Barhayot Meliyev
137 subscribers
1.62K photos
163 videos
1 file
426 links
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi boshlig’i Barhayot Meliyevning telegramdagi rasmiy sahifasi
Download Telegram
#Sport

Nurafshonda “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi

Bugun Oʻzbekiston boʻylab “Yangi nafas” ommaviy yugurish sport marafaoni tashkil etildi.

Marafon Nurafshon shahrida ham uyushqoqlik va koʻtarinki ruhda oʻtdi. Marafonga 5 ming 300 nafar ishtirokchi jalb qilindi.

Yugurish musobaqalari yakunlariga koʻra, erkaklar va ayollar orasidan gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Marafaonda ishtirok etgan nuroniylar jamoasi hamda bolajonlar tashkilotchilar tomonidan alohida taqdirlandi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati
#Fotolahza

Har faslning oʻz tarovati bor | Parkentda bahor manzaralari

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati tomonidan Parkent tumaniga press-tur oʻtkazildi. Unda ayni damda boʻlib oʻtayotgan “Somsa sayli” shukuhi, shuningdek, hududning bugungi bahoriy manzaralari jurnalistlar diqqat markazida boʻldi. Xususan, tuman markaziy bozorida boʻlib, shifobaxsh mador giyohi savdosini kuzatishdi, rastalardagi toʻkin-sochinlik, bahoriy mahsulotlarni “birinchi qoʻl”dan xarid qilishdi, el orasida “Gulchehra somsapaz” deb tanilgan taniqli tadbirkor xonadonida boʻlishdi.

📸 Fotolavhalar muallifi Nozim Abdulla.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|