning erkin nafas olishiga imkoniyat yaratildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Parkent tumani Oydin MFY hududida manzarali daraxtlarning tag qismi betonlanganligi haqdagi murojaat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Parkent tumani bo’limi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o’rganildi.

O’rganish davomida inspektorlar nazoratida murojaatda ko’rsatilgan Oydin MFY hududidagi 4 tup manzarali daraxtlar tag qismi betondan ozod etildi hamda daraxtlarga erkin nafas berildi.

O’z o’rnida atrof-muhit muhofazasiga befarq bo’lmagan yurtdoshlarimizga minnatdorchilimizni bildiramiz.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati
Barhayot Meliyev
Photo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barhayot Meliyev
Photo
Boshqarma boshligʼi Nurafshon shahridagi avtomobil yuvish shahochalaridagi ekologik vaziyatni oʼrgandi

Bugun Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi boshligʼi Barhayot Meliyev Nurafshon shahridagi avtomobil yuvish shahobchalaridagi ekologik vaziyatni oʼrgandi.

Bashqarma boshligʼi oʼrganish davomida shahardagi Yoshlik hamda Nurafshon MFYdagi avtomobil yuvish shahobchalarida boʼldi. Oʼrganish jarayonida ushbu mahallada joylashgan ikkta avtomobil yuvish shahobchalarida ekologik vaziyat talabga javob bermasligi, qonunbuzarlik holati yuzaga kelgani maʼlum boʼldi.

Mazkur ikkala holat yuzasidan davtal inspektorlari tomonidan MJtKning 72-moddasi, 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Boshqarma boshligʼi B.Meliyev oʼrganish davomida avtomobil yuvish shahobchalari masʼullariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha koʼrsatmalar berdi. Shuningdek, Nurafshon shahar inspektorlariga kelgusida amalga oshirishi kerak boʼlgan ishlar yuzasidan topshiriqlar berdi.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati
Reyd huquqbuzarlik holatini aniqladi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Piskent tumani hududida nazorat tadbiri oʼtkazildi.

Reyd davomida tumanning Murotali MFY hududi dehqon bozori ro’parasida fuqaro B.B. tomonidan tashkil qilingan avtomobil yuvish shahobchasida oqova suvlarni ariqqa oqizib qoyilganlik holati aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda MJtKning 72-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shu bilan birga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima chorasi qollanildi.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati